Telegram Web
"Марказий Осиё - Европа Иттифоқи" биринчи саммити доирасида Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Европа тикланиш ва тараққиёт банки президенти Одиль Рено-Бассо билан учрашув ўтказди.

В рамках первого саммита «Центральная Азия – Европейский Союз» Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел встречу с президентом Европейского банка реконструкции и развития Одиль Рено-Бассо.

#Mirziyoyev #sammit #YTTB #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Digital.uz Chess Cup” — IT sohasidagi eng kuchli aql egalari uchun tayyor maydon!

Shaxmat – bu faqat o‘yin emas. Bu strategiya, tezlik va fikrlash aniqligi, aynan bizning IT-hamjamiyatimizda qadrlanadigan fazilatlar.

2025-yilning 3-may kuni Digital.uz Chess Cup” musobaqasini boshlaymiz. Bu oddiy musobaqa emas — bu aql, jasorat va intellektual kuch sinovidir. Bu yerda eng kuchli fikrlar to‘qnashadi.

Menimcha, bu turnir har bir IT mutaxassisi uchun ilhom bag‘ishlaydigan, birdamlik va hamjihatlikni his qilishga undaydigan noyob voqea bo‘ladi.

Nima uchun ishtirok etishingiz kerak?

Shaxmat taxtasida jiddiy raqobat – 9 ta raundda 5+3 format — fikrlash tezligi, aniqlik va sabr sinovidan iborat bo‘ladi
G‘oliblar uchun qimmatbaho sovrinlar
Yangi tanishuvlar, yangi imkoniyatlar

Kimlar ishtirok eta oladi?

Har bir kompaniya kamida 2 oy ishlagan 2 nafar xodimdan iborat bitta jamoa shakllantiradi
Musobaqada Raqamli texnologiyalar vazirligining barcha tashkilotlari, IT-Park rezidentlari va boshqa IT ekotizim vakillari qatnashadilar

Sana: 2025-yil 3-may
📍Manzil: Xalqaro shaxmat akademiyasi
📆 Ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2025-yil 20-aprelgacha

Shaxmat orqali o‘zingizni sinab ko‘ring!

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida Nukus shahrida saralash imtihonlari oʻtkazildi

📖Nukus shahrida boʻlib oʻtgan imtihonlarning birinchi bosqichida 1 000 ga yaqin oʻquvchilar ishtirok etgan boʻlsa, ikkinchi bosqich imtihonlarida ishtirok etish uchun ulardan 200 nafari saralandi.

🏷Ikkinchi bosqich imtihonlarida yuqori natijani qayd etgan 80 nafar ishtirokchi esa “Muhammad al-Xorazmiy vorislari” loyihasi doirasida tahsil olish uchun tanlab olindi.

📊Imtihon natijalari bilan quyidagi havolada tanishib chiqishingiz mumkin.

➡️ Havola

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💻 JOB FAIR-2025: Talabalar va ish beruvchilar uchrashuvi

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida talabalar uchun JOB FAIR-2025 mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirning asosiy maqsadi – yoshlarning mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari, kasbiy qiziqishlarini shakllantirish, potensial ish beruvchilar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni o‘rnatish va ularning bandligiga ko‘maklashishdir.

⭐️ Yarmarkada: O'zbektelekom.AJ, O’zbekiston pochtasi, Kiberxavfsizlik markazi, East games, Mobi,uz, Beeline, Tenge bank ATB, ''Markaziybank'' ATB, ''O‘zmilliybank' 'AJ, Unicon,uz, Uzinfocom, ZTE Investment. MCHJ, Uzcard, Huawei tech Uzbekistan, ONESEC, "VENTION" XK MCHJ kabi 50 dan ortiq yirik xorijiy va mahalliy kompaniyalar o‘zlarida mavjud bo‘sh ish o‘rinlari hamda amaliyot dasturlari bilan ishtirok etishdi.

2000 dan ortiq talabalar yarmarkaga tashrif buyurib, qiziqqan kompaniyalari bilan tanishdilar, bo‘sh ish o‘rinlari va stajirovka imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot oldilar. 80 nafarga yaqin talabalar esa tadbir davomida ish beruvchilar bilan suhbatdan o‘tib, ishga qabul qilinishga muvaffaq bo‘ldilar.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Sherzod Shermatov
Samarqanddagi tarixiy birinchi Markaziy Osiyo - Yevropa Ittifoqi sammiti qanchalik muvaffaqiyatli o’tganini Yevropa rahbarlari saxifalaridagi videolarda ham yaqqol ko’zga tashlanadi:

Yevropa Kengashi Prezidenti Antonio Costa: https://www.instagram.com/p/DH_G78QJQdU/

Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula von der Leyen: https://www.instagram.com/p/DIByZxONjy-/

Davlatimiz Rahbari tomonidan bu kabi tarixiy tadbirlarning tashkil etilishi yoshlarimizga Yevropada yuqori daromad topish imkoniyatlarini yanada kengaytiradi, shuninig uchun yoshlarimiz ko’proq Yevropa tillarini hamda Yevropada talab yuqori bo’ladigan masovafiy kasblarni o’rganishlari zarur.
2025/04/07 03:49:24
Back to Top
HTML Embed Code: