Telegram Web
Xususiy o‘quv markazlari diqqatiga!

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Migratsiya agentligi xorijda vaqtinchalik mehnat faoliyatini amalga oshirish istagida bo'lgan nomzodlarni tayyorlash maqsadida respublikamizda ro‘yxatdan o‘tgan va xorijiy tillarni (rus, ingliz, nemis, yapon va koreys) o‘rgatishga ixtisoslashtirilgan barcha o‘quv markazlarini hamkorlikka chaqiradi!

Hamkorlik qilish istagida bo‘lgan o‘quv markazlari quyidagi havola orqali ro‘yxatdan o‘tishi so'raladi.

👉 Ro‘yxatdan o‘tish

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniyaning "CLAAS" konserni filiallariga mexanika sohasi mutaxassislari ishga va Ausbildungga taklif etiladi!

Soha: qishloq xo'jaligi texnikalari mexanigi hamda shu sohada Ausbildung.

➡️ Ausbildung uchun talablar:

📍Batafsil
👉Ro'yxatdan o'tish

➡️Ishlash uchun talablar:

📍Batafsil
👉Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Sevara Imonova: "Germaniyada ishlayman, deb o‘ylamaganman"

Migratsiya agentligi va Shveysariyaning “Globogate Concept AG” tashkiloti hamkorligidagi loyiha doirasida bir guruh hamshiralar ishlash maqsadida Germaniyaga jo‘nab ketdi.

👉Tafsilotlar "O'zbekiston 24" telekanalida

🔻Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇺🇸🇰🇷🇯🇵Fuqarolarni AQSH, Janubiy Koreya va Yaponiya davlatlariga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Payariq tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqarolar S.Sh. (muqaddam sudlangan) va D.E. o‘zaro til biriktirib, fuqaro X.A.ning ishonchiga kirib, AQSHga ishga yuborishini vaʼda qilib, buning uchun 18 000 AQSH dollari miqdorida xarajat qilganini aytib, evaziga X.A.ning “Toxirshayx” mahallasidagi uy-joyini firibgarlik yo‘li bilan rasmiylashtirib olishga erishgani aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning G‘allaorol tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik va boshqa jinoyatlari uchun sudlangan M.I. fuqaro O.P.ning ishonchiga kirib, uni Janubiy Koreyaga ishga yuborishi evaziga 12 600 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi va DXX xodimlari hamkorligida tumandagi Birlashgan ko‘chasida o‘tkazilgan tezkor tadbirda esa fuqarolar M.O. va D.A. fuqaro T.B.ning ishonchiga kirib, unga Yaponiyaga ishga yuborishi uchun viza olib berishini aytib, evaziga 2 500 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
#Live

🇺🇿🇸🇰 Ayni daqiqalarda bir guruh yurtdoshlarimiz Toshkent xalqaro aeroportidan Slovakiyadagi “Volkswagen” avtomobil zavodida ishlash uchun jo'nab ketmoqda.

Jarayonlarni Agentlikning instagramdagi sahifasi orqali jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

👉 Jonli efir

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
XORIJDA ISH
2024-yilning 27-30-oktabr kunlari Estoniya payvantlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ISO-9606 standartlari asosidagi payvandchilar malakasini baholash boʻyicha imtihon oʻtkaziladi. 📍Imtihon manzili: Toshkent viloyati Oʻrtachirchiq tumani 2-son Kasb-hunar…
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇪🇪⛓️‍💥Estoniya payvandlash assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda ISO-9606 standartlari asosidagi payvandchilar malakasini baholash boʻyicha imtihon jarayonlaridan lavha.

❗️Eslatib oʻtamiz, imtihondan muvaffaqiyatli oʻtganlarga Yevropa va rivojlangan boshqa davlatlarda malakali mutaxassis sifatida ishlash imkonini beruvchi xalqaro sertifikat beriladi.

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Migratsiya agentligining hududiy filiallari:

Andijon viloyati:
📍Andijon shahri Bog‘ishamol dahasi, Xalqa yo‘li ko‘chasi, 2-uy. Aholini kasb-hunarga o‘qitish markazi (sobiq Bog‘ishamol pedagogika kolleji).
☎️ 55 202-33-55, 55 203-33-55.
📲 Telegram

Buxoro viloyati:
📍Buxoro shahri Piridastgir ko‘chasi 13-uy.
"Ishga marhamat" monomarkazi binosi 2-qavati.
☎️ 65 226-56-99, 93 966-99-59.
📲 Telegram

Farg‘ona viloyati:
📍Fargʼona shahri Аl-Fargʼoniy koʼchasi 112v-v uy. KOICA o'quv markazi.
Mo‘ljal: Sobiq Melkombinat.
☎️ 91 327-63-60
📲 Telegram

Jizzax viloyati:
📍Jizzax shahri Jizzaxlik MFY Sharof Rashidov shoh ko‘chasi 44-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi 1-qavati.
Mo‘ljal: O‘rda bog‘i yaqinida.
☎️ 72 223-90-66, 72 223-90-65.
📲 Telegram

Namangan viloyati:
📍Namangan shahri Nodira ko‘chasi 3-uy,
Mo‘ljal: Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi binosi, Zangori ekran korxonasi.
☎️ 69 227-97-27, 69 227-94-64.
📲 Telegram

Navoiy viloyati:
📍Navoiy shahri Navoiy ko‘chasi 51-uy, "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 79 222-11-05.
📲 Telegram

Qashqadaryo viloyati:
📍Qarshi shahri A.Navoiy ko‘chasi 70A-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
Mo‘ljal: Oydin bozori ro‘parasi.
☎️ 55 403-12-82.
📲 Telegram

Qoraqalpog‘iston Respublikasi:
📍Nukus shahri A.Dosnazarov ko‘chasi 64a-uy. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi binosi. Mo‘ljal: Ata-ana klinika ro‘parasi.
☎️ 55 102-53-32, 55 102-53-34.
📲 Telegram

Samarqand viloyati:
📍Samarqand shahri Beruniy ko‘chasi, 41-uy.
Mo‘ljal: Yoshlik istirohat bog‘i (Temiryo'l vokzali parki), 43-maktab, Samarqand shahar 4-son Ichki ishlar bo‘limi ro‘parasida.
☎️ 66 233-24-00, 66 233-53-00.
📲 Telegram

Sirdaryo viloyati:
📍Guliston shahri Xondamir ko‘chasi 49-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 67 225-55-59.
📲 Telegram

Surxondaryo viloyati:
📍Termiz shahri Marjon ko‘chasi 2-uy.
Mo‘ljal: Eski shahar ABKM binosi.
☎️ 76 222-45-22, 90 247-86-63.
📲 Telegram

Toshkent shahri:
📍Yakkasaroy tumani Kichik halqa yo‘li 3-uy.
Mo‘ljal: Yakkasaroy tuman davlat soliq inspeksiyasi qarshisi.
☎️ 55 517-01-44 (ichki raqam 156, 166), 71 203-01-17
📲 Telegram

Toshkent viloyati:
📍Nurafshon shahri Qumariq MFY Qumariq shoh ko‘chasi, 1-uy.
Mo‘ljal: Sada avtobus bekati.
☎️ 55 900-33-10.
📲 Telegram

Xorazm viloyati:
📍Urganch shahri Baynalminalchi ko‘chasi 6-uy. "Ishga marhamat" monomarkazi binosi.
☎️ 62 229-19-96.
📲 Telegram

📞 Ishonch telefonlari: 71 200-00-61, 71 202-33-55 yoki 1282 qisqa raqami.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇸🇰 Slovakiya Respublikasi avtomobil ishlab chiqarish zavodida AVTOKARACHI lavozimiga fuqarolar ishga taklif etiladi!

Nomzodlar uchun talablar:


💢B toifali haydovchilik guvohnomasi;
💢rus tilida erkin muloqot qila olish;
💢18-45 yosh;
💢avtokara haydashni bilish.

💶oylik maosh 950-1080 yevro.

Ish beruvchi hisobidan:
🔹tibbiy sug‘urta;
🔹aeroportdan ish joyigacha transfer.

Fuqaro hisobidan:
Agentlik to‘lovi BHM ning 10 barobari;
trening markaz uchun to‘lov 4.080.000 so‘m;
aviachipta;
yotoq joy va oziq ovqat.

📍Tanlov 2-noyabr soat 18:00 gacha va 4-noyabr soat 09:00 dan 18:00 gacha Toshkent shahri Sergeli tumani Sug‘diyona ko‘chasi 4A uyda bo‘lib o‘tadi.

👉
Tanlov manzili lokatsiyasi

☎️ Murojaat uchun:
71 202-33-55 (ichki raqam: 66, 17).

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇯🇵Fuqarolarni Yaponiyaga ishga jalb qilish bo‘yicha qanday loyihalar amalga oshirilmoqda?

🎥 Batafsil “O'zbekiston 24” telekanalida

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
🇩🇪Germaniyaning "CLAAS" konserni filiallariga mexanika sohasi mutaxassislarini ishga va Ausbildungga taklif etadi!

Soha: qishloq xo'jaligi texnikalari mexanigi hamda shu sohada Ausbildung.

➡️ Ausbildung uchun talablar:

📍Batafsil
👉Ro'yxatdan o'tish

➡️Ishlash uchun talablar:

📍Batafsil
👉Ro'yxatdan o'tish

☎️ Murojaat uchun: 1282 qisqa raqami yoki 71 200-00-61, 71 202-33-55.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Fuqarolarni Yaponiya va Polshaga ishga yuborishni vaʼda qilgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda fuqaro B.X. A.A.ning ishonchiga kirib, uni Yaponiyaga ishga yuborishi evaziga 7400 AQSH dollarini olgan vaqtida ushlangan.

Departamentning Samarqand shahri bo‘limi o‘tkazgan tergovga qadar tekshiruvda muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro A.Q. 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polshaga ishga yuborishi evaziga jami 10700 AQSH dollarini firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritgani aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

❗️
Eslatib o‘tamiz, fuqarolarni xorijga ishga jo‘natish qonunchilikka muvofiq, litsenziyali faoliyat hisoblanadi.

👉 Litsenziyaga ega XBA ro‘yxati

🔻
Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Qozog‘iston Respublikasida bo‘lib turgan va tranzit yo‘nalishida harakatlanayotgan O‘zbekiston fuqarolari ogohlantiriladi!

So‘nggi kunlarda Qozog‘iston Respublikasi hududlarida ob-havoning keskin sovushi natijasida yo‘llarda harakatlanish bilan bog‘liq qator noqulayliklar yuzaga kelmoqda.

Shuningdek, yaqin haftalar davomida joylarda tuman, kuchli yomg'ir hamda yo'llarda muzlash holatlari Respublika darajasidagi avtoyo‘llarda harakatlanishda qiyinchiliklarni vujudga keltirishi mumkin.

Shu munosabat bilan, ushbu davlatda bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolaridan yo‘llarda harakatlanishda barcha xavfsizlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni, xavfsiz transport vositalaridan foydalanishni, zarurat bo‘lmaganda uzoq masofali yo‘llarda transport vositalarida harakatlanmaslikni so‘raymiz.

🔻 Axborot kanallarimizni kuzatib boring

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
❗️Обуначиларимизга қулай бўлиши учун Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг телеграмда расмий ҳамда эълонлар каналлари юритилишини маълум қиламиз!

Расмий каналда:

▪️Миграция агентлиги фаолиятидаги янгилик ва воқеалар, иш берувчилар билан ўтадиган халқаро учрашувлар, танловлар, чет элга кузатиш жараёнлари ҳамда хорижда ишлаб юрган юртдошларимиз ҳаёти акс этади.

Эълонлар каналида:

▪️Хорижлик салоҳиятли иш берувчиларнинг бўш иш ўринлари ҳақидаги эълонлари, танлов ва имтиҳон санаси, жойи, иш шароитлари каби маълумотлар жойлаштириб борилади.

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Qozog'iston Respublikasi hududida bo'lib turgan xotin-qizlar diqqatiga!

2024-yil 18-nobyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 15:00 da Qozog'iston Respublikasi hududida bo'lib turgan ayollar – o'zbekistonlik xotin-qizlar uchun videokonferensaloqa shaklida sayyor qabul o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Sayyor qabulda ayollar o‘zlarini qiynayotgan muammolar yuzasidan murojaatlarini Migratsiya agentligi va tegishli tashkilotlar vakillariga aytishlari mumkin.

👉Mazkur onlayn sayyor qabulda ishtirok etish uchun soat 15:00 da quyidagi havolaga o‘ting:
https://www.tgoop.com/Qozogiston_2024_xotin_qizlar

Telegram|Facebook|Youtube|Instagram|X|Veb-sayt|Xorijda ish
Forwarded from Migratsiya agentligi
⚡️Ватанпарвар, ўз ишининг моҳир эгаси сифатида – хорижда ишлаш ниятида бўлган ва ишлаётган юртдошларимиз тақдирига бефарқ бўлмасангиз, танловда Сизнинг имкониятингиз юқори!

Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлигининг мавжуд вакант лавозимларига Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги (АРГОС) порталида очиқ танлов эълон қилинди.

Имкониятларингизни синаб кўринг!

◾️ Инсон ресурсларини ривожлантириш ва бошқариш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8047

◾️Хорижда ишлаш истагида бўлган фуқароларни ҳисобини юритиш бошқармаси бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8063

◾️Кетишдан олдин тайёрлаш бўлими бошлиғи
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8062

◾️Халқаро алоқалар бошқармаси бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8050

◾️Халқаро ҳамкорлик ва протокол бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8051

◾️ Хорижда ишловчиларни мониторинг қилиш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8052

◾️Фуқароларни чет тилларига ўқитиш ва хорижий давлатларда ишлашга мақсадли тайёрлаш маркази бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8053

◾️ Хорижий иш берувчилар билан ишлаш бўлими бош мутахассиси
https://vacancy.argos.uz/hrm-vacancy-detail/8054

❗️Номзодга қўйиладиган талаблар билан Аргос платформаси орқали танишишингиз мумкин.

@uzmigration
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Migratsiya agentligi
🇬🇧Кўплаб кузатувчиларимиз Миграция агентлиги томонидан Англияга мавсумий иш ўринлари учун эълон қачон берилишини сўрашмоқда.

Яқин кунларда Буюк Британиянинг “HOPS” рекрутинг компанияси томонидан таклиф этилаётган бўш иш ўринлари, ойлик маошлари, яшаш шароитлари ҳақидаги эълон Агентликнинг ижтимоий тармоқларидаги саҳифалари, хусусан, “XORIJDA ISH” телеграм канали ва платформаси, бошқа ОАВ орқали тарқатилишини маълум қиламиз.

⚠️ Эслатиб ўтамиз, “HOPS” рекрутинг компанияси Ўзбекистон ҳудудида фақатгина Вазирлар Маҳкамаси ҳузуридаги Миграция агентлиги билан икки томонлама тузилган Битим асосида фаолият олиб боради.

⚠️ Миграция агентлиги мамлакатимиздаги бирорта хусусий компанияга “HOPS” орқали Англияга ишчи ёллаш ҳуқуқини бермаган!

Кўча-куйдаги турли фирмалар ушбу компания орқали Англияга мавсумий ишларга юбораман, деса ишонманг! Алданиб уларга пул тўламанг!

Ижтимоий тармоқларимизни кузатиб боринг!

📱@uzmigration 📱 xorijda ish
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/29 08:12:24
Back to Top
HTML Embed Code: