Telegram Web
Harbiy xizmatchilarning jangovar tayyorgarligi va amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, turli hudud va sharoitlarda jangovar texnikalarni boshqarish, real vaziyatlarda tezkor qaror qabul qilish va jangovar salohiyatini mustahkamlash maqsadida Nukus dala o'quv maydonida amaliy mashg'ulotlar o'tkazilmoqda.

Harbiy xizmatchilar o‘zlarining bilim va ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘lish bilan murakkab relyefli hududlarda, ekstremal ob-havo sharoitlarida, zamonaviy harbiy texnikalar va turli guruh qurollardan foydalanilgan holda amaliy otish hamda jangovar texnikani turli sharoitlarda boshqara olish ko‘nikmasini shakllantirib, o'zlarning jismoniy va psixologik tayyorgarligini sinovlarda toblamoqda.

Amaliy mashg‘ulotlar harbiy xizmatchilarning jangovar salohiyatini oshirishda, qolaversa texnikaning imkoniyatlarini to‘liq ishga solish, uni texnik jihatdan to‘g‘ri boshqara olish malakasini yuksaltirmoqda.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
26 iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Nukus garnizonida joylashgan harbiy qismlarda xizmat qilayotgan harbiy xizmatchilar bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi OITSga qarshi kurash markazi mutaxassislari ishtirokida giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, shuningdek, OITS kabi xavfli yuqumli kasalliklarning oldini olish mavzusida davra suhbati o'tkazildi.

Tadbir davomida harbiy xizmatchilarga sog‘lom turmush tarzi, zararli odatlardan voz kechish, psixologik barqarorlikni saqlash, shuningdek, giyohvand moddalar ta’siridan jamiyat va harbiy jamoalarni asrashning ahamiyati mavzusi yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob olishdi.

Mazkur tadbir harbiy xizmatchilarning tibbiy madaniyatini oshirish, ularni sog‘lom hayot tarziga yo‘naltirish hamda giyohvandlik va OITSga qarshi kurashish bo‘yicha bilim ko'nikmalarini yuksaltirishga xizmat qildi.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
Nukus garnizonidagi harbiy qismda harbiy xizmatchilarning jangovar va jismoniy salohiyatini yuksaltirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha "Qo'mondon kubogi" musobaqasi o'tkazildi.

Okrugning barcha garnizondagi harbiy qism sportchilari ushbu musobaqada jismoniy tayyorgarlik darajasini, balki jangovar ruhini, tezkorlik va chidamlilik darajasini ham namoyish etishdi.

Ushbu musobaqa harbiy xizmatchilarning jismoniy tayyorgarligi va jangovar qobiliyatini yanada mustahkamlash bilan birga, ularni yuksak Vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#TV MY5 l Hudud

Yosh harbiylar o’rtasida “Zakovat” intellektual o’yini o’tkazildi

Kanalga ulanish uchun shu yerni bosing
https://www.tgoop.com/mudofaa_shimoliy
2025/06/26 17:43:43
Back to Top
HTML Embed Code: