Telegram Web
Forwarded from UNDP Uzbekistan
🚀PizzaPitchXL tanlovining oltita startapi g‘oliblari Portugaliyaning Lissabon shahrida o‘tkazilayotgan Web Summit 2024 tadbirida qatnashmoqda.

🌏Web Summit — dunyodagi eng yirik texnologik tadbirlardan biri bo‘lib, u yerda 160 ta mamlakatdan 70 mingdan ortiq ishtirokchilar yig‘ilgan. O‘zbek startaplari o‘z innovatsiyalarini global maydonda taqdim etish, venchur investorlar va potensial hamkorlar bilan aloqa o‘rnatish, shuningdek, texnologiyalar sohasidagi ilg‘or trend va yondashuvlarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

📘Sammit dasturida master-klasslar, panel muhokamalar va sanoat yetakchilari bilan tarmoq qurish sessiyalari mavjud. Shuningdek, startaplar uchun raqamli transformatsiya bo‘yicha maxsus treninglar tashkil etiladigan Gimaraynsh shahridagi UNU-EGOV (BMT universiteti)ga tashrif rejalashtirilgan.

📍Mazkur tashrif BMT Taraqqiyot dasturi va Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligidagi loyiha doirasida, Shveytsariya taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilgan va O‘zbekiston IT Park hamkorligida tashkil etildi.

🌐 🌐 🌐

🚀Шесть стартапов-победителей PizzaPitchXL участвуют в Web Summit 2024 в Лиссабоне, Португалия.

🌏Web Summit — одно из крупнейших технологических мероприятий мира, собирающее более 70,000 участников из 160 стран. Узбекские стартапы получили уникальную возможность представить свои инновации, наладить контакты с венчурными инвесторами и потенциальными партнерами, а также изучить передовые тренды и подходы в сфере технологий.

📘Программа саммита включает мастер-классы, панельные дискуссии и нетворкинг с лидерами индустрии. Кроме того, запланирован визит в UNU-EGOV (Университет ООН) в Гимарайнше для специализированных тренингов по цифровой трансформации.

📍Этот визит организован в рамках совместного проекта ПРООН и Министерства экономики и финансов, финансируемого Швейцарским агентством по развитию и сотрудничеству (SDC), в сотрудничестве с IT Park Узбекистана.

#DigitalEconomy
1👍7🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
1🔥6👍3
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
2🔥4🎉4
🤑 Clickda endilikda yangi Mini ilovalar mavjud.

Shu bilan birga bizning iWatt mini ilovasidan ham Clickda Avto quvvatlash bo’limi orqali foydalana olasiz 😎

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1🔥18👍41
5️⃣ ta hech kimga gapirishingiz kerak bo'lmagan narsalar:

• Daromadingiz
• Shaxsiy hayotingiz
• Oliy maqsadlaringiz
• Keyingi qadamlaringiz
• Oilaviy muammolaringiz

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
33💯7👍64
Forwarded from Digital.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🟦🟦🟦 📺📺

🏷 2024-yil IT sohasi yangi marralarga boy bo‘ldi. Elektron hukumatni rivojlantirish reytingida O‘zbekistonda 6 pog‘onaga yuqorilab, indeksning juda baland (Very High EGDI) guruhiga qo‘shildi. Avvalgi reytingda 18 pog‘ona yuqorilagani inobatga olinsa, 2 ta reytingda umumiy 24 pog‘onaga ko‘tarildi.

🦠 Hukumatning sun’iy intellektga tayyorlik indeksida esa mamlakatimiz bir yilda 17 pog‘onaga yuqoriladi.

📈 IT eksporti yil sayin karrasiga oshmoqda. O‘sish dinamikasiga e’tibor qaratilsa, 2017-yilda 600 ming dollarlik eksport qilingan, 2023-yilda 344 mln dollar, 2024-yil yakunlariga ko‘ra, sohaninig umumiy eksportida 900 mln dollarlik marra zabt etildi.

🖥️ O‘zbekiston bugun chet el kompaniyalari uchun nafaqat jozibali, balki ishonchli bozorga ham aylanmoqda. Soha rivojiga Prezident darajasida e’tibor qaratilayotgani esa, xorijiy kompaniyalar oqimini yanada oshirmoqda. Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar soni 2017-yilga nisbatan 8,5 barobarga o‘sib, ularning soni 1000 dan oshdi. Shuningdek, 7 yil avval 12 ta eksportchi kompaniya bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilda 650 taga yetdi.

📶 Shuningdek, so‘nggi 2 yilda AKT eng jadal rivojlanayotgan sohaga aylandi. 2024-yilda xizmatlar hajmining o‘sishi 125 foizni tashkil qildi.

👨‍💻 Sohada o‘zini band qilgan aholi soni 2019-yilda 10 mingdan kam bo‘lgan bo‘lsa, 2024-yilda 100 ming nafardan oshdi.

☑️ Raqamlashtirishdagi yana bir muhim yo‘nalish – bu Elektron davlat xizmatlari. U insonlar hayotiga yengillik olib kirib, har bir tarmoqda iqtisodiy samara ham bermoqda. Bugungi kunda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida ro‘yxatdan o‘tganlar soni 10 mlndan ortdi. Bu 2023-yilga nisbatan 152 foizga o‘sish degani.

🖥 My.gov.uz orqali ko‘rsatiladigan xizmatlar soni 700 tadan oshib, ushbu xizmatlardan 2024-yilda 32 mln marotaba foydalanildi.

📺 “O‘zbekiston 24” telekanalining “Inson qadri uchun” deb nomlangan maxsus ko‘rsatuvi O‘zbekiston IT sohasida olib borilayotgan islohotlar va erishilayotgan natijalarga bag‘ishlandi.

📩Telegram 📱Facebook 📱 Instagram 📺Youtube 🌐 LinkedIn 🐦 X
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6
100 dan oshiq tilni yaxshi tushunadigan, 600 milliard parametrli va 14.8 trillion tokengacha o'rgatilgan Xitoyliklarning Sun'iy intellekt modeli DeepSeek AT yo'nalishida O'zbekcha she'r yozib berdi.

ChatGPTga jiddiy raqobatchi ushbu SI, matnlarni qayta ishlashda o'zini juda yaxshi isbotlayapti.

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍18😁7🤩41
Kichik start bilan katta orzularga qadam

UIC Group’ni boshlaganimizda, biz katta maqsadlarni ko‘zlagan kichik jamoa edik.

Bugungi kunga kelib, atigi 4 yilda 100+ mutaxassisdan iborat jamoaga aylanish va 200+ loyihani yakunlashga erishdik!

Ushbu yo‘l menga shuni o‘rgatdi: har qanday katta yutuqlar kichik qadamlardan boshlanadi. Sabr va jamoaviy ishning kuchini hech qachon kam baholamang.

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥5212👍9
Hozirgi kunda Oʻzbekistonda koʻpchilik saytlar, ayniqsa Google Chrome brauzerida, ochilmay qolganligi haqida shikoyatlar kuchaymoqda. Buning asosiy sababi – QUIC va TLS 1.3 kabi zamonaviy internet protokollarining bloklanganligidir.

QUIC va TLS 1.3 Nima?
QUIC – Bu internet tezligini oshirish va maʼlumotlarni xavfsiz uzatish uchun yaratilgan yangi protokol. U shifrlashni oʻz ichiga oladi, bu esa foydalanuvchi maʼlumotlarini himoya qiladi.

TLS 1.3 – Bu eng soʻnggi shifrlash protokoli boʻlib, maʼlumotlarni xavfsiz uzatishni taʼminlaydi. U avvalgi versiyalarga qaraganda tezroq va ishonchliroq.

Bloklanishning Oqibatlari
Saytlarning ishlamasligi: Koʻpgina zamonaviy saytlar QUIC va TLS 1.3 dan foydalanadi. Ular bloklanganligi sababli, bu saytlarga kirish qiyinlashdi yoki umuman ishlamay qoldi.

Internet tezligining pasayishi: QUIC internet tezligini oshirishga moʻljallangan edi. Uning bloklanishi tufayli, baʼzi saytlar sekinroq ishlay boshladi.

Nima qilish mumkin?
Hozirgi vaqtda eng oddiy yechim – VPN (Virtual Private Network) dan foydalanish. VPN orqali bloklangan protokollarni chetlab oʻtish va cheklangan saytlarga kirish mumkin. Biroq, VPN dan foydalanishda ham tezlik pasayishi mumkinligi hamda mamlakatimizda VPNdan foydalanish bo'yicha ruxsat bor/yo'qligi haqida maʼlumot yoʻq.


Xulosa
QUIC va TLS 1.3 protokollarining bloklanishi internet foydalanuvchilari uchun qiyinchiliklar tugʻdirmoqda. Umid qilamizki, yaqin kelajakda bu muammolar hal etiladi va internet yana qulay sharoitda ishlay boshlaydi.

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💯14😢3👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi son har qanday biznes, startap yoki loyihani o‘ldirishi mumkin? Javob: bir.

Bu fikrni Den Kennedi o‘zining "Qattiq menejment" kitobida ochib beradi. Biznesdagi eng katta xavf — faqat bir narsaga suyanish.

Nega bu son xavfli?
- Bitta mijoz. Barcha daromad bitta mijozga bog‘liq. U ketsa, biznes uxlaydi.
- Bitta xodim. Asosiy xodim ishdan ketsa, loyiha yoki ish to‘xtab qoladi.
- Bitta yetkazib beruvchi. Yetkazib beruvchi muammolari sizga ham taʼsir qilib vaqt va pul yo‘qotishingizga olib keladi.
- Bitta mahsulot. Yangi mahsulot yaratmaydigan kompaniyalar tezda bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotadi.
- Bitta savdo kanali. Agar reklama faqat bir platformada ishlasa, uning qoidalari o‘zgarishi bilan mijozlarsiz qolishingiz mumkin.

Nima qilish kerak?
Zaxira variantlarini yarating: ko‘proq mijozlar, ko‘proq mahsulotlar, o‘xshash ko‘nikmalarga ega xodimlar. Imkoniyatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, biznesingiz shunchalik kuchli bo‘ladi.

O‘ylab ko‘ringchi ishingizning qaysi joyida bir narsaga juda ko‘p suyanib qolgansiz?

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥92👍2
Bitta ChatGPT o'chib yonganiga odamlar nafas ololmay qoldimi 😀

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
😁39😢1
2025/07/14 13:05:11
Back to Top
HTML Embed Code: