Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1602 - Telegram Web
Telegram Web
MUZAFFAR VAKKOSOV
Ijtimoiy qatlamlarni vujudga kelishining asosiy sababi...(Post) 👇
Moskvada yurgan vaqtimda bir ajoyib haqiqatni aniqlagan edim: Bir kuni bir tanishim mendan arzonroq kiyim magazinlarini internet orqali qayerda bor ekanini bilib berishimni so'radi. Men onlayn kartadan izlab manzillarini aytdim.
Men o'zim esa, yangi hech borib ko'rmagan kitob do'konlarini bir aylangim keldi va yana onlayn kartaga murojaat qildim.

Hayratlanarlisi shundaki, arzon magazinlar va kitob do'konlari asosan shaharning alohida hududlardida joylashgan edi. Huddiki qandaydir ko'zga ko'rinmas qonun asosida ular alohida hududlarni bo'lib olishgandek. Bu tafovutning sababini keyin angladim...

Gap shundaki Moskva hududi aholining ijtimoiy darajasiga qarab asosan 3 ga boʻlinadi. Bu bo'linishlarni chegarasini 3 ta xalqa yo'li bilan ajratiladi.
Eng boy qatlam eng markazda, eski shahar hududida yashaydi. U yerda davlat boshqaruvidagi asosiy siyosiy binolar, elchixonalar va eng nufuzli mehmonxonalar joylashgan. Yashaydigan aholisi ham bir necha avlodi avvaldan boy boʻlganlardir.
Ikkinchi kengroq xalqa esa, xalqning ijtimoiy darajasidan kelib chiqib o'rta bo'g'imdir. Ular asosan kimnidir qo'lida, yuqori lavozimlarda ishlaydigan yoki o'z shaxsiy faoliyatiga ega ijtimoiy ahvoli yaxshi darajadagi qatlamdir.
Uchinchi eng keng va chekkadagi xalqa ichida esa, asosan Moskvaga Yangi ko'chib kelgan rossiyaliklar yoki boshqa migrantlar yashaydi. Ular oylikka ishlovchi qatlamdir.

Yuqoridagi kartaga e'tibor bersangiz eng markazda arzon do'konlar deyarli yoʻq ekanini ko'rasiz. Bunday do'konlar asosan o'rta va ishchilar qatlami hududida joylashgan.
Kitob do'konlari va katta kutubxonalarni deyarli 70/80% esa eng markazdagi boy qatlam hududida joylashgan.

Bu boylik va farovonlik poydevori ilm ekaniga yana bir yaqqol misoldir.

Yana bu postni kechagi postni davomi sifatida ko'rsak ham yaxshigina tushuncha olamiz: mana nega aholining quyi qatlami yashaydigan hududlarda kitob do'konlari va ilm maskanlari o'rniga yemakxonalar yoki arzon do'konlar savdosi yaxshiroq ketadi. Gap shundaki quyi qatlam boylikka ilm orqali emas, tinimsiz mehnat bilan erishiladi deb hisoblashadi. Keyin esa, arzimagan maoshlarini tejab ishlatish bilan tirikchilik qilishga majbur boʻlishadi. Surunkali kambagʻallik sababi dunyo qarashlarida ekaniga e'tibor ham berishmaydi.
Boy qatlam esa, doim ilm olishda va pullarini ma'lum qismini muntazam o'z ilm darajalarini oshirishga sarflab yashashadi. Chunki ular yaxshi anglashadiki o'z farovonliklari va bugungi ijtimoiy darajalarining asosida ilm yotadi!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Bir haftadan beri yangi postlarni kutaverib ko'zlari to'rt bo'lib, meni sog'inib qolgan sevimli obunachilarimiz bormi? 🤗

Havotirga o'rin yo'q. Biz davom etamiz yana🙋‍♂
Alloh jonimni oladigan so'ngi lahzagacha xalqimizga ziyo ulashishda davom etaman, inshaAlloh!!!

Tez orada kanalimizda ko'pchilik kutayotgan audiochatlarni ham boshlaymiz😊👍


@muzaffar_vakkosov1
Shaxsiy karma yoki Genetika?


Inson taqdirini nima boshqaradi?
Bu savolga javob beruvchilar asosan ikkiga boʻlinadi: Dunyoga ko'proq ilmiy nazar tashlaydiganlar "ajdodlar genetikasi" desa. Ko'proq ruhiy olam haqiqatlariga ishonadiganlar "shaxsiy karma" deb javob berishadi.

Men har doim neutral holda turib har bir ilmni zamiriga kirib asl haqiqatlarni izlashga urinaman. Chunki haqiqat ikkita bir biriga qarama-qarshi bo'lishi mumkin emas. Yoki bu yerda biri noto'g'ri, yoki ikkisida ham uygʻunligi bo'lishi kerak.
Shu sabab ham taqdir masalasida asl haqiqatlarni izlash maqsadida bularni hech birini rad etmasdan, har ikkisini ham chuqur o'rganishga intilaman.

Hozirgacha o'rganganlarimdan shuni xulosa qilishim mumkinki: bu yerda har ikki ta'limot ham haqiqatdir. Faqat ular o'z ta'limotlariga shunchalik yopishib olishganidan boshqasini rad etishga urinadilar. Aslida esa, tafakkur qiluvchilar uchun bu yerda ajoyib uygʻunlik va shuncha yillik tortishuvlarga chek qoʻyadigan asl haqiqatlar mavjuddir!

Ongi hali botiniy haqiqatlarga ochilmagan va dunyoni faqat ko'zi bilan ko'radiganlarga genetika haqiqat sifatida ko'rinadi. Chunki albatta, meva urugʻida daraxtni to'liq informatsiyasi mavjud bo'lishi qanchalik haqiqat bo'lsa, bola hujayralari ham uning ota onasining genetik informatsiyalari bilan to'yinganligi shunchalik haqiqatdir!

Ammo meni ongim uchun bu chegara torlik qildi. Chunki nega aynan kimdir qaysidir oilada tugʻilib aynan o'sha oila genetikasiga mos azoblarni yoki baxti his etmoqda, boshqa oilada emas?
Bu savol, bu yerda ko'zga ko'rinmas yana qandaydir qonunlar ham mavjud ekani anglashga undaydi.

Ko'pchilikka ma'lumki va hatto ilmiy yondoshadiganlar ham tan oladiki, har qanday biologik mavjudotning ruhi bor. Tanada ruh bo'lmasa hatto u tana hujayralari sogʻlom va yashashga ishtiyoqli, navqiron bo'lsa ham hayotiylikni to'xtadi. Demak bu yerda hujayralardan tashkil topgan tanani mohiyati "ilohiy" bo'lgan nimadir boshqarishi haqiqatdir!

Xo'sh o'sha ilohiy narsa nega aynan shu tanaga kirdi? Va nega aynan shunday genetik informatsiyasi mavjud tana bilan yerda faoliyat olib borishga majburlanmoqda, boshqa oilada tugʻilgan tanaga kirsa bo'lmasmidi?

Aynan shu yerda "Shaxsiy karma" haqiqatini ham anglash darajasiga kelamiz.
Balki islomiy e'tiqod chegarasi ichidagilar buni rad etar. Ammo reinkarnatsiya haqiqat ekanligi shu yerda ayon bo'ladi.
Chunki masalan men nega boy oilada tugʻilmadim? Axr Alloh hamma bandasini teng ko'radiku, nega meni azobladi? Demak bu yerda Alloh tuzib qo'ygan va barchasi shaxsiy tajribamga asosan qilgan xatolarimga javob berishim kerak bo'lgan kengroq haqiqatlar va tizimlar ham mavjud.

Ruh o'lmaydi ammo tana oʻladi. Ruh ma'lum bir biologik kiyimda mujassamlashib u kiyimning biologik hayoti yakunigacha o'z vazifasini yakunlay olmadimi, demak unga yana majburan boshqa kiyim berishadi. Va bu kiyim aynan uning vazifasiga mos bo'ladi.
Biz avvalgi hayotni eslay olmaymiz, ammo bizga vazifamizni eslatadigan tizim kerak. Qaysidir postda "ota onamizni bizga qilgan munosabati bizni o'z darajamizga keltirish uchundir" degan edim. Ya'ni, biz voyaga yetgan vaqtgacha ko'rgan kechirganlarimiz bizni avval kelgan darajamizga keltirish va Uygʻonish uchundir. Huddi shunday bizni ongimizga ta'sir etadigan tanamizdagi ajdodlardan o'tgan genetik kodlar ham bizni ruhiy darajamizga hamohang bo'lgani sabab ham biz aynan shu oilada tugʻilganmiz.

Xo'sh qay biri bilan ishlash kerak?
Har ikkisi bilan ham!

Gap shundaki o'z sulolangizni genetik jihatdan o'ziga xosligidan xabardorlik bu bir vaqtda o'z karmik vazifangizni ham anglashingizda juda muhimdir. Chunki yuqorida anglaganimizdek genetik jihatdan ham karmik jihatdan ham tozalashingiz kerak informatsiyalar bir xildir.

Ruhni dunyoga qanchalik bog'langanigi va hayotiy tajribalaridan olgan negativlari kirlatadi. U kirlandimi demak o'zidagi biologik tana hujayralarini ham kirlatadi. Sulolaviy negativlar ham aynan shunday to'plangan. Demak har ikkisidan ham bir vaqtda tozalanish uchun. Siz bugun o'z qalbingizni poklashingiz kerak!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Shayton sabab Odam avlodlariga bu dunyo bilan sinovlanish taqdir etildi.

Biz esa, bu dunyoda o'sha Shayton kishanlaridan qutilishga intilish o'rniga uning istaklarini "meni xohishim" deb nomlab olib, ruhimizni dunyo hirslari bilan battar kirlatgan holda Jannat taraf emas, yana qayta Do'zax bilan sinovlanish taraf intilib yashamoqdamiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Shayton sabab Odam avlodlariga bu dunyo bilan sinovlanish taqdir etildi. Biz esa, bu dunyoda o'sha Shayton kishanlaridan qutilishga intilish o'rniga uning istaklarini "meni xohishim" deb nomlab olib, ruhimizni dunyo hirslari bilan battar kirlatgan holda Jannat…
Dunyoni seving: U Allohning ijodi ekani uchun.

Dunyo uchun harakat qiling: Dunyoni Do'zax kabi emas, Jannat kabi bo'lishi va undagi Allohning bandalariga eson omon bu imtixon dunyosidan ozod bo'lishlariga sharoit yaratib berish uchun.

Ehtiyojlaringiz uchun dunyo to'plang: Toki ehtiyojingizni qondirish sharti bilan shayton sizni o'z istakalari uchun boshqara olmasin.

Dunyoning moddiy matohlarini nazorat qilishga intiling: Toki ularni shayton nazorat qilib, ko'plab bandalarga ta'sir etib ularni jannatga kirishlariga qarshilik qilolmasin!

Dunyo haqida uni din, e'tiqod va madaniyatga bo'lmasdan o'rganing: Toki bunday umumiy izlanish uning Buyuk Ijodkorini hech qanday qoliblarga solmay, to'liqroq anglashingiz va U sizning cheklangan ongingiz darajasidan ancha keng va qudratli ekanini anglashingiz uchun yo'l ochsin.

Dunyoda rohatlanib yashang: Agar bu rohat nafsingiz uchun emas. Allohning bandalariga qilgan ezgulik xizmatlaringiz va ularga bergan hayr ehsoningiz ortidagi qalbingiz rohati bo'lsa!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Photo
Qandli diabet!


Bu kasallik bugungi kunda dunyoda uchta eng keng tarqalgan asosiy va davosiz hisoblangan (Yurak qon tomir tizimi, Saraton, Diabet) kasalliklardan biridir. O'zbekistonga qatganimdan so'ng shu narsani guvohi bo'lyapmanki bu hatto xalqimiz orasida eng keng tarqalgan N1 kasallikka aylangan ekan.

Har qanday kasallikning asosiy sababi bu dunyo va Xudo haqidagi noto'g'ri dunyo qarash bilan yashashdir!

Borliqda aslida davosiz kasallik mavjud emas. Chunki bu dunyo sizni kasal qilgan ekan, davo ham bu dunyodadir! Ammo ba'zi kasalliklarni davolab bo'lmayotganini sababi bu bemor o'sha kasallikka olib kelgan o'z qarashlarini o'zgartirishni istamayotganidir.

Siz Xudoga va atrofingizga nisbatan qarashingizni ijobiy tarafga o'rgartirmas ekansiz. Jismoniy davolanish uchun millionlaringizni sarflasangiz ham kasallikdan qutilolmaysiz, yoki biroz vaqt yaxshi bo'lasiz ammo yana bu takrorlanaveradi.
Chunki faqat jimoniy davolanishga urinishni huddi bir quvurdan xonaga suv kirayotgan bo'lsa siz suvni chiqarish uchun chelaklab tashqariga chiqarishingizga o'xshaydi. Suv kamayganga o'xshaydi ammo tugamaydi. Chunki suv kirayotgan quvurni yopmadingiz!

Sizni dunyo va Xudo haqidagi notoʻgʻri tushunchangiz o'sha quvurdan kirayotgan suv misolidir. Siz qarashlaringizni o'zgartirsangizgina o'zingizdagi kasallikni yengishga qodir boʻlasiz!

Bu kasalikning ruhiy sababi shundaki bunday insonlar dunyoviy istaklariga qattiq yopishib olishadi. Kimnidir yoki nimanidir yo'qotgisi kelmaydi. Bu shuni koʻrsatadiki bunday insonlar o'z rizqi va taqdirini Xudoga ishonib topshirolaydi.
Buni o'z kuzatuvlarim ham tasdiqladi. Chunki atrofimdagi men tanigan diabetga chalinganlarni deyarli 80%i umuman "Namoz" o'qimasligi ma'lum bo'ldi. Ya'ni bu kasallikni vujudga kelishini asosiy sababi bu Xudoga bo'lgan iymonni sustligidir!

Agar sizda ham bu kasalikning qaysidir darajasi mavjud bo'lsa birinchi qiladigan ishingiz iymoningiz ustida ishlashdir. Agar namoz oʻqimasangiz buni tezda boshlang. Ruhan Allohga bogʻlanish hayotingizni va bu dunyoda "meniki" deb yopishib olgan nimadir yoki kimnidir o'z Egasiga topshira olish darajasiga sizni olib chiqadi.
Ibodatlaringizda asli Allohni mulki bo'lgan ne'matlarga yopishib olganingiz va qo'yib yuborishni istamay yashaganingiz uchun Yaratgandan uzur so'rab tavba qiling.

Unutmang har qanday kasallikka eng yaxshi davo bu uni vujudga kelishiga aynan qaysi qarashlaringiz sabab bo'lganini anglashdir. Xatolarni anglash esa tavba bilan yuvilganida uning jismoniy oqibatlaridan Alloh bandalarini halos qiladi. InshaAlloh!

#tafakkur_qiling


*Bu kasalikka chalinganlar xalqimiz orasida ko'p ekani bois. Aynan shu kasallikni sabablari va davolash usullariga bagʻishlangan alohida bir kitobni tayyorlab barchaga ulashishni maqsad qildim. InshaAlloh duo qilib tursangiz tez kunlarda taqdim etaman!


@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
John Rokfeller - dunyo tarixidagi dollarda eng birinchi milliarder bo'lgan va insoniyat tarixdagi eng boy odamlardan biri. Va Kamina 😅 Qiziq savol bularni qanday o'xshash taraflari bor? 🤔 @muzaffar_vakkosov1
O'tgan yili hatto "namyok" bilan post yozsam ham hech kimni hayoliga kelmagan edi. 😅
Bu yil hali o'zim yozmasimda anchagina tabriklar kelmoqda🤗

O'z yaqiningizdek ko'rib bugungi sanani yoddan ko'tarmagan, hamda hozirgacha va endi tabriklamoqchi bo'lgan barchadan minnatdorman!🙏
Bejizga kanaldagilar barchamiz bir oilamiz demaymanda🤗

#boringizga_shukur❤️

@muzaffar_vakkosov1
Nega "Qalb kasbingiz" ni topa olmayapsiz?!


Ko'p bor menga "o'z qalb kasbimni topa olmayapman" deb yozishadi.
Agar sizda ham shunday holat bo'lsa eng avvalo o'zingizga savol bering: Xo'sh aytingchi uni nega topmoqchisiz?

Agar javobingizni asosiy qismini "Agar topsam ishlarim yurishib, ko'proq pul topishni boshlardim yoki qalb kasbida ishlasa odam muvaffaqiyatli boʻlib ketadi..." degan moddiyatni yoki mashhurlikni ko'zda tutuvchi istaklar egallagan bo'lsa, unda qalb kasbingizni hali ancha vaqt izlab yuraverasiz!

Xo'sh nega bunday?!
Ko'p bor takrorlayman: Bizni ongimizni asosan ikki xil (bizni poklovchi va kirlatuvchi) kuchlar boshqarishga urinadi.

Bizni jannatdan uzoqlashtiruvchi kuchlar bizda nafsimiz va egoimizni ustuvor qilib, ular istagiga intilib yashashimizga undaydi. Poklovchi kuchlar esa, bizda bizni qalbimizni poklashimizga undovchi istaklarni uygʻotadi va shu orqali bizni karmalarimizni poklagan holda jannat taraf yetaklashadi.

Iqtidor ham karmadir. Ya'ni u ruhimizga biriktirilgan va bu olamda uni amalda ezgulik yo'lida ishlatib, insoniyatga manfaat keltirish orqali poklashimiz kerak bo'lgan narsadir. Shu bois ham qachonki sizni ongingiz nafsoniy istaklar bilan to'lgan ekan. Bu holatda iqtidoringiz qalbingiz tubida chang bosib yotaveradi.

Asl o'zligingiz va qalbingizning asl xohishlariga yetib berishingiz uchun, avvalo sizni dunyoviy istaklar ketidan chopishga majbur qilayotgan shaytoniy illyuziyalardan ongingizni tozalashingiz kerak. Buning eng tez va samarali usuli o'zingizni, bor energiyalaringizni, rizqingizni va ertangi taqdiringizni to'liq Alloh izniga topshirishdir. Ya'ni Taslimiyat!

Shunda siz o'zingizni ezgulik kuchlariga topshirgan bo'lasiz. Keyin esa ular asta-sekin sizni poklashga olib boradigan yo'llar bilan boshqarishni boshlashadi. Kirlatuvchi kuchlar nafsingiz istagiga undagan bo'lsa, poklovchi kuchlar asl qalb istaklaringizni uygʻotib beradi. Shunda siz insoniyatga qandaydir yaxshiliklar qilgingiz keladi. Aynan qaysi yo'l bilan yaxshilklar qila olaman degan savol bilan qalbingiz tubidagi o'z iqtidoringizni ham aniqlay olasiz.

Yuqorida aytganimdek iqtidor karmasini yuvilishi u orqali ezgulik xizmatlarini qilish bilan sodir boʻladi. Shunday ekan o'zingizga savol bering: Aynan nimalarni odamlarga beminnat va shartiz qilib berishni istaysiz?
Shartsizlik istagi qalb istagidir. Qanchalik atrofingizga shartsiz xizmatlarni ko'p ulashsangiz shunchalik ongingizni boshqarishdagi qalbingiz ustivorligi ortib boradi.

Bundan tashqari, agar siz allaqachon iqtidotingizni topgan va u orqali faoliyat olib borayotgan bo'lsangizu, lekin uni ba'zida shartsiz, ezgulik yo'lda ham ishlatib turmayotgan bo'lsangiz va uni faqat nafsingiz istaklari uchun ishlatayotgan bo'lsangiz, unda hali siz iqtidor karmangizni ruhingizdan forigʻ qilmayotgan bo'lasiz.

Xo'sh uni poklayotganingizni qanday aniqlash mumkin?
Qachonki, qancha ko'p odamlar iqtidoringiz orqali sizdan minnatdor bo'layotgan bo'lsa va xizmatlaringiz uchun sizdan rozi bo'lib, chin koʻngildan sizni duo qilishayotgan bo'lsa, shunchalik siz Ruhingizni karmalardan poklayotgan bo'lasiz!
Chunki Allohning rozi qilayotganingizni asosiy ko'rinishlaridan biri bu turli xizmatlaringiz orqali Uning bandalarini qalbiga yorugʻlik kiritishga erisholganingizdir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Nega "Qalb kasbingiz" ni topa olmayapsiz?! Ko'p bor menga "o'z qalb kasbimni topa olmayapman" deb yozishadi. Agar sizda ham shunday holat bo'lsa eng avvalo o'zingizga savol bering: Xo'sh aytingchi uni nega topmoqchisiz? Agar javobingizni asosiy qismini…
Ba'zida kanaldagi avval yozilgan postlarni qayta o'qib ko'rganimda hatto o'zim hayratda qolaman: "Bularni kim yozdi? Axr meni miyamda bu ilmlar yo'qku?!"
Huddiki yuksak ilmlari mavjud qandaydir yuqori kuchlar meni tanam va qo'llarimni boshqargan holda bu ilmlarni menga yozdirgandek.

Hech e'tibor berganmisiz insoniyat tarixida kuyuk kashfiyotlar qilgan olimlar va kuchli ilmlarni barchaga ulashgan avliyolar o'zlari dabdabali sharoitda yashashmagan. Sababi agar ular ham e'tiborini faqat o'z nafslari va dabdabali hayotga erishish istagiga qaratishganida ularga bunday ilmlar va kashfiyotlar qila olish imkoni berilmas edi.

Agar ongingiz moddiyat hirslari illyuziyasi ichida qolar ekan. Sizga insoniyatni yangi darajaga olib chiqish vazifasi berilmaydi. Qachonki taslimiyatga kirib tanangizni va butun hayotingizni ezgulik qilishga bagʻishlasangiz Yuqori kuchlar sizni iqtidoringizdan foydalanib, sizni tanangiz orqali yer kurrasida buyuk ishlar qilishni amalga oshirishni boshlaydi. Keyin esa bu ishlar insoniyat nuqtai nazaridan huddiki sizning ishingiz sifatida e'tirof etiladi.

O'zingizni asl bandalik darajangizni va sizdagi hech bir narsa, hatto tanangiz ham sizniki emasligini va baribir sizni yuqoridan boshqarishlarini chuqur anglab yetganingizda, juda yengillik bilan taslimiyatga kira olasiz va hayotingizni dunyoning ijobiy rivojlantirishga sarflab yashashga kirisholasiz!
Ana shunda sizga Buyuk ishlarga yengil yo'l ochib beriladi hamda jismoniyatingiz va jamiyatdagi nomingiz qilgan xizmatlaringizga qarab, yillar o'tgandan so'ng odamlar "Buyuklar" deb hisoblaydigan tarixiy insonlar qatoriga kiritiladi.

Endi sizga ushbu "Buyuk sir" ayon boʻldi. Qolgan umringizni qanday o'tkazishni o'zingiz tanlang.
Ha aytgandek Ruhimiz uchun berilgan tanlov imkoni bu ezgulik yoki yovuzlik kuchlaridan biriga xizmat qilishni tanlash uchundir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Restoranga kirib 100 minglik yegulik yeyish bu normal. Ustimizga 300 minglik kiyim olishimiz bu normal. Lekin kitob do'koniga kirib 30 minglik kitobni olishga pul sarflash bu juda katta pul yo'qotishdir. To'g'rimi?

Ba'zilarni hayotiga nazar tashlar ekansiz, huddiki ular faqat tanasi uchun yashayotgandek ko'rinadi. Va aynan shundaylar bilan suhbatlashsangiz moliyaviy yetishmovchik haqida ko'p aytishadi.
Buning sababi, ular hayotlariga haqiqiy baraka olib keluvchi asliyati rivoji uchun deyarli energiya sarflashmaydi.

Ha "Ilm"ni yeb bo'lmaydi, ushlab bo'lmaydi. Lekin uning hayotingizga ikkilamchi ijobiy taʼsiri kiyim yoki yegulikdan ko'ra 10 va hatto 100 karra ko'proqdir!

Tanani to'ydirsangiz u kuniga bir necha yuz ming ishlab topishi mumkin. Ongingizni to'ydirsangiz bir kunda bir necha millionlarni topa oladigan darajaga chiqasiz. Chunki uch o'lchamli dunyo energiyalarini qachonki sizda yuqoriroq o'lcham energiyasi bo'lgan "ilm" yetarli bo'lsagina nazorat qila olasiz!

Ba'zilar tanasini bezatib tashqaridan o'zini huddi moliyaviy erkin insondek ko'rsatishga urinadi. Lekin ichkaridan esa moliyaviy tashvishlar girdobida bo'ladi.
Asl farovonlikka esa, qachonki o'zingizni ichkaridan boyita olsangizgina erisholasiz! Shunda siz tanangizni tashqaridan boy ko'rsatmasangiz ham moliyaviy hotirjam yashay olasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
O'zingiz ilmli va ruhan yuksalishga erishgan bo'lsangiz-u, lekin atrofingizdagilar ilmsizlik sabab azoblanib yashayotganini va o'zlari anglamay oxiratini ham barbod qilayotganini ko'ra-bila turib, ularga ilm ulashsam o'zim yuqori ilmlardan uzilib qolaman deb ziyo tarqatishdan bosh torsangiz. Unda, boyligi bo'laturib ehtiyojmandlarga bergisi kelmaydigan "Xasis boy"dan sizni nima farqingiz bor?

O'zingizni ruhan yuksalib, ongim boshqalar bilmagan ilmlarni anglab, qandaydir yuqori darajaga erishdim deb hisoblasangiz-u. U darajani yo'qotishdan qo'rqsangiz. Demak siz hali hamon o'z Nafsingiz va Egoingiz uchun xizmat qilmoqdasiz!

Ruhimiz barcha erishganlarimizni Allohga topshira olib, o'z "Men"imizni eritib tashlab, borliqqa birlasha olsakgina asl darajasiga erishadi!

"Men"ingiz uchun emas, Alloh uchun xizmat qilishning asl darajasiga chiqqaningizda obro-mansabingizdan ham, ilmingizdan ham, va hatto jannatingizdan ham voz kechib hayotingizni yer yuzida ezguliklar qilib, o'z iqtidoringiz bo'yicha atrofingizdagi Allohning boshqa bandalariga xizmat qilib, ularning jannatiy bo'lishlariga ko'maklashish uchun bagʻishlay olasiz.
Mana bu "Men"likni haqiqiy yo'q bo'lishidir!

Jannat uchun intilish bosqichi, bu albatta gunohlardan tiyilishni o'rganishimiz uchundir. Ammo bu qaysidir ma'noda u dunyo azobidan qo'rqob, o'z meningizni qutqarishga urinish hamdir. Butun millat uchun, butun insoniyat uchun, butun Yer kurrasi uchun ezguliklar qilib, xizmatlaringizni oqibatini Allohga topshira olsangiz "U" albatta bu xizmatlaringiz ajri uchun sizni siz kutganingizdan ham yuqoriroq jannatlar bilan siylaydi. InshaAlloh!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Mendek "Inteligilee..." bola bilan tanishadigan qizlar yo'qmi? 😅


#barchaga_yaxshi_kayfiyat😉

@muzaffar_vakkosov1
Nega bugun bu millatdan avvalgidek dunyo tan olgan Buyuk olimlar chiqmayapti?


Buning asosiy sababini tushunish uchun millatning hozirgi kundagi oila qurishdan maqsadiga e'tibor bersangiz Millatning bugungi tushib qolgan ahvoli bejiz emasligini anglaysiz!


Yigitlarning oila qurishdagi asosiy maqsadi: tezroq uylanib, har kunlik bepul jinsiy aloqaga erishish.

Qizning oila qurishdan asosiy maqsadi: Tezroq erga tegib, farzand ko'rib, boshqa tengdoshlaridan kam joyi yo'q ekanligini isbotlab qo'yish.

Qizning ota-onasining qizni tezroq uzatishdan maqsadi: "Qiziga yaxshi tarbiya beribdi tezda egasini topib ketti" degan maqtov olish yoki "qizi o'tirib qolibdi nimadir netosi bor ekan" degan gaplardan qutilish.

Yigitning ota onasining to'y qilishdan asosiy maqsadi: tezroq uyga tekin xizmatchi olib kelish!


Bolalarning bu dunyoga kelib nimalar qilishi esa, umuman qiziq emas. Ular asosan ota onasini boshqalarni gap so'zlaridan qutqaruvchi bir qo'g'irchoq kabidir. Ularning istagi ota onasiga hamohang bo'lishga majbur. Ularning iqtidori ham ota onasi aytgan soxada bo'lishi kerak. Voyaga yetguniga qadar bolalarni shaxsiyatiyu iqtidori butkul bloklanadida keyin, "Qo'lingdan hech narsa kelmaydi, sen ham biror nima qilib pul top" deb uni jismoniy mehnat bilan tirikchilik qilishga undashadi.

Bolalarni kelajakni Buyuk insonlari sifatida ko'rishni boshlasak. Huddi biror Buyuk inson uyingizga tashrif yurishiga oldindan tayyorgarlik ko'rganingiz kabi ularni ham hali dunyoga kelishidan avval alohida e'tibor bilan kutib olasiz va voyaga yetguniga qadar shunga muvofiq tarbiyalaysiz. Shundagina haqiqatdan ham Buyuk insonni jamiyatga tarbiyalab berolasiz!


"InshaAlloh oila qurishdan asosiy maqsadim, butun insoniyat va butun ummat uchun buyuk xizmatlar qilib, millatni yana avvalgidek yuqori darajaga olib chiqadigan farzandlarni dunyoga keltirish va tarbiyalash" degan birlamchi maqsad bilan oila quradigan yigit va qizlar soni oshsagina millatimiz bugungi ilmiy va ma'naviy botqoqlikdan chiqib ketoladi.

Unutmaslik kerakki, buyuklarni tarbiyalay olmaydigan millatga Alloh buyuk ishlar qiladigan ruhlarni farzad sifatida yubormaydi!


#tafakkur_qiling


@muzaffar_vakkosov1
Kecha ijtimoiy tarmoqda bir videoga ko'zim tushdi: "Eri Rossiyadan pul jo'natmagani uchun ayoli farzandlarini ayovsiz kaltaklagan! "

Ba'zida o'ylab qolaman, balki huddi o'qishga kirish imtihonlari bo'lgani kabi oila qurish uchun ham imtihonlarni majburiy qilish kerakmikan? Shunda hali o'zini kim ekaniniyu, oilani nega qurganini anglab yetmagan ota-onalar qo'lida azoblanib katta bo'ladigan bolalar bilan jamiyatimiz to'lmasmidi?

Yoshligidan turli xil azoblaru o'ziga va boshqa yaqinlariga nisbatan adolatsizliklar girdobida ruhiy travmalar bilan o'sib ulg'aygan va ongi bunday adolatsizliklar normal ekaniga ko'nikib katta boʻlgan bolalar ertaga jamiyatga nima berishi mumkin?

Ba'zida hali o'zligini va oilaning asl mohiyatini anglab yetmagan yoshlarni ko'rko'rona oilali qilib qo'yavermanglar deganimda ko'pchilik "bu dinimizda buyurilgan, erta oila qurish kerak, shunda jamiyatda zino kamayadi" deyishadi.
Ha dinimizda erta oila qurish kerakligi aytilgan, ammo siz farzandingiz voyaga yetguniga qadar aynan o'sha diniy ko'rsatmalar bilan tarbiyaladingizmi?

Farzandingizga dinda ko'rsatilgan ma'naviy ilmlarni umuman bermaysizda. Qachon uni oilali qilish kerak vaqtda din yodingizga tushib qoladi. Atrofga e'tibor bersangiz hamma shunday yashaydi. Qachon qaysidir diniy ko'rsatma odamlarni nafslariga yoqsagina "mana shunday qilishimiz kerak ekan" deyishadi. Nafslariga yoqmagan joyiga esa, o'zlarini ko'r va kardek tutishadi.
Ya'ni dinni ham o'z nafslariga xizmat qildirishayotgandek.

Bugungi kundagi ajirimlar va bolalarni ota onasi tarafidan azoblab katta qilinagotgan holatlar ko'pligiga sabab ham shu. Oilani tuzishda yoshlarni oilaga ma'naviy tayyor emasligidir.

Qiz ovqat pishirishni va kiyim tikishni o'rgandimi demak u oilaga tayyor. Yigit bir ikki so'm ishlab topishni boshladimi demak u ham oilaga tayyor.
Shunday e'tiqod bilan yoshlar oila qurishadida keyin juftidan faqat shuni talab qilishadi.
Er xotini ovqat va uy ishlarini yaxshi qilolmagani uchun urishadi. Xotin esa eri bir ikki so'm kamroq pul olib kelganiga janjal qiladi. Chunki ular oilani faqat shu chegarada ko'rishadi. Oilaning bundan ancha kengroq mohiyatini va muqaddas ekanini anglashmaydi. Qayerdan ham anglashsin axr ularga bu ilm ota onasi tarafidan berilmagan va o'zlariga ham hayotni va o'zligini anglashga ham imkon berilmagan.

Oilani qadrini aynan shunday baholash va yoshlarni ongiga erkinlik bermay tez oilali qilishga urinishlar sabab, borgan sari millatimiz tobora ma'naviyatsizlik botqogʻiga chuqur botib bormoqda.

Qani endi ota onalar kelin kuyovlarni faqat moddiyat chegari bilan baholmay. Ma'lum bir ma'naviy ilmlarga asoslangan imtihonlar bilan tanlab olsalar edi. Bu jamiyat rivojiga ancha ijobiy ta'sir etardi.
O'ylashimcha bunday "oilaga tayyorlik" imtihonlarini joriy etish bo'yicha aniq qonunlar ishlab chiqilishi ham juda zarurdir. Chunki xalq farovonligi uchun eng muhim joy bu oiladir!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Farzandingizga hech qachon pul yo'q demang!


Ota onalarni, ayniqsa moddiy energiyaga javobgar otani pulga nisbatan negativ qarashi, turli moliyaviy vaziyatlardagi o'zini tutishi farzandlarida ham pulga nisbatan negativ qarsh va e'tiqodlar dashturlatini shakillantiradi va bu dasturlar asosidagi qiladigan qarorlari bilan ularning kelajakdagi moliyaviy ahvoliga juda katta salbiy ta'sir etishlari mumkin. Shuning uchun quyidagi so'zlarni farzandlaringizga umuman aytmang va ularni oldida bularni ishlatmang.


"Bu narsaga pulni qayerdan olaman?"
Uning ongida - pul topilishi qiyin narsa ekan degan dastur o'rnatiladi.

"Hozir pulim yo'q!"
- Pul har doim cho'ntakda bo'lmaydigan narsa ekan!

"Pul yo'qligidan kayfiyatim yo'q. Bor boshqasi bilan o'yna!"
- pul bo'lmasa odam yaxshi kayfiyatda yurishi mumkin emas ekan!

"Bu qimmat ekan, u uchun necha kun ishlashim kerak bilasanmi?"
- Pul uchun juda ko'p mehnat qilish kerak ekan!

"Pulim tugadi!"
- Pul tugaydigan narsa ekan!

"Peshona terim bilan topganman!"
- pul topish uchun peshonadan ter chiqish kerak ekan!

"Senlar uchun ertalabdan kechgacha ishlayapman!"
- Odam yashashi va oila boqishi uchun ertalabdan kechgacha ishlashga majbur ekan!

"Pul yo'qligidan qarz oldim!"
- Boshqalarni puli bilan, qarzdor bo'lib yashasa bo'ladi ekan!

"Yaxshi ish joyi yo'q, ish topolmayapman!"
- Ish bu kamyop va kimdir topib berish kerak bo'lgan narsa ekan!

"Kimgadir ishlasam yoki qaysidir tashkilotga ishga kirsam pulimiz bo'ladi"
- Pul topish uchun kimnidir qo'lida ishlash kerak ekan!

"Pul ko'paysa olamiz yoki biror joyga boramiz!"
- Pul ko'p bo'lsagina istagimiz amalga oshadi ekan!

"Ish yo'q, bekorchiman!"
- qaydadir ishlamasa bekorchilik bilan kun o'tkazish kerak ekan.

"Ish joyida yoki ko'chada (qanchadir) pul uchun janjallashdim!"
- Pulga janjal va kurashishlar bilan erishiladi ekan!

"Ularni oilasi boy, bizda uncha pul yo'q!"
- Bizni oila (men ham) boyliksiz yashaymiz!

"Bu hunaringni qo'y, u bilan ko'p pul topmaysan, mana bu ishni qil, pul yaxshi to'lashadi!"
- Bu hayotda odamni o'z qiziqishlarini amalga oshirishdan ko'ra pul topish muhim ekan.

"Ana falonchi qo'shni (tengdoshing) pul topishni boshladi, seni esa hali ham qo'lingdan hech narsa kelmaydi!"
- Pul topgan odamni hurmati bo'ladi. Pul topmadingmi odam emassan!



Bundan tashqari ota onasining pul mavzusidagi turli janjallarini doimiy ko'rib ulgʻaygan bolalarda "pul oiladagi tinchlilk va oilaviy baxtni ushlashdan muhimroq narsa ekan" degan tushunchalarni paydo qiladi.

Yana, farzandingiz biror narsani sindirgani yoki yo'qotgani uchun uni urishsangiz uning ongida, pul yoki biror buyum odamdan qadrli ekan yoki pulli narsani yo'q qilgani uchun kaltak yeyish va dakki eshitib turish normal holat ekanligi haqida ishonch shakillanadi va kelajakda biror bir harakatim bilan pul yo'qotsam kaltak yeyman degan hadik bilan yangiliklarga intilmaslik paydo bo'ladi.

Agar sizda ham bugun moliyaviy muommolar mavjud bo'lsa. Yoshligingizga hayolan qaytib ota onangiz va sizning o'rtangizdagi pul mavzusidagi suhbatlaringizga e'tibor berib ko'ring. Ko'p ehtimol yuqoridagidek pulga bogʻliq negativ qarashlarni siz ham ota onangiz orqali singdirib olgansiz.

Ongingizdagi har qanday dasturlardan qutulish uchun eng muhim qadam bu o'sha dastur qanday va qayerdan kelganini anglashdir. Shunday ekan endi yuqoridagidek pul oqimini bloklovchi qarashlaringizni uni aksiga o'zgartishishga harakat qiling. Anglashingiz kerakki endi sizga ota onangiz yoki kimdir hayotni o'rgatishi shart emas. Bundan buyog'iga hayot haqida tushunchalaringizni o'zingiz shakillantira oladiz!

Agar bugun siz ham farzand tarbiyalayotgan ota ona boʻlsangiz. Pulga bogʻliq bunday negativ dasturlarni farzandlaringiz ongiga singdirmaslikka harakat qiling. Chunki ular hayotni sizning ko'zingiz va harakatlaringiz orqali anglaydi. Keyin esa siz kabi ular ham bu dasturlardan qutila olmay hayotlarini ancha yillarini moliyaviy qiyinchiliklarda o'tkazishga majbur bo'lishadi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Farzandingizga hech qachon pul yo'q demang! Ota onalarni, ayniqsa moddiy energiyaga javobgar otani pulga nisbatan negativ qarashi, turli moliyaviy vaziyatlardagi o'zini tutishi farzandlarida ham pulga nisbatan negativ qarsh va e'tiqodlar dashturlatini shakillantiradi…
Tushunaman! Xalqimizning deyarli 95% oilalarida yuqoridagidek so'zlar ishlatiladi. Bu potsni o'qir ekansiz sizda qandaydir ota onangizga nisbatan ichki negativlarni ko'tarilishi ham sodir boʻlgan bo'lishi mumkin.
Lekin dunyoviy jarayonlar eng avvalo Ruhiy qonunlar asosida sodir boʻlishini va siz aynan shunday ota onaga arziganingiz uchun ularni oilasida tugʻilganingizni anglashingiz kerak. Shunda ota ona shaxsiga negativingiz qaratilmaydi. Ular sizni ruhingizni karmasiga mos tarbiyalashi kerak edi shu vazifani bajarishdi xolos! Birlamchi o'rinda har doim sizning asliyatingiz turadi.

Xo'sh, endi bunday dasturlardan ongimizni qanday tozalashimiz mumkin?
Bu juda oson, shunchaki yuqorida keltirilgandek pulga nisbatan qarashlar asl haqiqat emasligini va ularni teskarisi bo'lishi mumkin ekanini anglang.
O'sha ro'yxatni teskarisiga ijobiy tarafi bilan yozib chiqing.
Masalan: "Pul tugadi " - pul bo'lmasa ham hayot davom etaveradi. Asosiysi ichki energiyam!
- ko'p pul uchun ertalabdan kechgacha eshakdek ishlash shart emas!....

Men ham "pul uchun ertalabdan kechgacha kimnidir qo'lida ishlash shart emas"ligini, hammasi ichki energiyamga bog'liq ekanini anglaganimdan keyin pul topish bo'yicha sulolaviy chegaradan chiqib, boshqa yaqinlarimdan ko'proq pul topishga erishganman.

Ongimizdagi dasturlarga bogʻliq e'tiqod va qo'rquvlarimiz muhim palladagi qarorlarimizga ta'sir etadi. Agar ularni o'zgartirsak, pul oqimini ochadigan qarorlarimiz bilan katta pullarga yengil erishishni boshlaymiz!
Pul va moddiyat qonunlarini kengroq o'rganishga intilig shunda moddiyatga bogʻliq e'tiqodlarinizni o'zgartirasiz!

Yana bir muhim narsa shuki, pulga bogʻliq ko'plab psixologik kurslarda shunga oʻxshash ongingizni o'zgartirsangiz bo'ldi degan ma'noda dars berishadi. Lekin ko'p pul uchun ongni o'zgartish bilan birga yana jismoniy dunyoda amaliy harakatlar ko'lamini ham oshirishimiz kerak. Shundagina haqiqiy pul oqimi ochiladi. Meditatsiya yoki qandaydir yozdi-chizdi amaliyotlar ongingizni o'zgartishi mumkin, lekin pulning haqiqiy oqimiga bu hayotga va odamlarga bergan manfaatli xizmatlaringiz ko'lamiga qarab erishasiz.

Dunyo milliarderlariga e'tibor bering. Ular yaratgan kompaniyalar milliardlab odamlarga xizmat qilgani bois shuncha pulga erishgan.
Siz ham qisqa vaqtda ko'plab odamlarga manfaat beradigan tizim yarating. Shunda qisqa vaqt ichidagi katta moliyaviy oqimga erishasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Tasavvur qiling Robinzon kabi kimsasiz orolga tushib qoldingiz, u yerda yolgʻiz yashaysiz. Aytingchi u yerda yaxshi yashashingiz uchun sizga qancha pul kerak?!

Bu savolga javob berishga shoshilmay uning ustida keng #tafakkur_qilsangiz yaxshi yashash uchun pulni ahamiyatidan avval o'zingizni g'ayratingiz turishini anglaysiz!

Robinzon o'ziga yaxshi sharoit yaratib olish uchun o'zi xizmat qilsa. Jamiyat ichida yashovchi odamga esa pul kerak. Chunki pul orqali boshqalarni xizmatini sotib oladi. Pulni esa harakati orqali topadi.

Demak Robinzon va jamiyat ichidagi odamni o'ziga yaxshi sharoit yaratib olishi arifmetikasi deyarli bir xil. Faqat jamiyat ichidagi odam avval mehnatini kimgadir sotib, energiyasini ekvivalentga aylantirib oladida, keyin boshqalarni mehnatini sotib olib o'ziga yaxshi sharoit yaratadi.


Agar sizni "Nega meni sharoitim yaxshi emas?" degan savol qiynasa. Shu postni yana qayta qayta o'qib ko'ring. Barchasini anglaganingizda kambagʻallikdan chiqib ketasiz! 👍


@muzaffar_vakkosov1
Er xotiniga dedi: Har gal nimadir ish aytganimda jilmayib "Hop" desang, rosa "O'pgim" keladi🤗


Shu qisqa iborani o'zida butun bir oilaviy baxt garmoniyasining yuqori darajada ushlab turishning asosiy siri yashirilgan!
Ya'ni, Ayolning "Hop" degan so'zi bu butun bir oilaviy baxt saltanatining kalitidir! Agar ayol bu kalitdan foydalanishni to'xtatsa baxt darvozalari yopiq qolib ketishi mumkin!

Chunki Erkak uchun ayolidan sevgi bu unga itoatdir. Ayol uchun esa, bu eridan mehr va himoyadir!
Erkak ayoldan o'ziga nisbatan sevgini (itoatni) his etmasa, unga o'z sevgisini (mehr va himoyani) ham chin dildan berolmaydi.

Har ikkisi ham bir biriga kerakli sevgini hech to'xtatmay berib tursa, oilada baxt atmosferasi doimiy saqlanib qoladi!


Xo'sh siz bu oilaviy baxtning sehrli kalitidan qanchalik tez-tez foydalanasiz?

#Hayot_formulasi
#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Er xotiniga dedi: Har gal nimadir ish aytganimda jilmayib "Hop" desang, rosa "O'pgim" keladi🤗 Shu qisqa iborani o'zida butun bir oilaviy baxt garmoniyasining yuqori darajada ushlab turishning asosiy siri yashirilgan! Ya'ni, Ayolning "Hop" degan so'zi bu…
Bu post bilan "Hop" desa ham Eridan yaxshilik ko'rmaganlarni yarasini yangilab qo'ribmanku🤦‍♂

Erkakka undan o'z manfaatingiz uchun nimadir kutib emas, u shunchaki erkak bo'lgani uchun unga kerakli narsani shartsiz bering. Shunda undan ham shartsiz keladi.

Siz nimadandir qo'rqib, yoki uni yoʻqotishdan qo'rqib, o'zingizni qul pozitsiyasiga qo'ysangiz. Albatta quldek ko'radi.

Unutmang har doim Allohga qullik birinchi o'rinda turishi kerak. Juftga munosabat esa, Alloh uni sizni yo'ldoshingiz sifatida nasib qilgani uchun shartsiz sevgi bilan qilinadi.

Juftingizga ham boshqa odamlarga ham ular Allohning bandasi ekani uchun shartsiz mehr bering. Birlamchi maqsadni nimadir istab, yoki nimanidir yo'qotishdan qo'rqib qilinsa Alloh o'sha siz kutgan natijadan uzoqlashtiradi sizni.


Har doim takrorlayman. Qaysiki post sizni ichingizda negativlarni uyg'otsa demak sizda shu mavzuda tozalashingiz kerak karmik informatiyalar bor. Tanqid o'rniga nega boshqalar qabul qilgan narsani men qabul qilolmayapman deb o'z ustingizda ishlang. Shunda poklanish taraf qadam bosasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
2025/02/25 09:34:49
Back to Top
HTML Embed Code: