tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1700
Last Update:
Ezoterika aslida juda keng miqyosdagi ta'limotlarni o'ziga qamrab oladi va inson aslini aniqlash borasida asosan 3 ta tarmoqqa bo'linadi.
1) Nafsni bu sen deydigan va nafsing (tana hirslari) istagiga ko'ra yashashing kerak deydigan.
2) Egoni (soxta menni) bu sen deydigan. Va o'zingni sev deb, faqat boshqalardan o'zini ustun ekanini his ettirishga undovchi havoi istaklar uchun yashashni o'rgatadigan.
3) Ruhni bu sen deydigan. Va yeriy energiyalar (nafs va soxta men) ta'siridan ruhingni ozod qil deb, dunyoga bogʻliq xohishlardan ko'ra Yaratganga qullikni birlamchi o'ringa qo'yib ta'lim beradiganlardir.
Demak mantiqan olganda islomiy tasavvuf ham Ezoterikadir! Chunki bu so'zning lugʻaviy ma'nosi ko'rinmas haqiqatlarni anglash ilmlari degan maʼnoni anglatadi.
Lekin bizga Ezoterika nomi ostida kirib kelgan ta'limot odamlarga yuqorida keltirganim Egoni bu sen deb ta'lim beryotgani uchun Ezoterika so'zini diniy qarashdagilar yomon deb hisoblab boshladi.
Aslida esa, Ezoterika so'zi emas, nafs va egoni bu sening o'zing deydiganlar asl haqiqatdan chalg'iganlardir. Chunki Ego bu jamiyat va hayotiy tajribalar asosida shakllangan soxta shaxsiyatdir. Nafs esa tana hirslaridir. Agar inson ularni birlamchi qilishga urinsa asl o'zligini topa olmay yerdagi energiyalarga bogʻliq holda karma botqog'iga botib yashashda davom etaveradi.
Men postlarimda doim shu tafavudlarni tushuntirishga urinaman. Va men taqdim etayotgan kitoblarda ham Ruhni birlamchi meningiz ekanligi tushuntiriladi.
Bu uchalasini aralashtirib yuborganlar "Muzaffarni postlari va taqdim etgan kitoblari ham ezoterikaga xosku?" deb ajablanishadi. Lekin to'g'ri yo'nalishni anglaganlar barchasini allaqachon tushunishgan. 👍
Tafakkur qiluvchilar uchun asl sirlar va nozik haqiqatlar ochib beriladi. Alloh bejizga Qur'onning deyarli har bir oyati yakunida buni takror takror eslatmagan!
#tafakkur_qiling
@muzaffar_vakkosov1
BY MUZAFFAR VAKKOSOV
Share with your friend now:
tgoop.com/muzaffar_vakkosov1/1700