Telegram Web
👨‍💻 Toshkentda “Аyollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

➡️ Ipoteka-bank, Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki hamda Xalqaro ishbilarmon “Tadbirkor ayol” assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda “Аyollar tadbirkorligida raqamlashtirish va rivojlanish istiqbollari” mavzusida seminar tashkil etildi.

Unda hamkor tashkilot aʼzolari, yirik investor va tadbirkorlar, shuningdek, 300 dan ortiq xotin-qizlar hamda OАV vakillari ishtirok etdi.

Seminarni Raqamli texnologiyalar vaziri maslahatchisi Kamola Sobirova ochib berib, bu kabi tadbirlarning o‘rni muhimligini taʼkidladi va mamlakatimiz xotin-qizlari uchun IT sohasidagi sharoitlar, tadbirkorlik faoliyatida raqamlashtirishning o‘rni, axborot texnologiyalardagi barcha imkoniyatlardan foydalanib biznesni yangi bosqichga olib chiqish imkoniyatlari va IT orqali qo‘shimcha daromad topish haqida tadbir ishtirokchilarga ma’lumotlar berdi.

Batafsil: 👉 https://digital.uz/news/view/13928/

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Prezidentlar kelgusi uch yilga O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligini ta’kidladilar

Muzokaralar chog‘ida kelgusi 3 yil uchun O‘zbekiston-Koreya alohida strategik sherikligining yangi yuqori texnologiyali kun tartibini shakllantirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zbekistonda Koreya fan va texnologiyalari instituti (KAIST) modeli asosida institut tashkil etish taklifi qo‘llab-quvvatlandi.

Bundan tashqari, Koreya Davlat boshqaruvi instituti va Milliy inson resurslari instituti bilan hamkorlikda Toshkentdagi Davlat boshqaruvi akademiyasi qoshida Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt o‘quv markazini ochish rejalashtirilgan.

Davlatimiz rahbari buni “Ikki mamlakatning yuqori texnologiyali va innovatsion hamkorligining yangi davri” deb e’lon qilish tashabbusi bilan chiqdi.

Shu munosabat bilan hukumatlarga O‘zbekistonda mintaqaviy yuqori texnologik xab yaratish bo‘yicha strategik dasturni tayyorlash topshirildi.

Davlatimiz rahbari "Elektron hukumat"ni rivojlantirishda, "Raqamli O‘zbekiston" strategiyasini ishlab chiqishda, IT Park salohiyatini mustahkamlashda va "U-Enter" biznes inkubatorlarini yaratishda Koreya tomonining katta hissasini qayd etdi.

Bu borada tomonlar sun’iy intellekt, biznes jarayonlarini autsorsing qilish va raqamli texnologiyalar sohasida hamkorlikni kengaytirishga kelishib oldilar.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joriy yilning 12-14-iyun kunlari Xitoyning Karamay shahrida Xitoy axborot va kommunikatsiya texnologiyalari Akademiyasi (CAICT) Xitoy-Shanxay hamkorlik Tashkilotining raqamli texnologiyalar bo'yicha xalqaro simpoziumi delegantlari kutib olindi.

Simpozium Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida raqamli texnologiyalar sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, Shanxay hamkorlik tashkiloti davlatlari o‘rtasida ko‘p tomonlama va ochiq hamkorlik platformasini yaratishga qaratilgan.

Shuningdek, tadbirda 4 tomonlama, ya’ni Huawei, RITM, CAICT va O‘zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi o‘rtasida memorandum ham imzolandi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🐦 X 🌐 LinkedIn 🐦 Threads
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2024/11/16 09:18:46
Back to Top
HTML Embed Code: