Marketing
Spotify obunasini bekor qilsangiz, qo'shiqlar nomidan "If you leave us now, you'll take away the biggest part of us" (Agar bizni hozir tashlab ketsangiz, bizdagi eng katta narsani yulib ketasiz) degan gap yasab xayrlashar ekan.
Shu yerda ham kreativligi bilan xayron qoldiradi. Oxirgi onda ham o'zining qay darajada kutubxonasi boyligi va zo'r mahsulot ekanini ko'rsatadi. O'zingiz ortiq xaridor bo'lmasangiz ham, ular haqida gapirishga unday olishadi.
Marketing deb shuni aytishsa kerak...
@Musayev_blogi

(Ba'zi) Odamlarimiz o'zimizdagi universitetlarga kirishga 3-4 yillab tayyorlanib, repititorlarga borib, sertifikatlar olib, imtihonlardan o'tish kerakligini bilib turib, chetda o'qishga ketish kimgadir shunchaki $800-1000 (yoki x5) berish orqali bo'lib ketadi deb o'ylashlari g'alati.
Olg'ir konsalting agentliklar ishi ham aynan shunday odamlar borligi uchun ham besh.
@Musayev_blogi
Olg'ir konsalting agentliklar ishi ham aynan shunday odamlar borligi uchun ham besh.
@Musayev_blogi
Bakalavrni chetda o'qish xato...
Juda ko'p yosh uka-singillarimizning bakalavr bosqichini chetda, top universitetlarda o'qishga harakat qilayotgani va buning ortidan ustilarida tinimsiz ishlashayotganini ko'rish quvonarli. Lekin aynan bakalavrni chetda o'qishning boshqa bosqichlardan ko'ra hisobga olish kerak bo'lgan "narxlari" ko'proq va bu narxlar ba'zida foydalardan ko'ra ancha qimmatroq tushib ketishi mumkin.
— Haftasiga 20 soatdan ortiq ishlash
Agar chetda o'qish haftasiga 20 soatdan ortiq ishlash kerakligini anglatsa, bu juda katta qizil chiroq sifatida qaralishi kerak. Ayniqsa bakalavr davomida odatda o'z sohangizda emas do'kon, restoran yoki boshqa shu kabi minimum oylik beradigan va jismoniy charchatib tashlaydigan joylarda ishlashga majbur bo'lishingizni hisobga olsak. Boshidagi 2-3 oyda til, jamoaviy ish va boshqa ba'zi ko'nikmalaringiz oshsa ham, keyinchalik ular faqatgina ijara to'lovini to'lash vositasiga aylanadi.
Talabalik chinakamiga "oltin davrga" aylanishi uchun esa siz boshlang'ich 2.5-3 yillikni sohangizda maksimum bilim olish va qo'shimcha loyihalar, tadqiqotlar qilib o'tkazishingiz kerak, shunchaki qorningizni to'ydirib va ijarachini boy qilib emas.
— Universitet darslaridan ortolmay qolish
Dunyoning top universitetlarida o'qish - bu juda ko'p vaqtingizni universitet darslariga qaratishga majbur bo'lishingizni ham anglatadi. Lekin shu darajadagi universitetlarda ham dars tarkibi amaliyotdan ortda qolib ketishi doimiy uchrab turadi. Ayniqsa, hozirgi sun'iy intelleket zamonida.
O'qishdan keyin o'z o'rningizni topib ketish uchun esa haftasiga kamida 15-20 soat o'z qiziqqan sohangizni mustaqil o'rganishga yoki loyihalar ustida ishlashga sarflashingiz kerak. Faqatgina universitet darslariga ko'milib qolish esa sizni sanoatda kuchli mutaxassis bo'lishdan to'sib qoladi.
— Chinakam do'st orttira olmaslik
Chetda o'qish davomida butun dunyodan yuzlab tanish orttirganingiz bilan birortasi bilan chinakamiga do'stlasha olmasligingiz mumkin.
Sababi chinakam do'stlik paydo bo'lishi uchun qadriyatlar, qiziqishlar va kelib chiqish mos kelishi birga o'tkazilgan uzoq soatlardan ko'ra muhimroq. Chetdagi tanishlar bilan O'zbekistondagilardan farqli tarzda umumiy muammolar, hazillar va mavzularda birdaniga gaplashib ketish qiyin. Bu esa ular bilan aka-ukalardek do'stlashib ketishni ancha qiyinlashtirishi mumkin.
— Oiladagi o'rningiz shakllanmasligi
Maktab paytida ota-onangiz sizni bola sifatida ko'rishi va ro'zg'or tashvishlaridan uzoqroq tutishi tabiiy. 18-20 yoshlardan boshlab esa sekin-asta oilada o'z o'rningiz shakllanib, sizning fikrlaringizga quloq tutiladi.
Ammo oilangizdan juda uzoqda bo'lib, yilda bir marta uchrashib tursangiz ota-onangiz sizni ehtiyotlashda va oiladagi muammolardan uzoqroqda ushlashda davom etadi. Bu esa ulg'ayib bo'lganingizdan keyin ham oilangizda ma'lum o'rningiz yo'q ekanini his qilishingizga sabab bo'lishi mumkin.
— Qadriyatlar, qarashlar va o'zlikni yo'qotib qo'yish
18-19 yosh shunday yoshki, unda insonning qadriyatlari (ko'p holatda) hali to'liq shakllanib ulgurmagan va bir vaqtning o'zida umuman yangisini shakllantirish uchun ancha kech bo'ladi.
Bu yoshda butunlay yangi muhit, qadriyatlar va madaniyat doirasiga tushib qolganingizda o'sha muhit bir qismi bo'lishga kuchli xohish va harakat paydo bo'ladi. O'rgangan barcha an'analaringiz esa ko'zingizga streotip bo'lib ko'rinishi mumkin. Lekin aytganimdek sizda allaqachon ma'lum qadriyatlar shakllangan va ularni boshqasi bilan tag-tugi bilan o'zgartirib yuborish imkonsiz (va xato).
Yakunda bu qarama-qarshilik esa ichingizda "Men o'zi kimman?" degan tugalmas savol paydo qilib qo'yish xavfi mavjud.
Yuqoridagi sabablar birlashib esa bakalavrni chetda o'qishni yakunda xato qarorga aylantirib qo'yishi ham mumkin.
Mavzu bo'yicha fikrlaringizni albatta izohlarda qoldiring!
#discussion #bachelors #study_abroad

Forwarded from MentorGO
— ChatGPTdan foydalansam plagiarism sifatida ko'riladimi?
— ChatGPT yoki boshqa SI vositalaridan yozma ishlarda foydalanish plagiarism sifatida qaralmaydi. Lekin to'liq ular tomonidan yozilgan ish boshqa asosga ko'ra qabul qilinmasligi mumkin. U haqida gapirishdan oldin plagiarism nima ekanini bilib olishimiz kerak.
🔍 Plagiarism — bu boshqa yozuvchi, mualliflar ishidan o'z yozma ishingizda (xat, essey, kurs ishi, ilmiy ish...) original ishga havola bermasdan foydalanish. Ya'ni boshqa odam mualliflik ishini o'zlashtirib olish degani. O'zbek tiliga o'girilsa — ko'chirmachilik.
📱 ChatGPT va boshqa shu kabi SI vositalari yozgan ishlar mualliflik ishi hisoblanmaydi va (odatda) plagirasimga sabab bo'lmaydi. Albatta, uning boshqa odamlar ishlariga havola bermasdan yozgan ishidan foydalansangiz, siz plagirasimda ayblanishingiz mumkin.
❗️Lekin hozirgi vaqtda yozma ishlarni avtomatik tekshiruvchi Turnitin kabi vositalar ularni plagiarismdan tashqari AI detectordan ham o'tkazadi va yozma ish tahminan necha foizi AI orqali yozilganini ko'p holatda aniq ko'rsatib bera oladi.
Agar motivatsion xatlar, tavsiyanomalaringizda bu ko'rsatkich tahminan 40-50% dan oshib ketsa, unda bu ish qabul qilinmaslik ehtimoli mavjud. O'qish muassasalarida bu talab 20-30%, ilmiy ishlar uchun esa 20% dan kamroq deb olinishi mumkin. Albatta, bu yerda AI detector faqatgina ma'lumot berish uchun ishlatiladi, yakuniy qarorni esa mas'ul odamlar qabul qilishadi.
🔥 Ushbu postimiz 50 tadan ortiq reaksiya yig'sa keyingi safar "Esseylar uchun ChatGPTdan to'g'ri foydalanish" haqida post yozamiz
Muallif: Qudratxo'ja Musayev (@Musayev_blogi)
#blog #FAQ #savol_javob #AI #essaylar #motivatsion_xat #tavsiyanoma #ChatGPT
💼 Telegram | Instagram | MentorGO
— ChatGPT yoki boshqa SI vositalaridan yozma ishlarda foydalanish plagiarism sifatida qaralmaydi. Lekin to'liq ular tomonidan yozilgan ish boshqa asosga ko'ra qabul qilinmasligi mumkin. U haqida gapirishdan oldin plagiarism nima ekanini bilib olishimiz kerak.
❗️Lekin hozirgi vaqtda yozma ishlarni avtomatik tekshiruvchi Turnitin kabi vositalar ularni plagiarismdan tashqari AI detectordan ham o'tkazadi va yozma ish tahminan necha foizi AI orqali yozilganini ko'p holatda aniq ko'rsatib bera oladi.
Agar motivatsion xatlar, tavsiyanomalaringizda bu ko'rsatkich tahminan 40-50% dan oshib ketsa, unda bu ish qabul qilinmaslik ehtimoli mavjud. O'qish muassasalarida bu talab 20-30%, ilmiy ishlar uchun esa 20% dan kamroq deb olinishi mumkin. Albatta, bu yerda AI detector faqatgina ma'lumot berish uchun ishlatiladi, yakuniy qarorni esa mas'ul odamlar qabul qilishadi.
Muallif: Qudratxo'ja Musayev (@Musayev_blogi)
#blog #FAQ #savol_javob #AI #essaylar #motivatsion_xat #tavsiyanoma #ChatGPT
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from DurBola
Hayitda pul yig‘adiganlar bormi? 😉
Bolalar uchun Hayit bayramining eng katta “hadya”si nima, bilasizmi? Albatta, pul! 😂
2000 so‘m bo‘ladimi, 5000 bo‘ladimi — ular uchun katta sovg'a! O‘zim ham eslayman: “Pulim 12 ming bo‘ldi! Endi 15 ming bo‘ldi!” deb rosa maqtanardim. Keyin, do‘konga chiqib, bir kunda hammasini chips, saqich va allambalo narsalarga sarflardim 😅 Aksiga olib, do'kon ham hayitda bolalarga yoqadigan narsaga to'ladi:)
Sizlar uchun yuqoridagi kabi chiroyli, sifatli rasmlar to‘pladim.
🔥 Reaksiyalar 50 taga yetishi bilan ularni siz bilan bo‘lishaman!
Qani, kim bolalikdagi hayit pulini esladi? 😄 Kommentda yozib qoldiring 👇
🔵 Telegram | 📱 Instagram | 📱 YouTube

Forwarded from Türkçe konuşuruz
Birdaniga toʻlanganda
https://www.tgoop.com/bekle_bizi_turkiye/423
https://www.tgoop.com/+AGuVJVGZo9swNzEy
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
Bekle Bizi Türkiye
Merhaba arkadaşlar. Bugün sizinle sevincimi paylaşmak istiyorum.
Mart ayında katıldığım milli sertifika sınavlarında 120'den 98,13 puanla C1 sertifika aldım 🎉🎉🎉
Dinleme 20
Okuma 26
Yazma 25,63
Konuşma 26,5

Forwarded from Blog 🆗
Hikoyacha
Post har doimgidan qisqa, lekin uzunroq hikoyani pastdagi link orqali telegraphda o'qishingiz mumkin. :)
https://te.legra.ph/Allianzdan-offer-oldim-06-12
🔖 @blog_ko

Telegraph
Allianzdan offer oldim
Dasturchilarning MAANGga kirish hikoyasiga o'xshaydi-a? :) Aslida sohamning dasturchilikka ozgina aloqasi bor. Huquqda bo'lsam ham dasturchilik, IT texnologiyalari, AI, startaplarga qiziqaman. Dasturchilikdagi ko'plab tanishlarim bor. Hikoya boshqa tomonga…
Musayev blogi
Hikoyacha Post har doimgidan qisqa, lekin uzunroq hikoyani pastdagi link orqali telegraphda o'qishingiz mumkin. :) https://te.legra.ph/Allianzdan-offer-oldim-06-12 🔖 @blog_ko
Quvonchbek va Mahmudxo'ja huquq yo'nalishida ham xalqaro "dream" kompaniyalarda ishlash mumkinligi isbotlabdi.
DAAD grantini yutishdan ko'ra ancha kattaroq natija!
@Musayev_blogi
DAAD grantini yutishdan ko'ra ancha kattaroq natija!
@Musayev_blogi
Forwarded from MentorGO
Yuzga yaqin o'quvchi qatnashgan va yigirmaga yaqin g'oliblarni tayyorlagan DAAD granti uchun mentorlik kursimizning 4-mavsum qabulini boshlaymiz.
Kurs mentori: Qudratxo'ja Musayev
Kurs tarkibi
Natijalar (uch mavsum)
🤩 30 dan ortiq yarim finalchi
Narx va chegirmalar
Murojaat va ro'yxatdan o'tish
👉️️️️ @mentorgo_sarvinoz
#DAAD #magistratura #Germaniya #mentorlik
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Musayev blogi
HPAIR dasturiga (self-funded) qatnashish arziydimi?
HPAIR dasturiga qabul ochilganidan keyin 1-2 ta odam topshirish haqida savollar so'radi. Shu sababli o'zim bilgan barchasini shu yerda yozib qoldirmoqchiman.
— Dasturga qabul qilinish qiyinmi?
— Yo'q. Bu umuman muammo emas. ChatGPT bilan yozilgan judayam generic javoblar bilan ham o'tib ketish mumkinligiga shubham yo'q. Sababi HPAIR — commercial loyiha. U yerda kim pul to'lashga tayyor bo'lsa, 90-95% ehtimol bilan qabul qilinadi (ozroq ingliz tilida gapira olsangiz bo'ldi). O'zim ham o'tgan yil topshirganda buni juda yaxshi his qilib topshirganman. Shuning uchun qabul qilinganimni hech qayerda yozib o'tirmadim ortiqcha. Lekin mendagi motivlar boshqa edi. U haqida pastroqda
— Stipendiya yutib olish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?
— Mumkin. Lekin dasturga qabul qilinish qanchalik oson bo'lsa, stipendiya yutish shu darajada qiyin. HPAIR o'z shiorlarida liderlik, tinchlik va yana bir narsalar haqida gapirsa ham, lekin stipendiya yutishda men asosiy omilni boshqa deb bilaman — sizda juda katta (social) auditoriya bo'lishi kerak. Ya'ni siz kuchli "influencer" bo'lishingiz kerak. Nega? Chunki mantiqan bu kabi dasturlarda stipendiya bu dasturni yanayam kuchliroq reklama qilish uchun ajratiladi, kimnidir ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun emas. Stipendiya sohib(a)lari ham bu fikrlardan xafa bo'lmaydi va to'g'ri ekanini biladi deb o'ylayman.
— Self-funded uchun qancha xarajat ketadi?
— Self-funded qatnashish bu shunchaki o'z xarajatlaringizni qoplash emas. Dasturga qatnashish uchun ham pul to'lash (!) degani. Shaxsan o'zim o'tgan yil dastur uchun $500, Dublindan Bostonga borib-kelishga $400, turar joy uchun $250, viza uchun ~$150, qolgan xarajatlar uchun ~$200 sarflaganman. Umumiy $1500 atrofida. O'zbekistondan borib-kelish chiptasi esa adashmasam $1000 atrofida.
— Boshqa joydan mablag' topsa bo'ladimi?
— O'tgan yili qatnashganlar orasida universiteti yordam berganlarni (asosan PhD talabalari) va GoFundMe orqali aynan konferensiya to'lovini yiqqanlarni ko'rganman. Ayniqsa, GoFundMe orqali qilingan ish kreativ edi. Afsuski bizda bunday platforma yo'q. Balki Hissa orqali qilish mumkindir. Lekin shunda ham bu uzog'i bilan xarajatlaringizning 1/3 qismini qoplashiga umid qilish mumkin.
— To'lov qilsam viza chiqmay qolsachi?
— Vizaga harakatni to'lovdan oldin qilish mumkin. Lekin O'zbekistondagi AQSh vizasi bo'yicha holatni mendan ko'ra juda yaxshi bilasizlar. Agar oldin ham viza talab qiluvchi davlatlarga (Shengen hududi masalan) chiqib kelgan bo'lsangiz yoki sizni qandaydir juda ishonchli tashkilot moliyashtirayotgan bo'lsa, unda imkoniyatingiz bor deyish mumkin. Aks holda... salbiy natijaga tayyor turavering
— HPAIRga qatnashish puliga arziydimi?
— Eng asosiy savolga javob — siz nima xohlashingizga bog'liq. Agar sertifikat uchun bo'lsa, absolyutno yo'q. U sertifikat hech qayerda, hech qanday foyda bermaydi. Men qatnashish oldi konferensiya o'zidan hech narsa kutmaganman va o'ylaganimdek hech narsa bermagan ham (Amerika-Xitoy siyosati, Sex workerlar huquqi va yakunda hech qayerda qo'llanilmaydigan loyihalar tanlovi...)
Lekin sarflagan pulim aynan men kutgan quyidagi narsalar uchun to'liq arziydi deb o'ylayman:
➡️ Amerikaga birinchi borganda aeroportdan to'g'ri Garvardga borish
➡️ U yerda 20 dan ortiq O'zbekistonlik juda kuchli talabalar bilan ko'rishish
➡️ Ulardagi fikr va tajriba orqali ustida ishlayotgan loyihamga yangiliklar olish
➡️ Botir aka Qobilov bilan Garvarddagi eng katta o'zbeklar davrasida uchrashish va suhbatlashish
➡️ Nyu-Yorkka sayohat (ro'yxatdagi eng ahamiyatsizi)
➡️ Va eng muhimi Garvard MBA darsida bo'lish va o'zingni kamida $1000 lik masterklass olgandek his qilish
Agar siz dasturda yuqoridagilarni to'liq anglab, oldingizda aniq maqsad bilan qatnashmoqchi bo'lsangiz unda olg'a bosing. Agar dastur sertifikatini CVga qo'shish, Linkedinda ulashish uchun harakat qilayotgan bo'lsangiz, unda yana bir yaxshilab o'ylab ko'ring. Hammaga omad!
#HPAIR #Harvard #US
P.S: Yuqoridagi teglar orqali oldingi postlarni o'qishingiz mumkin
@Musayev_blogi
HPAIR dasturiga qabul ochilganidan keyin 1-2 ta odam topshirish haqida savollar so'radi. Shu sababli o'zim bilgan barchasini shu yerda yozib qoldirmoqchiman.
— Dasturga qabul qilinish qiyinmi?
— Yo'q. Bu umuman muammo emas. ChatGPT bilan yozilgan judayam generic javoblar bilan ham o'tib ketish mumkinligiga shubham yo'q. Sababi HPAIR — commercial loyiha. U yerda kim pul to'lashga tayyor bo'lsa, 90-95% ehtimol bilan qabul qilinadi (ozroq ingliz tilida gapira olsangiz bo'ldi). O'zim ham o'tgan yil topshirganda buni juda yaxshi his qilib topshirganman. Shuning uchun qabul qilinganimni hech qayerda yozib o'tirmadim ortiqcha. Lekin mendagi motivlar boshqa edi. U haqida pastroqda
— Stipendiya yutib olish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?
— Mumkin. Lekin dasturga qabul qilinish qanchalik oson bo'lsa, stipendiya yutish shu darajada qiyin. HPAIR o'z shiorlarida liderlik, tinchlik va yana bir narsalar haqida gapirsa ham, lekin stipendiya yutishda men asosiy omilni boshqa deb bilaman — sizda juda katta (social) auditoriya bo'lishi kerak. Ya'ni siz kuchli "influencer" bo'lishingiz kerak. Nega? Chunki mantiqan bu kabi dasturlarda stipendiya bu dasturni yanayam kuchliroq reklama qilish uchun ajratiladi, kimnidir ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun emas. Stipendiya sohib(a)lari ham bu fikrlardan xafa bo'lmaydi va to'g'ri ekanini biladi deb o'ylayman.
— Self-funded uchun qancha xarajat ketadi?
— Self-funded qatnashish bu shunchaki o'z xarajatlaringizni qoplash emas. Dasturga qatnashish uchun ham pul to'lash (!) degani. Shaxsan o'zim o'tgan yil dastur uchun $500, Dublindan Bostonga borib-kelishga $400, turar joy uchun $250, viza uchun ~$150, qolgan xarajatlar uchun ~$200 sarflaganman. Umumiy $1500 atrofida. O'zbekistondan borib-kelish chiptasi esa adashmasam $1000 atrofida.
— Boshqa joydan mablag' topsa bo'ladimi?
— O'tgan yili qatnashganlar orasida universiteti yordam berganlarni (asosan PhD talabalari) va GoFundMe orqali aynan konferensiya to'lovini yiqqanlarni ko'rganman. Ayniqsa, GoFundMe orqali qilingan ish kreativ edi. Afsuski bizda bunday platforma yo'q. Balki Hissa orqali qilish mumkindir. Lekin shunda ham bu uzog'i bilan xarajatlaringizning 1/3 qismini qoplashiga umid qilish mumkin.
— To'lov qilsam viza chiqmay qolsachi?
— Vizaga harakatni to'lovdan oldin qilish mumkin. Lekin O'zbekistondagi AQSh vizasi bo'yicha holatni mendan ko'ra juda yaxshi bilasizlar. Agar oldin ham viza talab qiluvchi davlatlarga (Shengen hududi masalan) chiqib kelgan bo'lsangiz yoki sizni qandaydir juda ishonchli tashkilot moliyashtirayotgan bo'lsa, unda imkoniyatingiz bor deyish mumkin. Aks holda... salbiy natijaga tayyor turavering
— HPAIRga qatnashish puliga arziydimi?
— Eng asosiy savolga javob — siz nima xohlashingizga bog'liq. Agar sertifikat uchun bo'lsa, absolyutno yo'q. U sertifikat hech qayerda, hech qanday foyda bermaydi. Men qatnashish oldi konferensiya o'zidan hech narsa kutmaganman va o'ylaganimdek hech narsa bermagan ham (Amerika-Xitoy siyosati, Sex workerlar huquqi va yakunda hech qayerda qo'llanilmaydigan loyihalar tanlovi...)
Lekin sarflagan pulim aynan men kutgan quyidagi narsalar uchun to'liq arziydi deb o'ylayman:
Agar siz dasturda yuqoridagilarni to'liq anglab, oldingizda aniq maqsad bilan qatnashmoqchi bo'lsangiz unda olg'a bosing. Agar dastur sertifikatini CVga qo'shish, Linkedinda ulashish uchun harakat qilayotgan bo'lsangiz, unda yana bir yaxshilab o'ylab ko'ring. Hammaga omad!
#HPAIR #Harvard #US
P.S: Yuqoridagi teglar orqali oldingi postlarni o'qishingiz mumkin
@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
GrantGO
Garvardda bo'lib o'tuvchi HPAIR 2025 konferensiyasi - yetakchi yoshlar va talabalar uchun
Talablar
— Dasturda yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar va talabalar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar 18 yoshga to'lgan bo'lishlari shart;
— Ingliz tilini dasturda…

HPAIR dasturiga (self-funded) qatnashish arziydimi? HPAIR dasturiga qabul ochilganidan keyin 1-2 ta odam topshirish haqida savollar so'radi. Shu sababli o'zim bilgan barchasini shu yerda yozib qoldirmoqchiman. — Dasturga qabul qilinish qiyinmi? — Yo'q.…
Osiyoda bo'ladigan HPAIR dasturlari Garvardda bo'ladigandan ancha sifatliroq tashkil qilinadi deb eshitganman.
Albatta, Garvardga odatda HPAIR uchun emas Garvard uchun boriladi. Tashkilotchilar ham buni bilishadi 🙂
@Musayev_blogi
Albatta, Garvardga odatda HPAIR uchun emas Garvard uchun boriladi. Tashkilotchilar ham buni bilishadi 🙂
@Musayev_blogi
Musayev blogi
Har yili kamida bitta odam "Hammasini o'zingiz qilinglar. Pulini kelishamiz" deydi. Javob esa o'zgarmaydi.
— Kimningdir o'rniga bu kabi grant yutib berish pastkashlik
— Bu ishni qildirish esa qalloblik va yuzsizlik
Mehnat qiling, munosib bo'ling, harakat qiling. Biz boshimiz osmonga yetib yordam beramiz.