Telegram Web
Forwarded from MentorGO
DAAD stipendiyasi uchun tayyorlanayotganlar diqqatiga

🇩🇪 Germaniyaning eng nufuzli DAAD stipendiyasi g'olibligi uchun tayyorgarlik ko'rayotgan bo'lsangiz, MentorGO orqali siz bir emas naqd 9 ta dastur g'oliblaridan individual yordam olishingiz mumkin.

Mentorlarimiz o'qigan yo'nalishlari
➡️ Iqtisod (Yashil Iqtisod)
➡️ Axborot Texnologiyalari va Dasturlash
➡️ Huquq (Qiyosiy Huquq)
➡️ Sanoat Farmakalogiyasi (Tibbiyot)

🤝 Yo'nalishlar faqat yuqoridagilar bilan cheklanman. Mentorlarimiz barcha yo'nalishlarda stipendiyaga tayyorgarlik uchun to'g'ri yo'l ko'rsatishlari mumkin.

Mentorlarimiz bilan sessiya band qilishga shoshiling!

👉 DAAD dasturi mentorlari

#DAAD #Germaniya #magistratura #toʻliq_moliyalashtiriladi

Telegram | Instagram | MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Got or Gotten?

Ingliz tilini endi o'rganib noto'g'ri fe'llarning 2 va 3-shaklini yodlash paytida GET fe'lini get, got, gotten deb yodlaganimiz esimda. Lekin nimagadir yozayotgan paytim yoki gapirishda tilimga tabiiy ravishda gotten ishlatish kelmasdi.

Bugun shu miyamdagi konfliktni hal qilish uchun ozroq internetdan qaragandim yuqoridagi jadval kelib chiqdi. Ya'ni gotten rostdan ham juda ko'p holatda ishlatilmas ekan. Keyin o'ylab qarasam "Have and Have got" mavzusida ham v3 shaklda got ishlatilgan ekan. Lekin DTM testlarida mobodo get 3-shakliga got tanlab qo'ysangiz, katta ehtimol bilan xato deb qaraladi.

Xullas, aytmoqchi bo'lganim grammatikani o'rganish va tushunish juda kerak. Lekin so'zlashuv uchun iloji boricha ko'proq o'qish va miyangizda hosil bo'lgan tabiiy jumlalardan foydalanish kerak. Shunda grammatik qoidalar sizni cheklab qo'ymaydi.

"Have got" o'zi aslida Present Simple emas Present Perfect zamoni ekani va u yerdagi asosiy fe'l have emas got ekaniga ham e'tibor berganmisiz? :)

#english_time

P.S: Birdan ingliz tili haqida yozib qolganim g'alati tuyulmadi degan umiddaman va ingliz tilidan dars bermayman deb eslatib qo'ymoqchiman

@Musayev_blogi
Yarim orzu qilib bo'lmaydi

Akamning talabalik yillari yangi talaba bo'lganning ertasi kuni 40 kunlab paxta kutib turadigan vaqtlarga to'g'ri kelgan. Ana shunday kunlar birida akamning o'qituvchisi bilan bo'lgan suhbatini aytib bergani esimda turadi. Akamning "Paxtada rosa qiynalyapmiz" degan gapiga o'qituvchisi "Yaqindagina shu kunlarni orzu qilib yurardingizku" deb javob bergan ekan...

Rostdan ham biz odatda biror narsani orzu / tasavvur qilishda uning faqat yaxshi taraflari haqida o'ylaymiz. O'qishga kirishdan oldin kutubxonalarda darslar qilishni, do'stlar bilan loyihalar qilishni, chim ustida kitob o'qishni. Chet elga borishda safarlar qilishni, rasmlarga tushishni, yangi ajoyib odamlar bilan tanishishni. Oila qurishda birga maroqli vaqt o'tkazishni, suhbatlar qurishni, bir-biringizga yordam berishni. Farzand haqida orzuda uning kulgularini, yangi narsalar o'rganishini kuzatishni, chiroyli kiyimlarda yurishini. Yangi ishga kirgandan keyin yaxshi pul topishni, kuchli jamoa bilan birga ishlashni, ishdan tashqari qo'shimcha loyihalar qilishni.

Albatta, bu inson tabiatiga xos tabiiy jarayon. Lekin orzu qilishda faqatgina yaxshi taraflarni o'ylab orzu qilish xuddi yarimta orzu qilishga o'xshaydi.

Akam menga aytib bergan yuqoridagi suhbat qaysidir ma'noda menga keyinchalik orzularimga erishganimdan keyingi qiyinchiliklardan depressiyaga tushmasdan o'tishimga yordam bergan.

Toshkentga birinchi marta kelib ko'chada qolib ketay deganimda, yotoqxona ololmay sarson bo'lib yurganimda, "Semestrni qanday yoparkanman?" deb o'ylab yurgan vaqtlarimda o'zimga-o'zim tez-tez "Yaqindagina shu kunlarni orzu qilib yurarding-ku" deb takrorlardim.

Hattoki hozir ham ishdagi, loyihalardagi yoki shaxsiy hayotdagi mana shunday qiyinchiliklar bilan deyarli har kuni kurashishga to'g'ri keladi. Faqat hozir bu qiyinchiliklarni ham shunchaki orzularim bir qismi deb qarayman. Orzularimiz esa mana shular bilan to'liq bo'lishini tushunaman.

Shu sababli keyingi safar uzoq vaqt orzu qilib erishgan narsangizning nimasidir sizga yoqmasdan, u sabab qiynalib, siqilib va o'zingizni qayerga qo'yishni bilmay qolsangiz, siz ham o'zingizga bir qator takrorlab oling

Yaqindagina shu kunlarni orzu qilib yurardingiz-ku.

#justthoughts #self_note

@Musayev_blogi
GrantGO kanalida reklamalar haqida

GrantGO kanali faoliyati xarajatlarini qoplab turish uchun reklamalar qo'yib turishimiz hech kimga sir emas. Narxlar haqida ham bemalol ma'lumot topish mumkin. Buning uchun hech kimning "lichkasi"ga yozib o'tirish shart emas.

Ochiq aytishim mumkin reklamadan tushadigan daromad loyiha xarajatlarini to'liq qoplashga ham yetmaydi (hozirgacha), undan foyda olish nariroqda tursin. Lekin shunda ham ba'zida reklama beruvchilarda ham, kanal auditoriyasida ham e'tiroz bo'lib turadi.

Kuzatuvchilarimiz ba'zida reklamalarni to'liq tekshirmaslikda ayblashadi bizni "Bular qallob, aldoqchi. Yaxshiroq tekshirsangizlar bo'lmaydimi?!" deb. Lekin biz nechta reklamani kontentga to'g'ri kelmasdan, shubhali ko'ringani uchun qaytarib yuborishimizni bilishmaydi.

Kanalda e'lon qilayotganlarining har bitta gapini esa tekshirib o'tira olmaymiz. Buning o'rniga o'sha reklamani chiqarmay qo'yganimiz ma'qulroq bo'lib qoladi. Umuman reklama olmasdan esa hozircha xarajatlarni qoplay olmaymiz, afsuski.

Lekin aynan shu sababli bizda boshqa kanallarda deyarli uchramaydigan bir jihat bor - fikr erkinligi. Ya'ni bizda

1. Reklamalarda izohlar doim ochiq qoladi. Agar reklamadagi xizmatdan e'tirozingiz bo'lsa bemalol asoslar bilan aytishingiz mumkin. Haqorat qilmasangiz bo'lgani.

2. Izoh yozishga erinsangiz, negativ reaksiya qoldirishingiz mumkin. Faqatgina pozitiv reaksiyalarni qoldirib o'zimizni susambil vakumiga solib olmaganmiz.

3. Agar yetarlicha asos ko'rsatib bera olsangiz, reklamani kanaldan o'chirib yuborishimiz mumkin.

Yana eng asosiysi GrantGOda tashqi reklamalar vaqtinchalik. O'zimizning boshqa servislarimiz yaxshi foyda keltirishni boshlagandan keyin reklamalarda umuman voz kechishni niyat qilganmiz.

Biz boshidanoq reklama orqali odamlarni sotadigan emas, odamlarga to'laydigan pulidan qimmatliroq servislar yetkazib beradigan kompaniya bo'lishni maqsad qilgammiz.

Ana shunday xizmatlarimizdan biri esa - MentorGO loyihasi. U yerdagi servislardan foydalanish orqali nafaqat o'zingizga foyda olasiz, balki qolgan loyihalarimiz foydlanuvchilariga ham foydangiz tegishi mumkin :)

Hurmat bilan,
"Effort Team" jamoasi

#grantgo #mentorgo #effort_team

@Musayev_blogi
Bir sportchimiz olimpiadada g'olib bo'lib efirga chiqqanda shunchaki o'z ona tilisi bo'lgan rus tilida gapirishni tanlaganda "Nimaga o'zbekcha gapirmaydi! O'zbekku axir. O'zbekiston sportchisiku" deb tana qildik.

Boshqa bir sportchi esa dunyoning eng top klublaridan biriga o'tib o'zbekcha gapirganda esa "Ingliz tilini o'rgan. Unga o'xshab qiynalib yurma" degan mazmunda reklamalar chiqarib tashladik.

Ajoyib xalqmiz...

#justthoughts

@Musayev_blogi
Forwarded from Durri duron
"Ilmiy maqola: Noldan Nashrgacha" kursining 2-mavsumiga qabul boshlandi!

Kurs muallifi: Durdona Musayeva

🟤Farg'ona davlat universiteti magistranti,
🟤Navoiy nomidagi nomdor stipendiya sovrindori,
🟤40+ maqola va monografiya muallifi,
🟤100+ muallifga maqola chop etishda amaliy yordam.

Kurs kimlar uchun?
〰️ Ilmiy maqolalarini xalqaro va mahalliy jurnallarda chop etmoqchi bo‘lgan tadqiqotchilar;
〰️Ilmiy ish qilmoqchi bo'lgan magistr va doktorantlar;
〰️Nomdor stipendiyalarga harakat qilayotgan talabalar;
〰️Grant va ilmiy loyihalar uchun maqolalar tayyorlashni xohlovchilar.

📌Kurs davomida siz:
• Word va Google docs bilan ishlash
• Maqola yozish strukturasi (batafsil)
• Xishnik (qaroqchi) jurnallarni farqlash
• OAK jurnallar va konferensiya
• Sun'iy Intellektdan to'g'ri foydalanish
• 2 ta maqolangizni tekshirib berish va chop etishga yordam.

📌Darslar yakunida uyga vazifa va amaliy workshoplar taqdim etiladi.
Kursni muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikat taqdim etiladi.

🏷 Kurs narxi: 200 000 so'm

1-mavsum natijalari: www.tgoop.com/+4wi-ay6-CoJjZjU6
Ishtirok etish uchun: @Durdona_ad ga murojaat qiling.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
"Ilmiy maqola: Noldan Nashrgacha" kursining 2-mavsumiga qabul boshlandi! Kurs muallifi: Durdona Musayeva 🟤Farg'ona davlat universiteti magistranti, 🟤Navoiy nomidagi nomdor stipendiya sovrindori, 🟤40+ maqola va monografiya muallifi, 🟤100+ muallifga maqola…
Maqola yozish va chop etish juda ko'pchilik uchun bosh og'riq ekanini bilaman. Bitta maqolani chiqartirishga 200,000 so'mdan ko'proq pul sarflanishi ham hech kimga sir emas.

Lekin ko'p holatda maqola mualliflari o'zi bu jarayon haqida tasavvurga ham ega bo'lmaydi. Bu kurs esa sizga yaxshi boshlang'ich nuqta bo'lib berishi mumkin. Shundan keyin o'zingiz sohaga chuqurroq kirib SCOPUS jurnallarida xalqaro darajada ham maqola chiqarish darajasiga chiqib olishingiz mumkin.

Kurs egasi ham o'zimga o'xshagan perfeksionist va bu kursning 2-mavsumi. Pulingizga yarasha bilim olasiz deb ishonaman.

Qatnashinglar. Tavsyu :)

#tavsyu #ixtiyoriy_majburiy

@Musayev_blogi
O'zingizni munosib ekaningizni ko'rsatish

Deyarli barcha grant va stipendiya dasturlarida sizdan so'raladigan asosiy narsalardan biri — bu o'zingizni munosib ekaningizni ko'rsatish.

Ko'pchilik bu narsani "Dasturga yoki grantga qay darajada munosib ekanligimni ko'rsatishim kerak. Boshqalardan qanchalik ustunligimni ko'rsatishim kerak" deb o'ylaydida o'zlarining yutuqlarini gapirishga urg'u berishadi.

Lekin uzoq muddatli dasturlarda (magistratura+) men savolni "O'z maqsadlaringizni amalga oshirish uchun o'zingizni qanchalik munosib deb bilasiz? Va bizning dastur yoki stipendiya bunga qanchalik munosib?" deb tushunilishini xohlardim.

Agar siz o'z maqsadlaringizni amalga oshirish uchun o'zingizni munosib ekaningizni ko'rsata olsangiz va boshqa tomondan dastur ana shu maqsadingizga qanchalik munosib ekanini ochib bera olsangiz siz avtomatik tarzda "Men dasturga qanchalik munosibman?" degan savolga javob bergan bo'lasiz.

Eng muhimi bu qarash sizni boshqa nomzodlar haqida to'liq unutib, aynan o'zingiz bilan o'zingiz raqobatlashishga undaydi. Rostdan ham siz hali o'z maqsadingiz uchun munosib bo'lmasangiz, boshqalar bilan kim o'zar o'ynashdan nima ma'no? To'g'rimi?

Bu xulosa esa grantlarga nomzod bo'lib yurgan paytlarimda emas, nomzodlar ishini mentor sifatida baholashni boshlaganimdan keyingi 3 yillik tajribadan keyingi oxirgi 1-2 oyda paydo bo'ldi :)

Tez orada yuqoridagi kabi xulosalar mahsuli bo'lgan magistratura bosqichi grantlari bo'yicha "Universal mentorlik kursi" bo'yicha ba'zi yangiliklarni ham e'lon qilmoqchiman.

Stay tuned!

#magistratura #scholarships #application_tips #mentorship

@Musayev_blogi
Salkam 5 yildan beri millatni yerga urib kelayotganimni bilmagan ekanman :)

Qaniydi agar shu millat aqliy mehnat qadrini hech bo'lmaganda cho'ntagidagi telefonchalik ko'rganida hozir ancha teparoqda bo'lishi mumkin edi. Yo'q bizda haliyam aqliy mehnat yoki tekin tarqatilishi kerak yoki kimnidir shilib olish hisobiga bo'lishi kerak. O'rtadagi har qanday xizmat "Millatni yerga urish" deb qaraladi.

Yuqoridagi izohni yozgan odam millat haqida qayg'uradimi? Yo'q, u shunchaki ichidagi "Kimdir pulli konsultatsiya o'tganida nimaga men qolib ketyapman?" degan maraz odamcha o'yini shunaqa "millatni yerga urmang" tarzida qog'ozga o'rab qo'yyapti.

Birovni yerga urish orqali o'zimizni yaxshiroq deb his qilishda bizga teng keladigani yo'q.

#justthoughts #self_note

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from FUTGOAL – LIVE
⚡️ #Rasman. O'zbekiston amputantlar terma jamoasi 2025-yilgi Osiyo kubogi chempioni

🇮🇩 Indoneziya 0:6 O'zbekiston 🇺🇿

🍋@FUTGOAL
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Buyoqda bo'lsa Javohir Sindarov noodatiy shaxmat musobaqasida avvaliga guruh bosqichida Magnus Carlsenni, keyin chorak finalda Hikaru Nakamurani sensatsion tarzda yengib, endi yarim finalda Fabiano Caruanani qiynayapti. Bu shaxmatchilar dunyoning 1, 2 va 3-raqamli shaxmatchilari.

Freestyle Chess shaxmat donalari boshlang'ich holatini aralashtirib yuboradi. Bu yerda yillab o'rganiladigan nazariyalar ishlamaydi va shaxmatchilarning haqiqiy intuitiv bilimini sinovdan o'tkazadi.

Sindarov musobaqadagi yurishi bilan haqiqiy tug'ma talant ekanini isbotlayapti.

📱 O'yinni jonli ko'rish

#chess

@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MentorGO
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Magistratura grantlari uchun Universal Mentorlik Kursi

👨‍💼 Mentor: Qudratxo'ja Musayev

✔️ Ushbu kursda magistratura bosqichi grantlari va universitetlariga hujjat topshirish hamda g'olib bo'lish uchun kerakli yo'l-yo'riqlar ko'rsatiladi!

Kimlar uchun?
— Magistratura bosqichini chet elda to’liq yoki qisman grant asosida o’qishni xohlovchi;
— Akademik natijalari (baho, yutuqlar) o’rtachadan yuqori va ingliz tilini yaxshi bilgan;
— O’z sohasida chuqur bilim (va tajribaga) ega;
— Eng asosiysi o’z kelajagi uchun o’zi harakat qilishdan qochmaydiganlar.


🗒 Kurs tarkibi | Kurs narxlari

✍️ Kursga yozilish va savollar
@mentorgo_sarvinoz

O'z kelajagingizni qurishni bugundan boshlang!

#magistratura #grantlar #toʻliq_grantlar #universal

💼 Telegram | Instagram | Vebsayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Magistratura grantlari uchun Universal Mentorlik Kursi 👨‍💼 Mentor: Qudratxo'ja Musayev ✔️ Ushbu kursda magistratura bosqichi grantlari va universitetlariga hujjat topshirish hamda g'olib bo'lish uchun kerakli yo'l-yo'riqlar ko'rsatiladi! Kimlar uchun? —…
Universal mentorlik kursi bo'yicha yangiliklar

O'tgan yili tahminan shu vaqtlarda ishga tushgan va o'zimdagi hozirgacha bo'lgan tajribaning katta qismi jamlangan ushbu kurs bo'yicha ba'zi yangiliklarni aytib o'tmoqchiman.

1. Bundan keyingi maxsus magistratura grantlari kurslari barchasi shu kurs ustiga quriladi. Ya'ni DAAD, Erasmus, Chevening yoki istalgan boshqa grant uchun kurs ochsam, bu videodarslar orqali siz eng asosiy bilimlarni olasiz, qo'shimcha onlayn darslar orqali esa men aynan o'sha grant uchun maxsus bilimlarni beraman. Bu orqali bir xil narsani 2-3 xil kursda takrorlash shart bo'lmaydi

2. Kurs uchun qabul doimiy ochiq bo'ladi. Kurs magistratura grantlari (yoki umuman ta'lim grantlari) haqida eng fundamental bilimlarni bergani sababli siz istalgan vaqtda kursga yozilib, u orqali o'zingizni to'g'ri tayyorlab borishingiz mumkin. Keyinchalik istalgan grant yoki karyera rejalaringizda bu bilimlar sizga foyda beradi.

3. Kurs qatnashuvchilariga keyingi magistratura grantlari maxsus kurslari barchasiga chegirma beriladi. Aytganimdek, keyingi maxsus kurslar Universal mentorlik kursi ustiga quriladi. Shu sababli agar siz bu kursni olsangiz, unda keyingi maxsus kurslar barchasiga uchun kurs narxida chegirma taqdim qilinadi. Masalan, kurs o'quvchilari hozirgi Erasmus + GOI-IES kursiga 499,000 so'm chegirma bilan qatnashishi mumkin. Keyingi kurslarga ham huddi shu kabi chegirmalar beriladi. Bu esa siz bitta kontent uchun qayta-qayta pul to'lamasligingizni ta'minlaydi.

4. Videodarslar o'zini ham olish mumkin. Kursga "Basic" paket qo'shildi. U orqali siz videodarslar o'zini oldingi 999,000 so'mdan ko'ra ancha arzonroq bo'lgan 599,000 so'mga olishingiz mumkin. Umumiy tayyorgarlik ko'rmoqchi bo'lganlar uchun bu foydali bo'lishi mumkin

5. Agar siz ma'lum grantga topshirish uchun olayotgan bo'lsangiz, unda Essential paketini olishingiz mumkin. Unda videodarslardan tashqari 3 ta individual sessiya ham bo'ladi va sessiyalar o'rtacha 150,000 so'mdan baholangan. Bu esa MentorGOdagi bittalik sessiyadan 50,000 so'm arzonroq

6. Narxlar barcha joylarda bir xillashtirildi. Kursni endi Skillupdan olsangiz ham yoki o'zimizdan olsangiz ham bir xilda narxda olishingiz mumkin. Chegirmalar ikkala holatda ham ishlaydi.

7. Kurs kontenti doimiy yangilanib boradi. Kurs eng fundamental bilimlarni bergani va barcha keyingi kurslarda foydalanilgani sababli uning kontentini doimiy yangilab borishni reja qildim. Mart-Aprel oylarida uning katta qismini qayta yozib chiqmoqchiman.

Qo'shimcha savol va takliflaringizni izohlarda qoldiring!

#magistratura #scholarships #mentorship

@Musayev_blogi
Bolachalar aqlli bo'lib ketishyapti...mi?

Oxirgi paytlarda sizlar ham "Hozirgi bolachalar aqlli bo'lib ketyapti. Hali 2 ga kirmay galereyani ochib rasm tomosha qiladi", "O'zini-o'zi rasmga oladi", "YouTubega kirib multfilm qo'yadi" degan gaplarni tez-tez eshitayotgan (yoki aytayotgan) bo'lsangiz kerak. Rostdan hozir bolachalar aqlli bo'lib ketyaptimi?

Yo'q. Aslida oxirgi yillarda texnologiyalar ishlatishga juda oson bo'lib ketdi. Zamonaviy texnologiyalarda dizaynlar iloji boricha tabiiy qilib ishlanadi. Rasmni o'tkazish uchun ekranni surish yetarli, nimanidir ochish uchun shunchaki uning ustiga bosish. YouTubega kirsangiz esa sizga eng yoqadigan narsani eng boshida ko'rsatib turadi.

Bolachalar esa tabiiy ravishda hamma narsani tez o'rganadi. Yangiliklarni qabul qilish qiynaladigan odamlar uchun esa bu narsa ularni aqlli qilib ko'rsatyapti xolos. Aslida bu kabi narsalar ulardagi tasavvur, kreativlik va jismoniy rivojlanishni cheklab qo'yishi hech kimga hozirda sir emas.

"Agar bolalar oldin aqlli va kreativroq bo'lganmi yoki hozirmi?" degan savolga javob topmoqchi bo'lsangiz, farzandingiz qo'liga 2 ta qamish, ip va qog'oz beringda varrak yasashini so'rab ko'ring yoki bir parcha qog'ozdan samolyot yasab ko'rsin. Qo'liga tushgan g'alati shaklli tayoqni necha xil qilib o'ynab ko'ra olishini kuzating. Menimcha nima demoqchi ekanimni tushundingiz.

Boshqa tomondan esa men haligacha bola qanday qilib bir marta bo'lsa ham arg'amchidan boshi bilan yerga yiqilmasdan normal odam bo'lib katta bo'lishi mumkinligini tushunmayman. Buni bolaligida kamida 2 marta boshini yorgan professional sifatida aytyapman. Albatta, bunisi bolalardagi toza havodagi jismoniy harakatlar ham keskin kamaygani haqida ozroq hazil.

Aslida "qush uyasida ko'rganini qiladi" degan gap hozir har qachongidan ham to'g'riroq va o'zimizdagi texnologik qaramlikning ortishi, kreativlik esa yo'qolib borishi bolalarda ham aks etyapti. Hozirgi kunda o'zimiz har qachongidan ham ko'ra farzandlarimiz bilan turli xil kreativ o'yinlar o'ynashimiz, ularga nimadir yasab ko'rsatishimiz va ularni ko'chaga olib chiqishimiz kerak. Muammo esa ko'pincha o'zimiz ham nima o'ynash yoki yasashni bilmasligimizda.

Farzandi yoki jiyaniga nima o'yin o'ynashni, nima yasab ko'rsatishni yoki umuman ular tarbiyasiga qiziqqanlar uchun esa DurBola kanali yoki Instagram sahifasini taklif etaman. Kanal auditoriyasi juda kichikligiga hayron bo'lmang. U o'z nomiga mos nodir kanal. U yerdagi avtorlik ishlarini boshqa joydan topa olmaysiz ⚪️

Agar hozir qo'shilsangiz, kuzatuvchilar soni milliontaga chiqqanda "Eng birinchi obunachilaringizdanmiz" deb yurasizlar :)

👉 @Dur_Bola | Instagram

#family_life #parent_life #tavsyu

@Musayev_blogi
Menimcha, erkak kishining ayol kishidan yaqqol ustun jihati — o'z hissiyotlari ustidan kuchliroq nazoratga ega ekanligida. Erkak shu nazoratni yo'qotgan vaqtidan boshlab uning ustunligi ham, hurmati ham tushib ketaveradi. Avvaliga ayol oldida, keyin esa hammaning oldida.

#justthoughts

@Musayev_blogi
Forwarded from GrantGO
🤩 Magistratura grantlariga tayyorgarlik bo'yicha ovozli chat o'tkazamiz

Suhbat davomida:
— Magistratura grantlarida g'oliblik uchun muhim jihatlar;
— Almashinuv dasturlari va qisqa muddatli dasturlardan farqli jihatlari;
— Magistratura granti uchun to'g'ri tayyorgarlik ko'rib borish;
— Universal mentorlik kursi va savol-javoblar.

👨‍🎓 Qudratxo'ja Musayev, Microsoft (Dublin) dasturchisi, GrantGO va EventGO loyihalari ham-asoschisi va 50 ga yaqin grant g'oliblari mentori.

Suhbat joyi va vaqti:
📍 @grantgouz telegram kanali
🗓 2-mart, 20:00

#toʻliq_grantlar #ovozli_chat

Telegram | YouTube | Mentorlik
2025/02/26 14:40:33
Back to Top
HTML Embed Code: