You realize that you are old when "Sokin Tun" appears as retro 🥲
===================
Ummonning "Sokin tun"i retro xitlar orasida ekanini bilganingda, yoshing ancha katta bo'lib qolganini sezasan 🥲
#lirik_chekinish
@Musayev_blogi

HPAIR dasturiga (self-funded) qatnashish arziydimi?
HPAIR dasturiga qabul ochilganidan keyin 1-2 ta odam topshirish haqida savollar so'radi. Shu sababli o'zim bilgan barchasini shu yerda yozib qoldirmoqchiman.
— Dasturga qabul qilinish qiyinmi?
— Yo'q. Bu umuman muammo emas. ChatGPT bilan yozilgan judayam generic javoblar bilan ham o'tib ketish mumkinligiga shubham yo'q. Sababi HPAIR — commercial loyiha. U yerda kim pul to'lashga tayyor bo'lsa, 90-95% ehtimol bilan qabul qilinadi (ozroq ingliz tilida gapira olsangiz bo'ldi). O'zim ham o'tgan yil topshirganda buni juda yaxshi his qilib topshirganman. Shuning uchun qabul qilinganimni hech qayerda yozib o'tirmadim ortiqcha. Lekin mendagi motivlar boshqa edi. U haqida pastroqda
— Stipendiya yutib olish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?
— Mumkin. Lekin dasturga qabul qilinish qanchalik oson bo'lsa, stipendiya yutish shu darajada qiyin. HPAIR o'z shiorlarida liderlik, tinchlik va yana bir narsalar haqida gapirsa ham, lekin stipendiya yutishda men asosiy omilni boshqa deb bilaman — sizda juda katta (social) auditoriya bo'lishi kerak. Ya'ni siz kuchli "influencer" bo'lishingiz kerak. Nega? Chunki mantiqan bu kabi dasturlarda stipendiya bu dasturni yanayam kuchliroq reklama qilish uchun ajratiladi, kimnidir ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun emas. Stipendiya sohib(a)lari ham bu fikrlardan xafa bo'lmaydi va to'g'ri ekanini biladi deb o'ylayman.
— Self-funded uchun qancha xarajat ketadi?
— Self-funded qatnashish bu shunchaki o'z xarajatlaringizni qoplash emas. Dasturga qatnashish uchun ham pul to'lash (!) degani. Shaxsan o'zim o'tgan yil dastur uchun $500, Dublindan Bostonga borib-kelishga $400, turar joy uchun $250, viza uchun ~$150, qolgan xarajatlar uchun ~$200 sarflaganman. Umumiy $1500 atrofida. O'zbekistondan borib-kelish chiptasi esa adashmasam $1000 atrofida.
— Boshqa joydan mablag' topsa bo'ladimi?
— O'tgan yili qatnashganlar orasida universiteti yordam berganlarni (asosan PhD talabalari) va GoFundMe orqali aynan konferensiya to'lovini yiqqanlarni ko'rganman. Ayniqsa, GoFundMe orqali qilingan ish kreativ edi. Afsuski bizda bunday platforma yo'q. Balki Hissa orqali qilish mumkindir. Lekin shunda ham bu uzog'i bilan xarajatlaringizning 1/3 qismini qoplashiga umid qilish mumkin.
— To'lov qilsam viza chiqmay qolsachi?
— Vizaga harakatni to'lovdan oldin qilish mumkin. Lekin O'zbekistondagi AQSh vizasi bo'yicha holatni mendan ko'ra juda yaxshi bilasizlar. Agar oldin ham viza talab qiluvchi davlatlarga (Shengen hududi masalan) chiqib kelgan bo'lsangiz yoki sizni qandaydir juda ishonchli tashkilot moliyashtirayotgan bo'lsa, unda imkoniyatingiz bor deyish mumkin. Aks holda... salbiy natijaga tayyor turavering
— HPAIRga qatnashish puliga arziydimi?
— Eng asosiy savolga javob — siz nima xohlashingizga bog'liq. Agar sertifikat uchun bo'lsa, absolyutno yo'q. U sertifikat hech qayerda, hech qanday foyda bermaydi. Men qatnashish oldi konferensiya o'zidan hech narsa kutmaganman va o'ylaganimdek hech narsa bermagan ham (Amerika-Xitoy siyosati, Sex workerlar huquqi va yakunda hech qayerda qo'llanilmaydigan loyihalar tanlovi...)
Lekin sarflagan pulim aynan men kutgan quyidagi narsalar uchun to'liq arziydi deb o'ylayman:
➡️ Amerikaga birinchi borganda aeroportdan to'g'ri Garvardga borish
➡️ U yerda 20 dan ortiq O'zbekistonlik juda kuchli talabalar bilan ko'rishish
➡️ Ulardagi fikr va tajriba orqali ustida ishlayotgan loyihamga yangiliklar olish
➡️ Botir aka Qobilov bilan Garvarddagi eng katta o'zbeklar davrasida uchrashish va suhbatlashish
➡️ Nyu-Yorkka sayohat (ro'yxatdagi eng ahamiyatsizi)
➡️ Va eng muhimi Garvard MBA darsida bo'lish va o'zingni kamida $1000 lik masterklass olgandek his qilish
Agar siz dasturda yuqoridagilarni to'liq anglab, oldingizda aniq maqsad bilan qatnashmoqchi bo'lsangiz unda olg'a bosing. Agar dastur sertifikatini CVga qo'shish, Linkedinda ulashish uchun harakat qilayotgan bo'lsangiz, unda yana bir yaxshilab o'ylab ko'ring. Hammaga omad!
#HPAIR #Harvard #US
P.S: Yuqoridagi teglar orqali oldingi postlarni o'qishingiz mumkin
@Musayev_blogi
HPAIR dasturiga qabul ochilganidan keyin 1-2 ta odam topshirish haqida savollar so'radi. Shu sababli o'zim bilgan barchasini shu yerda yozib qoldirmoqchiman.
— Dasturga qabul qilinish qiyinmi?
— Yo'q. Bu umuman muammo emas. ChatGPT bilan yozilgan judayam generic javoblar bilan ham o'tib ketish mumkinligiga shubham yo'q. Sababi HPAIR — commercial loyiha. U yerda kim pul to'lashga tayyor bo'lsa, 90-95% ehtimol bilan qabul qilinadi (ozroq ingliz tilida gapira olsangiz bo'ldi). O'zim ham o'tgan yil topshirganda buni juda yaxshi his qilib topshirganman. Shuning uchun qabul qilinganimni hech qayerda yozib o'tirmadim ortiqcha. Lekin mendagi motivlar boshqa edi. U haqida pastroqda
— Stipendiya yutib olish mumkinmi? Buning uchun nima qilish kerak?
— Mumkin. Lekin dasturga qabul qilinish qanchalik oson bo'lsa, stipendiya yutish shu darajada qiyin. HPAIR o'z shiorlarida liderlik, tinchlik va yana bir narsalar haqida gapirsa ham, lekin stipendiya yutishda men asosiy omilni boshqa deb bilaman — sizda juda katta (social) auditoriya bo'lishi kerak. Ya'ni siz kuchli "influencer" bo'lishingiz kerak. Nega? Chunki mantiqan bu kabi dasturlarda stipendiya bu dasturni yanayam kuchliroq reklama qilish uchun ajratiladi, kimnidir ijtimoiy qo'llab-quvvatlash uchun emas. Stipendiya sohib(a)lari ham bu fikrlardan xafa bo'lmaydi va to'g'ri ekanini biladi deb o'ylayman.
— Self-funded uchun qancha xarajat ketadi?
— Self-funded qatnashish bu shunchaki o'z xarajatlaringizni qoplash emas. Dasturga qatnashish uchun ham pul to'lash (!) degani. Shaxsan o'zim o'tgan yil dastur uchun $500, Dublindan Bostonga borib-kelishga $400, turar joy uchun $250, viza uchun ~$150, qolgan xarajatlar uchun ~$200 sarflaganman. Umumiy $1500 atrofida. O'zbekistondan borib-kelish chiptasi esa adashmasam $1000 atrofida.
— Boshqa joydan mablag' topsa bo'ladimi?
— O'tgan yili qatnashganlar orasida universiteti yordam berganlarni (asosan PhD talabalari) va GoFundMe orqali aynan konferensiya to'lovini yiqqanlarni ko'rganman. Ayniqsa, GoFundMe orqali qilingan ish kreativ edi. Afsuski bizda bunday platforma yo'q. Balki Hissa orqali qilish mumkindir. Lekin shunda ham bu uzog'i bilan xarajatlaringizning 1/3 qismini qoplashiga umid qilish mumkin.
— To'lov qilsam viza chiqmay qolsachi?
— Vizaga harakatni to'lovdan oldin qilish mumkin. Lekin O'zbekistondagi AQSh vizasi bo'yicha holatni mendan ko'ra juda yaxshi bilasizlar. Agar oldin ham viza talab qiluvchi davlatlarga (Shengen hududi masalan) chiqib kelgan bo'lsangiz yoki sizni qandaydir juda ishonchli tashkilot moliyashtirayotgan bo'lsa, unda imkoniyatingiz bor deyish mumkin. Aks holda... salbiy natijaga tayyor turavering
— HPAIRga qatnashish puliga arziydimi?
— Eng asosiy savolga javob — siz nima xohlashingizga bog'liq. Agar sertifikat uchun bo'lsa, absolyutno yo'q. U sertifikat hech qayerda, hech qanday foyda bermaydi. Men qatnashish oldi konferensiya o'zidan hech narsa kutmaganman va o'ylaganimdek hech narsa bermagan ham (Amerika-Xitoy siyosati, Sex workerlar huquqi va yakunda hech qayerda qo'llanilmaydigan loyihalar tanlovi...)
Lekin sarflagan pulim aynan men kutgan quyidagi narsalar uchun to'liq arziydi deb o'ylayman:
Agar siz dasturda yuqoridagilarni to'liq anglab, oldingizda aniq maqsad bilan qatnashmoqchi bo'lsangiz unda olg'a bosing. Agar dastur sertifikatini CVga qo'shish, Linkedinda ulashish uchun harakat qilayotgan bo'lsangiz, unda yana bir yaxshilab o'ylab ko'ring. Hammaga omad!
#HPAIR #Harvard #US
P.S: Yuqoridagi teglar orqali oldingi postlarni o'qishingiz mumkin
@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram
GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
Garvardda bo'lib o'tuvchi HPAIR 2025 konferensiyasi - yetakchi yoshlar va talabalar uchun
Talablar
— Dasturda yetakchilik qobiliyatiga ega yoshlar va talabalar qatnashishi mumkin;
— Nomzodlar 18 yoshga to'lgan bo'lishlari shart;
— Ingliz tilini dasturda…

Uyga qaytish haqida o'ylasam, nimagadir xayolimga eng birinchi keladigan tasvirlardan biri mana shu belgi bo'lib qolgandi oxirgi vaqtlarda.
#cominghome
@Musayev_blogi
#cominghome
@Musayev_blogi
Qilichbek avvaliga NSP, keyinchalik DAAD, Chevening kurslarida o'qigan. NSPga 2 marta juda kuchli hujjatlar bilan topshirib, kichik texnik xatolar sabab qolib ketgan. O'tgan yili esa DAAD suhbatidan keyin ozroq alamli natija bo'lgandi.
Muvaffaqiyat bir martada kelmasligi mumkin. Muvaffaqiyat siz kutgan, xohlagan tomondan kelmasligi mumkin. Muvaffaqiyat umuman biz tasavvur qilgandan boshqacha ko'rinishda bo'lishi mumkin. Lekin eng asosiysi chin mashshaqat va mehnat mukofotsiz qolmaydi.
Effort never dies :)
#grants #success_story #DAAD #NSP #EYUF

Universal Mentorlik Kursi ilk o'quvchisidan yana bir ketma-ket yaxshi xabar :)
#success_story #EYUF #DAAD #Erasmus
@Musayev_blogi
#success_story #EYUF #DAAD #Erasmus
@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from GrantGO — Grantlar va stipendiyalar
👨🎓 G'ulomjon Yuldoshev — Global UGRAD (2021) dasturi g'olibi, AQSHning University of Maine almashinuv dasturi talabasi, IELTS 8.5 (speaking 8.5) va TOEFL 101 sertifikatlari egasi va Maine o'quv markazi asoschisi.
👩🎓 Durdona Odilova — Global UGRAD (2023) g'olibasi va Young Professional Interns Program (2024) dasturi ishtirokchisi. 3 yildan ortiq tajribaga ega ingliz tili ustozi va mutaxassisi. IELTS 8.0 va Toefl iBT 107 sertifikatlari sohibasi.
Kurs haqida batafsil
Murojaat
✍️ @grantgo_mentor
Shoshiling! Darslar 15-noyabrdan boshlanadi!
#mentorship #UGRAD #AQSh #exchange
Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Musayev blogi
Bu yilgi UGRAD mentorlik kursini kontent tomonlama ham tashkiliy tomonlama ham yanayam yuqori kayfiyatda o'tishini maqsad qilganmiz.
Eng yaxshilardan o'rganish imkonini qo'ldan boy bermang!
#UGRAD #USA #scholarships #exchange
@Musayev_blogi
Eng yaxshilardan o'rganish imkonini qo'ldan boy bermang!
#UGRAD #USA #scholarships #exchange
@Musayev_blogi
Forwarded from Bek Olimjon (Bek Olimjon)
80 ga kirgan bir bemor nolib qoldi. Vaqt juda tez o’tyapti deydi.
Bugun 21 yilga qamalgan qotil bilan suhbatlashdim. Qamoqdagi hayoti haqida biroz so’radim. Qiziq javob berdi. Vaqt juda tez o’tadi deydi.
Sizda ham vaqt tez o’tayotgandek hissi bor bo’lishi mumkin.
Kecha, o’tgan hafta yoki oy juda tez o’tib ketgandek. Kimdir bizdan shu vaqtimizni qanday o’tganini so’rasa aniq javobimiz yo’q.
Bularning sababi - hayotimizning har kuni bir xil, ya’ni monoton hayot. Ertaman turish, ishga yoki o’qishga borish, bir xil odamlar, bir xil dardlar, bir xil suhbat va g’iybatlar.
Yangi tajribalarga erishishga harakat qiladigan, yangi g’oyalar haqida o’ylab yashaydiganlar kam atrofimizda.
Bolalikda vaqt juda sekin o’tgandek bo’ladi. Sababi hamma narsa yangi. Bola har kuni hayotida yangi narsalarga duch keladi va xotiralar quradi. Katta bo’lganimizda esa vaqt juda tez o’tadi. Sababi kunimizda yangilik yo’q. Bir xillikdan iborat. Bir xillik vaqt tez o’tishi asosiy sababi.
O’tgan yili Azamat bilan 3 kunga velosayohatga chiqqan edik. Norvegiyadagi Dovre tog’i atrofini aylandik. Azamat uchun birinchi marta bo’lgan tajriba edi u. 3-kun yakunida ”Aka huddi bir oy vaqt o’tgandek his qilyapman” degan edi. Haligacha eslaymiz. Zo’r xotiralar qolgan.
Vaqtni tez o’tmasligini ta’minlash uchun nima qilish kerak? Hayotni sekin o’tishi va yangi tajribalar ko’p bo’lishiga harakat qilish kerak.
Odam boy yashashi uchun puldor bo’lishi shart emas. Boy xotiralar orqali ham inson boylikka erishadi.
Nima qilish kerak?
- monoton kunlar zerikarli hayot garovi. Undan imkon qadar voz kechish kerak
- turli xil yangi tajribalarni qilib ko’rish kerak
- sayohat qilish kerak
- yangi tajriba va sayohatlarni imkon qadar hujjatlashtirib borish kerak, jurnalga yozib borish, video yoki rasm shaklida tasvirga olish kerak
- o’tmishni eslash, ikki marta yashash imkonini beradi
- nostalgiya stresga qarshi yaxshi davo
- nostalgiya = yaxshi xotiralar - og’riqli damlar
- xotiralarni hikoyalarga aylantirish kerak. Hayotimiz bir hikoya. U mazmunli bo’lishi muhim
Bularni amalga oshirish eng yaxshi, arzon va sog’lom yo’li bu sekin sayohat qilish. Tabiatga sayohat qilish eng arzon usullardan biri. Velosayohat ham yaxshi variant.
Qiziq jihati shuki bu guruhdagi 90% odamda ana shularni qilish imkoniyati albatta bor, ammo qiluvchilar 10% bo’lsa ham katta gap.
Nega unday? Sababi komfortdan chiqqimiz kelmaydi. Hammamiz yaxshi tabiat do’ppi otsa yetadigan masofada yashaymiz. Norvegiyada mingtacha o’zbek bor. Tabiat aylangani chiqadigani esa barmoq bilan sanoqli.
Vatanda ham shunday. Juda borsa 2 soatlik yo’l yurib juda zo’r tabiatli joylarga borsa bo’ladi. Puli ham qimmat emas aslida. Mayli vaqt yo’qdir, pul yo’qdir. Ko’cha borku, dala borku. Hech bo’lmasa ko’chaga chiqib yugurish mumkinku.
Biz odatda nima qilamiz, biz choyxona variantini tanlaymiz.
Biz nima qilamiz, uy quramiz, mashinani zo’rini olishga harakat qilamiz. Bular uchun esa umrimizni sotamiz. Umrni sotsak ham insofni sotmay qolsak biz eng katta natijaga erishgan his qilamiz o’zimizni. Aslida ikkisini ham sotmaslik kerak.
Yugurish kerak desang, ”eee qo’ysangchi, reels ko’ryappan” degan javob beradi miya.
Dangasalik bu hayot dushmani.
Yashashdan maqsad komfort emas.
Komfort insonni ojiz, nimjon qiladi, qiyinchiliklarga tayyor bo’lmasligini kafolatlaydi.
Qanchalik ko’p komfortda o’tirsak har qanday mayda qiyinchilik ham chidab bo’lmasdek tuyuladi.
Yumshoq kursidan turish qiyinroq.
Bek Olimjon
17.06.2024
Norvegiya

Oxirgi 2-3 yillarda bank sohasi bilan bir qatorda yana bir soha juda kuchli rivojlanganini e'tirof etish kerak ekan — elektron davlat xizmatlari
Oldin haftalab balki oylab vaqt ketgan ishlarni hozir onlayn 5-6 daqiqada qilib tashlash mumkin bo'lib qolibdi. Masalan, hozir o'z nomimga YaTT ochish uchun 5 daqiqadan kamroq vaqt ketdi 🙂
#uzbek_life #irish_life
P.S: Irlandiyada oylab kutishga, pochta va byurokratiyaga o'rganib qolganimdan 20 yil kelajakda yashayotgandek bo'lyapman.

Birinchi marta professional podkast mehmoni bo'ldim :)
Mening hikoyam haqida batafsilroq, ayniqsa yaqindagi yangiliklar haqida bilmoqchi bo'lganlarga tavsiya qilaman.
😎 https://youtu.be/Dn3J0Gs3q_A
Ilm odamlari taklif qilinadigan podkast mehmoni bo'lish alohida yoqimli tajriba bo'ldi. Ilmimizni bundan ham katta joylarda mehmon bo'lishga yarasha qilsin.
#podcast #surish #scholarships #professional_life
P.S: Butun podkastni ko'rishga imkoningiz bo'lmasa ham, oxirgi ikki daqiqasini ko'rib qo'ying
@Musayev_blogi
Mening hikoyam haqida batafsilroq, ayniqsa yaqindagi yangiliklar haqida bilmoqchi bo'lganlarga tavsiya qilaman.
Ilm odamlari taklif qilinadigan podkast mehmoni bo'lish alohida yoqimli tajriba bo'ldi. Ilmimizni bundan ham katta joylarda mehmon bo'lishga yarasha qilsin.
#podcast #surish #scholarships #professional_life
P.S: Butun podkastni ko'rishga imkoningiz bo'lmasa ham, oxirgi ikki daqiqasini ko'rib qo'ying
@Musayev_blogi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
YouTube
Grantlar, Mastercard va Microsoftda ish | Qudratxo'ja Musayev hikoyasi
Podkastimizning navbatdagi sonida GrantGO, EventGO loyihalari asoschisi, dasturchi (chakanauz, asaxiyuz, mastercard) Qudratxo'ja Musayev bilan grantlar va stipendiyalar, intervyularga qanday tayyorlanish kerakligi, hujjat tayyorlashdagi xatolar, o'zbekistonlik…
Forwarded from MentorGO
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from TATU | Rasmiy kanali
#Suhbat
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida 2024-yil 30-noyabr kuni soat 14:00da A-bino 318-xonada Mastercard va Microsoft kompaniyasi dasturchisi Qudratxo'ja Musayev bilan hamkorlikda "Toshkent axborot texnologiyalari universitetidan Microsoftgacha" mavzusida seminar o‘tkaziladi.
🟤 Qudratxo'ja Musayev — O'zbekistonda Asaxiy.uz, Chakana.uz va Smartbank (SmartBazar) kabi loyihalarda senior backend dasturchi.
🟤 Keyinchalik esa Mastercard kompaniyasi Dublin ofisida dasturiy muhandis sifatida jami 5 yildan ortiq davomida ish tajribasiga ega.
🟤 Yangi yildan boshlab Microsoftning Dublin ofisida dasturiy muhandis sifatida faoliyat boshlaydi.
Loyihalari:
👉 Asaxiy.uz - backend dasturchi
👉 Chakana.uz - senior backend dasturchi
👉 Smartbazar - texnik team lead
👉 GrantGo, EventGo va MentorGo - ham asoschi, mahsulot menejeri.
✈️ @tuituz_official
Loyihalari:
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM