Telegram Web
Xorazm viloyatida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida harbiy xizmatchilar tomonidan bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarida turli madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari tashkil etilmoqda. Ushbu tashabbuslar yoshlarning mazmunli hordiq chiqarishini ta’minlabgina qolmay, ularning vatanparvarlik ruhini oshirishda ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Tadbirlar doirasida oromgohda harbiy xizmatchilar tomonidan dam olayotgan o‘g‘il-qizlar uchun qiziqarli sport bellashuvlari, musiqiy chiqishlar, interaktiv savol-javoblar va harbiylar bilan suhbatlar tashkil etildi.

Yoshlar harbiy xizmatchilar bilan bevosita muloqotda bo‘lib, ularning xizmat faoliyati va Vatanga sadoqat haqida bilimlarga ega bo‘lishdi.

Ushbu tashabbus orqali bolalar sog‘lom dam olib, o‘zlarining bilim-ko'nikmalarini kengaytirish, shuningdek, intelektual salohiyatini oshirish imkoniga ega bo‘lmoqdalar.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
6👍3
Xorazm viloyatida O‘zbekiston O‘q otish federatsiyasi hamda Urganchdagi harbiy qism qo'mondonligi hamkorligida o‘q otish sporti bo‘yicha garnizon boshlig'i Kubogi musobaqasi tashkil etildi.

Ushbu sport tadbiri harbiy xizmatchilar va yoshlarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, ularning aniqlik, chaqqonlik va irodaviy sifatlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Musobaqada aholi yoshlari va sport maktablarining vakillari ishtirok etdi. Qatnashchilar pnevmatik qurollardan nishonga o‘q uzish bo‘yicha o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazdilar. Bahslar individual va jamoaviy yo‘nalishlarda o‘tib, g‘oliblar aniq mezonlar asosida belgilandi.

Tadbir yakunida Urganch tuman Shovot MFY yoshlari faxrli birinchi o‘rinni egallab diplom, medal va Garnizon boshlig'i kubogiga ega bo'ldi.

Mazkur tadbirlar yoshlar va harbiy xizmatchilarni sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish, vatanparvarlik tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
👍41👎1
Taxiatash tumanidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida "Men ham askar bo'laman" shiori ostida Kuch tuzilmalar hamkorligida madaniy-ma’rifiy va sport tadbirlari o‘tkazildi.

Oromgoh hududida tashkil etilgan sport musobaqalari, intelektual Zakovat bellashuvlar va ma’naviy-ma’rifiy chiqishlar bolalarning vaqtini mazmunli o‘tkazishiga xizmat qildi. Harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazilgan harbiy-vatanparvarlik tadbirlari bolalarda Vatanga sadoqat, do‘stlik va jamoaviylik kabi qadriyatlarni shakllantirishga yordam berdi.

Madaniy dastur doirasida esa jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari hamda turli viktorinalar tashkil etildi. Bolalar orasida iste’dodli ishtirokchilar aniqlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Ushbu tadbirlar nafaqat oromgohdagi bolalarning kayfiyatini ko‘tarishga, balki ularning ongli, sog‘lom va fidoyi shaxs bo‘lib ulg‘ayishiga xizmat qilmoqda.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
👍62
2025/07/14 14:05:47
Back to Top
HTML Embed Code: