Telegram Web
#qonunbilan
"Mahalla yettiligi" - fuqarolar yig'ini raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli, profilaktika inspektori, ijtimoiy xodim, va soliq inspektoridan iborat tarkib.

Mahallalar faoliyatini tartibga solishga doir normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash toʼgʼrisidaOʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori, 13.06.2024 yildagi 334-son
#savolimbor Ассалому алайкум Мухаммадамин ака бир саволим бор эди ходима 2023йил июль ойидан бу е'г'ига бальничныйда ходима у'з хохиши билан бу'шамокчи кампенсация ту'ланадими 11 ой бальничныйда бу'лган

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi :

MK 234-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodimga barcha foydalanilmagan har yilgi asosiy va qo‘shimcha mehnat ta’tillari uchun pulli kompensatsiya to‘lanadi.

Endi savol tug’iladi, xodim 11 oy bolnichniyda bo’lganku 11 oy ham bolnichniy da bo’lish mumkinmi “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi yo‘riqnoma (ro‘yxat raqami 2667 ) 22-bandiga ko’ra, quyidagi hollarda bemor tegishli tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga (TIEK) yuboriladi:

aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri uzluksiz 4️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
aynan bir kasallik bo‘yicha vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri tanaffus bilan o‘n ikki oy mobaynida jami 6️⃣ oyni tashkil qilsa, sil kasalligi bundan mustasno;
sil kasalligi birinchi marta aniqlanganda vaqtincha mehnatga layoqatsizlik davri kasallik aniqlangan kundan boshlab kamida 1️⃣0️⃣ oyni tashkil qilsa;
silga qarshi kurashish muassasasida hisobda turgan bemorda asosiy kasallik kuchaygan — vaqtincha mehnatga layoqatsizlik boshlangandan keyin mehnatga layoqatsizlik davri kamida olti oyni tashkil qilsa.

Nogironlik belgilari aniq ko‘rinib turgan shaxslar, shuningdek noxush klinik prognozli bemorlar yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan muddatlar o‘tmasdan turib ham tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyasiga yuborilishi mumkin. Ushbu shaxslarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga qabul qilish to‘g‘risidagi qaror TIEK raisi tomonidan qabul qilinadi.
Yo'riqnomaning 24-bandiga ko'ra, bemor TIEKga yuborilganda mehnatga layoqatsizlik varaqasi yoki mehnatga layoqatsizlik ma’lumotnomasining muddati bemor TIEKga yuborilgan kundan boshlab to‘xtatiladi. Mazkur bemorlar hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab ikki hafta muddatda tibbiy ko‘rik o‘tkaziladi.

TIEK tomonidan nogironlik belgilanmagan, lekin vaqtincha mehnatga layoqatsiz deb topilgan shaxslarning mehnatga layoqatsizlik varaqasi davolash-profilaktika muassasasi tomonidan bemorning hujjatlari TIEKda qabul qilingan kundan boshlab uning mehnat qobiliyati tiklangunga qadar, ammo ikki oydan ortiq bo‘lmagan muddatga uzaytiriladi.

MK 226-moddasiga ko’ra, xodim haqiqatda ishlamagan, lekin mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka va mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarga, mehnat shartnomasiga muvofiq uning ish o‘rni (lavozimi) saqlangan vaqt har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi.

❗️Demak, xodimning bolnichniyda bo’lgan davri ham har yilgi asosiy mehnat ta’tilini va bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun qo‘shimcha ta’til olish huquqini beruvchi ish staji jumlasiga kiradi hamda shartnoma bekor qilinsa pulli kompensatsiya to‘lanadi.

❗️MK 172-moddasiga ko’ra, mehnat shartnomasi bekor qilinganda xodim bilan hisob-kitob qilinishi kerak.
Hisob-kitob xodimga:
oxirigacha olinmagan ish haqini;
xodim tomonidan foydalanilmagan barcha asosiy va qo‘shimcha ta’tillar uchun kompensatsiyalarni;
agar mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikda yoki mehnat haqidagi boshqa huquqiy hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida boshqa to‘lovlarni to‘lash nazarda tutilgan bo‘lsa, ushbu to‘lovlarni to‘lashni o‘z ichiga oladi.

Ish beruvchi tomonidan xodimga tegishli bo‘lgan barcha summalarni to‘lash xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan kunda amalga oshiriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#lekinbufakt Ўзбекистон Республикаси томонидан ратификация қилинган Халқаро меҳнат ташкилотининг конвенциялари сони 2️⃣2️⃣ тага етди.

❗️Ўзбекистон Халқаро меҳнат ташкилотининг Ишлаётган эркаклар ва аёллар учун тенг муносабатлар ва тенг имкониятлар: оилавий мажбуриятларга эга ходимлар тўғрисидаги 156-сонли Конвенсиясини (Женева, 1981-йил 23-июн) ратификация қилди. Президент бу ҳақдаги Қонунни (ЎРҚ-932-сон, 19.06.2024) имзолади.

Ўзбекистон Республикаси Халқаро Меҳнат Ташкилотига 1992 йил 13 июль куни аъзо бўлган.

Ташкилот томонидан­ ҳозирга қадар 191 та Конвенция ва 208 та Тавсия қабул қилинган https://www.ilo.org/dyn/normlex/en/f?p=1000:12000::::::

1). Мажбурий меҳнат тўғрисидаги 1930 йилги 29-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

2). Қирқ соатлик иш ҳафтаси тўғрисидаги 1935 йилги 47-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

3). Ҳақ тўланадиган таътил тўғрисидаги 1936 йилги 52-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

4). Жамоа музокараларини олиб бориш ва бирлашиш ҳуқуқи тўғрисидаги 1949 йилги 98-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

5). Тенг ҳақ тўлаш тўғрисидаги 1951 йилги 100-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

6). Оналикни муҳофаза қилиш тўғрисидаги 1952 йилги (қайта кўриб чиқилган) 103-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

7). Мажбурий меҳнатни тугатиш тўғрисидаги 1957 йилги 105-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

8). Меҳнат ва иш турлари соҳасида камситиш тўғрисидаги 1958 йилги 111-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

9). Иш билан таъминлаш соҳасидаги сиёсат тўғрисидаги 1964 йилги 122-Конвенция. (1995 йил 6 майда ратификация қилинган).

10). Меҳнаткашларнинг вакиллари тўғрисидаги 1971 йилги 135-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

11). Энг кичик ёш тўғрисидаги 1973 йилги 138-Конвенция. (2008 йил 4 апрелда ратификация қилинган).

12). Жамоа музокараларини олиб бориш тўғрисидаги 1981 йилги 154-Конвенция. (1997 йил 30 августда ратификация қилинган).

13). Болалар меҳнатининг энг ёмон шакллари тўғрисидаги 1999 йилги 182-Конвенция. (2008 йил 8 апрелда ратификация қилинган).

14) Бирлашмалар эркинлиги ва касаба уюшмаларига бирлашиш ҳуқуқини ҳимоя қилиш тўғрисидаги Конвенция. (25.10.2016 ратификация қилинган)

15) Халқаро меҳнат нормалари қўлланилишига кўмаклашиш учун уч томонлама маслаҳатлашувлар тўғрисидаги 1976 йилги 144-сонли Конвенция. (2019 йил 4 мартда ратификация қилинган)

16) Қишлоқ хўжалигида меҳнат инспекцияси тўғрисидаги 129-сонли Конвенция (Женева, 1969 йил 25 июнь, 2019 йил 27 августда ратификация қилинган)

17) Саноат ва савдода меҳнат инспекцияси тўғрисидаги 81-сонли Конвенция (Женева, 1947 йил 11 июль, 2019 йил 27 августда ратификация қилинган).

18) Меҳнат хавфсизлиги ва гигиенасига кўмаклашиш асослари тўғрисидаги 187-сонли Конвенция (Женева, 2006 йил, 2021 йил 29 май ратификация қилинган).

19) Қурилишда меҳнат хавфсизлиги ва гигиенаси тўғрисидаги 167-сонли Конвенция (Женева, 1988 йил 20 июн, 2022 йил 7 февраль ратификация қилинган).

20) “Ишчиларни иш жойида ҳаво ифлосланиши, шовқин ва тебраниш туфайли вужудга келадиган касбий хавф-хатардан ҳимоялаш тўғрисида”ги 148-сон Конвенциясининг (Женева, 1977 йил 20 июн).

21) Иш ҳақини ҳимоя қилиш тўғрисидаги 95-сонли Конвенцияси (Женева, 1949 йил, 1 июль, 12.03.2024 йилдаги ЎРҚ-918-сон Қонун билан ратификация қилинган)

22) Ишлаётган эркаклар ва аёллар учун тенг муносабатлар ва тенг имкониятлар: оилавий мажбуриятларга эга ходимлар тўғрисидаги 156-сонли Конвенсиясини (Женева, 1981-йил 23-июн), 19.06.2024 йилдаги ЎРҚ-932-сон Қонун билан ратификация қилинган.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#test Ish joyiga kiraverishdan to ish o'rnigacha bo‘lgan yo‘l uchun, ish boshlanishidan oldin va ish tugaganidan keyin kiyim-bosh almashtirish uchun, ishdan ketayotganda ro‘yxatdan o‘tish uchun zarur bo‘lgan vaqt xodim tomonidan ...
Anonymous Quiz
59%
mehnat majburiyatlarining haqiqatda bajarilgan vaqtiga kiritiladi hamda hisobga olinadi.
41%
mehnat majburiyatlarining haqiqatda bajarilgan vaqtiga kiritilmaydi hamda hisobga olinmaydi.
Endi ishlovchi pensionerlar oylik yoki pensiyadan faqat bittasini oladimi?

#savolimbor Assalomu alaykum, aytishlaricha endi pensionerlar ishlasa, pensiya puli olmas ekan. Ya'ni yoki ishlab faqat oylik oladi, yoki ishlamay pensiya pulini oladi. Shu to’g’rimi? Shu bo’yicha qonun loyihasi chiqibdimish?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi :

Hammasi asossiz gaplar. Hech qanday qonun loyihasi chiqqan yo’q. Ishlovchi pensionerlar pensiyani ham, oylikni ham 100% olishmoqda!

Avval “Ishlovchi pensionerlarga pensiya to‘lash tartibi to‘g‘risida”gi Nizomga ko’ra, faqat ayrim toifadagi ishlovchi pensionerlargagina pensiyalar to‘liq miqdorda (100 foiz) to‘lanar edi. Masalan, Ikkinchi jahon urushi nogironlariga, qatnashchilariga va ularga tenglashtirilgan shaxslarga, I va II guruh nogironlari, fuqarolar yig‘inlari va mahallalarning raislariga va boshqalarga https://lex.uz/docs/-1783549?ONDATE=10.05.2011

❗️ Qolgan barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 50 foiz miqdorida pensiyalar to‘lanar edi. Lekin mazkur hujjat 06.08.2019 yili o’z kuchini yo’qotgan! Hozirda barcha ishlovchi pensionerlarga ularga tayinlangan pensiyaning 100 foiz miqdorida pensiyalar to’lanmoqda!

Ko’pchilik Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Soliq qoʼmitasi va Markaziy banki Boshqaruvining “Ish beruvchilar tomonidan fuqarolarning shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʼarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʼlash tartibi toʼgʼrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasiga chalg’imoqda https://regulation.gov.uz/oz/d/100657

⚠️ E’tibor bering, bu qaror loyihasi shaxsiy jamgʼarib boriladigan pensiya hisobvaraqlariga majburiy jamgʼarib boriladigan pensiya badallarini hisoblash va toʼlash tartibiga taalluqli! Ya’ni davlat pensiyalarini tayinlash va to’lashga aloqasi yo’q.

❗️“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to‘g‘risida”gi Qonun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining qariganda, mehnat qobiliyatini to‘liq yoki qisman yo‘qotganda, boquvchisiz qolganda ijtimoiy ta’minlanishdan iborat konstitutsiyaviy huquqlarini ro‘yobga chiqarish, davlat pensiyalarining yagona tizimini, ularni tayinlash, hisoblab chiqarish, qayta hisoblash va to‘lash tartibini belgilaydi.

❗️“Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti to‘g‘risida”Qonunning maqsadi esa maqsadi fuqarolarning jamg‘arib boriladigan pensiya ta’minoti sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 42-moddasiga ko’ra, har kim munosib mehnat qilish, kasb va faoliyat turini erkin tanlash, xavfsizlik va gigiyena talablariga javob beradigan qulay mehnat sharoitlarida ishlash, mehnati uchun hech qanday kamsitishlarsiz hamda mehnatga haq to‘lashning belgilangan eng kam miqdoridan kam bo‘lmagan tarzda adolatli haq olish, shuningdek ishsizlikdan qonunda belgilangan tartibda himoyalanish huquqiga ega.

Konstitutsiyaning 46-moddasiga ko’ra, har kim qariganda, mehnat qobiliyatini yo‘qotganda, ishsizlikda, shuningdek boquvchisini yo‘qotganda va qonunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ijtimoiy ta’minot huquqiga ega.

Demak, hurmatli pensionerlar, gazini bosib ishlayveringlar! Pensiyani ham, oylikni ham 100% olasizlar! Bizlarni ham pensiya yoshiga yetkazsin🤲

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
photo_2024-06-21_14-19-26.jpg
74.3 KB
#savolimbor Davlat boshqaruv organlari hisoblangan tashkilotlarining texnik xodimlari ham 27 kalendar kunidan iborat yillik uzaytirilgan mehnat ta’tiliga chiqadilarmi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi :

MK 218-moddasiga ko’ra, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari xodimlariga davomiyligi 27 kalendar kun bo‘lgan har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til beriladi, bundan davlat xodimlarining ayrim toifalari uchun qonunda har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilning uzoqroq davomiyligi belgilangan hollar mustasno.
Moddaning mazmunidan ko’rinib turibdi, 27 kalendar kundan iborat har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’til davlat hokimiyati va boshqaruvi organlaridagi nafaqat boshqaruv xodimlari, balki texnik va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga ham taalluqli! Bu bo’yicha O'zbekiston Respublikasi Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligining javob xatini ham ilova qilamiz!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#test Pedagog xodim o'quv yili davomida 4 marta qon topshirgan. Xodim 4 kunlik dam olish kunini 56 kunlik yillik uzaytirilgan mehnat ta’tiliga qo‘shib berishni so'radi? Shu mumkinmi?
Anonymous Quiz
42%
Yo'q, mumkin emas. 60 kun bo'lib ketyapti, 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.
26%
Ha, bemalol mumkin.
32%
Ha, agar ichki hujjatlarda yoxud mehnat shartnomasida belgilangan bo'lsa.
Yangi ishga kirgan xodimlarni ham ta’tillar jadvaliga qo’shish kerakmi?

#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadamin aka. Tashkilot ta’tillar jadvali 2023-yil 30-dekabr kuni tasdiqlangan bo‘lsa, 2024-yil 1-fevral kuni ishga kirgan xodim ushbu yilda mehnat ta’tiliga qanday tartibda chiqadi? Ta’tillar jadvali tasdiqlangandan so’ng, ishga kirgan xodimlarni ham jadvalga kiritish shartmi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi📤:

MK 228-moddasiga ko’ra, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

Ta’tillar jadvali kalendar yil boshlanguniga qadar ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi bilan kelishuvga ko‘ra tasdiqlanadi.

Demak, e’tibor bering, ta’tillar jadvali majburiy bo’lgan ichki lokal hujjat hisoblanadi. Qonunchilikda ayrim istisnolar mavjud. Masalan, MK 505-moddasiga ko’ra, ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma ichki hujjatlarni (ichki mehnat tartibi qoidalarini, mehnatga haq to‘lash to‘g‘risidagi nizomni, mukofotlash haqidagi nizomni, smenalar jadvalini va boshqalarni) qabul qilishdan to‘liq yoki qisman voz kechishga haqli. Bunda yakka tartibdagi mehnatga oid munosabatlarni va ular bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish uchun ish beruvchi bo‘lgan mikrofirma xodimlar bilan tuziladigan mehnat shartnomalariga mehnat to‘g‘risidagi qonunchilikka muvofiq ichki hujjatlar bilan tartibga solinishi zarur bo‘lgan shartlarni kiritishi kerak. Bundan xulosa qilsak, mikrofirmalar uchun ta’tillar jadvali majburiy emas.

Yangi ishga kirgan xodimlarni ham ta’tillar jadvaliga qo’shish shartmi

Bu borada Mehnat kodeksida talab yo’q. Ya’ni ta’tillar jadvali tasdiqlanganidan so’ng ishga qabul qilingan yangi xodimlarni jadvalga kiritish shart emas. Unda yangi ishga kirgan xodimlar qay tartibda ta’tilga chiqadiXodimning arizasiga ko’ra ta’til berilaveradi. MK 227-moddasiga (Birinchi ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilini berish tartibi) ko’ra, 1-ish yili uchun har yilgi mehnat ta’tilidan foydalanish huquqi xodimda u ushbu ish beruvchida uzluksiz ishlagan 6 oy o‘tganidan keyin yuzaga keladi. Mehnat shartnomasi taraflarining kelishuviga ko‘ra xodimga ishlagan 6 oy o‘tguniga qadar ham mehnat ta’tili berilishi mumkin.

Mehnat taʼtiliga chiqish uchun xodim ariza yozishi shartmi https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/7498

Postlarimiz Siz uchun manfaatli bo'layotgan bo'lsa, mana bu havola orqali o'tib, donat qilishingiz mumkim https://tirikchilik.uz/Muhammadamin

Yoki quyidagi plastik karta raqamiga ham donat qilishingiz mumkin: 5614 6812 1616 2671

Donat qilaman deganlarning esa himmatini ko'ramiz 😊. Toma toma ko'l bo'lur. E’tiboringiz uchun katta rahmat!


Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, xodimga ko‘p yillik ish staji uchun ta’til asosiy mehnat ta’tilidan alohida berilishi mumkinmi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi :

Ha, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra berish mumkin. Chunki MK 231-moddasiga ko’ra, xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra har yilgi mehnat ta’tili qismlarga bo‘linishi mumkin. Bunda ushbu ta’tilning hech bo‘lmaganda bir qismi 14 kalendar kundan kam bo‘lmasligi kerak.

MK 216-moddasi 3-qismiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining turlari quyidagilardan iborat:

asosiy mehnat ta’tili (har yilgi asosiy eng kam yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan);
ushbu Kodeksning 222-moddasida nazarda tutilgan tartibda asosiy eng kam yoki asosiy uzaytirilgan ta’til bilan jamlab hisoblanadigan qo‘shimcha mehnat ta’tili.

MK 222-moddasiga ko’ra, har yilgi mehnat ta’tilining umumiy davomiyligini hisoblab chiqarishda qo‘shimcha ta’tillar har yilgi asosiy eng kam ta’til yoki har yilgi asosiy uzaytirilgan ta’tilga qo‘shib jamlanadi.

❗️Demak, yuqoridagilardan xulosa qilsak, MK 220-moddasidagi bitta tashkilotda yoki tarmoqda ko‘p yillik ish staji uchun beriladigan har yilgi qo‘shimcha mehnat ta’tilini xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra alohida berish mumkin!

❗️Har yilgi mehnat taʼtilini qismlarga boʼlish va rasmiylashtirish tartibi ushbu maqolamizda batafsil tushuntirilgan, shuningdek ariza va buyruqdan namunalar keltirilgan https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/7400

❗️Ushbu audipostimizda esa har yilgi mehnat ta’tilini qismlarga bo‘lish masalasini imkon qadar soddaroq va batafsilroq tushuntirganmiz https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/7379

Postlarimiz Siz uchun manfaatli bo'layotgan bo'lsa, mana bu havola orqali o'tib, donat qilishingiz mumkin https://tirikchilik.uz/Muhammadamin

Yoki quyidagi plastik karta raqamiga ham donat qilishingiz mumkin: 5614 6812 1616 2671

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
Mehnat huquqi
#test Pedagog xodim o'quv yili davomida 4 marta qon topshirgan. Xodim 4 kunlik dam olish kunini 56 kunlik yillik uzaytirilgan mehnat ta’tiliga qo‘shib berishni so'radi? Shu mumkinmi?
MK 283-moddasi va “Qon va uning tarkibiy qismlari donorligi to‘g‘risida”gi Qonun 20-moddasiga ko’ra, donor bo‘lgan xodimlarga bevosita qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan har bir kundan keyin dam olish kuni beriladi. Xodimning xohishiga ko‘ra bu kun yillik mehnat ta’tiliga qo‘shiladi yoki qon va uning tarkibiy qismlari topshirilgan kundan keyin yil davomida boshqa vaqtda bu kundan foydalanilishi mumkin.

⚠️ E’tibor bering, dam olish kuni beriladi, qo’shimcha ta’til emas! Chunki MK 222-moddasiga ko’ra, barcha hollarda qonunchilik bilan belgilangan ta’tillarni jamlashda ularning davomiyligi bir ish yili uchun 56 kalendar kundan oshib ketishi mumkin emas.

Demak, testimizda pedagog xodimga 56 kalendar kun + 4 kun o‘rtacha ish haqi saqlanadigan dam olish kuni (ta’til emas) berilishi to'g'ri ekan ! Bu yerda har yilgi mehnat ta’tilining davomiyligi 60 kun bo’lib ketmoqda deb chalg’imanglar! Ta’til 56 kundan oshgani yo’q, 4 kun bu ish haqi saqlanadigan dam olish kunidir.

Buyruqda Falonchi Falonchiyevga 56 kalendar kundan iborat yillik uzaytirilgan ta’til hamda MK 283-moddasiga muvofiq 4 kun o‘rtacha ish haqi saqlangan holda dam olish kuni berilsin, xodimning ishga chiqish sanasi falon sana etib belgilansin deyiladi!

⚠️ Diqqat! Donorlik faktini tasdiqlash, shu jumladan tibbiy tekshiruvdan o‘tish hamda bevosita qon va uning tarkibiy qismlarini topshirish qon xizmati tomonidan berilgan ma’lumotnoma yoki boshqa hujjat asosida amalga oshiriladi.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#test “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan o‘z qonini kamida ... marta yoki uning tarkibiy qismlaridan bir qismini kamida ... marta bepul topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari mukofotlanadilar.
Anonymous Quiz
36%
30, 50
33%
40, 60
23%
50,70
8%
60, 80
#savolimbor Assalomu alaykum, Muhammadaminjon. Men ham Sizdek Ustozman. Qon bosimim oshib ketib, bolnichnaydaman. Ta'tilim nima bo'ladi? Sizga bolnichniy berilmaydi, ta'tilingiz shundoq ham ko'pku deyishyapti? Shu to'g'rimi?


Aloqador moddalar: MK 229 modda
https://www.tgoop.com/mehnathuquqi audio javobi
  📤:

💻 Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
Endi "dekret" "dekretga" ulansa pul to’lanmas emish? Shu to’g’rimi?

#savolimbor Ассалому алейкум Мухаммадамин яхшимисиз? Ишларингиз яхшими? Бир саволим бориди. Хозир декретни декретга уласа пул берилмайдими? Янги кодекс хали тугриси укишга вакт булмади, бир хамкасбим ишга чикинг булмаса 2-тукрукка декрет пули берилмайди деди. Рахмат жавобингиз учун.
https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi :

Bu mutlaqo asossiz gaplar.

"Dekret" "dekretga" ulansa ham "dekret" puli beriladi. Farzandlar soniga ham hech qanday cheklov yo’q. "Dekret"ni "dekretga" ulansa ham takroriy homiladorlik uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda berilaveradi. Ya’ni xodim 1-farzandi uchun “dekret”ga chiqib, so’ng bola parvarish ta’tili davomida 2, 3-larini ham ulab yuborsa ularga ham “dekret” to’lanaveradi.

O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vazirining 2015-yil 20-martdagi 25-son buyrug‘iga ilova “Mehnatga layoqatsizlik varaqalarini berish tartibi to‘g‘risida”gi Yo’riqnoma [O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2015-yil 17-aprelda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2667] (https://lex.uz/docs/-2625878) 29-bandiga ko’ra, bola ikki va uch yoshga to‘lgunga qadar parvarishlash uchun beriladigan ta’til yoki ish haqi saqlanmagan holda qo‘shimcha ta’tilda bo‘lgan ayollarning takroriy homiladorligi uchun mehnatga layoqatsizlik varaqasi umumiy asosda beriladi.

Hisob-kitob qanday qilinadi? “Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqalar tayinlash va to‘lash tartibi to‘g‘risida” nizom (Adliya vazirligi tomonidan 2002-yil 8-mayda 1136 -son bilan davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan) 49-50-bandlariga ko’ra, vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik, homiladorlik va tug‘ish bo‘yicha nafaqalar barcha hollarda xodimning haqiqiy ish haqidan hisoblab chiqariladi. Nafaqalarni hisoblashda asos qilib olinadigan haqiqiy ish haqiga ish joyidan, sug‘urta badallari undirilib to‘lanadigan jami ish haqi to‘lovlari kiradi.
Nizomning 58-bandiga ko'ra, xodim uzrli sabablarga ko‘ra ish haqiga ega bo‘lmagan, qonunchilik hujjatlariga muvofiq ish haqidan nafaqa hisoblab chiqarilishi lozim bo‘lgan hollarda nafaqa tarif stavkasi (lavozim maoshi) va mukofotlarning o‘rtacha oylik summasidan kelib chiqqan holda hisoblab chiqarilishi lozim. Bunda tarif stavkasi yoki eng kam ish haqi tuman koeffitsiyenti va ustamalar belgilangan joylarda ishlaganlik uchun beriladigan ustamalarni hisobga olgan holda asos qilib olinadi.

"Dekret" "dekretga" ulansa “dekret puli” 75 % yoki 100 % to’lanadimi
Batafsil👉 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/6578
https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/6008

⚠️ Endi ikkinchi va undan keyingi farzandlar uchun “suyunchi puli” barchaga berilmaydi. https://www.tgoop.com/mehnathuquqi/6960

“Dekret puli hamda ”syunchi puli” umuman boshqa-boshqa tushunchalar!

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
#savolimbor Assalomu alaykum, xodim 1 yilda 2 marta ta’tilini to’liq olishi mumkinmi?

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi javobi 📤:

Ha, mumkin. Buni quyidagicha asoslaymiz. Bu yerda kalendar yilga chalg’imaslik lozim. Ta’til xodimning ish yili davomida beriladi, kalendar yil davomida emas.
MK 225-moddasiga koʼra, ish yili deganda xodimning muayyan ish beruvchida 12 oyga teng boʼlgan va haqiqatda ish boshlangan sanadan eʼtiboran hisoblab chiqariladigan ish davri tushuniladi.

Masalan, xodim 22.02.2024 dan ish boshladi. Uning ish yili 22.02.2024 dan 21.02.2025 gacha boʼladi. Bizning misolda har yilgi mehnat taʼtili xodimga taʼtil berilayotgan ish yili tugaguniga qadar yaʼni 21.02.2025 gacha ( shu kuni ham) berilishi kerak. ❗️ Koʼpchilik mana shu oʼrinda kalendar yilga chalgʼib ketib, xodimni 31-dekabrgacha taʼtilga chiqarsam boʼladi deb, xato oʼylashadi. Yaʼni xodimni kalendar yil tugagunga qadar emas, xodimning ish yili tugaguniga qadar taʼtilga chiqarish shart ekan.

Misolimizdagi xodim 2025-yil 21-fevral kuni ta’tilga chiqdi. Shu xodim 2025-yili, masalan, may oyida yana ta’til olishi mumkinmi yoki faqat 2026-yil fevraldagina ta’tilga chiqa oladimi? Xodim 2026-yil 22-fevralgacha ham ta’tilga chiqishi mumkin. Qanday qilib deysizmi? Xodim yangi ish yili boshlangan sanadan ya'ni 2025-yil 22-fevraldan boshlab 22.02.2025 dan 21.02.2026 gacha ish yili uchun ta’tilini olishi mumkin. Ko’pchilik mana shu yerda xodim 1 yilda ya'ni 2025-yilda 2 marta ta’tilga chiqyaptiku, bu xato emasmi deb so’rashadi. Yo’q xato emas. Chunki xodim 2025-yil fevral oyida 22.02.2024 dan 21.02.2025 gacha bo’lgan ish yili uchun ta’til oldi.

2025-yil may oyida esa 22.02.2025 dan 21.02.2026 gacha bo’lgan ish yili hisobiga ta’til oldi ya’ni sodda qilib aytganda qarzga ta’til oldi. Xodim boshqa-boshqa ish yillar uchun ta’til olmoqda. Diqqat! Lekin xodim 22.02.2026 dan 21.02.2027 gacha bo’lgan ish yili hisobiga ta’tilni 2025-yilda ololmaydi. 22.02.2026 dan 21.02.2027 gacha bo’lgan ish yili hisobiga ta’tilni ish yili boshlangan sana 22.02.2026 dan boshlab olishi mumkin.

⚠️ Diqqat! MK 228-moddasi 1-qismiga ko’ra, ikkinchi va keyingi ish yillari uchun har yilgi mehnat ta’tili ish beruvchi va xodim uchun majburiy bo‘lgan ta’tillar jadvali bilan belgilanadigan har yilgi mehnat ta’tillarini berish navbatiga muvofiq beriladi.

⚠️ MK 228-moddasi oxirgi qismiga ko’ra, jadvalda belgilangan har yilgi mehnat ta’tilini berish vaqti xodim va ish beruvchi o‘rtasidagi kelishuvga binoan o‘zgartirilishi mumkin.

⚠️ MK 269-moddasi 2-qismi 6-bandiga ko’ra, xodim qaysi ish yili hisobiga ta’til olib bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha yil tugaguniga qadar mehnat shartnomasi bekor qilinganda ta’tilning ishlab berilmagan kunlari uchun xodimning yozma roziligidan qat’i nazar, ish haqidan ushlab qolish amalga oshiriladi, bundan 269-moddasi 3-qismidagi holatlar mustasno.

Telegramdagi kanalimizni yaqinlarga ulashishni unutmang👇 https://www.tgoop.com/mehnathuquqi
Mehnat kodeksini bepul o'rganing!

📈 You Tube (@miryoqubraximov9466) kanalimiz obunachilari
3 ming nafardan, 📹 ko'rishlar soni esa 100 mingdan oshdi.


🚪 Hurmatli obunachilar, kanalga a'zo bo'lib, Mehnat kodeksining
1-moddasidan 581-moddasigacha bo'lgan qismiga bag'ishlangan videolarni ko'rib o'z bilimingizni mustahkamlang.
#savolimbor? Assalomu alaykum, 5 yildan beri shu maktabda ishlovchi xodim maktab o‘qituvchisi sentyabr oyidan Yanvargacha ishlagan Yanvardan Aprelgacha homiladorlik va tug‘ish ta'tilida bo‘lgan aprel may oylarida ishlagan. SHunda unga 56(48 aniqmasku)kalendar kuni ta'til beramizmi yoki 223-224-moddalarda nazarda tutilgan ish davriga mutanosib ravishda ta'til beramizmi.
227-moddada faqat 1-ish yili nazarda tutilgan, bizda 96 ta maktab bo‘lsa hammasida shu muammo

Aloqador moddalar:  MK 226, 227, 228-moddalar

https://www.tgoop.com/mehnathuquqi audio javobi  📤:
2024/06/30 22:41:49
Back to Top
HTML Embed Code: