Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1646 - Telegram Web
Telegram Web
Hayotimizdagi bizga yoqmaydigan jarayonlar qachonki biz ularni yoqtirganimizda bizni tark etadi!

Kimnidir biz yoqtirmagan xarakteri ham uni qabul qilganimizda o'zgarishni boshlaydi.

Qarshi kurashish esa o'sha jarayonni davom ettirishga bo'lgan harakatdir!

#Hayot_formulasi
#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Qalb va Ego suhbati..


Qalb: biz hammaga yaxshilik qilish, yaqinlarimiz va butun insoniyatga ezgu xizmatlar qilish uchun yaratilganmiz!

Ego: Shoshma avval ular menga nimadir yaxshilik qilib, meni yaxshiligimga arzishini ko'rsatsin. Undan keyin mayli men ham yaxshilik qaytaraman.
Men avval yaxshilik qilsamu ular buni bilmasachi, ulardan menga yaxshilik qaytmasachi? Unda meni shuncha harakatlarim besamar ketadiku!

Qalb: Ulardan qanday javob qaytishi muhim emas. Biz ularga shunchaki Allohning bandalari ekani uchun ko'maklashaylik. Xizmatimizni natijasini esa shundoq ham Alloh baholaydi. Biz shunchaki hammaga ezgulik tarqataylik bo'ldi! Axr bu mazzaku!

Ego: Buni nimasi mazza? Men ularga bersam menda qolmaydiku. Bu azobku axr!
Aksincha ular menga bersin, menda hammadan koʻra ko'proq bo'ladi shunda, mana shu tuygʻuni his etish mazza aslida!

Qalb: Bizga keragini Robbimiz ortigʻi bilan berib qo'yganku, endi biz bularni insoniyat foydasi uchun ishlataylik. Hovotir olma biz berganimiz bilan bizda kamayib qolmaydi. Aksincha nimani bersak shuni barakali qilib beradi Egamiz!



Xo'sh, sizni hayotingiz va harakatlaringizda bu ikkisidan qay biri ko'proq ustuvorlik qilmoqda?


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Haddan ziyod yomon koʻrganlaringizni sizga bog'lab qo'yilishi orqali azoblantirilasiz.

Haddan ziyod yaxshi koʻrganlaringizni esa, sizdan tortib olishlari orqali azoblantirilasiz.

Azoblarsiz yashashni istasangiz Alloh yaratgan mavjudotu jarayonlarni yaxshi ko'rish yoki yomon ko'rishda haddingizdan oshmang!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Diplomni ilohiylashtirmang!


Bizning xalqimiz uchun universitet diplomini ahamiyati shu qadarki, hatto unversitetdan olinishi kerak bo'lgan ilm ham uning soyasida ahamiyatsiz bo'lib qoladi.
Shu sabab ham unver'da o'qigan odamni go'yo ishlari o'z o'zidan yurishib ketadi degan, avvalo o'ziga emas diplomga masuliyat yuklanadigan e'tiqodga kelib qolganmiz. Oqibatda esa, minglab diplomi borlar ham ishsizlik va pulsizlikda azoblanib, bunga go'yo davlatni ayibdordek ko'rsatishmoqda.

Rossiyada o'qiyotganimda o'qituvchimiz bizga Oliy ta'limning ahamiyati haqida zo'r tushuncha bergan edi, shunda anglagan edim, nega bizda diplomi borlar ham ishsizlikdan qiyanlishini.

U aytgan edi: "Oliy ta'limning vazifasi jamiyatga ishchilarni emas, ish yaratuvchilarni tarbiyalab berishdir! Agar maqsadingiz qayerdadir ishchi bo'lib ishlash bo'lsa oliy ta'limni olib nima qilasiz? Bu yer (universitet) ishsizlarni ish bilan ta'minlashni maqsad qilganlarni tarbiyalash maskanidir!"

Gap nima haqida ketayotganini angladingiz to'g'rimi?
Bizda studentlarning unversitetda o'qishdan maqsadi avvalo tezroq diplomga erishib, qayergadir ishga kirish bo'lib qolgan. Chunki diploming bo'lsa yaxshiroq oylik beradigan ishga olishadi degan ishonch bilan o'qishga kirishadi. Oqibatida diplomning (kardon qog'ozning) ahamiyati oliy darajadagi ta'limni olishdan ham muhimroq o'ringa chiqib qolgan: Har semestrda qolib ketmaslik uchun bahoni pulga sotib olishadi. O'qishga esa, diplomgacha chidash kerak bo'lgan bosh ogʻritadigan jarayon sifatida qarashadi.

Natijada faqat o'sha kardon qogʻozga erishish uchun bir necha yillariniyu millionlab pullarini sarflashadida, keyin o'zlari kutganidek ish joylarini topolmay sarsan bo'lishadi.
Tabiyki davlatda ish o'rinlari kam, chunki uni (ish joylarini) yaratish masuliyati yelkasida bo'lganlar miyasidagi oliy ta'limni amalda jamiyat foydasi uchun ishlatib keng koʻlamli g'oyalari bilan ish o'rinlarini yaratish o'rniga, ichidagi baholari pul bilan to'g'rilangan diplomini quchoqlab ish qidirish bilan band.

Hukumatning vazifasi ish yaratuvchilarga qulaylik yaratish bo'lsa, ish o'rinlarini yaratib xalqning ijtimoiy darajasini yaxshilashga olib chiqish oddiy xalqdan farqli oʻlaroq "oliy ta'lim"ga ega bo'lgan insonlar qo'lidadir!

Shunday ekan, abiturient va studentlarga murojatim: Unversitetda o'qishdan asosiy maqsadingiz yillaringizni "Kardon qogʻoz"ga erishish yoki bitirgandan so'ng kimnidir ishchisi bo'lib yetishish bo'lmasin. Eng oliy maqsadingiz u yerdagi oliy ta'limga erisholmagan boshqa insonlardan farqli oʻlaroq o'z sohangiz bo'yicha butun xalqingizni darajasini yanada yuqoriga ko'tarish orqali davlatning ijtimoiy iqtisodiy rivojiga hissa qoʻshish bo'lsin.

Xalqimizning ongida "oliy ta'lim"ga munosabatida shunday e'tiqodni keng koʻlamda uyg'ota olsak, yaqin kelajakda O'zbekiston chet elga ishsiz odamlarni emas, inavatsion mahsulotlarni eksport qiloladigan iqtisodiy qudratli davlatga aylanoladi. InshaAlloh!


* postni abituriyent va studentlarga jo'natib qo'ying👍

@muzaffar_vakkosov1
Muommolardan boshingiz chiqmayaptimi?
Demak sizning hayotingizga ko'pchilik aralashmoqda!

Maqsadlaringizga erishish juda qiyin bo'lmoqdami? yoki erishganingizdan so'ng ham undan kutuvingizga arzigulik rohatlanmadingizmi?
Demak aslida ular sizniki emas, sizdan kutilgan boshqalarni maqsadidir!


O'z hayot yo'lingizda faqat o'z ichki istaklaringiz chegarasidan chiqmagan holda harakatlansangiz, boshqalar o'z istaklarini huddi sizniki kabi ko'rsatib, ularni sizni ongingizga yuklashlariga imkon bermasangiz, hayotingizdagi muommoli va energiyangizni yeb bitiradigan hodisalarni deyarli 80-90% dan xalos bo'lasiz!

Har doim kimdir (hatto yaqin insoningiz bo'lsa ham) sizga nimadir qilishingiz kerakligini aytayotganda shunday fikr yuriting: Xo'sh nega aynan shunday qilishim kerak? Buni men istayapmanmi o'zi? Qilmasam menga nima zararu, nimasi foyda?

Ko'p ehtimol boshqalar sizga huddi sizga kerakdek qilib yuklayotgan istak-maqsadlar aslida sizga foydasiz bo'ladi. Faqat o'sha odam o'z ongidan kelib chiqib natijasi "yaxshi" deb ishongan qandaydir ishga sizni ham undayotgan bo'ladi. Sizga esa u istaklarni amalga oshirish aslida umuman zarur boʻlmasligi mumkin. Ammo atrofdagilarni gapiga kirgan holda yashashga odatlangan bo'lsangiz endi o'z istaklaringiz va boshqalarni istaklari orasida qog'irilib yashashga majbur bo'lasiz.

Chunki ko'p hollarda ular sizdan kutayotgan va siz o'zingiz istayotgan maqsadlar bir biriga qarama-qarshi bo'ladi va siz bir vaqtda har ikkisiga ham erishish uchun harakat qilib bor energiyangizniyu asablaringizni bu yo'lda yeb bitirasiz!

Bu muhim narsani bir necha yil avval tushunganman va boshqalarni menga istakalar tuzib berishlariga "taqiq" qo'yganman. Shundan keyingina o'z ichki istaklarim tezda amalga oshishni boshlagan. Agar siz jamiyat ongidagilar uchun ideal odam bo'lib yashashga urinsangiz "O'zingiz"ni yo'qotasiz. Va bir necha tashvishli yillaringizdan keyin ham hayotingizda deyarli hech narsa sodir bo'lmaganini anglaysiz!

Ongingiz atrofiga "ko'rinmas devor" quring va qachonki jamiyat ongidagi boshqalar sizni ichki istaklaringizga zid yoki hozircha sizga foydasiz bo'lgan qandaydir "qilish kerak" deb nomlangan Nayzalarini sizni ongingizga sanchishga urinishganida o'sha devorga urilib tashqarida qolib ketsin. Shunda o'z hayot yo'lingizda Alloh sizga buyurgan asl ichki missiyangizdan chalgʻimay harakatlana olishingiz uchun energiya va asablaringizni tejay olasiz!

Unutmang: Yuqori ruhiy ongda siz butun dunyo ruhi bilan birsiz! Ammo boshqalarni quyi dunyoviy nafs istaklarga botgan dasturlari sizni yuksak maqsadlaringizga zarar yetkazishiga imkon bermasligingiz kerak!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Nega bir xil ssenariyni takrorlashingiz kerak? Siz aytasiz bu Orzu-xavas deb...

Orzu-xavas aslida bu atrofingizdagi odamlar nimani "Yaxshi" deb hisoblagan bo'lsa shunga erishishni ongsiz istashingizdir!
Ya'ni jamiyat sizga yuklagan maqsadlar!

Tasavvur qiling siz Yaponiya yoki Afrikada tugʻilib katta boʻlgansiz. Xo'sh aytingchi hozirgi orzu-havaslaringizni qanchasi bo'lardi sizda? Deyarli hech biri! Chunki u yerdagilarni ongiyu urf-odatlari va shunga xos "Qilinsa yaxshi bo'ladi" degan orzu xavaslari umuman boshqacha.

Endi o'ylab ko'ring - xo'sh sizni bugungi orzularingiz rostdan ham o'zingiznikimi?


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
1991 йилда мен бир кашфиёт қилишга муваффақ бўлдим, унинг маъноси қуйидагича эди: Энергия-ахборот даражасида ота-оналар, болалар, набиралар бир бутундир. Ота-оналарнинг руҳияти, ҳис-туйғулари ва хатти-ҳаракатлари болаларнинг руҳияти, ҳиссиётлари ва жисмоний ҳолатига таъсир қилади. Шунинг учун ота-оналарнинг руҳиятини ўзгартириш орқали болаларнинг жисмоний ҳолатини ўзгартириш мумкин эди. Тадқиқотлар шуни кўрсатдики, генетик код авлодларга ахборотнинг асосий узатувчиси эмас. Бу жараёнда майдон энергия-ахборот жараёнлари ҳам муҳим роль ўйнайди. Бунга асосланиб, биз жисмонийдан кўра кўпроқ ҳажмли ва ҳиссиётларни, характерни ва ҳатто дунёқарашни мерос қилиб оладиган майдон генотипи ҳақида гапиришимиз мумкин. Бу педагогика, психология, психиатрия, физиология ва инсонни ўрганадиган бошқа фанлар ўртасида алоқа ўрнатиш имконини берди.

Бу турли манбаларда тилга олинган, аммо илгари ҳеч ким ҳақиқатан ҳам ўргана олмаган карма механизмини очиб берган эди.

Инсон нафақат жисмоний, балки нозик майдон қобиғи ҳамдир. Агар жисмоний қобиқ учун асосийси фазовий хусусиятлар бўлса, нозик майдон учун бу вақдир. Яьни жисмоний тана космосда, нозик майдон танаси эса вақт ичида кенгаяди.
Инсоннинг дунёқараши, унинг ҳис-туйғулари вақтинчалик танага жисмоний ҳаракатлардан кўра кўпроқ таъсир қилади. Бу айнан карма механизмидир!

📗 С. Лазарев
"Карма диагностикаси 2"



@muzaffar_vakkosov1
Kasaliklarning asosiy sababi Yaqinlaringizdir!


Odamlarni o'zaro munosatlarini kuzatar ekanman ularning kasalliklarining asosiy fundamental sababi bu ularning o'z yaqinlari ekaniga tobora iqror bo'lib bormoqdaman.


Yuqoridagi Postda Lazarev aytganidek karma (ya'ni kelajakdagi voqealar va kasalliklar) insonning his tuygʻulariga ko'ra shakillanadi. Ya'ni dunyoga, odamlarga va vaziyatlarga nisbatan negativ his tuygʻularingiz avvaliga nozik tanangizda to'planadi so'ng mos informatsiyani jismoniy tana hujayralariga singdiradi, oqibatda esa informatsiya holatiga ko'ra tanada turli kasalliklar vujudga keladi.

Bu dunyo poklanish uchundir. Poklanish esa chuqur anglashlar bilan bo'ladi. Shu sabab Nozik qatlamingizdagi informatsiyalardan ruhingiz qutilishi uchun keyin yuqori qonunlar asosida hayotiy jarayonlardan olgan anglashlaringiz orqali ularni poklaydigan voqealar kelajagingizda sizga sodir etib beriladi.

Endi post avvalidagi tushunchaga qaytsak...
Agar sizga kimdir bir musht tushirsa u jinoyatchi sifatida ko'riladi. Vaholanki uni ta'siri bir necha kunda yo'q bo'lib ketadi. Ya'ni tashqi ta'sirning oqibati uzoq davom etmaydi. Ammo kimdir asabingizni buzsa va negativ his tuygʻularga beriltirsa, bu uchun u jazolanmaydi. Lekin bunday qilishning oqibati odam uchun ancha ayanchli oqibatlarga olib keladi. Ya'ni kimnidir negativ his tuygʻularga beriltirsangiz bu uni nozik qatlamlarga singib uni ichidan chiritishni boshlaydi.

Endi hayotingizga bir nazar solib ko'ring. Asosiy tashvishlaringiz, havotirlaringiz, tortishuv va asabingizni buzadigan voqealarni sababchilari bu yaqinlaringiz ekanini anglaysiz. Chunki begonalar hayotiga tashvishlanishingiz ham va ularni sizni hayotingizga aralashuvi ham juda kam uchraydi.

Bir necha yillar birga yashagan er-xotinlar bir birlariga qilgan bosimlari sabab turli kasalliklarni ortirib olishgan: Xotin erni so'kishlarini eshitsa yuragi ushlab qoladigan bo'lib qolgan. Er xotinini qovoq tumshugʻini ko'rganda davleniyasi ko'tariladigan bo'lib qolgan. Ota farzandlari uchun siqilib qand kasali bo'lgan. Ona uyining tashqi ko'rinishi qo'shniniki kabi hashamatli emasligi uchun siqilaverib u ham ogʻir kasallikka chalingan. Farzandlar esa ota onasining salbiy oilaviy muht yaratgani uchun oilaga bogʻliq negativ travmalar bulan ulg'aygan, Vahakazo...
Xullas bunday sabablarni hali ko'p davom ettirish mumkin.

Ba'zida o'ylab qolaman - nahotki hayot shunday kimlar bilandir talashib tortishib, bolalarni kor korona ko'paytirib, keyin ularni boqaman deb tirikchilik g'ami va oila a'zolari hamda, qardoshlari bosimi bilan o'z o'zini yeb bitirish uchun berilgan bo'lsa?
Nahotki hayotni boshqacharoq yashab o'tkazishni iloji yoʻq bo'lsa?

Bor albatta! Buning uchun Hayotni va uni Yaratuvchisini ma'no mohiyatini chuqur anglab olish kerak. Shunda hayotingiz va rizqingizni hamda "meniki" deb belgilab olganingiz mol mulkingiz va yaqinlaringiz avvalo Allohniki ekanini anglagan holda yashashni boshlaysiz.
Shunda er-xotinlar ham ota onalar ham, qarndoshu do'stlar ham bir biriga bosm qilib o'z egosiga ko'ra boshqalarni boshqarishga emas. Bir birlariga qalban shartsizlik bilan yordam berishga urinib yashaydilar.

Agar hech kim bir biriga bosim qilmay yashashni boshlasa, boshqalarni ta'siri sabab negativ his tuygʻularga berilish ham bo'lmaydi, shunda hech kim kasal ham bo'lmaydi.

Demak baxtli va sogʻlom yashash siri juda oddiy - shunchaki taslimiyatda yashang va bu dunyoni o'z Egasiga topshirgan holda ijobiylik uchun xizmatga hayotingizni bagʻishlang!


#tafakkur_qiling

@muzffar_vakkosov1
"O'zini sevish"ni asl darajasi bu - Alloh sizni aynan shu ko'rinishda, shu davrda va shu sharoitda yaratganini chin qalbdan qabul qilishdir. Ya'ni aslida sizni yaratgan Yaratuvchini sevib, barchasi uchun qalban minnatdorchilikda yashashdir!
Ko'rinishingiz, sharoitingiz va atrof muhitingiz qanday bo'lishidan qatiy nazar Allohga chin qalbdan taslim boʻlib, haqiqiy Bandalik darajasiga tushib Nafs istaklari uchun emas, Yaratgan uchun hayotingizni bagʻishlab yashashga kirsangiz shundoq ham o'zingizga nisbatan nafratlar qolmaydi!

"Men o'zimni sevaman, Hech kimdan kam joyim yo'q, Hayotim o'z qo'limda, Men Yaratuvchiman!" deb, o'zingizni Xudo darajasiga chiqarish orqali birinchidan Allohga shirk keltiryotgan bo'lasiz, ikkinchidan Yaratganga bandalik darajasidan chiqishga urinasiz. Keyin esa ilohiydan aloqangiz pastlagan sari sizda tanaga bog'liq nafs istakalari ustivorlik qila boshlaydi. So'ng nafsingiz istaklarini qondirishni go'yo "o'zini sevish" deb hisoblab, o'zingiz anglamagan holda, hayotiy energiyalaringizni Shaytonga xizmat qilishga sarflab yashashga o'tib ketasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Farzandingizga yoshligidan pul topishiga imkon bering!


Negadir bizning xalqimizda farzandlarga pul bilan muomala qilishni o'rgatish deganda faqat bozorga borib "продукты" tanlab, sotuvchi bilan tortishib olishni nazarda tutiladi.
Pul ishlab topishni o'rganishga esa, maktabni biturgunicha imkoniyat berilmaydi.

Aslida esa, Pul bilan muomala qilishni o'rganishni deyarli 90%ni pul ishlab topishni o'rganish tashkil qiladi.

Tayyor pulni sarflab o'rniga o'z ehtiyojiga kerakli narsani sotib olishni hamma ham uddalay oladi. Lekin pul topish masalasida ko'pchilik qiynaladi. Sababi pulni yaratish ilmini deyarli ko'p oilalar o'rgatmaydi. Maktab tizimi esa, "yosh bola pul ishlamay ilm olsin" deya hatto katta sinflarga ham jiddiy tarzda taqiq qo'ygan.

So'ng bola maktabni tamomlab o'sha ongini qolibga soluvchi tizimdan endi ozod boʻlganida yaqinlari "sen katta odamsan nega pul topmayapsan?" deya uni pul ishlashga majburlashadi.
Shorlik bolaga shuncha yil unga "hali yoshsan" deya pul ishlashga imkon berilmagan va bu bo'yicha ilm ham o'rgatilmaganda, endi bir necha oyda uni birdan katta odamga aylantirib undan pul topishni talab qilishadi.
Keyin qanday pul topishni bilmay, noiloj tanasi bilan pul ishlashga majbur bo'lib mardikorlikka o'zini uradi...

Agar farzandlaringizni katta hayotda moliyaviy qiyinchiliklarsiz yashashini istasangiz ularni 5-6- sinfdan o'zi qiziqqan sohasida yaxshi darajaga erishgan kasb egalariga shogirdlikka bering, shunda ular allaqachon 8-9 sinf bo'lishganida o'z mehnati bilan pul topishni boshlashadi. Keyin maktab tizimidan katta hayotga qadam bosganida katta hayot talablari uni yanchib tashlamaydi.

Bu hayotga inson o'z iqtidori va o'zidagi energiyasini boshqalar manfaatlari uchun ishlatish orqali faoliyat olib borish uchun keladi. Agar farzandingizga voyaga yetgunicha ushbu hayotning eng muhim narsasini, ya'ni o'z iqtidorini "Sotishni" o'rgatmasangiz unda qanday bu hayotni o'rgatgan hisoblanasiz?
Oila qurib katta hayotda yashayotgan bo'lsangiz o'z hayotingizga e'tibor bering. Xo'sh aytingchi pul topish masalasi hayotingizda qanchalik muhim?
Ko'p ehtimol eng muhimi deb javob berasiz!
Xo'sh unda nega farzandlaringiz to 18-19 ga kirguncha shu eng muhim narsani o'rganishdan chetda o'sishi kerak?

Ilm vaqti va katta hayotga tayyorlanish vaqti alohida va teng darajada olib borilishi kerak ayniqsa, yuqori sinflar uchun shunda maktabni tamomlagan yoshlar birdan azobli va ulardan hali o'zlari anglamagan narsani, ya'ni pul topishni talab qiladigan dunyoda o'zlarini topishmaydi.


#tafakkur_qilib ko'rsangiz nega bugun yoshlarimizni deyarli 80% chet elda yoki o'zimizda mardikorlik bilan pul topishga majbur boʻlishyotganini anglaysiz. Sababi na Xalq ta'limi tizimida va na oilalarda ularga o'z iqtidori bilan pul topishni o'rgatishmagan!


@muzaffar_vakkosov1
Bu dunyodan ketishdan avval unga nimadir berib keting!


Nima qilishingizdan qat'iy nazar uni shunday bajaringki, huddi Alloh sizni shu uchungina yaratgandek. Siz shuni bajarib bo'lib bu dunyodan ketsangiz ham o'z hayotingizdan qoniqadigandek, chunki siz o'z vazifangizni bajargan bo'lasiz.

Atrofga nazar solar ekanman, odamlarni kattagina qismi "Hoja korsin"ga ish qilayotgandek: Ishlari sifatsiz, ikkilamchi oqibati barakasiz...

Oqibatda jamiyatimizdagi hech bir sohada baraka qolmaydi, hamma bir birini aldashni va bir biriga ishonmaslikni boshlaydi...

Xo'sh nega bunday harakat qiladiganlar ko'p va nega sifat muhligini yo'qotgan?
Sababi odamlar hayotda nafslarini ustivor qo'yadi.
Agar qachonki har birimiz bu hayotda nafsimiz uchun emas, Allohni eng Buyuk inoyati bo'lgan umrimizni bu dunyo va odamlar manfaatlari uchun chin dildan sarflab yashashimiz kerakligini chuqur anglab yetsak, har bir faoliyatimizda, nafaqat ishda balki oiladagi vazifalarimizda ham chin dildan eng yaxshi natija uchun borimizni berib harakat qilolamiz.

Tasavvur qiling 5 daqiqadan so'ng o'lasiz! Endi siz bu dunyoda yo'q bolasiz, endi bu dunyoga hech qanday ta'sir etolmaysiz. Xo'sh shuncha vaqt bu dunyoda bo'lishga imkoningiz bo'ldi, bu dunyo uchun nimalar bera oldingiz?
Siz hozir baribir tark etiladigan dunyoda ekansiz, ketishdan avval bu dunyoni obod qilish uchun nimadir qilib keting. O'sha nimadir bu hozir va shu onda qilayotgan ishingizdir!

Alloh sizga hozir nimadir qilishni nasib etgan ekan, demak aynan shu ishingiz bilan dunyoni obod qilishga hissa qoʻshishingizni iroda etgan. Uni shunday bajaringki go'yo Alloh sizni shu ish uchungina yaratgandek!!!

Aynan shunday qarashdagi, nafsi uchun emas, xalqi uchun va butun insoniyat uchun hayotining har bir lahzasida chin dildan nimadir manfaat berish uchun yashaydiganlar ko'paygani sari ruhiy va fizik qonunlar asosida albatta jamiyatimizda barka ham oshib boradi. InshaAlloh!

Olish uchun emas, berish uchun yashang!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Kimgadir nisbatan ongsiz tajovuz ham jismoniy tajovuzga tengdir!


Bir kuni mendan bir ayol qo'shnilari deyarli har kuni u bilan urishishga harakat qilib arzimagan narsalardan janjal chiqarishga urinaverishini, o'zi esa ular bilan hech janjallashgisi kelmasligini aytib, bu vaziyatda qanday yechim borligini so'rab qoldi.

So'ng o'yladim: Xo'sh nega menda bunday boʻlmaydi? Nega meni qo'shnilarim ham va umuman boshqa odamlar ham menga nisbatan bunday salbiy munosabat qilmaydi?
Aslida menda ham avvallari bo'lgan, lekin hozir deyarli hech kim men bilan janjalli vaziyatga bormaydi.
Shunda o'sha odamlar bilan janjalli vaziyatlarimdagi va hozirga o'zimni solishtirdim. Farq shunda chiqdiki, qachondir kimgadir nisbatan o'zimda negativ qarash boʻlgandagina u odamda ham menga nisbatan janjalli vaziyatni yaratish xohishi ongsiz ravishda uyg'ongan ekan.

Shunda savol bergan ayolga aytdim: Siz ularga bu hayotda yashashga ruhsat bering. Ular ham qanday boʻlishidan qatʼiy nazar Allohning bandasi. Ularni ham boshqa odamlar kabi o'z hayotlarida, o'z xarakteri va qadriyatlari bilan yashashiga ruxsat bering. Shunda hatto sizga yon qo'shni bo'lishsa ham ularni hayot tarzi sizni bezovta qilmaydi. Agar o'zingizda ularga nisbatan negativ qarash bo'lmasa ular bilan ongsiz bo'g'liklikni uzgan boʻlasiz, shunda ularni ongidan ham sizga nisbatan nimadir yomonlik qilish istaklari chiqib ketadi va sizni bezovta qilishni to'xtatishadi...


Bu yerda qonun shundayki: Yuqori Ruhiy darajadagi tajovuz jismoniydan ancha keng koʻlamda tarqaladi, hatto u sizdan juda uzoq masofada bo'lsa ham. Keyin u kimga qaratilgan bo'lsa o'sha odam ruhiga ta'sir etadi va unda ham o'zi anglamagan holda ongsiz qayta tajovuz istagi negativ yuborgan ruhga nisbatan uyg'onadi. Shunda o'sha odam bilan qandaydir arzimagan bahonalar asosida bu tajovuzga javob berish uchun gap bilan yoki jismoniy harakatlar bilan hisoblashadi.

Shunchaki dunyoni Egasiga topshiring, barcha mavjudotu jarayonlarni Yaratuvchisi barchasini o'z o'rnida va mukammal yaratganini chuqur qabul qiling va har bir vaziyat ma'lum bir qonunlar asosida sodir boʻlishini anglagan holda, o'sha qonunlar faqat ijobiy jarayonlar uchun xizmat qilishi uchun dunyoga ijobiy ko'z bilan boqishni boshlang.

Ishoning qanchalik siz boshqalarni ongsiz nazorat qilishga urinmay, ularni ruhan to'liq qo'yib yuborsangiz, ular ham sizni fizik dunyoda bezovta qilishni to'xtatishadi.



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Siz biror kimni yoki jarayonni "Yoqtirmaslik"ka haqqingiz bor, lekin "Yomon koʻrish"ga haqqingiz yo'q!


Bu ikki tuygʻu bir qarashda birdek ko'rinadi, lekin ikkisini oqibati kelajak hayotingiz va sogʻligʻingizga katta farq bilan ta'sir etadi. Shuning uchun ikkisi o'rtasidagi chegarani anglab olishingiz kerak.

Siz kimnidir yoki nimanidir "Yomon koʻrgan"ingizda unga nisbatan negativ tuygʻularni ichingizda ko'paytirasiz.
Negativlar kimni ichida bo'lsa u o'sha odamni chiritadi.
Demak siz tashqi jarayonlar sizni chiritishiga sharoit yaratmasligingiz kerak.

"Yoqtirmaslik" esa, bu o'sha odamni yoki jarayonni shunchaki o'z holiga qo'yish va unga e'tibor va asablaringizni sarflab o'tirishga hojat yoʻq ekanini anglanglashdir. Shunda ichingizda ularni negativi uchun alohida joy hozirlamaysiz va sizni hayotingiz ularsiz o'tishiga o'zingizga imkon berasiz.

Sizning ongingizdan kelib chiqib siz yoqtiradigan va yoqtirmaydigan narsalar bo'lishi bu tabiiy, lekin siz har qanday ongda bo'lsangiz ham hech kimni va hech nimani "Yomon ko'rib" yashamasligingiz kerak. Chunki buni tub mohiyatida ularni Yaratguvchisga nibatan ham ichki yomon ko'rish tuygʻusi turadi. Ya'ni sizdagi kimlarnidir "yomon ko'rish" tuygʻusi bu aslida ularni Yaratganga qarshi kurashish uchun yigʻgan qurolingizdir. Bu tuygʻular qanchalik ko'paysa siz Yaratganga qarshi shunchalik katta jang olib borayotgan bo'lasiz. Oqibatda esa, kelajakda sizni jiddiy baxtsizliklar va kasalliklar kutib turadi.


Shunchaki dunyoni Egasiga topshiring va o'z bandalik darajangiz chegarasida o'z missiyangizni mazza qilib bajarish uchungina hayotiy energiyalaringizni sarflang. Shunda ichingizda ham tashqi dunyoingizda ham salbiy jarayonlar deyarli sodir boʻlmaydi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
"Jamiyat ongi qullari"


Qul bu o'z istakalri uchun emas, Ho’jayini istaklari uchun o'z energiyasini sarflaydigan odamdir.
Hozirda rasmiy qullik yo'q, ammo odamlarni energiyasini ma'lum bir maqsadda so'rib oladigan ong tizimlari mavjud. O'z Tafakkurini ishlata olmaganlar shunday dasturlarga ongsiz qul bo'lib yashash orqali butun hayotiy energiyasini o'shalarga sarflab, quldek yashashga majbur bo'ladi.

Ba'zi odamlarni kuzatar ekanman, o'ylab qolaman: Manimcha ularni hech kim yo'q joyga olib borib tashlansa, nima qilishni bilmay ochlikdan o'lib ketsa kerak! Chunki atroflarida qanday yashash kerakli haqida andoza oladigan hech kim bo'lmaydi!

Jamiyat ongiga chuqur botganlar go'yo atrofidagilar qilganini takrorlash uchungina yashayotgandek. Agar ulardan buni nega qilishing kerak? deb so'rasangiz u ishni tub mohiyatini anglash uchun ham miya hujayralarini ishlatishga ham erinishadi, chunki uni hech ishlatib ko'rishmagan. Sababi doim hamma qilyaptiku demak shu to'g'ri deb hisoblashgan.

Chet el rivojlanishda nega bizdan oldinda bilasizmi? Chunki ularni har biri o'zligini, hammadan alohida fikrlari va qobiliyatlarini anglashgan, hamda bu farqlarni ko'rsatib yashash insonni madaniyatli ekani ko'rsatkichi sifatida ko'rishadi. Ularga nega boshqalar kabi ish tutmading? deb savol bersangiz. Nega u qilgandek qilishim kerak, axr menda ham alohida miya va istaklar bor, nega uni xohishlari meni ham xohishim bo'lishi kerak?! deb javob beradi.
Aynan shunday fikrlaydiganlar ko'p yashaydigan davlatlarda butun insoniyatga manfaatli kashfiyotlar yaratiladi. Chunki hech kim o'zidan avvalgilar qolibida hayot kechirmaydi.

Bizda esa hamma bilan bir xil hayot tarzida yashashing va kimdir jamiyatga kiritgan odatlarni sen ham takrorlashing bu madaniyat va hurmat belgisidir!

Agar qanaqadir marosimda hamma bajarayotgan "ahmoqona" Rolni sen ham ijro etmasang, go'yo seni kibrli deb bilishadi. O'zlari o'ylab ko'rishmaydiki, biz o'zimiz nega buni qilyapmiz, nega aynan shunday qilishimiz kerak, bundan kimga nima foyda?

Farzandlarimizni ham yoshlikdan shunday ahmoqona odatlarda faollik ko'rsatishga targʻib qilib, go'yo shuni bajarsa el yurt oldida hurmati bo'ladi degan e'tiqodga keltirib qo'yamiz. Natijada ular ham katta bo'lgach, hamma qilayotgan o'sha ahmoqona ssenariylar asosida, o'zligini unitib, jamiyat ongidagilar uchun yaxshi inson boʻlib ko'rinish uchungina hayotiy energiyalarini sarflab yashab o'tib ketishadi.


O'zingizga savol bering. Xo'sh o'sha hamma qilayotgan narsani qilishingiz sizga nima naf beradi?
Bu shunchaki o'sha "hamma qilyapti" deb yashaydigan va o'z miyasini hech ishlatib ko'rmaganlarga yoqadigan ish bo'ladi xolos. U hayotingizga qo'shimcha harajat bo'lib ta'sir etadi bo'ldi, uni aslida hayotingizga ijobiy ta'siri yo'q!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Quyidagicha xarakterli insonlar tez orada "og'ir kasalliklarga" duchor boʻladi yoki o'zi allaqachon kasal bo'lishga ulgurishgan:


1) Ish joyidagi yoki siyosiy tizimlardagi "Rahbarlar"ni qarorlaridan doimo norozi bo'ladiganlar.

2) Boshqalarga o'zini shaxsiy chegarasiga kirishiga qo'yib berib, lekin ularni ta'siriga ichki qarshilik bilan yashaydiganlar!

3) Aslida boshqalarni masuliyatida bo'lgan ishlarga aralashib, ularni ham muommolarini o'z yelkasiga olishga urinadiganlar.

4) Hayotidagi qaysidir voqealarga yoki bugungi holatiga kimnidir sababchi deb biladiganlar.

5) Ertangi rizqiga va go'zal taqdiriga ishonchsizlik bilan yashab, nimadir orttirish maqsadida o'zini o'qdan cho'qqa uradiganlar.

6) Kimlargadir o'zini nimalarga qodirligini isbotlab qo'yish uchun, Alloh taqdir qilmagan bo'lsa ham ma'lum bir narsaga erishish uchun unga qayta qayt harakat qilaveradiganlar!

7) Oiladagi yoki ish joyidagi o'zi bilan doimo yonma yon bo'ladigan insonlarga nisbatan ichki negativ bilan munosabatda bo'ladiganlar.


Xo'sh endi angladingizmi kasaligingiz sababini?
Doimo sogʻlom bolishni va tezroq tuzalishni istasangiz bunday qarashlaringizdan voz kejib, dunyoga ijobiy ko'z bilan boqqan holda yashashni boshlang!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Universitet diplomiyu "IELTS" sertifikati soyalarida qolib ketayotgan haqiqiy "Baxt" ta'limoti!


Bugungi kunda Diplom va IELTSga erishish go'yo "oilaga tayyorlik" ko'rsatgichiga aylanib qolgan. Yoshlar haqiqiy katta hayotga emas, shu ikkisidan biriga erishishga intilmoqda xolos.

Qo'lida IELTS-8 sertifikati borligi uchun hamma uni kelin qilishga intiladi. Ammo qiz hali oila nimayu erga qanday muomala qilish kerakligi haqida chuqur tushunchalarga ega emas. Chunki so'ngi bir necha yilini ingilizlarni tilini oʻrganishga sarflagan, "Erni yoki oila tilini" esa tushunmaydi.

Yon atrofimdagi ko'plab oilalarni kuzatar ekanman eridan ajralib kelgan qizlarning kattagina qismi o'qishda o'qigan diplomi bor qizlar ekanligiga guvoh boʻldim. Bu ham yana bir isbotki, diplomli bo'lish bu hali kelajakda baxtli oilaga ega bo'lishni kafolatlamaydi.

Xo'sh nega diplomli qizlar oilada baxtga erishishi qiyin? Sabab yana o'sha "diplom yoki sertifikatlari bor odam eng ideal odam" degan illyuziyaga ishonib qolishdir. Natijada bunday ko'rsatkichli yigit qizlar o'z darajasidan kibirlanishni boshlaydi. Oqibatida oila qurgandan keyin ham oila a'zolariga va juftiga chin qalbdan mehr berib, ular oldidagi xizmatlarini to'laqonli bajarishmaydi. Ya'ni jamiyat nazaridagi "Supper Odam" ko'rsatkichli darajalarga erishgan yoshlar o'z kibrlariga qul bo'lib qolgani va oilani mohiyatini to'liq anglamasliklari sabab, oila qurganlaridan so'ng, oila baxti uchun o'zini baxshida etish o'rniga o'z Egolari istaklarini juftidan talab qilib yashashni boshlashadi.

Ego ustuvorlik qilgan joyda Baxt mavjud boʻlolmaydi. Chunki Baxt Qalban qilingan shartsiz xizmatlar energiyasidan quriladigan Qasr kabidir!

Agar voyaga yetgan farzandlaringiz bo'lsa, yoki o'zingiz oila qurish yoshida bo'lsangiz farzandlaringizga yoki o'zingizga faqat jamiyat vaqtinchalik qadrlaydigan ilmlarni emas, hayot so'ngigacha insonga haqiqiy Baxt keltiradigan ilmlarni ko'proq o'rganishga imkon bering.

Texnalogiyalar kundan kunga rivojlanmoqda, suniy intellekt siz chet tilini bilmasangiz ham sizni istalgan boshqa millat vakili bilan gaplashtira oladi. Lekin hech qanday texnalogiya sizni juftingiz va oila a'zolaringiz bilan rishtalaringizni ijobiy qilib berolmaydi. Buni shunga xos ilmlarni o'rganish orqali olgan anglashlaringiz bilan faqat o'zingiz bajarasiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Baribir ertaga tark etiladigan dunyoda, nega hozirgidan boshqacharoq yashab ko'rmasligingiz kerak?!

Balki shunda anglarsiz hayotingizdagi baxtsizliklarni Alloh sizni jazolash uchun emas, o'zgartirish uchun berganini?!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Xudo "Unga" tug'ilganidan to voyaga yetgunicha tashqi havflardan himoya qiluvchi va moddiy ta'minotchi sifatida bir erkakni (Otani) xizmatchi qilib berdi..

Voyaga yetib, oila qurgandan so'ng yana bir erkakka (Eriga)uni ta'minlash va himoyash majburiyatini yukladi. Hamda umrini so'ngigacha ham yana bir erkakni (O'g'lini) unga xizmat qilib, barcha ta'minotini qilib berishga majburladi...

Ammo u shuncha ezozlanishiga, uni himoyalovchi va ta'minot qiluvchi xizmatchilari bor bo'lishiga qaramay "Xudo va Din ayollarni past sanaydi, dinda ayollarga erkinlik berilmaydi" deb hayqiraveradi..

Xo'sh Alloh erkaklarni ayoli va farzandlari uchun hayot tashvishlarini yengishga va oila ta'minoti majburiyatlari bilan jamiyat ichida kurashib yashashga hukm qilganiga va ayollarga berilgan shuncha erkinlikka qaramay ba'zi ayollarni "Hayqirtirayotgan" kim?

Uning ismi NAFSDIR!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Agar oilada vaqtincha moliyaviy muommo paydo boʻlayotgan bo'lsa, bu oila erkagi o'z vazifasini yaxshi bajara olmayotganidan.
Agar oilada vaqtincha ijobiy atmasfera yo'qolyotgan bo'lsa, bu oila ayoli o'z vazifasini yaxshi bajara olmayotganidandir.

Agar oilada surunkali (uzoq vaqt davomida) moliyaviy yetishmovchilik sodir bo'lsa, bu o'sha oilada Ayol o'z ayolligini unutganidandir.
Agar oilada surunkali baxtsizlik va janjallar sodir bo'lsa, bu o'sha oiladagi erkak o'z erkaklik vazifasini unutganidandir!


Ha, bu satrlarda yanglishlik yo'q. Har qanday erkakda ham vaqtincha ishlari o'xshamagan paytlari bo'lib turadi, ammo agar uyida unga ishonch bildiradigan ayol bo'lsa, erkak tezda yana o'zini tiklab oladi, agar ayoli eri oldidagi ayollik darajasini unutib, erini ishlari ortga ketganida unga ishonchsizlik bildirsa, erini omadsizligi surunkali tus oladi.

Shuningdek har qanday ayolda ham ba'zi ba'zida tushkunlikka tushadigan va o'z oilasi oldidagi vazifalarini bajara olmaydigan paytlari bo'lib turadi, agar uni yonida bunday paytlarda ayoliga "qalqon" bo'lib turadigan haqiqiy erkak bo'lsa, ayol ham tezda o'z ayollik roliga qayta oladi va oiladagi baxtsizlik surunkali tus olmaydi!


#tafakkur_qiling


@muzaffar_vakkosov1
Agar erishishni istagan qaysidir natijalaringizda birlamchi maqsadingiz kimgadir nimanidir isbotlab qo'yish yoki maqtovlar eshitish bo'lsa, bu yo'lda juda ko'p vaqt va energiya sarflashga majbur bo'lasiz va yana erishishingiz ehtimoli ham juda past bo'ladi..

Qachonki harakatlaringizdagi niyatingizni "Avvalo Alloh rizoligi uchun" deb, birlamchi maqsadingizni "Uning bandalariga va yer kurrasiga foydali nimadir qilish uchun" deb belgilab olsangiz. Endi sizni harakatlaringizni kibringiz emas, ezgulik kuchlari boshqarishni boshlaydi va juda tez surʼatda katta ijobiy natijalarga yengillik bilan erishishni boshlaysiz!


#hayot_qonuni

@muzaffar_vakkosov1
2025/02/24 23:16:29
Back to Top
HTML Embed Code: