Telegram Web
Olmaliqda “Vatanparvar” tashkiloti uchun yangi avtomobillar topshirildi

Tadbir davomida o‘quv muassasalariga zamonaviy yuk va yengil rusumli avtomobillar hamda pnevmatik sport qurollari tantanali topshirildi. Batafsil...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Jasorat maktabi — yangi imkoniyatlar sari yo‘l

Sirdaryo garnizonidagi harbiy qismda 18-30 yosh atrofidagi 100 nafar ya’ni “Yoshlar daftari”ga kiritilgan, Sirdaryo viloyatida muqim ish joyiga ega boʻlmagan hamda ichki ishlar nazoratida boʻlgan yoshlar uchun “Jasorat maktabi” o‘quv yig‘inining navbatdagi mavsumiga start berildi. Batafsil...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoniga muvofiq Mudofaa vazirligining marhum harbiy xizmatchisi – mayor Vaisov Baxadir RajabboyevichJasorat” medali bilan mukofotlandi.

Marhum harbiy xizmatchi o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida muqaddas qasamyodi va burchiga sodiq qolib, yurt tinchligi va farovonligi, fuqarolar hayoti va davlat mulkini saqlab qolish yo‘lida o‘z jonini xatarga qo‘yib, chinakam mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatdi.

Bugun Shimoli-g‘arbiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni hamda Xorazm viloyati hokimligi vakillari birgalikda Shovot tumanida istiqomat qiluvchi marhumning oila a‘zolariga “Jasorat” medalini topshirdi.

Marhum ofitser mayor Baxadir Vaisovning oila a’zolari Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni hamda davlatimizning doimiy e’tibori va ijtimoiy himoyasida bo‘ladi. Oilasiga qonunchilikda belgilangan barcha imtiyozlar ko‘rsatiladi.

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Yuksak jangovar shaylik, intizom va fidoiylik ramzi

So‘x garnizonidagi harbiy qismda bosh serjant va yo‘riqchi serjantlar boshchiligida o‘tkazilgan navbatdagi mashg‘ulotlar davomida taktik harakatlarga alohida e’tibor qaratilib, harbiy xizmatchilar jamoaviy harakat qilish, tezkor qaror qabul qilish va vaziyatdan kelib chiqqan holda pozitsiyalarni egallash va o‘zgartirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini oshirishdi. Batafsil... | Подробно...

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mudofaa vazirligi qo‘shinlarida o‘z xizmat vazifasini bajarish chog‘ida muqaddas qasamyodi va burchiga sodiq qolib, fuqarolar hayoti va davlat mulkini saqlab qolish yo‘lida o‘z jonini xatarga qo‘yib, chinakam mardlik va fidoyilik namunasini ko‘rsatgan marhum harbiy xizmatchi mayor Baxadir Vaisovning yorqin xotirasiga bag‘ishlanadi.

↘️Yangiliklarni kuzatib boring:

Telegram | LIVE | Facebook | Youtube | Instagram | X | TV
2025/07/10 05:01:31
Back to Top
HTML Embed Code: