Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
376 - Telegram Web
Telegram Web
Sizdagi uchta narsani koʻra oladigan insonlarni qadrlang: tabassum ortidagi qaygʻu, gʻazab ortidagi muhabbat va sukut ortidagi maʼnoni.

©️Aleksandr Dyuma
Agar siz barcha muammolaringizga sababchi boʻlgan odamni topib orqasidan yaxshilab qattiq tepolganingizda edi, shunda 1 oy davomida o'tirishni xohlamagan boʻlardingiz.

© Teodor Ruzvelt
Assalomu alaykum hayrli tong juma ayyomlarin mubore boʻsin
Умму Салама розияллоҳу анҳодан ривоят қилинади:

Тонг отса, Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам:
«Аллоҳумма инни асъалука ъилман наафиъан, ва ризқан таййибан, ва ъамалан мутақаббалан» (Аллоҳим сендан фойдали илм, покиза ризқ ва қабул бўладиган амал сўрайман) дер эдилар.

Ибн Можа ва Ибн Сунний ривояти.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Турк ижодкорлари томонидан олинган таъсирли видеоролик.

Бир ўқитувчининг биринчи ва охирги иш куни.

Ўқитувчи синфдаги 30 та ўқувчидан 30 хил «асар» яратиши мумкин.
🤔 Aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi?

Ochko‘z bir vazir podshoga xushomad qilibdi:
🟢– Shohim, aql solig‘i olishni hech o‘ylab ko‘rdingizmi? Dunyoda kimsa yo‘qki, tentakman, deb da’vo qilsa! Hamma bir-biridan oshirib soliq to‘lashga tushadi! Shoh yozilib kulibdi:
🔴– Darvoqe, oqilona tadbir. “Topag‘on”liging evaziga seni aql solig‘idan ozod qilaman!
____

Bir shayx o‘tirgan joyidan derazaga boqib, yonida o‘tirganlarga debdi:
🟢– Sizga yolg‘on aytaman... falonchi o‘tib ketyapti.

Hamma o‘rnidan turib, derazadan tashqariga qarabdi. Shayx kulimsirab:
🟢– Men sizlarga yolg‘on aytaman desam ham o‘rinlaringizdan turib qaradingiz. Dunyo ham shunday yolg‘onchidir, ko‘ra-bila nog‘orasiga o‘ynayveramiz!
____

Tarix sohasida jahon miqyosida tengi kam olimlardan bo‘lgan Mahmud Kamoldan so‘radilar:
🟢– Sizdagi bilimning o‘ndan biriga ham ega bo‘lmaganlar sizdan bir necha barobar ko‘proq tanildilar. Buning sababi nimada ekan?
🔴– Men bilmoq uchun o‘rgandim, ular bilinmoq uchun!

©️“Hikmatli latifalar va nishonga urilgan so‘zlar” kitobidan
#xayrli_tong

Sizni budilnik uyg'otishi mumkin, lekin jiddiy maqsadlaringiz yo'qligi o'rningizda yana jimgina, beparvolarcha uxlashingizga yo'l qo'yib beraveradi!
Inson odatiy chegaralardan chiqqanlarga toqat qila olmaydi. Biz bir xil bo‘lishimiz kerak. Konstitusiyada aytilganidek, ozod va teng emas, aynan bir xil bo‘lishimiz kerak. Odamlar bir-birlariga ikki tomchi suvdek o‘xshasinlar. Shunda hamma baxtli bo‘ladi. Kitob esa qo‘shni uydagi o‘qlangan quroldir. Uni yoqib, yo‘q qilish kerak. Toki hech kimga o‘q uza olmasin! Inson ongini jilovlash lozim.

© Rey Bredberi
#Qiziqarli_malumot

BU ALLOH TAOLONING SAN'ATIDIR!

🧠 Inson miyasi haqida

Inson miyasining sathini ko'rib turibsiz. Olimlar miyani "Borliqdagi kashf etilgan narsalarning murakkabrog'i" deb sifatlaydilar.

Miyamiz asosan suvdan iborat. Miyamizda oz miqdorda go'sht va to'qima mavjud. Qolgan 80 foizi suvdan iboratdir.

Miyamizda taxminan 100 milliard asab hujayralari bor.

Tush ko'rayotganimizda, xayol surayotganimizda, kulayotganimizda, o'ylayotganimizda, biror narsani ko'rayotganimizda, harakat qilayotganimizda miyamizda kimyoviy va elektrik signallar sodir bo'lib, ular asab hujayralari orasida katta tezlik bilan tarqaladi.

Asab impulslari shunchalik tezki, tashqi ta'sirlardan keladigan signallar miyaga soatiga o'rtacha 402 kilometr tezlikda keladi.

Miyamizdagi bunday faollik to'xtovsiz davom etadi.

Miyamizda soniyasiga millionlab signallar tarqaladi. Ushbu signallarning miqdori dunyodagi barcha uyali telefonlar miqdoridan ko'pdir.

Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday deb marhamat qilgan: “Bu har bir narsani puxta qiladigan Allohning san'atidir” (Naml surasi, 88-oyat)

Alloh taolo barchamizni O'zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin!

☆ Internet ma'lumotlari asosida Nozimjon Hoshimjon tayyorladi
❗️#PSIXOLOGIK_USUL

⚡️Dangasalikdan qutulish uchun 7 ta foydali maslahat

“Buni keyinroq bajararman. Ertaga qilsam-chi? Yo indinga qoldiraymikan?..” Bu gaplarni qanchalik ko'p ishlatasiz? Har kuni?! Axir o'sha “keyin” ham qachondir kelishi kerak-ku! Xuddi ayoliga uydagi yumushlarni bajarishga vaʻdabozlik qilgan multfilm qahramoni kabi uyingizdagi buyumlardan tog' paydo bo'lib, qulab tushishi mumkin. Xo'sh, nima qilish kerak?

👉1. Nimani yo'qotayotganingizni o'ylab ko'ring. Til o'rganishni orqaga surayapsizmi? Unda sizni xorijga xizmat safariga yuborishmaydi. Ovqatni kechiktirsangiz, yo'q joydan janjal chiqib, ko'ngil xira bo'ladi.

👉2. O'zingizga stimul toping. Atrofingizga nazar tashlang: tengqurlaringiz sizdan o'zib ketibdi-ku! Hasadingiz kelayaptimi? Unda ishlang.

👉3. Diqqatingizni chalg'itmang. Kompyuterda muhim hisobotni tayyorlashingiz kerakmi, “butun dunyo o'rgimchak to'ri”ga ilinmaslikka harakat qiling. Avval ishni bajaring, qolgani kutib turadi.

👉4. Oldingizda turgan ishlar juda ko'p bo'lsa, ularni qismlarga bo'lib, eng osonidan boshlang. Yoki aksincha, eng qiyin ishni bajarib bo'lgach, qolgani cho't bo'lmay qoladi.

👉5. Siz ishlayotganda o'zgalar bezovta qilmasligini taʻminlang. Telefon, turli gurunglar odamni ishdan chalg'itadi. Ularga berilmaslik tadbirlarini ko'ring.

👉6. O'zingizga ish yig'mang. Masalan, baʻzi ishlar (misol uchun, idish yuvish)ni o'sha zahoti qilgan maʻqul. Chunki tartib o'rnatishdan ko'ra uni saqlab turgan osonroq.

👉7. O'zingiz kabi o'zgarishni istayotgan hamfikrni toping. Bir-biringizga erishgan eng kichkina yutuqlarni-da gapirib berishga kelishib oling. Shunda o'zingizni avval o'rtog'ingizga, so'ng boshqalarga tan oldirish uchun kattaroq ishlarni bajarishga rag'batlantirasiz.

Maslahatlarni shu joyigacha o'qib tugatdingizmi? Demak, dangasalik zanjirini uzishni boshlabsiz. Endi reja asosida ishlarni taqsimlang. Natijalar ko'zga tashlanishi bilan yutuqlarni o'zingizga o'zingiz sovg'a qilib mustahkamlang.
#Farzand_tarbiyasi

🍎 QURT TUSHGAN OLMA HIKMATI

Luqmoni Hakimning farzandi o'ziga nomaqbul do'stlarni ulfat bilibdi. Ular bilan bordi-keldini ko'paytirib borishi xar qanday ota singari Luqmoni Hakimning ham g'ashini keltiribdi. Bir kuni u o'g'lini chaqirtirib:
– Bolam, do'stning bo'lgani yaxshi, ammo do'st tanlashda adashib qolma. Hozirgi do'stlaringning xulqi yaxshi emas. Senga yomon ta'sir ko'rsatishlari mumkin – deb nasihat qilibdi.

O'g'li esa o'ziga ishonch bilan:
– Otajon, siz menga kuchli tarbiya bergansiz, pand-nasihatlaringiz xar doim qulog'im ostida turadi, do'stlarimning yomon xulqlari menga aslo ta'sir ko'rsatmaydi, xavotir olmang – deb chiqib ketibdi.

SHu asnoda Luqmoni Hakim bog'dorchilik ishlari bilan o'g'lini yordamga chaqiribdi. Qarasa, o'g'li butun olmalarni alohida, kam sonli bo'lsada, qurt tushgan olmalarni esa alohida savatga joylayapti ekan. Hakim o'g'liga barcha olmalarni bir savtga joylayverishini tayinlab o'z ishida davom etibdi.

Vaqt o'tibdi, zarur bo'lganda olmalar qo'yilgan joyga borib qarashsa, barcha olmalarga qurt tushib butuni kam qolgan ekan.

Luqmoni Hakimning o'g'li unga e'tiroz bildirib:
– Otajon, olmalarni qo'shib terishimni buyurib edingiz, qurt tushgan bir ikki olmani deb butun olmalarning hammasini qurtga yem qilibmiz-ku –debdi.

Ota esa bir jilmayib qo'yib:
– Ko'rdingmi, bolam, garchi sog'-butun olmalar qurtlaganlaridan ko'ra ko'proqni tashkil qilgan bo'lsada qolganlarini ham buzibdi, ularga ham qurt tushiribdi. Sen qanday qilib qalbiga qurt tushgan ulfatlaring bilan bir joyda ko'p vaqtga qolasanu ular orasidan sog'lom qalb bilan qayta olasan – deb aytgan ekan.

P.S.: Farzandingizning atrofidagi do'stlariga nihoyatda e'tiborli bo'ling. Zero, pashsha axlatga, asalari gulzorga yetaklaydi!
Juma muborak
fayzi barokati sizlarga bölsin🤍
Agar insonlar tushkunlikka tushishmaganda, balki hamma narsa orqaga ketgan bolarmidi:(
"Men muvaffaqiyat formulasini bilmayman-ku, ammo muvaffaqiyatsizlikning aniq formulasini bilaman.
Bu barchani birday xursand qilishga urinishdir...

#ErnestXeminguey
2025/01/08 09:48:23
Back to Top
HTML Embed Code: