Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
#Auksion

Mindset clubda yangilik..

O’tgan kuni ustoz Hasanxo’ja Muhammadsodiq bilan suhbat bo’lib o’tdi. Bir yangilikni shu suhbatdan boshlashni reja qildik..

Rasmdagi kitobda tashrif etgan ustozning imzosi bor. Kitobni auksionga qo’ymoqchimiz..

Boshlang’ich narxi 50.000so’m.. Kim qanchaga sotib oladi?
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎉 Unutilmas Lahzalar: Mindset Club Uchrashuvi

📅 Kuni kecha Mindset Club a’zolari Hasankhoʼja Muhammad Sodiq bilan oflayn uchrashuvda qatnashdilar. Ular o‘z savollariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri javob oldilar. 🎤

📽️ Mindset Club haqida Hasankhoʼja Muhammad Sodiqning fikrlarini videoda tomosha qiling.

🚀 Siz ham shaxsiy rivojlanishni istaysizmi?
Kommentariyada "+" belgisini qoldiring va biz siz bilan tez orada bogʻlanamiz ! 🌱

@mindset_klub
Muvaffaqiyatsizlikka qanday qaraysiz? Ko‘pchilik buni to‘siq deb biladi, lekin aslida bu o‘sish uchun imkoniyatdir. Insonni o‘simlikka qiyoslab ko‘raylik: faqat suv bilan sug‘orilgan o‘simlik yorug‘liksiz o‘sa olmaydi. Xuddi shunday, inson ham qiyinchiliklar va yangi tajribalar bilan rivojlanadi.

Komfort zonadan chiqishdan qo‘rqmang! Har kuni bir xil odamlar bilan uchrashish va bir xil ishlar bilan shug‘ullanish o‘sishga to‘sqinlik qiladi. Yangi muhitlarga kirish va katta ustozlar bilan uchrashish imkoniyati bo‘lsa, undan foydalaning. Ularning tajribalari va bilimlari sizni o‘stiradi va hayotingizni o‘zgartiradi.

Shuning uchun, qiyinchiliklarni imkoniyat sifatida qabul qiling, yangi muhitlarga kirishdan cho‘chimang va o‘zingizni rivojlantirish yo‘lida dadil qadamlar tashlang. Ana shunda siz haqiqiy muvaffaqiyatga erishasiz.

@mindset_klub
Mindset clubni kuzatib kelyapsizmi, sizga ma’qul keldimi?

Sizni qo’shilishdan nima to’smoqda?
Anonymous Poll
70%
Pul
23%
Masofa
7%
Fikrlashim yaxshi, ustozlar bilan uchrashuvlar shart emas.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Muhammadali Eshonqulov Suhbat haqida...


*Sizda-chi, suhbat qiladigan ustozlaringiz bormi?!

@mindset_klub
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✔️Yangi qabul boshlandi.

-Vaqtni samarali o‘tkazish, o‘z kasbining mahoratli kishilari davrasida bo‘lib, zaruriy bilimlarni egallash hamda kelajakda o‘zingiz uchun to‘g‘ri bo‘lgan yo‘lni topish kabi masalalar sizni qiziqtiradimi?

Unda Mindset Klubi aynan siz uchun!

📨 Tezda tashkilotchilarimizga murojaat qiling va joyingizni band qiling:
@mindsetclub_admin1
@mindsetclub_admin2

💡Mindset Klubi bilan dunyoqarashingizni yangi bosqichga olib chiqamiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙 Mindset club haqida — Muzaffar To'xtasinov fikrlarini bo’lishdilar..

🔺 Hozirga qadar 1200+ proyekt bilan ishlagan
🔺
"ABBA" marketing agentligi asoschisi va direktori
Miyamizni oziqlantiramiz

💡Dunyoqarashni kengaytirish, kreativ fikrlash va jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lish uchun atrofingizda imkoniyatlar va sharoitlar talaygina. Keling, ayrimlari to‘g‘risida eslatib o‘tamiz:

✓ Bunda yashayotgan muhit va oilaning ta'siri sezilarlidir. Siz "o‘sha havodan nafas olasiz" va u yerdagi qadriyatlar, o‘ziga xos qonun-qoidalar, madaniy munosabatlar sizning ongingizga singadi.

O‘rganilayotgan bilim, olinayotgan ta'lim va tarbiyaning qay darajada to‘g‘ri ekanligi sabab dunyoqarash shakllanib, kengaya boshlaydi.

✓ Yangi bilimlarni o‘rganib, ularni amalda qo‘llash, ijtimoiy munosabatga kirishish, madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yish orqali sizdagi dunyoqarash yuqori darajaga ko‘tariladi.

Gazeta, jurnal, kitoblar, ijtimoiy tarmoqlar, media va ommaviy axborot vositalari miyamizni to‘ldiruvchi asosiy manbalardir. Qachonki, ulardan to‘g‘ri va oqilona foydalansangiz.

✓ Qanday ma'lumotlarni qabul qilishingiz qat'i nazar, atrofingizdagi insonlar, do‘stlar va ustozlar sizga ko‘proq ta'sir ko‘rsatishadi. Ularga qarab solishtirish va bilmaganingizni o‘rganishni boshlaysiz.

Hissiyotlar, ruhiy kechinmalar, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizlik kabi tuyg‘ular insonni tarbiyalaydi.

✓ Dunyoqarashingizni yanada kengaytirish uchun yana bir samarali yo‘llardan biri bu Mindset Klubiga a'zo bo‘lish va yaxshi insonlar davrasida bo‘lishdir.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
50ga yaqin inson ‘tushunmayapman’ni bosgan.

Kim tushunmasa va loyihaga qo’shlishni istasa @jmkitobchi ga murojaat qilsin!
• Eng qiyin narsa - harakatni boshlash, qolgan hamma narsa faqat qat'iyatga bog'liq.

"Ertadan boshlayman", deymiz.
Lekin doim bugun kelaveradi.

"Dushanbani kutamiz", shunda ham sanoqsiz haftalar o‘tib ketadi.

"Bo‘pti, birato‘la yangi yildan hammasi o‘zgaradi", deymiz-u, ammo...

Biz nimanidir boshlash uchun, o‘zgarishimiz uchun qaysidir qulay paytni kutamiz doim. Lekin bilmaymizki, o‘sha vaqt bizni o‘zgarishimizni kutayotgan bo‘ladi.

Shunday ekan, bugundan emas, hozirdan boshlang. Hozir ayni vaqti!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Yaxshi odatlarni shakllantirish yaxshi umr kechirish kafolatidir.

Atrofingizdagi insonlarga qarang: Kimlar bilan birgasiz? Qanday insonlar sizning do‘stingiz? Ulardan foydali nimadir o‘rgana olyapsizmi? Yoki vaqtini bekorga sarflayotganlarga hamrohlik qilyapsizmi?

Insonlardan qidirayotganlaringiz pul, obro‘, mansab bo‘lmasin. Bilimi, dunyoqarashi va farosati jihatdan sizdan yuqoriroq turadigan hamda o‘rnak bo‘ladiganlar bilan birga bo‘ling.

Ana shunday odat va ko‘nikmalarni o‘rgatish yo‘lida harakat qilayotgan "Mindset klubi"ga qo‘shilish bilan cheklanmay, boshqalarni ham klubimizga jalb qilib, ilm ulashishda hissador bo‘ling!
Ustoz Valijon Turakulov bilan 2 soat suhbat qildik.
Mindset clubi bilan birga.
#part1

💡:
1. Ertalabki ishda baraka bor

2. Jamiyatga ham foyda keltiradigan loyiham bo’lishi kerak, hamma o’z mutaxassisligi bilan shunday qila oladi

3. Moslouning Ehtiyojlar Piramidasini o’rganib chiqishim kerak

4. Muvaffaqqiyatli Insonlarning 7 ko’nikmasi kitobini o’qib tugatib qo’yishim kerak

5. OpenAI da ishlayotgan o’zbeklar bormi, qidirib, bor bo’lsa networking o’rnatishim kerak. Sun’iy Intellekt doirasida Jahon doirasida ish olib borayotgan o’zbeklar/chet elliklar bilan tanishib, ularning tajribasidan foydalanib, o’z proektlarimizda ishlatsak bo’lar ekan

6. Iqtisodiyotni o’rganish to’g’ri qarorlar qabul qilishga yordam beradi.

7. Prezentatsiya qilishda e’tibor jalb etish uchun boshida eng trenddagi xabar va hodisalardan foydalansa zo’r effekt beradi.

8. Inson xohlasa kamchiligini o’z ustunligi darajasiga chiqara olishi mumkin. Misol: Nick Vujicic

@itpm_aziza
#part2

9. Ma’lum bir darajaga chiqvolish qiyin bo’ladi, chiqqaningdan keyin o’zi seni uyog’iga tortib ketadi.

10. Bu umr na rivojlanish uchun, na rohatlanish uchun yetarli.

11. Bolalikda kim a’lochi ekanligiga qarab, o’rta yoshda kim boyligiga qarab, yosh o’tganda kimning ruhiyati kuchliligiga qarab odamlar muomala qilishadi.

12. Oila qurguncha bitta popkani olib sayohatga chiqib ketaverish kerak iloji boricha.

13. Sayohat boshqa manbalardan olgan tajribadan ko’ra (misol uchun kitob o’qib) ancha tezroq tajriba bera oladi.

14. Biron ishni odat qilmoqchimisan, bu ishni qilishga rag’batlantiruvchi qo’shimcha narsalarni ko’paytir.

15. Kitob o’qishni odat qilish uchun oldingda doim kitob bo’lishi kerak, turganingdayam-yurganingdayam.

16. Bitta ilmiy kitob, bitta badiiy kitob olib, ilmiyidan charchaganda badiiysiga o’tib, almashtirib o’qish yaxshi natija beradi.

17. Farzandlari tarbiyasi uchun uyda go’dakligidan kitobni hamma yerda olib o’qishiga muhit yaratishgan ekan.

@itpm_aziza
2024/09/22 16:26:05
Back to Top
HTML Embed Code: