tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1690
Last Update:
Oila meni shaxsiy meningizdan Muqaddasdir!
Bir mashhur insondan "Necha yoshda oila qurgan yaxshiroq?" deb so'rashgan edi. U "Muhimi yosh emas, asosiysi bo'lajak juftingiz va bo'lajak bolalaringizga o'zingizga qaygʻrgandek qaygʻrishga, o'zingizga mehr bergandek mehr berishga qalban tayyor bo'lishingiz kerak!" deb javob bergan edi.
Avvalroq "Men"lik darajalari haqida ham post yozgan edim.
Qachonki ongimiz kengayib, qalbimiz poklanib borgani sari, o'z menlik chegaralarimiz ham kengayib, unga tobora ko'proq insonlarni va jarayonlarni qabul qildira oladigan darajaga erishib boramiz!
Demak, oila bu bizning kichik shaxsiy menimizni kengaytirish, ya'ni o'ziga yana kamida bir nechta insonlarni (juftimiz va farzandlarimizni) qabul qildirishni o'rgatadigan muqaddas dargohdir!
Afsuski, o'zbekchilik odatlarimizda hali o'zligi anglab yetmagan, endigina maktabni bitirgan yoshlarni darrov oilali qilishga urinish ko'p uchrab turadi. Natijada esa, hali yoshi 20 ga kirmay allaqachon erdan ajrashib, ota uyiga qaytib kelgan juvonlar ko'paygan.
Xo'sh oilalarni uzoq davom etmasligining sababi nima?
Sabab - O'zidan tashqaridagi (yangi oila a'zolarini) o'z meni ichiga kirita olmaslikdir! Ya'ni Ego!
Bundan avvalgi postda oila qurish faqat tana jihatdan yaqinlik emas, balki ruhan va karmik jihatdan ham qo'shilib ketish ekanini yozgan edim.
Ya'ni siz tanlagan juftingizni uning dunyo qarashi, xarakteri va tanaviy holatlarini ham boricha qabul qilishga va u bilan butkul uygʻnlashishga, hamda uning rivoji uchun chin dildan xizmat qilishga roziligingizdir.
Bugungi kundagi oilalarni parokanda qilayotgan yana bir narsa bu - o'zi shundoq ham jufnini to'liq qabul qilishga va oilasiga qalban xizmat qilishda qiynalayotganlarga sen "O'zingni sev!" deb ta'lim beradiganlar ko'payib ketganidir. Natijada oilasini bir chetga surib qo'yib, men ularga xizmatkor emasman deb, qalb maskasini taqib olgan nafslarini istaklariga ko'ra yashashni boshlaganlar ko'paygan. Bu ta'limotlarni salbiy ta'siri sabab ham allaqachon minglab oilalar ajralib ketishga majbur boʻldi.
Unutmang! Shaxsiy istak degan narsa bu illyuziyadir!
O'z istaklaringizga e'tibor bering ular sizga shunchaki atrof muhit tasirida joylashtirilgan xolos!
Ruhingizni asl istagi bu qalban poklanishdir!
Qanchalik poklanganingizni ko'rsatkichi esa, qanchalik ko'p odamga qalban mehr berib, ularga qalban xizmat qila olyotganingizda o'zini namayon etadi.
Yuqorida aytilganidek Oilali bo'lish bu faqat o'z soxta meningiz istaklari uchungina yashash illyuziyasidan chiqib, ya'ni yuksalib, atrofingizdagi yana bir nechta insonlar kamoloti uchun ham o'z energiyangizni qalban sarflay olishga, ya'ni oilangiz uchun o'zingizni fido qila olish ongiga erishdir!
Demak allaqachon sizning juftingiz va farzandlaringiz bor ekan, bilingki Alloh sizni chegaralangan va eng quyida bo'lgan "soxta men" darajasidan yuksalishingiz uchun muhim bo'lgan "Muqaddas ne'matni, ya'ni Oilani" sizga allaqachon nasib etgan ekan!
Siz oilali bo’la turib, "men o'zimni sevishim kerak" deb, oila a'zolaringiz oldidagi vazifalarngizdan qochishingiz va faqat nafsingiz istagiga ko'ra yallo qilib yurishingiz bu aslida rivoj emas, aksincha tubanlashish, ya'ni ruhiy kamolatda orqaga ketishdir!
Uning o'rniga agar sizda allaqachon oila bor ekan (Erkak bo'lsangiz ham Ayol bo'lsangiz ham) juftingiz va farzandlaringiz kamolti uchun o'z jinsingiz va oiladagi vazifalaringizdan kelib chiqib, ularga qalban xizmat qilishga kirishing!
Juftingiz va farzandlaringiz qanchalik sizdan mamnun bo'lsa, bilinki siz endi o'z ruhiy kamolatingizda yanada yuksalishiga erishib bormoqdasiz!
* Adashtiruvchi ta'limotlardan ongingiz va oilangizni saqlang!
Unutmang, faqat o'z egosi istaklari uchun tortishaveradigan va oilasidagi boshqalar uchun fidokorona xizmat qilishni istamaydigan ota ona bilan ulg'aygan bolalar ertaga xalqi uchun ham o'z qobiliyatlarini fidokorona baxshida eta olmaydi. Natijada esa muvaffaqiyatsizliklar girdobida hayot kechirishga majbur bo'lishadi.
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1690