Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Jizzax viloyat prokuraturasi Telegram kanalida e’lon qilingan so‘rovnoma.

Unda “Maktabimda” qo‘shig‘ini qaysi sanatkor ijro etgan?” degan savol qo‘yilgan.

@masofatalim
Innovatsion rivojlanish agentligi ilmiy tashkilotlarga xat chiqarib, yig‘ilishga taklif qildi. Zoom link ham taqdim etdi. Yig‘ilish boshlanishiga yaqin esa yig‘ilishga kirgan ilmiy-tadqiqot institutlari xodimlarini Zoom’dan chiqarib yubordi. Ayni paytda bu link ishlamayapti.

@masofatalim
Innovatsiya agentligi matbuot xizmati ishlayaptimi o‘zi? AOKA qayerga qarayapti?

Bular Prezident farmoni loyihasi yozib, e’lon qilyapti va bu e’tirozlarga sabab bo‘lyapti.

Ammo loyiha ijodkori bo‘lgan tashkilotlar esa lom-mim demayapti.

AOKAdagilar qayerga qarayapti? Shunday muhim hujjat borasidagi e’tirozlarga nega tayinli javob bermayapti?

@masofatalim
“Mening yurtim” telekanali sovgʻalarni egalariga topshirishni boshladi

Bir necha kun avval “MY5” telekanali oʻzining 10 yillik yubileyi munosabati bilan 25-sentabrdan 25-noyabrgacha tomoshabinlar uchun aksiya o‘tkazayotgani haqida xabar berilgandi.

Telekanal ko‘p kuttirmasdan g‘oliblarni aniqlashni va sovg‘alarni topshirishni boshladi.

Аksiyaning birinchi gʼolibi fargʼonalik Javlonbek Toirov boʼldi. Unga smartfon topshirildi. Ikkinchi gʼolib esa qashqadaryolik Sodiqjon Аvazov boʼldi. Unga telekanal tomonidan televizor sovgʼa qilindi.

“MY5” oʻz tomoshabinlari uchun tayyorlagan sovgʻalar ichida 30 ta smartfon, 30 ta televizor bor. Bosh sovrin – 50 mln soʻm. Aksiya 25-sentabrdan 25-noyabrgacha davom etadi. Gʻoliblar har kuni ertalab “Omon-omon” dasturida eʼlon qilib boriladi.

25-noyabrgacha hali imkoniyat ham, sovg‘alar ham ko‘p. Ishtirok etish shartlari juda oddiy: har kuni soat 16:00 dan 18:00 ga qadar “Mening yurtim” telekanalidan uzoqlashmay, shu paytda efirda ko‘rsatilgan sirli raqamlarni @my5_bot Telegram boti orqali yuborish va ballar to‘plash lozim.

@masofatalim
🚕 Ertalab darslarga ortiqcha xarajatlarsiz qanday yetib borish mumkin?

Odatda mening yo‘l haqim 23 000 - 25 000 so‘mni tashkil etsa, uklon orqali 15 000 - 17 000 so‘mga yetib olishim mumkin. Bundan tashqari, yangi foydalanuvchilar uchun dastlabki uchta sayohatga 50% gacha chegirma taqdim etiladi!

💡Tirbandlik vaqtida sayohatni yanada yoqimli qilish uchun foydali maslahatlar:

• Ilovani yuklab oling va yangi foydalanuvchi sifatida ro‘yxatdan o‘ting, shunda uklon sizga dastlabki uchta sayohatga 50% gacha chegirma beradi

• Pik soatlarda sayohatlarni oldindan rejalashtirish muhim, mashinani ma’lum vaqtga buyuring va u kerakli paytda sizni kutib turadi

• Xizmat haydovchilari yo‘riqnomadan o‘tishadi va sayohat davomida chekish taqiqlangan salon hamda sukunat qoidalariga rioya qilishadi

• Ilovadagi "Sevimlilar" ro‘yxatiga aniq manzillarni tanlash va saqlash, shuningdek avtomatik to‘lov uchun bank kartasini ulash mumkin

Buning uchun shunchaki uklon ilovasini o‘rnatish va ro‘yxatdan o‘tish kifoya, chegirma barcha yangi foydalanuvchilar uchun avtomatik ravishda ishga tushadi.
❗️Ta’lim krediti mavzusida ovozli chat boshlandi

Savol-javob qismida savollaringizga mutaxassisdan javob olishingiz mumkin.

Havola: https://www.tgoop.com/nodavlattalim?livestream
Prezident farmoniga asosan, Oʼzbekiston Milliy universiteti rektori Madjidov Inom Urishevich “Doʼstlik” ordeni bilan mukofotlandi.

@masofatalim
Prezident farmoniga asosan, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti rektori Rixsieva Gulchexra Shovkatovna II darajali “Sogʼlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlandi.

@masofatalim
Masofatalim
TDYU kontrakt toʻlash muddatini 31-avgustgacha uzaytirdi Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islombek Rustambekov buyrugʻi bilan universitetda toʻlov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan talabalarga 2023/2024 oʻquv yili…
Toshkent davlat yuridik universitetida kontrakt to‘lash muddati uzaytirildi

Toshkent davlat yuridik universiteti rektori vazifasini vaqtincha bajaruvchi Islambek Rustambekov buyrug‘i bilan universitetda 2023/2024 (o‘tgan) o‘quv yili uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirish muddati 30-sentabrgacha (shu kuni ham) uzaytirildi.

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Fikr politsiyasi

Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 33-moddasi quyidagicha boshlanadi

“Har kim fikrlash, so‘z va e’tiqod erkinligi huquqiga ega…”

@masofatalim
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Andijonliklar keldi!”

Xorijiy tillar boʻyicha respublika fan olimpiadasida umumjamoa hisobida faxrli 3-oʻrinni qoʻlga kiritgan Andijon davlat chet tillari instituti jamoasi institutda tantanali kutib olinibdi.

@masofatalim
Turkiya-O’zbekiston uchinchi ta’lim forumi o‘z ishini boshladi

27-sentabr kuni Istanbul shahrida Turkiya—Oʻzbekiston uchinchi taʼlim forumi oʻz ishini boshladi. Forumda Oʻzbekistonning 30 ga yaqin OTM rektorlari, Turkiya davlatidan 60 ga yaqin OTM rahbarlari ishtirok etmoqda.

Tadbirni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining ijtimoiy rivojlantirish departamenti rahbari, Oliy taʼlim kengashi raisi Odil Abdurahmonov, Turkiya Oliy taʼlim kengashi (YÖK) rahbari Erol Özvar, Istanbul texnika universiteti rektori Hasan Mandal ochib berdilar.

Soʻnggi 3 yil davomida 800 nafarga yaqin oʻzbekistonlik oʻqituvchi va tadqiqotchilar Turkiyaga malaka oshirish, stajirovka, seminar va treninglarga yuborildi. Shuningdek, Oʻzbekistondagi oliygohlarda oʻquv jarayonini tashkil etishga 500 nafardan ortiq turkiyalik oʻqituvchilar jalb etildi. Joriy oʻquv yilida universitetlarimiz oʻrtasida tashkil etilgan Double degree qoʻshma taʼlim dasturlari boʻyicha 600 nafarga yaqin talabalar tahsil olmoqda.

Forum doirasida ikki davlat universitetlarining hamkorligiga qaratilgan 50 yaqin shartnomalar, kelishuvlar va memorandumlar imzolanishi kutilmoqda.

@masofatalim
Abduqodir Toshqulov ham deputatlikka nomzod sifatida ko‘rsatildi

Sobiq oliy ta’lim vaziri, Termiz davlat universiteti rektori Toshqulov Abduqodir Xamidovich Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan Surxondaryo viloyati Kengashi deputatligiga nomzod sifatida ko‘rsatilibdi.

@masofatalim
Gigantlar jangi: Samsung va Apple smartfonlari kurashi

Ikki kompaniya o‘rtasidagi marketing urushida reklama kuchli qurolga aylandi. Apple o‘zining reklama kampaniyalarida doimo minimalizm, innovatsiya va uslubga urg‘u bersa, Samsung texnik tomonga ko‘proq e’tibor qaratdi. 

Batafsil https://platina.uz/ca4ec0

@masofatalim
2024/09/30 01:31:15
Back to Top
HTML Embed Code: