Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1583 - Telegram Web
Telegram Web
Чакралар ҳақида энг тўлиқ китоб энди ўзбек тилида! 🇺🇿🙋‍♂️

Ушбу китоб шифокор, табиб ва инсонлар психикаси ва онг даражалари билан ишлайдиган ҳар бир мутахасиснинг доимо ёнида туриши керак бўлган тўлиқ қўлланма китобдир.
Китобда инсоннинг энергия марказлари ва нозик қатламлари ҳақида кенг маълумотлар ва ҳар бир чакраларни очиш ва фаол ушлаб туриш учун кўплаб амалиёт, медитация ва машқлар расмлар асосида берилган.

Эслатма! Китоб фақат инсонларнинг саломатлиги ва психикаси билан ишлайдиган, илмга чанқоқ соҳа мутахассислари учун тавсия эътилади. Онгида турли чегара ва қолиплар мавжуд инсонлар учун эмас 🙋‍♂

Китоб кўп саҳифали (+400) ва сирли илмларга бой, ноёб китоб бўлса хам нархини атиги 100 минг сўм этиб белгиладик.
3 кун ичида олдиндан тўлов қилганларга чегирмада атиги:
70 минг сўм.

Ушбу эълонни ўз шахсий канали ëки гуруҳида улашганлар учун қўшимча чегирмалар бўлади👍


💾 ПДФ форматда.

Мурожаат учун 📲 @m_vakkosov


👉Бепул китоблар👈
MUZAFFAR VAKKOSOV
Чакралар ҳақида энг тўлиқ китоб энди ўзбек тилида! 🇺🇿🙋‍♂️ Ушбу китоб шифокор, табиб ва инсонлар психикаси ва онг даражалари билан ишлайдиган ҳар бир мутахасиснинг доимо ёнида туриши керак бўлган тўлиқ қўлланма китобдир. Китобда инсоннинг энергия марказлари…
Azizlar bu kitob e'lonini lichkalarga va bundagi ilmlarni tushunmaydigan guruhlarga tarqatishingiz shart emas. E'londa yozilgan kitob faqat mutaxassislarga beriladi.

Faqat shu mavzularni qabul qiloladigan auditoriyasi bor kanal egalari e'lonni joylasalar maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tushunmagan odamalarga tarqatib, o'zingiz keyin tanqidga uchrashingiz mumkin.

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Photo
Ko'plab postlarda men: Har bir ongda uzoq vaqt qolib, "avval shu ong extiyojlarini qondirib olay keyin yuqorisiga o'taman" deb harakat qilish unchalik ham to'g'ri yoʻl emasligini aytib kelaman. Sababi har bir ongni o'z energiyasi va xirslari bor. Qachonki biz bugungi quyi ongimizdan kelib chiqib bugungi nafsimiz istaklari uchungina hayotiy energiyalarimizni sarflab yuraversak, aslimizni anglash darajasiga juda uzoq vaqtda yetib boramiz.

Aslida qachonki biz inson anglashi mumkin bo'lgan eng yuqori darajaga erishganimizda, barcha quyi nafslarimiz istagini quyi ongda bo'lganimizdan tezroq va foydaliroq bajara olamiz. Sababi, har bir energiya markazi (ong) alohida borliq energiya oqimiga javobgardir. Qachonki biz tezlik bilan barcha energiyalar xilqatini ochib olsak, endi bizdan barcha energiya oqimlari aylanishi mumkin boʻladi. Qachonki quyi ongda bo'lib faqat tana va dunyo xirslari girdobida qolib ketsak, bizdan ilohiylik yoki iqtidorga bogʻliq energiyalar aktivlashishiga imkon bermaymiz.

Chakralar haqidagi kitobda bu jarayon keng ochib berilgan ekan. Unda yozilishicha ong birinchi bosqichda mavjudotlik bosqichidan yuqori ilohiylik darahasiga chakralar bo'lab o'sib borishi kerak. Keyin esa, ilohiy ong energiyalari quyi chakralar taraf yuqoridan pastga oqishi, hamda barcha fiziologiyaga bogʻliq chakralarni to'yintirishi kerak ekan. Qachonki shu ikki pastga va yuqoriga oqimlar barcha chakralarni uygʻunlashtira olsa inson ongi haqiqiy ilohiy transentental darajaga erishadi ekan.

Bu shuni anglatadiki faqat bugungi nafslarimiz istagi bilan yashash, baribir nafsimiz istaklarini qondirganimiz bilan bizga baxt keltirmaydi, chunki bizda doimo har bir istagimiz va faoliyatlarimizda har bir ongimizni energiyasiga bogʻliq xirslar qondirilishi kerak. Agar biz eng yuqoriga hali chiqmagan bo'lsak, demak bugungi istaklarimiz bizni aslimiz istaklari bo'lmaydi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Чакралар энциклопедияси.pdf
1.3 MB
Чакралар энциклопедияси


Фрагмент формати


📲@m_vakkosov
@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Чакралар энциклопедияси.pdf
Ko'plab kurslarga borsa ham, ko'plab kitoblarni o'qisa ham hech ilmga to'ymaydigan, doim odamzod haqida va dunyo haqida chuqur ilmlarni izlaydigan ilmsevarlar bu kitobni yarmiga bormay "ilmga bo'kib" qolishlari mumkin😅

Kitobni hali 100 sahifa o'qimay turib bu gaplarim qanchalik haqiqat ekaniga o'zingiz ishonasiz 👍



Eslatma! Bugun Chakralar kitobi uchun chegrimaning so'ngi kuni🙋‍♂

Buguncha narxi 70.000 so'm.
Ertadan narxi 100 ming bo'ladi
.

Kitobni qadrini saqlash maqsadida faqat pasport bilan beriladi. 📓🙋‍♂


Hozirgacha to'lov qilganlarga kitob kechga tashlab beriladi. Tayyor bo'ldimi deb lichkamni to'ldirib tashlamang.😊🙏

Murojaat uchun @m_vakkosov

@muzaffar_vakkosov1
Barchaga kitob ulashib bo'lib endi uxlamoqchi edim tong yorishibdi😅

Mayli uyquga to'yamiz hali u yoqda, hozircha bu yoqda ekanmiz Yaratganni sevimli bandalariga ziyo ulashish xizmatidan ham muhimroq amal bormikan, hayotimizni mazmunli oʻtkazish uchun?! 🤗


Ha aytgandek kitob haqida boshlangʻich taʼsirotlar qanday? 😊


@muzaffar_vakkosov1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Hatto bugungi kundagi dunyoning eng qimmat futbolchisini ham maktabda ustozi "Sen bu turishda hech kim bo'lmaysan!" deb urishgan ekan.

Так что boshqalarni sizga qo'ygan bahosiga bogʻliq chegaralar ichida yashashni bas qiling. Muvaffaqiyat bu o'zingizdagi asl iqtidoringizni topish va amalda insoniyat foydasi uchun qoʻllay olish natijasidir!


Maktabni tamomlab katta hayotga qadam qoʻyayotgan yoshlarga jo'natib qo'yishga arziydigan video👍

@muzaffar_vakkosov1
Daromadni oshirishni eng asosiy fundamental qonuni...


Har qancha moliyaviy erkinlikka erishishga urinsangiz ham, bir nechta ishlarda ishlasangiz ham, qanaqadir bizneslarga qo'l urib ko'rsangiz ham, hech biringiz ikki bo'lmay, o'zingiz istagan darajaga chiqolmayapsizmi?

Keling sizga Pul bilan bogʻliq har qanday sulolaviy kambagʻallik dasturlaridan ham, har qanday anglab bo'lmas karmik azoblardan ham va doimiy surunkali pulli qarzlar girdobidan ham sizni qisqa fursatda ozod qiladigan bir sirni aytaman...?

Bu Ehson qilishdir!


Ezgu amallarni energiyasi, ayniqsa qalban o'z mulkini boshqalar manfaati uchun hadya etish energiyasi shunchalik kuchliki bu har qanday yeriy dasturlarni poklab tashlash qudratiga ega!

Shaxsiy tajribada sinalgan maslahat:
Kuniga qancha pul topishni istaysiz?
Huddi shu miqdorni chin koʻngildan ehsong qiling!....


Ishonch bilan aytamanki, Bir necha oydan keyin shu miqdor bir kunlik daromadingizga aylanadi.


Agar siz yuqorida keltirilgandek moliyaviy muommolar ichida bo'lsangiz, o'zingizga savol bering: Oxirgi marta qancha miqdorda ehson qilgansiz?
Javob 99% odamlarda bugungi daromadlaridan ancha kam miqdorda boʻladi.
Xo'sh endi aytingchi qanday yana daromadingiz oshsin? Axr sizni ongingiz shu miqdor ichida qotib qolgan bo'lsa!

Shu maslahatni berganimda ba'zilar aytadi: O'zi zo'rg'a kunim o'tyaptiku qanday ehson qilaman? Oldin pul topay keyin qilsam bo'ladi!

Azizlar sizdan o'tadigan moliyaviy oqim, qalbingizni nafsdan qanchalik ozod boʻlganiga qarab kengayib boradi. Agar siz bugun hatto bir kunlik daromadingizdan ham kecholmayatgan bo'lsangiz, o'ylab ko'ringa qalbingizni qanchalik tor chegara ichida tutib turmoqdasiz!

Qalbni oching, menlik chegarasini parchalab butun dunyoga birikib keting. Qanchalik kengaysangiz shunchalik kenglikdagi energiyalar oqimiga qoʻshilasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Ehsonni kimga bersa ko'proq foydali?


Albatta ko'pchilik Ota-ona yoki boshqa yaqinlari va qo'shnilari deb javob berishadi. Lekin yuqoridagi Postda men ehson ongni kengaytirish va qalbni ochib chegaralangan "menlik"dan chiqish uchun ekanini aytib oʻtdim.

Ota onaga qilingani ehson bo'lmaydi! Chunki ular sizga oldinroq qilishgan. Ya'ni ularga har qancha bersangiz ham bu sizning ular oldidagi qarzingizni qaytarish darajasidagi amal bo'lib qoladi.

Yaqinlarga berilsa, hatto kechib berilsa ham bu ularni ichida sizga nisbatan qarzdorlik hissini uyg'otadi va qachondir buni sizga qaytarishadi. Ya'ni yaqinlarga ehson berish yoki yaxshilik qilish bu ham qarz oldi berdi darajasida qoladi. Bu degani ularga bermaslik kerak degani emas. Agar muhtoj boʻlishsa albatta bering. Lekin man "men"lik ongingizni kengaytirish haqida gapirmoqdaman.

Menlik darajalari quydagicha:
1) Men (meni tanam)
2) Meni oilam
3) Meni qarindoshlarim va qo'shnilarim
4) Meni hududim (qishlogʻim yoki shaharim)
5) Meni millatim
6) Meni davlatim (mamlakatdagi hamma millatlar bilan)
7) Meni dindoshim
8) Men bilan bir hil mavjudotlar (butun insoniyat dini va irqidan qat'iy nazar)
9) Meni sayyoram (Yer sayyorasidagi butun mavjudotlar bilan)


Qalbni eng yaxshi ochadigan ehson sizga hech qachon qaytarmasligi va siz uni boshqa hech qachon ko'rmasligingiz aniq bo'lgan odamga berilganidir.
Chunki o'zingizga savol bering nega yaqinlaringizga bergingiz kelyapti? Chunki ular yaqiningiz!

Xo'sh begonachi? Ular yaqin emasmi? Ehsonni maqsadi kengayish ekan. Begonalarga hadya qilish "men"lik chegarangizni kengaytiradi va butun insoniyatni hatto hech qachon ko'rmagan odamingizni ham yaqiningiz sifatida qabul qilish darajasida qalbingizni ochadi.

Yana bir tushuncha ehson bu faqat pul berish amali emas. Yuqoridagi "men"lik chegarsida qancha kengayib har bir amalingizni tobora chegarasiz bajarib borliqqa ezgulik tarqatsangiz shunchalik ongingiz kengayadi. Shunda yer yuzidagi ulkan energiya oqimlarini boshqarish ham osonroq bo'lib boradi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Dunyo qarashingizni butkul o'zgartirib tashlashga qodir kitob javoni 😇🤗

Millionlarini kurslarga sarflayotganlar bu kitoblarni ta'mini bir totib ko'rishsa edi....! 😅


👉 Narxlari bilan tanishish 👈

📲 Murojaat uchun @m_vakkosov


📚 Sizningcha bularni ichida eng zoʻr qaysi biri?
Har qanday kasallikka eng yaxshi davo, bu o'sha kasallikni ortirishga sabab bo'lgan o'y-fikrlardan halos bo'lishdir!


📲@m_vakkosov
@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Чакралар энциклопедияси.pdf
"Chakralar to'liq ensklopediyasi" kitobini o'qiyotganingizda, ayniqsa quyi birinchi va ikkinchi chakralar haqidagi boblarini o'qiyotganingizda sizda shunday g'alati tushuncha paydo bo'lishi mumkin: "Iya, Muzaffar shuncha vaqtdan beri moddiy dunyo xirslaridan va nafs istaklaridan chiqishimiz kerak, shunda ruhan yuksalamiz deb post yozardi. Bu kitobda esa aksincha tana istaklariga e'tibor qaratish kerakligi yozilgan! Nega bu bola o'zini gaplariga zid keladigan kitobni tayyorlab hammaga ulashmoqda?!"

Kitobda ilmlarni o'quvchiga yetkazib berishda shunday yondoshilganki, undagi har bir chakra energiyalarining xususiyatlari va mohiyatini tushuntirilayotganda huddiki har bir chakra inson uchun eng muhimi ekan degan xulosaga olib kelishi mumkin.
Aslida esa shunday yondoshuv to'g'ri deb bilaman. Chunki kitob o'z nomi bilan "to'liq ensklopediya"dir. Ya'ni kitobning maqsadi har bir chakraning nimalarqa qodir ekani va inson uchun qanchalik ahamiyati ekanini kitobxonga to'liq anglatishdir.

Insonda turli chakralarning mavjudligidan maqsad. Borliqda mavjud bo'lgan turli darajadagi energiyalarni inson orqali o'tishidir. Ya'ni insonda uch o'lchamli dunyodagi fiziologik jarayonlarga ta'sir etishi mumkin bo'lgan jismoniy tana mavjud ekan, ushbu tana orqali turli energiyalar moddiy dunyoda o'ziga hos qudratini u orqali ko'rsatishi kerak bo'ladi.

Odamlarni kuzatsangiz hammani maqsadlari va qilayotgan qarorlari har xil ekanini ko'rasiz. Xo'sh nega ular bunchalik farqli? Sababi ulardagi ba'zi chakralarni ochiq yoki yopiqligiga qarab, ular ongsiz ravishda turli energiyalarni o'zlaridan o'tkazgan holda uch o'lchamli dunyonig fiziologik jarayonlariga ta'sir etishayotgan bo'ladi.

Kitobni o'qish jarayonida chakaralardan yuksalib borar ekansiz anglab borasizki baribir yuqori chakralarga ta'liqli energiyalar umumiy energiya oqimi uchun muhimroq ekanini. Ayniqsa kitobning yakunidagi, asosiy "Barchasini birlashtiruvchi" qismida kitobning asl maqsad va mohiyati ochib beriladi. Aynan shu yerda men ko'plab postlarimda ta'kidlab keladiganim "Yuqori ongga chiqqanimizdan so'ng, pastki yeriy istakalarimizga aslida ko'proq ilohiy energiya oqimi ochilishi" haqida zor tushunchalar keltirilgan.

Xullas, bu kitob ilmlariga ta'liqli juda ko'p postlar yozish mumkin ekan. Balki siz, nega bu kitobni maqtaveradi deyotgandirsiz? Balki bu kitobni o'qib ham ko'p narsalarni tushunmagandirsiz? Lekin haqiqatdan ham chuqur ilmlarni izlayotganlar uchun bu kitob haqiqiy ilm koni ekan. Chunki men o'zim uchun ham bu kitobdan ko'p narsalar olganim uchun ham barchaga foydasi tegsin deb tayyorlaganman.
Keyinchalik inshaAlloh bu kitobdan olgan yana boshqa anglashlarimga asoslangan va yanada chuqur yondoshilgan postlar bo'ladi.👍


* Xo'sh kitobni o'qib, undagi praktika va mashqlarni bajarib ko'rganlarda qanday oʻzgarishlar va anglashlar bo'ldi?
(✍️....⬇️)

@muzaffar_vakkosov1
Agar kanalimni zakritiy qilib, postlarni ko'chirishni o'chirib qo'ysam, juda ko'p kanallar postlarsiz qolsa kerak-a? 😅

Ba'zida shunday kanal va guruplarga kirib qolaman, u yerdagi deyarli hamma postlar shu kanaldan ko'chirilgan boʻladi. Yana ostiga huddi o'zlari yozgandek ismini yozib qo'yishadi🙊

Men postlarni va ilmlarni qizgʻonmayman. Chunki barchasi Allohni mulki, men shunchaki o'tkazguchi bandaman. Shuning uchun ham kanalni va jo'natishlarni berkitmayman.
Lekin "bunday" Kanal egalari o'z auditoriyasiga bundayin o'z ichidan chiqmagan postlarni meniki deb koʻrsatgan holda yolg'onlar bilan kanal yuritib ulardan mehr kutishi g'alati!

Aziz kanal egalari, sizning rivojingizni istagan holda bir nechta maslahat aytaman: Sizning auditoriyangiz qachonki sizning ichingizdagi asl energiyani olsagina o'sadi va aktivlashadi.
"Kanalimni postlar bilan to'ldirmasam Aktivlik tushib ketadi" deb, har hil narsalarni boshqa kanallardan olib to'ldirishni hojati yo'q. Ichingizdan chiqqan asl ilmlarni bering. Agar siz boshqalardan olib qo'yishga o'rgansangiz o'zingizni tafakkuringizga ilmlarni filtirlash imkonini bermaysiz. Natijada o'zingiz ham rivojlanmaysiz.

Ba'zan men ham 2-3 kunlab post yozolmayman chunki berishga arzigulik yangi anglashlar kelmaydi. Shunday vaqtda men ham kimlarnidir postlarini ko'chirishim mumkin edi. Ammo kanalimdagi azizlarimga o'z ichimdan chiqarib mazza qilib yozilgan anglashlarnigina ulashgim keladi.

Mayli postlaringiz oz bo'lsin lekin "Brilliant" kabi bo'lsin. Shunda sizni va kanalingizni qadrlashadi.👍


* Postlarni o'zgartirishsiz ulashayotganlardan minnatdorman☺️🙏


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Kelajak ongidan buguningizga nazar!


Kecha bir inson "Sizdagi kitoblarni o'qiganimdan so'ng boshqa kitoblar juda soddadek tuyilib qolmoqda" deb yozdi.

Sizda ham shunday bo'lmoqdami? :
Bizdagi sotuvdagi kitoblarni olib o'qib chiqqaningizdan so'ng, O'zbekistondagi boshqa kitoblar ongingizni qoniqtira olmayotgandek, to'ydira olmayotgandek tuyulmoqdami? 😅

Buni asosiy sababi shundaki, odatda men kitob tanlashda Rossiya kitob bozoridagi va New York Times reytingidagi eng yuqori o'rinlarda turganlarini tanlayman.
AQShku u yoqda tursin, hatto Rossiya kitobxonlari darajasi ham o'zbek kitobxonlaridan kamida 20-30 yil oldindadir. Men esa u yerdagi kitobxonlar aynan hozirgi vaqtda o'qiyotgan eng so'ngi va yuqori reytingli kitoblarni saralab olib tayyorlamoqdaman.

Qiyosiy misol: 10-15 yil avvalgi to'y videolarini ko'rsangiz, o'sha vaqt odamlari hozirgidan ancha soddadek tuyuladi. Chunki insoniyat ongi hayotiy tajribalar va ilm-fan yutuqlari asosida tobora yuksalib boradi. Yana 10-15 yildan keyingi odamlar uchun ham bugungi jamiyat turmush tarzi va odamlarni ongi sodda bo'lib ko'rinadi.

Ana endi barchasi ayonki, men sizlarga taqdim etayotgan kitoblardagi ilmlar o'zbek xalqi ongining kamida 20 yildan keyingi darajasidagi ilmlardir. Shu bois ham bularni o'qiganingizdan so'ng ko'chada kitob do'konlarida sotilayotgan kitoblar endi sizning ongingizga juda soddalik qilib qoladi. Chunki siz allaqachon kelajak darajasidagi ilmlarni o'rgangan bo'lasiz. Ya'ni ongingiz siz yashayotgan jamiyatning kelajagida suzayotgan bo'ladi.
Mana nega bu kitoblar sizga birdan hozirgacha anglamagan xatolaringizni anglatib, ko'zingizni ochib qo'yadi..😊👍

***

Kanalni kuzatishda davom eting. Bu yerda siz, o'nlab yillar davomida og'ir hayotiy tajribalar asosida anglashingiz kerak bo'lgan tushunchalarni qisqa muddatda kitoblar va postlar orqali anglashingiz va tafakkur sarhadlaringizni kengaytigan holda, atrofingizdagilardan bir qadam oldinga chiqib olib, dunyoga teran nigohlar bilan nazar solish imkoniga ega bo'lasiz👍


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Kanaldagi oilamiz a'zolari bilan 3 minglik choʻqqini zabt etishimizga ham juda oz qolibdi. 🤗
Har doimgidek ushbu birgalikda erishilgan navbatidagi ulkan natija uchun ham mendan siz azizlarga ajoyib sovgʻa bor🎁😊

"Bolalarni sogʻlom chakralar bilan ulgʻaytirish" kitobi Chakralar ensiklopediyasi kitobining davomidir. Bunda har bir yoshda bolalarni qaysi chakrasi faollashishi hamda bunday davrlarda ota onalar farzandlini energiya markazlari bloklanib qolmasligi va butun umr sogʻlom chakralar bilan yashashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerakligi haqidagi ilmlar yoritilgan.

Xullas, barchasi o'z qo'limizda!
Sizdan kanalga yaqinlaringizni taklif etish, mendan esa bebaho Sovg'alar ulashish🎁🎁🎁
Xo'sh yangi sovg'aga qachon erishamiz? 😊


@muzaffar_vakkosov1
"Bolalarni sogʻlom chakralar bilan ulgʻaytirish" Kitobi tayyor!🤩

Ushbu kitob farzandini haqiqiy baxtli va barkamol qilib tarbiyalashni istagan ota onalar uchun juda manfaatlidir. Unda har bir yoshda bolalarni qaysi chakrasi faollashishi hamda bunday davrlarda ota onalar farzandini energiya markazlari bloklanib qolmasligi va butun umr sogʻlom va aktiv chakralar bilan yashashi uchun nimalarga e'tibor berishi kerakligi haqidagi ilmlar yoritilgan.


Kitobni bepul olish uchun ushbu e'lonni shaxsiy kanal va guruhlaringizga yoki +10 dan ortiq yaqinlaringizga jo'natsangiz yetadi🎁👍

Uzatmalarni skrinshot qilib
@vakkosov_admin ga jo'nating, sizga kitob elektron PDF formatda tashlab beriladi🤝


Boshqa bepul kitoblarni olish uchun kanalga a'zo bo'ling👇
T.me/Muzaffar_Vakkosov1
Uraaaa! Biz birgalikda erishdik! 🤩

Juda ko'p bor menga obunachilarni qisqa muddatda +5K yoki +10K qilib berish taklifini aytishadi.
Men aytaman: Men kanalni yuqoridagi sunʼiy katta raqamlar uchun emas. Haqiqiy Qalblarga manfaatli xizmat qilish uchun yuritaman!

Huddi shunday ilmsevar qalblarga kanal linki yetib borishida o'z hissasini qo'shayotganlardan minnatdorman!🙏

InshaAlloh birgalikda biz yanada rivojlanishda davom etamiz! 👍

@muzaffar_vakkosov1
2025/02/25 09:48:54
Back to Top
HTML Embed Code: