Telegram Web
#zakovat Toshkent davlat yuridik universiteti xodimlari o'rtasida A.Navoiy va Z.M.Bobur tavalludiga bag'ishlab o'tkazilgan "Zakovat" intellektual o'yinida Mehnat huquqi kafedrasi jamoasi 1-o'rin sohibi bo'ldi.

G'oliblarni va barcha ishtirokchilarni ajoyib va qizg'in o'yin bilan tabriklaymiz.

Tashkilotlarchilarga alohida rahmat!

P.S. Ha, aytgancha 600 ming so'mdan har bir kishiga))
#test Sirtqi (maxsus sirtqi) ta’lim talabasi har bir semestr davomida bir marta oliy ta’lim muassasasiga o‘quv sessiyasiga chaqiriladi. Buning uchun unga o‘quv sessiyasi boshlanishiga qadar (kamida ... oldin) belgilangan shaklda xabarnoma yuboriladi.
Anonymous Quiz
25%
3 kun
28%
7 kun
25%
10 kun
22%
15 kun
#savolimbor Ассалому алайкум ходим жиноят содир этганлиги учун суд хукми эълон килинди ва хукм конуний кучга кирди,энди МК 168моддаси 3 бандига асосан МШ бекор килинадими? олдиндан рахмат

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi audio javobi📤:

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
Forwarded from Mehnat huquqi (Miryoqub Raximov)
#Mehnatkodeksi
Mehnat kodeksini mustaqil o'rganamiz!

1-mavzu; Mehnat huquqi moduliga kirish

Hurmatli kuzatuvchilar! Bugungi darsda Mehnat kodeksning 1-33-moddalari haqida ma'lumot beriladi.

📺 Havola orqali videolarni tomosha qiling.
1)
https://youtu.be/On4s0-_gHJk

📕 Mavzuga doir 1-35-muammoli kazuslar orqali bilimingizni mustahkamlang.

Huquqiy maslahat uchun quyidagiga yozing
https://www.tgoop.com/MehnathuquqimurojaatBot
#qonunbilan 1-mart sanasidan boshlab budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha 2 million 676 ming so’m homiladorlik va tug‘ish nafaqasi ya’ni “dekret puli” to’lab beriladi (avval 2 million 592 ming so’m to'lanar edi)❗️

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 20-sentabrdagi 515-son qaroriga 1-ilova “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida” Nizom O‘zbekiston Respublikasida budjet tashkilotlaridan tashqari barcha yuridik shaxslarda va yakka tartibdagi tadbirkorlarda mehnat shartnomasiga asosan oxirgi 6 oy davomida uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan ayollarga davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini (keyingi o‘rinlarda — nafaqa) tayinlash va to‘lash tartibini belgilaydi.

Nizomning 4-bandiga ko’ra, nafaqa xodimning farzandi tug‘ulguniga qadar minimal iste’mol xarajatlarining (keyingi o‘rinlarda — MIX) 4 baravari miqdorida to‘lanadi.

⚠️ MIX miqdori o‘zgarganda, MIX miqdori e’lon qilingan oydan keyingi oyning birinchi sanasidan boshlab nafaqa miqdori e’lon qilingan MIXning yangi miqdoridan kelib chiqib belgilanadi.

Davlat statistika qo‘mitasi minimal iste’mol xarajatlarini 2025-yil 4-fevral sanasida e’lon qildi (https://stat.uz/uz/matbuot-markazi/qo-mita-yangiliklar/59855-minimal-iste-mol-xarajatlari-qiymati-to-g-risida-3). Unga ko’ra, 2025-yil uchun hisoblangan minimal iste’mol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 669 ming so‘mni tashkil etdi (2024-yil 1-mayda e’lon qilingan qiymat 648 ming so’mni tashkil etgan). Batafsil bu yerda: https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/9073

Aslida esa Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-avgustdagi 544-son qaroriga ilova “Aholining minimal iste’mol xarajatlari qiymati va kambag‘allik chegarasini hisoblash tartibi to‘g‘risida nizom”ga ko’ra, Davlat statistika qo‘mitasi minimal iste’mol xarajatlari va kambag‘allik darajasini har yilgi hisobot yilida inflatsiya darajasidan kelib chiqib, keyingi yilning 20-yanvariga qadar e’lon qilib borishi kerak.

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
АРИЗА_5_Штат_қисқарганда_бошқа_иш_бериш_тўғрисида.docx
23.5 KB
#namuna
Shtat qisqarganda boshqa ishga o‘tkazish haqidagi ariza


📑 Jamlanmada
:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi), rus tillaridagi ariza namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish (https://youtu.be/noDeEcMjFsM?si=QGgNHq8VPdVwvD7f)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Эксперт_шарҳи

Мурожаат: Мен ишлайдиган ташкилотнинг жамоа шартномасида ходимларга иш ҳақи қисман сақланадиган таътил берилиши белгиланмаган. Бундай вазиятда мен иш ҳақи қисман сақланадиган таътил ола оламанми?


Тошкент давлат юридик университети катта ўқитувчиси, эксперт Муҳаммадамин Каримжонов ушбу мурожаатга батафсил жавоб беради.

Расмий саҳифаларимиз
Veb-sayt|Telegram|Facebook|Instagram|You Tube|X|Murojaat
#savolimbor
Assalamu aleykum men maktabda pedagog bolib ishlayman.Savolim shundan iborat ish vaqtida 10 kunga pulsiz otpuska olmoqchi edim.Shu otpuskani yillik otpuskadan olib ketsam boladimi shu haqida ma'lumot berib otsangiz.

Javob

Mehnat kodeksining 241-moddasiga muvofiq, ish haqi saqlanmaydigan ta’til xodimning yozma arizasiga binoan ish beruvchi bilan kelishuv asosida beriladi. Ushbu ta’tilning muddati kalendar yil davomida jami uch oydan oshmasligi lozim.

Siz 10 kunlik ish haqi saqlanmaydigan ta’til olishni rejalashtiryapsiz. Bunda:
Ushbu ta’til Mehnat kodeksining 216-moddasida nazarda tutilgan yillik mehnat ta’tili hisobidan olinmaydi.
Siz bu ta’tilni faqat ish beruvchi bilan kelishgan holda olishingiz mumkin.
Ish haqi saqlanmaydigan ta’til berish majburiy emas, balki ish beruvchining roziligiga bog‘liq.

Agar sizda Mehnat kodeksining 242-moddasida nazarda tutilgan holatlar mavjud bo‘lsa, ish beruvchi ish haqi saqlanmaydigan ta’tilni berishga majburdir.

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

Huquqiy maslahatga uchun quyidagiga yozing
https://www.tgoop.com/MehnathuquqimurojaatBot
#test Zahiriddin Muhammad Boburning islom huquqshunosligi va shariat aqidalariga bag'ishlangan asarini toping.

P.S. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 542 yil to'ldi!
Anonymous Quiz
37%
Boburnoma
18%
Xatti Boburiy
27%
Mubayyin
18%
Muxtasar
#test Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga qo’yilgan ballistik raketa Hatf-VII Babur qaysi davlatda ishlab chiqarilgan?

P.S. Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga 542 yil to'ldi!
Anonymous Quiz
27%
Pokiston
49%
Hindiston
15%
Eron
9%
Afg'oniston
#lekinbufakt Qirg‘izistonning O‘sh viloyatida Bobul qishlog‘i bor. Keksa insonlar o‘zining harbiylari bilan mazkur o‘lkalarda bo‘lgan, asli kelib chiqishi andijonlik hisoblangan Bobur nomi ularning qishlog‘ining nomi ekanini qayd etishadi.

Bobur nomi Rossiyada ham mashhur. Rus onomastikasida uchraydigan Baburin, Baburov, Zababurin, Baburchyonok, Babur kabi familiyalar shular jumlasidandir. G.F. Blagova aynan Zahiriddin Bobur bilan bog‘laydi. Qiziqarlisi shundaki, XVΙ asrdagi “yozma kitoblar”da Nijneye Baburino tilga olinadi; undan tashqari, Vladimirsk viloyatining Kirjak tumanida hozirgi davrda ham Baburino nomli qishlog‘i bor, balki bu qadimgi bo‘sh yer Nijneye Baburinodan kelib chiqqandir. Manba: O‘zbеkiston joy nomlarining izohli lug‘ati [Matn]: lug‘at / tuzuvchilar R.Y.Xudoyberganov [va boshq.]. – Toshkent: Donishmand ziyosi, 2022. – 624 b.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#lekinbufakt
Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga qo’yilgan ballistik raketa bor…


🔰 Babur (Urdu: بابر) raketasi buyuk sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur sharafiga atab yaratilgan bo'lib, Hatf-VII deb ham nomlanadi.

🇵🇰 Babur Pokiston tomonidan mustaqil tarzda loyihalashtirilgan va ishlab chiqilgan birinchi qanotli raketadir.

Raketa tovush tezligidan yuqori tezlikda harakatlanib, qisqa masofadagi nishonni yo’q qilishga mo’ljallangan.

Babur 2005-yilda birinchi marta sinovdan o'tkazilib, 2010 yilda Pokiston armiyasiga, 2018 yilda harbiy floti xizmatiga kiritilgan.

Texnik imkoniyatlari: og’irligi 1500 kg, uzunligi 6.2, diametri 0.52 metr, yadroviy va odatiy jangavorlik darajasi 450 – 500 kg, tezligi 880 kilometr/soat, harakat radiusi (Babur–I: 700 km, Babur–II: 750 km, Babur–III: 450 km).

Ba'zi tahlilchilarning fikricha, raketaning dizayni Xitoyning DH-10 va AQSHning Tomahawk nomli raketalariga o'xshash tarzda ishlangan.

Kanalimizga ulanishni unutmang
https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
АРИЗА 6 Ишга қабул қилиш ҳақида.docx
21.5 KB
#namuna
Ishga qabul qilish haqidagi ariza


📑 Jamlanmada:
O‘zbek (kirill va lotin yozuvi) tilidagi ariza namunalari
Zarur qonun hujjatlari ro‘yxati
Video tushintirish https://youtu.be/rXVfK8u517c?si=vKkrdpvlivCoSHaB)

🔒 Xususiyatlari:
Bitta qonun hujjati bilan asoslangan
Tez va oson foydalanish uchun WORD formatda
2 betli to‘liq hujjat

💵 Narx: 10 ming so‘m
💳 Karta raqami: 6262730098638887

📓Hujjatlar to'plami 1-qism bu yerda
📕Hujjatlar to'plami 2-qism bu yerda

🛒 Parolni olish uchun murojaat qiling: @miryoqubraximov
! ЎРҚ-1030.pdf
5.2 MB
Mehnat huquqi
! ЎРҚ-1030.pdf
"O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida" gi Qonun. Mehnat kodeksiga 49ta o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi. Takliflarimiz e'tiborga olinganidan xursandmiz. Masalan, Mehnat kodeksidagi alohida bo'linma va alohida tarkibiy bo'linma bilan bog'liq g'alizliklar haqida bu yerda gapirgan edik https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/4497
Ish haqi saqlanmagan ta'tilni hisoblash bilan bog'liq muammo haqida bu yerda gapirgan edik va boshqalar https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/8789

O'z takliflarimizni yozma ravishda ham yuborgan edik.
⚠️ Ish haqi saqlanmagan ta’til bo’yicha yangilik …

#yangilik O‘zbekiston Respublikasining 13.02.2025 yildagi O‘RQ-1030-son "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasi 22-bandiga ko’ra, 241-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etildi: “Xodimning yozma arizasiga ko’ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo’lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o’rtasidagi kelishuvga ko’ra belgilanadi, lekin u o’n ikki oylik davr mobaynida jami uch oydan ortiq bo’lmasligi kerak”.

❗️ Oldingi tahrir: Xodimning yozma arizasiga ko‘ra unga ish haqi saqlanmaydigan ta’til berilishi mumkin bo‘lib, uning davomiyligi xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra belgilanadi, lekin u ish haqi saqlanmaydigan oxirgi ta’til berilgan kundan e’tiboran kalendar yil davomida uzluksiz yoki jamlangan holda uch oydan oshmasligi kerak.

Bu haqida avvalroq yozgan edik https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/8789

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
Судья таклифи: қонунларда мажбуриятлар ихтиёрий бажарилишини рағбатлантиришга оид нормалар бўлиши керак

Ўзбекистон Республикаси Меҳнат кодексининг 333-моддасига ўзгартириш киритиш ҳақидаги қонун лойиҳаси муҳокама қилинмоқда.

Фуқаролик ишлари бўйича Шайхонтоҳур туманлараро судининг судьяси Гулруҳ Мамараимова мазкур лойиҳа ҳақидаги фикрлари ва таклифлари ҳақида гапириб берди.


Батафсил: https://uza.uz/posts/688228

Тelegram  | Facebook | Instagram | YouTubе
Intizomiy jazo choralarini qo‘llash tartibi bo’yicha yangilik…

#yangilik O‘zbekiston Respublikasining 13.02.2025 yildagi O‘RQ-1030-son "O'zbekiston Respublikasining Mehnat kodeksiga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonunning 1-moddasi 28-bandiga ko’ra, 313-modda ikkinchi qismining birinchi jumlasi quyidagi tahrirda bayon etildi https://lex.uz/pdfs/7380871 :

Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo’llanilguniga qadar, shu jumladan agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko’ra aniqlangan bo’lsa, yozma tushuntirishni talab qilishi shart ...

Oldingi tahrir: Ish beruvchi xodimdan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilguniga qadar yozma tushuntirishni talab qilishi, shu jumladan, agar intizomiy qilmish xizmat tekshiruvi natijalariga ko‘ra aniqlangan bo‘lsa, talab qilishi shart ...

Bu haqida ancha avval yozgan edik: https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/5984

Ekspertga murojaat: @MuhammadaminKarimjonov

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
2025/02/14 20:00:38
Back to Top
HTML Embed Code: