#Iqtibos
“Inson xom sut emgan banda, to'g'ri yo'ldan oson toyadi. Shu bois siyosiy va iqtisodiy inqiloblar mukammal adolat va farog'at keltirishiga ishonsak, yanglishamiz. Inson ezgulik va yovuzlik qorishib ketgan xilqatdir; eng yaxshilarimizda ham yovuzlik unsuri mavjud; yovuzlikka bo‘lgan maylimizni jilovlash uchun siyosiy konstitutsiyalar, adolatli qonunlar va ijtimoiy odatlar lozim. Odil va fozil boshqaruv yo'q ekan, insonlar zalolatga ketaveradi”.
📚 “Muhofazakorlik” (“Concise Guide to Conservatism”)
✍️ Muallif: Rassell Kerk
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring👇
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | X

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#nega_aynan
“O‘zimga xitob”
Loyihada shu yil chop etiladigan kitoblardan biri – Rim imperatori Mark Avreliyning “O‘zimga xitob”i. Asar milodiy II asrda yozilgan bo‘lsa-da, undagi hikmatlar bugungi kun uchun ham o‘z ahamiyati, qiymati, dolzarbligini yo‘qotmagan.
Asarda butun borliq, hayot, taqdir haqidagi falsafa bor. Mark Avreliy bu uqtirish, xitoblarni kechmishlaridan kelib chiqib yozgani bois ham juda tabiiy.
Muallif hayot mohiyati haqida hikmatlar aytarkan, bu mulohazalar o‘quvchini o‘z xatti-harakatlari, istaklari va sabablarini chuqurroq o‘ylab ko‘rishga undaydi.
Mark Avreliy imperator sifatida yetakchilik va boshqaruv masalasiga alohida to‘xtaladi. Asarda rahbarning xalq xizmatchisi sifatidagi roli ta’kidlanib, oqilona va adolatli boshqaruvga intilishlar aks etgan. Zamonaviy kitobxon, ayniqsa boshqaruvchilar asardan halollik, kamtarlik va umumiy manfaatlar yo‘lida yetakchilik borasidagi muhim ma’lumotlarni oladi.
Asar har qanday bilim darajasidagi kitobxon uchun tushunarli bo‘lgan qisqa qaydlardan iborat. Natijada u tez o‘qiladi, chuqur g‘oyalarni hazm qilish, mushohada va hayotga tatbiq etish osonlashadi.
Kitob o‘z navbatida Rim imperiyasining madaniy-tarixiy manzaralarini ham chizib beradi. Bu esa kitobxonning tarix, falsafa sohalarida bilimlarini boyitadi, G‘arb tafakkuri rivojlanishini chuqurroq anglashga yo‘l ochadi.
Хullas, “O’zimga xitob” falsafa, tarix, ruhiy kamolot yoki yetakchilikka qiziqishi yuqori har kim uchun qimmatli ma’lumotlar taqdim etadi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#1000KITOB_podkasti
Loyihamizda kitoblar 7 ta nashriyot bilan hamkorlikda tayyorlanmoqda. Nega aksar kitoblarni tayyorlash “Akademnashr” hissasiga to‘g‘ri keldi? Loyiha doirasida nashriyotlar bilan qay tarzda ishlanadi? Nashriyotlar 1000KITOB kitoblarini chop eta oladimi? Talab va takliflar masalasi qanday?
Podkastimizning bu galgi sonida suhbat Loyiha va nashriyotlar o‘rtasida hamkorlik qanday tashkil etilayotgani, sohadagi muammolar yuzasidan bo‘ldi.
Batafsil video: https://youtu.be/u0QihWAn5Hg

#Tanishing
✍️ Bill Brayson
– jurnalist;
– 1951-yili AQSHda tug‘ilgan;
– sayyohlik, ingliz tili tarixi va boshqa yo‘nalishlarda ilmiy-ommabop kitoblar muallifi;
– Buyuk Britaniyada Oksford va Kembrijdan keyin uchinchi qadimiy universitet Darem universiteti rektori (2005-2011) bo'lgan.
Brayson murakkab mavzularni hazil-mutoyiba tilida bayon qilishi bilan mashhur. Bunda uning mahalliy gazetalardagi faoliyati ham ancha qo‘l kelgan.
Uning aksar asarlari sayohatlarga bog‘lanadi. “Yo‘qolgan qit’a: Amerika shaharchalariga sayohat”, “Bu yerda ham, u yerda ham emas: Yevropaga sayohatlar”, “Kichik oroldan qaydlar” shular jumlasidan. Ushbu kitoblar shunchaki yo‘l chizgilari emas, balki safar davomida muallif duch kelgan madaniyatlar haqida goh keskin, goh hazilomuz kuzatuvlardir.
“Kichik oroldan qaydlar” 2003-yili Butunjahon kitob kuni munosabati bilan Britaniyaning o‘ziga xosligi va millat holatini eng yaxshi aks ettirgan kitob deb topilgan.
Braysonga tom ma'noda shuhrat keltirgan asar Loyihamiz doirasida nashrga tayyorlanmoqda. Bu uning 2003-yili chop etilgan “Hamma narsaning qisqa tarixi” (“A Short History of Nearly Everything”) kitobidir. Ushbu kitob eng yaxshi ilmiy-ommabop kitob sifatida “Aventis” (2004) hamda “Dekart” (2005) mukofotlarini qo‘lga kiritgan.
Brayson til masalalariga ayricha e’tibor qaratgan. Uning ingliz tili tarixiga oid ikki asari mashhur. Bular – “Ona tili”, “Amerika mahsuloti: Ingliz tilining Qo‘shma Shtatlardagi norasmiy tarixi”. Muallif ushbu kitoblarda ingliz tilining o‘ziga xosligi va tarixini tadqiq etarkan, odatdagi uslubiga sodiq qolib, ta’limiy asarlarga hazilomuz yondashishdan o‘zini cheklamaydi.
Muallif, bulardan tashqari, “Braysonning muammoli so‘zlar lug‘ati”ni ham yaratgan. Qo‘llanma har bir til jonkuyarining ish stolida bo‘lishi kerak, deb ta'kidlanadi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga ulaning va ulashing👇

#1000KITOB_tarjimonlari
O‘zbekiston fanlar akademiyasi tadqiqotchisi, tilshunos, tarixchi, loyihamiz tarjimoni va eksperti Eldor Asanov antropologiyaga mohirona kirish deb e’tirof etilgan va “talabalar albatta o‘qishi shart” deb qaraladigan mana bu kitobni o‘zbek tiliga o‘girmoqda. Jarayon qanday ketyapti?
Batafsil ushbu havolada: https://youtu.be/G_oe-85q53c

“Shaharsozlikni qanday qilsak, xalq boy bo‘ladi — bu kitob shuni tushuntiradi”
Podkastimizning navbatdagi sonida siyosiy fanlar doktori, "Loyihasiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi" kitobi tarjimoni Bekzod Zakirov hamda urbanist Iskandar Soliyevlar shaharsozlik qoidalari va uning iqtisodiyot bilan bog'liqliklari, shaharsozlik bo'yicha O'zbekistondagi vaziyat va albatta loyiha hamda kitoblar tarjimasi bo'yicha suhbat qurishdi.
Batafsil: https://youtu.be/KQF2vLupfPA?si=6r5_4g2bKht03DM5

✍️ Andras Sheyo (Andras Sajo)
– Vengriyalik huquqshunos akademik;
– 1949-yili Budapeshtda tug‘ilgan;
– Markaziy Yevropa Universiteti (Central European University – CEU) professori, yuridik tadqiqotlar kafedrasi asoschisi;
– Amerika huquq instituti (1997) hamda Vengriya Fanlar akademiyasi (1995) a’zosi;
– Strasburgdagi Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudi sudyasi bo‘lgan (2009–2017).
Professor Sheyo taniqli konstitutsiyachi sifatida alohida mavqega ega. Bu borada olimning bir qator davlatlar, xususan, Ukraina, Gruziya va Janubiy Afrika konstitutsiyalarini tayyorlashdagi ishtirokini ta’kidlash kifoya.
Sheyo “Konstitutsiyaviy tuyg‘ular” (2011), “Ozodlik konstitutsiyasi” (2017) kabi asarlari bilan mashhur. U 1986-yilda Vengriya Fanlar Akademiyasining Kitob mukofotini qo‘lga kiritgan.
Loyihamiz doirasida uning “Hokimiyatni tiyish: konstitutsiyaviylikka qadam” (“Limiting Government: Introduction to Constitutionalism”) kitobi nashrga tayyorlanmoqda. Kitobda olim nafaqat konstitutsiyaviylik tarixi va nazariyasini qiyoslaydi, balki davlat va jamiyat o‘rtasidagi munosabatlarni ham tahlil qiladi. AQSH, Fransiya va Veymar Konstitutsiyasi tarixiga tayanib, muvaffaqiyasizliklardan nimani o‘rganish mumkinligini yozadi. Kitobda hokimiyatlar bo‘linishi va konstitutsiyaviy nazoratning turli shakllari ham bayon etilgan.

📚 "Vaksinalar: Har kim uchun zaruriy bilim": tarjima uchun asos faktlar
"Vaksinalar: Har kim uchun zaruriy bilim" kitobi vaksinalar hamda ularning inson salomatligiga ta’sirini tushunish uchun muhim manbadir. Nega tarjima uchun aynan shu kitobni tanladik?
Ma'lumotlarni aniq va tushunarli ifodalaydi. Kitob savol-javob shaklida yozilgan bo‘lib, murakkab ilmiy ma’lumotlarni keng auditoriyaga yetkazadi. Muallifning aniq tushuntirishlari sababli, bu sohada bilimingiz bor-yo‘qligidan qat’i nazar vaksinalar ortidagi ilmiy asoslarni tushuna olasiz. Bu, ayniqsa, yolg'on-yashiq axborot oson tarqaladigan bugungi dunyoda juda muhim.
Vaksina bilan bog‘liq mavzularni keng qamrab oladi. Kitob vaksina tarixi va ishlash mexanizmidan tortib, ishlab chiqarish va ma'qullanish jarayonlarigacha yoritadi. Shuningdek, u emlashning axloqiy jihatlari, aholi immunitetining ahamiyati va dunyoning turli hududlarida vaksina yetkazib berish muammolari haqida batafsil ma’lumot beradi.
Ommaviy xavotir va yolg'onlarni bartaraf etadi. Muallif vaksina xavfsizligi, nojo'ya ta’sirlari va vaksinalar nima uchun zarurligiga oid savollarga dalillarga asoslanib javob beradi. Shu orqali kitob vaksina haqidagi noto‘g‘ri ma’lumotlarga qarshi kurashishda ishonchli manba bo‘lib xizmat qiladi.
Emlashning aholi salomatligidagi ahamiyatini aniq yoritadi. Vaksinalar yuqumli kasalliklar oldini olish va global salomatlikni yaxshilashda eng samarali vositalardan biridir. Kitob emlash dasturlari qanday qilib chechak, poliomiyelit va qizamiq kabi kasalliklarni yo‘q qilish yoki nazorat qilganini aytib beradi. U kitobxonga nafaqat shaxsiy sog'ligi, balki butun jamiyat salomatligi oldidagi mas'uliyatini ham uqtiradi.
Ongli qaror qabul qilishni rag‘batlantiradi. Kitobni o'qigan har kim o‘zi va oilasi uchun vaksinalar haqida asosli qarorlar qabul qila oladi. Emlash bilan bog‘liq ilmiy asoslar, foyda va xavflarni tushungan holda, kitobxon sog‘liqni saqlash mutaxassislariga toʻgʻri savol bera oladi va ma’lumotlarni tanqidiy baholaydi. Muallif dunyoning turli burchaklaridagi immunizatsiya dasturlarining qiyinchiliklari va yutuqlarini muhokama qilib, emlashga global nuqtayi nazardan yondashgan. Bu vaksinalardan foydalanishdagi tafovutlarni va yuqumli kasalliklarga qarshi kurashda global hamkorlikning ahamiyatini tushunish uchun ham juda muhim.
Dolzarb va zamonaviy ma’lumotlar. Kitob bilimlarning shunday mustahkam poydevorini taqdim etadiki, yangi vaksinalar va tadqiqotlar paydo bo‘lganda ham bu bilimlar dolzarbligini yo'qotmaydi. Shaffof va faktik ma’lumotlarni taqdim etish orqali ekspertlar va keng jamoatchilik o‘rtasidagi tushunmovchilikni bartaraf etishga yordam beradi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Tanishing
✍️ Benedikt Anderson (1936–2015)
– Irlandiyalik siyosatshunos;
– AQSHdagi Kornell universitetida dars bergan (1965-2002), xalqaro tadqiqotlar bo‘yicha faxriy professor;
– Indoneziya jurnali bosh muharriri (1966–1984);
– Amerika san’at va fanlar akademiyasi a’zosi.
Anderson 1936-yili Xitoyda (otasining xizmat safari davrida) tug'ilgan. Otasi irland, onasi ingliz. 1941-yili Qo‘shma Shtatlarga ko‘chib o‘tgach, Kaliforniyadagi maktabda o‘qigan. 1957-yili Kembrij universitetini muvaffaqiyatli tamomlab, klassik fanlar bo‘yicha bakalavr darajasini olgan.
U millatchilikning kelib chiqishi haqidagi izlanishlari bilan mashhur. Uning dastlabki ishlari, shu jumladan doktorlik dissertatsiyasi Indoneziya siyosatiga qaratilgan.
Andersonning “Xayoliy jamoalar: millatchilikning ildizlari va oqibatlari” (“Imagined Communities: Reflections on the Origin and Spread of Nationalism”) asari loyihamiz doirasida nashrga tayyorlanmoqda.
Ushbu nashr muallifni millatchilikni tadqiq qilgan eng ilg‘or mutafakkirlardan biri sifatida dunyoga tanitgan. Kitobda XVIII-XIX asrlarda millatchilikning rivojlanishiga olib kelgan shart-sharoit tahlilga tortiladi. Shuningdek, imperiyalar tanazzulidan so‘ng millatchilik zamonaviy dunyoni qanday shakllantirgani Osiyo, Lotin Amerikasi va Yevropa misolida bayon etilgan.
Kitob 30 dan ortiq tilga tarjima qilingan.

"Bu kitob ta’lim tizimimizni yaxshilashga yordam beradi"
Podkastimizning navbatdagi sonida Ta’lim yo‘llari: nazariyalar va o‘qitish uslublari (Ways of Learning: Learning theories for the classroom) kitobining tarjimoni, ta’lim bo‘yicha ekspert Komil Jalilov hamda ta’lim va pedagogika bo‘yicha mutaxassis Shokir Tursun bilan suhbatlashdik. Ekspertlar ta’lim tizimi, pedagogika hamda darsliklar bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirishdi.
Batafsil: https://youtu.be/ZxOmpL4eQqg?si=8h2pPlIWzMj_xxPw

"Misinformatsiya psixologiyasi": tarjima uchun asos faktlar
📌Misinformatsiya nima?
📌Misinformatsiya, dezinformatsiya va malinformatsiya qanday farqlanadi?
📌Misinformatsiyaga ishonish va uni tarqatish sabablari nima?
📌Misinformatsiyaga qarshi qanday kurashish mumkin?
"Qirol Charlz III Drakulaning uzoq qarindoshi”. “Hukumatlar noma’lum uchar jismlar haqidagi ma’lumotlarni yashirmoqda". “COVID-19 kosmosdan kelgan…"
Bu kabi da’volar bir qarashda bema’ni ko‘rinadi, ammo ularning ba’zilari haqiqat, boshqalari esa noto‘g‘ri, yanglish ma’lumot, ya’ni "misinformativ" bo‘lishi mumkin. Misinformatsiya — yanglishtiruvchi, noto‘g‘ri axborot o‘zi qanday bo‘ladi? Kimlar ularga oson ishonadi va ishongani uchun tarqatadi? Nima uchun? Bunday holatlarda qanday yo‘l tutish kerak? Ushbu kitob shu va boshqa ko‘plab savollarga javob beradi.
Kitob kim uchun?
Kitob misinformatsiyaga qiziqadigan, lekin psixologiya, xulq-atvor ilmi va siyosatshunoslik yo‘nalishlarida ilmiy darajaga (balki, hozircha) ega bo‘lmagan kitobxonlar uchun mo‘ljallangan. Kitobdan oliy ta’limda misinformatsiya va dezinformatsiya bo‘yicha darslik sifatida foydalanish mumkin. Shuningdek, oliy o‘quv yurtlaridan tashqaridagilar (masalan, siyosatchilar, tarbiyachi-muallimlar yoki faktcheking bilan shug‘ullanuvchi tashkilotlar xodimlari hamda mutaxassis bo‘lmagan qiziquvchilar) uchun bilim manbasi bo‘lib xizmat qila oladi.
Nima haqida?
Kitob misinformatsiya bo‘yicha eng yangi tadqiqotlardan biri bo‘lib, unda misinformatsiya o‘zi nimaligi va uning tarixi; odamlar unga nima uchun ishonishi va boshqalar bilan ulashishi; misinformatsiyaga qarshi kurashish vositalari haqida so‘z boradi. Har bir masala yuzasidan hayotiy misollar orqali tushuntirishlar beriladi.
Qanday shaklda?
Kitob uch qismga bo‘lingan. Birinchi qism misinformatsiya haqida o‘quvchi bilishi kerak bo‘lgan boshlang‘ich bilimlarni o‘z ichiga oladi. Ikkinchi qismda misinformatsiyaga ishonish va uning tarqalishi haqida so‘z boradi. Nihoyat, uchinchi qism misinformatsiyaga qarshi kurashish haqida.
Nimasi bilan farqli?
Kitob nafaqat o‘qish uchun, balki qo‘llanma sifatida foydalanib, amalda misinformatsiyaga qarshi kurashish va kishining o‘zidagi misinformatsiyaga moyilliklarni aniqlash va bartaraf qilish uchun ham mo‘ljallangan. U o‘quvchini muayyan nuqtayi nazarni dastaklashga undamaydi. Aksincha, bir qancha nuqtayi nazarlarga xolislik bilan yondashib, xulosa chiqarishni uning o‘ziga qoldiradi.

#tanishing
Mulohazalari asrlar osha eskirmagan muallif — Mark Avreliy
1000KITOB ekspertlari ham Rim imperiyasi haqida tez-tez o‘ylab turishadi. Shuning uchun ro‘yxatga imperiya tarixidagi eng buyuk besh imperatordan biri Mark Avreliyning kitobini ham qo‘shishgan)
Mark Avreliy II asrda Rim imperiyasini boshqargan. Uni hozirgacha insoniyat tarixidagi kam sonli adolatli, insoniy sifatlarga ega hukmdor sifatida eslashadi. Shuningdek u stoik falsafasi mutafakkirlardan biridir.
Kelib chiqishi asli hukmdorlar avlodidan bo‘lmagan. Tarixiy ma’lumotlarga tayansak, Avreliydan oldingi imperator farzandsizligi sababli Mark Avreliy va yana bir bolani asrab oladi. Taxt vorisi etib tayinlanganidan so‘ng bolalar ta’limiga alohida e’tibor qaratilgan. Mark afinalik ritorik Gerodos Attik, Markus Frontodan tahsil olgan.
Avreliyning imperatorlik davri og‘ir, urushlarga to‘la o‘tganiga qaramay, tarixga eng adolatli va qudratli hukmdor sifatida kirgan. Uning biz tarjima qilayotgan "O‘zimga xitob" (Meditations) asarida mas’uliyat, hokimiyatni suiiste’mol qilmaslik va vazifalariga vijdonan yondashish haqida chuqur mulohazalar keltirilgan.
Kitob dekabr oyida loyihada chop etiladi.