Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
1667 - Telegram Web
Telegram Web
MUZAFFAR VAKKOSOV
Agar erishishni istagan qaysidir natijalaringizda birlamchi maqsadingiz kimgadir nimanidir isbotlab qo'yish yoki maqtovlar eshitish bo'lsa, bu yo'lda juda ko'p vaqt va energiya sarflashga majbur bo'lasiz va yana erishishingiz ehtimoli ham juda past bo'ladi..…
Hayotimni o'zgartirgan anglash!


"Dunyodagi hamma narsani bilishni istayman!" deb juda ko'p vaqtimni va pullarimni ilmga sarfladim. Ammo na ilmda va na ijtimoiy hayotda o'zim istagan natijaga erisholmadim. So'ng bir nuqtaga kelganda charchadim va dedim: Bo'ldi taslimman! Endi istasang meni jonimni olishing mumkin, menga bu olamdan hech narsa kerak emas, na boylik va na ijtimoiy mavqei. Men to'liq senikiman, jonimni hozir olishingga ham roziman, tanam endi senga!

Egoim uchun nimalargadir erishishni to'xtatdim va borimni Allohga topshirdim. U esa: "Agar menga taslim bo'lib, bor energiyangni menga baxshida etgan bo'lsang senga bu hayotdan hech nima qilmay ketmasliging uchun bir vazifa beraman, Sen o'z iqtidoring bilan bandalarimga meni eslatib turasan. Bu ishni qanchalik uddalasang, o'zing istagan ilm ne'matlari bilan seni shunchalik ko'p siylab boraman. Qachonki yana o'z egoing istaklariga qaytsang va taslimiyatdan chiqsang yana seni ilmdan to'sib qo'yaman va muvaffaqiyating uchun ham yana bir o'zing harakat qilishing kerak bo'ladi!" degandek bo'ldi, va birdan menga anchadan beri anglashni istagan hayotning katta sirlari ochila boshladi va ich ichimdan ular toshib chiqa boshladi. Men esa shunchaki barmoqlarim bilan telefon klavyaturalarini bosib, ilmlarni uch o'lchamli dunyoga o'tkaza boshladim.

Men uchun harakatlarim natijasi nimaga olib borishi muhim emas edi, chunki bugunimni ham, kelajagimni ham Alloh izniga topshirgandim.
"Ziyo ulashish" harakatlarim esa, birdan ko'pchilikka manzur boʻla boshladi. Qancha ko'p ulashsam Alloh o'z va'dasiga ko'ra yanada ko'prog'ini bermoqda. Alhamdullilah!


* Postda Allohdan vahiy olishga shama qilinmadi! 🙋‍♂
Biz shunchaki oddiy bandamiz. Banda faqat qalbi orqali his etayotganlarini ongi bilan tafakkur qilib, Alloh unga nima deyotganini anglashi mumkin xolos.
Posting maqsadi Taslimiyat va uning oqibatida banda ham ruhiy rivojda, ham ijtimoiy rivojda ulkan muvaffaqiyatlarga tezda erishishi mumkinligini tushuntirish edi.

Taslimiyat bu hech narsa qilmay yashash emas, bu nafsingiz uchun emas, Alloh uchun harakat qilishni boshlashdir.
"Soxta men"ingizni qurbon qilsangizgina asl o'zligingiz va hayotga nega kelganingizni tub mohiyatini anglaysiz!

Taslim bo'ling, shunda qaysi soxada iqtidoringiz bo'lsa shu sohada ijobiy faoliyatlarni yanada ko'proq amalga oshirishingiz uchun yo'llar ochib beriladi. Hayotingizni, tanangizni va barcha erishgan natijalaringizni o'z Egasiga baxshida eting, shunda U sizga yangi darajadagi yanada katta missiyalar topshiradi!


#tafakkur_qiling va #taslim_boling

@muzaffar_vakkosov1
Qoida va cheklovlar nafsga yoqmaydi.
Qalb esa, har qanday cheklovlar ichida ham baxtni topa oladi. U obroʻga erishsa ham, haroblikda ham o'zgarmaydi.
Chunki u yer kurrasi ne'matlaridan ancha buyuk hilqatdir! U o'z hilqatiga ko'ra bu sayyorada faqat ezgulik tarqatish uchungina mavjud!

Ba'zan Nafs o'z istaklariga erishish uchun o'ziga "Qalb" degan maskani taqib oladi. Natija bo'lmagach esa, azoblanadi.

Kechangiz, buguningiz yoki ertangiz uchun g'am chekib azoblanmoqdamisiz? Demak nafsingiz o'z ishini bajarmoqda!


@muzaffar_vakkosov1
👨‍👩‍👧‍👦 Kanalimizdagi "Oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi" mavzulari bo'yicha eng muhim postlardan havolalar qoldiramiz ✍️

Albatta o'qib chiqing va oiladagi hamda farzand tarbiyasidagi muammolaringizni yechimini aniqlab oling 👍

1. Ayol rizqi
2. Yangilik Gunohmi
3. Oltin avlodni tarbiyalash sirlari
4. Farzandingiz sizni emas, Allohni quli
5. Iqtidor bu Taqdir!
6. Farzand uchun sarf bu - Ehson!
7. Ayol avrati
8. Yaxudiy ta'limoti
9. Ota onalar uchun TEST
10. Uchinchi Uygʻonish davri
11. Ishlashga majbur etilgan Farishtalar!
12. Farzandingizni pul oqimidan uzmang
13. Mentalitet zanjiri
14. Kelajagingizga xiyonat qilmang!
15. Tarbiya dasturlari
16. Oilada dasturlar qarama-qarshiligi
17. Yaqinlarimiz aybdor emas!
18. Diplom illyuziyasi
19. Ruh tanlovi
20. Buyuk farzandlarga munosib bo'lish
21. Oila qurishga tayyorlik
22. Farzandlar iqtidoriga e'tiborsizlik
23. Ota-Onaga nafrat bu o'zimizga nafratdir!
24. Autizm
25. G'azablanishdan qochmang
26. Ta'limga e'tibor
27. Qul yetishtirish tizimi
28. Sizning farzandingiz Orginal!
29. Kechirim emas, minnatdorchilik amaliyotini qiling.
30. Farzand kelajagidan tashvishlanish
31. Barkamol farzand tarbiyalash natijasi
32. Argimchoq amaliyoti
33. Erkak va Ayol energiyasi
34. Original bo'ling!
35. Iqtisodiyot Ota-Ona qo'lida!
36. Er-xotin o'rtasidagi Taslimiyat
37. Erkak erkakni taminlamaydi
38. Farzandga to'g'ri ta'sir etish!
39. Ruh ota-onani qanday tanlaydi?
40. Ayni sizni muomalangizni farzandingiz qaytarishiga rozimisiz?
41. Ayol erini qo'llashi qanday bo'ladi?
42. Ayolning asl go'zalligi
43. Urf odatkarni irmsirmlardan farqi
44. Ota-onadan oladigan ruhiy jarohatlar
45. Farzand kelajagi uchun eng muhim qaror!
46. Ota-ona bu uyg'otuvchi
47. Ayolning qizcha ro'li
48. Baxt asosi nima?
48. Ustozlik darajasi
49. Ayol va Erkak ehtiyojlari
50. Iqtidor karmasi va uni tozalash
51. Ayol moddiyatni eriga ishonishi bu Allohga ishonchiga teng!
52. Iqtidorimizni kim boshqaradi?
53. Tilini boshqara oladigan taqdirini boshqara oladi
54. Jamiyat ongi virusi
55. Siz 21-asr odamimisiz?
56. Ayolni erkakka tenglashtirish bu uni kamsitishdir.
57. Ayolni ko'chaga chiqarish oqibatlari
58. Siz farzandingizni qanday koʻrsangiz u shunday bo'ladi
59. Kattalar Egosiga asoslangan mentalitet
60. Farzand kimniki?
61. Xalqimiz kelajagi uchun eng to'g'ri investitsiya
62. Asablaringiz qancha turadi?
63. Hindlar tajribasi
64. Buyuk farzandlarni yetishib kelishi qonunlari
65. Oilada Alloh birinchi emasligi oqibati
66. Erni rozi qilgan ayol jannatitdir!
67. Rashksiz erkak jannatga kirmaydi!
68. Ayol prinsipi
69. Ayolning kuchi onizaligidir!
70. Jamiyat bilan Raqobat dasturi
71. Farzandingiz hech narsaga qiziqmayaptimi?
72. Oila atmasferasini kim boshqaradi?
73. Farzandni ota-onasiga javobi
74. Eng buyuk ne'mat
75. Erni ishi yurishishiga ayolni ta'siri
76. Karmadan tozalanish rishtalarni uzadi
77. Qalblar Alloh iznidadir!
78. Farzandingiz sizni emas, Xudoni bandasi!
79. Baxt darajalari
80. Ayol erkagidan tashabbuskor bo'lmasin!
81. Oila bu Egoni jilovlash maskanidir
82. Erkakdan pul emas, amaliy natija kuting!
83. Genetik negativlardan tozalanish
84. Shartsizlik energiyasi
85. Ildizingizdan kechmang
86. Kimdir sabab kasal boʻlmaysiz
87. Ota-ona va farzand chegarasi
88. Ota-onani rozi qilish!
89. "Men"lik darajalari
90. Qaygʻurish ortidagi zo'ravonlik
91. Bolalik travmalari nega beriladi?
92. Ego bu karma dasturidir
93. Ijtimoiy qatlamlar
94. Shaxsiy karma yoki Genetika?
95. Buyuk insonlarni tarbiyalash
96. Farzandni nega dunyoga keltirdingiz?
97. Farzandga hech qachon pul yo'q demang!


⬇️ Boshqa mavzular ⬇️
T.me/muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
👨‍👩‍👧‍👦 Kanalimizdagi "Oilaviy munosabatlar va farzand tarbiyasi" mavzulari bo'yicha eng muhim postlardan havolalar qoldiramiz ✍️ Albatta o'qib chiqing va oiladagi hamda farzand tarbiyasidagi muammolaringizni yechimini aniqlab oling 👍 1. Ayol rizqi 2. Yangilik…
Bu postlarni o'qib chiqqaningizdan so'ng Oilaingizga va farzandlaringizga munosabatingiz va qarashingiz butkul o'zgaradi, hamda mavjudotlik hilqatingizdan kelib chiqib oiladagi vazifalaringizni anglab yetasiz. InshaAlloh!


@muzaffar_vakkosov1
"Open budjet" bu ulkan Qimordir!


Ko'pchilikka ma'lumki "Qimor" deb ataluvchi o'yinlarda bir necha kishini pullari yoki boshqa turdagi (mehnati, buyumi va hakozo) boyliklari ma'lum bir o'yin uchun tikiladi (sarflanadi), lekin yutuq faqat bitta odamga chiqadi. Ya'ni qolganlarni sarflagan energiyasi (puli yoki buyumlari) endi ularga tegishli boʻlmaydi. Aynan shunday sarflangan puliga yarasha o'rniga hech qanday narsa olmasdan pul yo'qotiladigan o'yinlarni umumiy qilib "Qimor" deyiladi.

Endi o'sha mashmashali "Open budjet" O'yiniga e'tibor bersak: har mavsum boshlanganda ma'lum bir hududning yuzlab odamlari shu o'yin uchun aholidan ovoz yigʻishga safarbar etiladi. Bolalarga ilm berish o'rniga o'qituvchilar bir necha kunlab ovoz yigʻish tashvishi bilan band, bolalar ham ilm olish o'rniga uyoqdan-buyoqqa yurib ovoz yigʻib kelish bilan ovora. Yana boshqa sohalardagi davlat ishchilarida ham shu ahvol. Yana kamiga agar yutuq biror maktab uchun bo'lsa o'sha maktab o'qituvchilaridan majburan pul yigʻiladi qo'shimcha ovozlar sotib olish uchun. Bu ham yetmagandek o'sha hudud aholisidan ham qo'shimcha ovozlar uchun yana pul yigʻishadi. Endi bir hisoblab ko'ring-a, har bir mavsum uchun yutuq yutaman degan hududlar qanchadan qancha pullarini va vaqtini shunga sarflashadi. Ammo natija faqat bir hududga beriladi. Shuncha energiya va pul sarflagan qaysidir hududlar esa hech vaqosiz qoladi.

Xo'sh aytingchi bu o'yinni Qimordan faqrqini ko'ryapsizmi?
Yo'q albatta. Bu keng miqyosdagi umumxalq qimoridir!

Butun davlat bo'yicha minglab asli vazifasi boshqa bo'lgan xodimlar shuni tashvishi bilan band bo'lib o'z vazifasini bajara olmayapti. Demak aslida bu o'yinni oqibati davlatimiz iqtisodiyoti uchun ham juda katta zarardir!

Xo'sh aslida ma'lum bir hududga qandaydir muommolari mavjud boʻlganida ularni hal qilish uchun, davlat budjetidan pul ajratishni qonunda belgilab qoʻyilgan tizimi qanday boʻlishi kerak?
Bu ish bilan aslida budjet tashkilotlari va hududlarni obodonlashtirish tashkilotlarini maxsus hodimlari shugʻullanishi va yordamga muhtoj hududlarni aniqlab o'sha yerga pul ajratilishi kerak. Qachonki ularni nazaridan chetda qolgan ma'lum bir hudud bo'lsa, o'sha yer aholisi "qogʻozga yozilgan" rasmiy arizalar bilan budjet tashkilotlariga murojaat yo'llashi kerak bo'ladi.
Aynan shunday klassik tizim qo'llanilsa minglab vazifasi boshqa boʻlgan soha vakillari o'z ishi bilan band bo'lar edi.
MFY hodimlari ham e'tiborini bu o'yindan foydaliroq bo'lgan "aholini ish bilan taminlash" tashvishlarini hal etishga qaratishar edi!

Iqtisodchi sifatida yana takror aytaman: Qachonki bir necha kishi ma'lum bir yutuqqa erishish uchun harakat qilsayu, yutuq faqat bittasiga berilsa bu Qimor tizimidir!
E'tibor bering-a Budjetda hududlarni obodonlashtirish uchun ajratilgan pul bor, lekin uni shundoq eng muhtoj hududga berish o'rniga, avval xalqqa bir "open budjet" degan qimorni o'ynatqizib olib keyin berishadi. Bu nega kerak?

Albatta bu narsani o'ylab topganlar budjet pullarini taqsimlashda poraxoʻrlikni oldini olishni maqsad qilgandir. Lekin bu tizim qimor tizimi kabi ishlagani va ko'plab vazifasi aslida boshqa bo'lgan hodimlar uzoq vaqt bu o'yin uchun ovoz to'plash bilan band bo'lib qolishi oqibatida davlat budjetiga undan ham ko'proq zarar keltirmoqda.
Umid qilamanki hukumat rahbarlari tez orada bu ahmaqona o'yinni birlamchi foydasidan ko'ra ikkilamchi zararli oqibatlari ko'proq ekanligini ko'rib chiqishadi va xalqimiz hamda davlatimiz iqtisodiyoti uchun foydali qarorni qabul qilishadi!


✍️ Muzaffar Vaqqosov

@muzaffar_vakkosov1
Ba'zan hazillashib aytaman: "Bu kanalga kirib qolishingiz bu yangicha hayotingizni boshlanishidir!" deb.

Xo'sh bu qanchalik haqiqat? Bu kanaldagi postlar va kitoblar sizni dunyo qarashingizni va hayotingizni qanchalik o'zgartira oldi?
Anonymous Poll
74%
Bu haqiqat! Men juda ko'p narsalarni angladim va buning ta'siri hayotimda ham sezildi. 🙏
16%
Ba'zi postlardan nimadir olaman, lekin ko'pini tushunmayman.😌
10%
Bu kanalga kam kiraman. Shunda ham qisqa postlarni o'qiyman xolos. 🙈
Nega siz juda erishishni istagan biror narsaga kimlardir allaqachon erishgan, lekin siz rosa harakat qilsangiz ham erisholmayapsiz?
(Bu sog'liq bilan bogʻliq natija, mansab yoki biror moddiy boylik bo'lishi mumkin)

Sababini bilishni istasangiz o'sha odam oldiga boring va biroz suhbatlashing.
U va sizning dunyo qarashingizda va hissiyotlaringizni boshqarishda qandaydir farqni ko'rsangiz, bilingki unda bor narsa sizda yo'q ekaniga asosiy sabab shu farqli dunyo qarashingizdir!

Voqealar hissiyotlar mevasidir, hissiyotlarni esa dunyo qarashingizga ko'ra shakillantirasiz.
Hayotingizni Yangi darajaga olib chiqishni va kattaroq muvaffaqiyatlarga arzigulik insonga aylanishni istasangiz avvalo dunyoni va uni Yaratuvchisini to'liqroq anglashga harakat qiling. Shunda hissiyotlaringizni ham yorqin kelajakni qura oladigan ijobiy holatiga keltira olasiz. Hamda tez orada o'sha kutilgan natijaga yengillik bilan erishishni boshlaysiz!

Dunyo qarashingizni o'stiring, shunda hissiyotlaringizni boshqara olasiz.
Hissiyotlarini boshqargan odam sogʻligʻi va taqdirini boshqara oladi!



#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Bo'lajak qaynota va kuyov suhbati:


👨‍🦳 Xo'sh o'g'lim aytingchi, Har doim oilani barcha kamu-ko'stini taminlashga va qizimni hech nimaga zoriqtirmaslikka va'da berasizmi?

👨🏻 Yo'q bunga va'da berolmayman!

👨‍🦳 Iya, nega? Axr oila qurishga tayyor erkak kishi sifatida qizimni qo'lini so'radingiz, erkakni vazifasi oilasini moddiy ehtiyojlarini taminlashdir!

👨🏻 Ha bular oila erkagi harakat qilib, erishishi kerak bo'lgan narsalardir!
Ammo siz mendan bandani emas, Yaratganni vazifasini bajarishimda va'da berishimni so'radingiz.
Siz oilani doimo kamu-ko'stsiz ta'minlashda va'da berishim kerakligini aytdingiz, ammo Rizq Allohdan! Menga ham, qizingizga ham, umuman butun oilamizga qancha rizq berilishini yagona Alloh hal qiladi. Bandani qo'lidan keladigani esa, yaxshiliklar va yaxshi hayot uchun harakat qilib ko'rishdir!
Men bandalik darajamdan va oila erkagi sifatidagi vazifamdan kelib chiqiqib oilani va bo'lajak ayolimni hech nimaga zoriqtirmaslikka harakat qilaman, ammo natijani Alloh beradi. Allohning zimmasidagi ishlarda banda va'da berolmaydi!

👨‍🦳 Keling bunday falsafiy gaplarni bir chetga surib qo'yaylikda kelajak g'amini yeylik. Men qizimni sizga berishim uchun siz meni ishontirishingiz kerak uni ertaga baxtsiz qilib qo'ymasligingizga. Xo'sh aytingchi qizimni ko'zidan bir tomchi yosh oqqizmasdan olib yurasizmi?

👨🏻 Agar qizingizni dunyoni ko'rish va Yaratganni anglash darajasi huddi siznikidek bo'lsa, u oltin qasr ichida yashasa ham, yegani shoxona taomlar bo'lsa ham, u oilasining buguni va ertasiga bogʻliq arzimas sabablar uchun ham ko'z yosh to'kaveradi. Chunki barcha baxtsizligu, yaqinlari bilan kelishmovchiliklarni zamirida Yaratganga iymoni pastligi turadi.
Agar inson o'zini asl bandalik darajasini anglagan bo'lsa, buguni va ertasini ham Alloh izniga topshira oladi va U nima bersa shuni mamnuniyat bilan qabul qiladi. Aynan shunday qarashdagi insonlar bugungi holatida qaysidir bandani sababchi qilib u bilan tortishuvlarga borib yurmaydi, chunki biladiki barcha ne'matu voqealar Allohdandir!
_ Meni oila qurishdan maqsadim, bo'lajak Ayolim va farzandlarimni jannatga munosib inson bo'lib yashashlari uchun ular oldidagi "Erlik" va "Otalik" vazifamni bajarishda xizmat qilishdir!

👨‍🦳 Quruq gap qorin to'ydirmaydi!

👨🏻 Men sizga va qizingizga katta boylikni emas, halol luqma topib kelishni va'da berolaman! Chunki bu dunyoda nima berishni Alloh hal qiladi, u dunyoda nimaga erishishimizni esa, harakatlarimiz orqali o'zimiz hal qilamiz!
Men yana o'zim va ahli ayolimni nomahramlarda himoyalashga va'da berolaman. Ammo ko'plab nomahram erkaklar bor yerlarda aylantirib yurishga va'da bermayman. Chunki aytganimdek meni oila qurishdan maqsadim. O'zim va oila a'zolarimni jannatiy bo'lishlariga xizmat qilishdir!

👨‍🦳 Qani Omin! Siz bor yo'qligi nomaʼlum hayoliy jannatingizga intilishda davom eting, men esa qizimni o'zimizga mos Orzu-havasi bor biror yigitga uzataman!

👨🏻 Omin. Nasib etgan va nasib etmaganlaring uchun ham Alhamdullilah!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUSTAQILLIK BAYRAMI BILAN AZIZLAR!


Oxirgi paytda yangi kitoblar tarjimasiga deyarli vaqtim bo'lmayapti, lekin shunga qaramay har doimgidek xalqimizga BAYRAM SOVG'ASINI ulashishni juda istadim.

Shuning uchun sotuvdagi kitoblardan birini ko'pchilikka eng foydali bo'lishi mumkin bo'lganini sovg'a qilishga qaror qildim!

Ha aytgandek sovg'a qilinadigan kitobga avval to'lov qilib olganlar to'lov summasi hisobiga boshqa kitobni olishlari mumkin👍


Bu qaysi kitob ekanini quyida bilib olasiz👇

@muzaffar_vakkosov1
Mustaqillik bayramiga Xalqimizga ajoyib sovg'a! 🤩

Ushbu kitobda turli xil kasalliklarning vujudga kelishining energiya-axborot sabablari keng tushuntirib berilgan, hamda ulardan xalos bo'lish va boshqa hech qachon kasal bo'lmay yashash uchun ko'plab ko'rsatmalar berilgan👍

Kitobni elektron formatini bepul olish uchun shunchaki ushbu e'lonni +10 dan ortiq tanishlaringiz yoki guruhlarga jonatib ularni ham ushbu bebaho sovg'adan xabardor etib qo'ysangiz yetadi.

So'ng uzatmalarni "Skrinshot" qilib @vakkosov_admin ga jonatsangiz sizga kitobni PDF formati taqdim etiladi👍

Ushbu kitobning audio formatini ham www.tgoop.com/mv_audiokitoblar kanalimizda tinglashingiz mumkin🎧


👉 Boshqa bepul kitoblar 👈
@muzaffar_vakkosov1
Yaqinda bir ayol menga shunday deb yozdi: Men oliy maʼlumotliman, hatto hozir Magistraturada ham o'qiyapman. Lekin negadir oilamda hammasi joyida emas, erim bilan munosabatlarim ham ajrim darajasiga kelib qolgan. Men shuncha ilmlarga ega bo'lsam ham oilamni saqlab qolish uchun nima qilishni bilmay qoldim. Menga qaysi kitobizni o'qishni tavsiya etasiz?

Men: Nafaqat siz balki har bir ayol albatta o'qib chiqishi kerak bo'lgan kitob bor. Uni o'qib, muallif maslahatlariga amal qilgan holda yashashni boshlasangiz, siz endi nafaqat davlat beradigan ilmlarda balki oilaviy munosabatlarda ham Magistrlik darajasiga erishasiz! 👍


Xo'sh sizningcha bu tarif qanchalar to'g'ri berilgan?
Ushbu kitobni o'qib chiqqan va oilasi farovonligida hamda o'zining asl ayollik darajasini anglashda ijobiy natijalarga erisha olganlar bormi?
Fikrlaringizni qoldirishingiz mumkin. 🙋‍♂

Murojaat uchun @m_vakkosov
@muzaffar_vakkosov1
Bir kuni bir Avliyo insondan so'rashibdi:
Siz hayot haqida va uni Yaratuvchisi haqida ko'plab dunyoviy va botiniy ilmlarni bilasiz. Minglab insonlar sizni Ustoz sifatida bilishadi, chunki ko'plab odamlar sizning maslahatlaringizga amal qilib hayotlarini yaxshilashgan.

Ammo nega shuncha ilmlardan boxabar, yaxshi va yomonni ajrata oladigan inson bo'lsangiz ham hatto yoningizda kimdir gunoh ish qilayotgan bo'lsa ham unga bu xato ekanini aytib, tanbeh berib qoymaysiz?

Avliyo: Men sizning nazaringizda ko'plab ilmlarni o'rgangan inson bo'lishim mumkin, ammo bu ilmlar haqiqatdan ham asl to'g'ri ilmlarmi yoki yo'q, buni faqat o'limimdan keyingi so'roq vaqtida aniq bila olaman. Shunday ekan men hali bu ilmlarim oqibatiga hatto o'zim javob berib ko'rmay turib qanday boshqalarni "sen xato yashayapsan" deya olaman? Balki meni hayot tarzim ularnikidan ko'proq xato yo'ldir?!

Shu sabab ham mendan maslahat so'rashmaguncha men ularni ishiga aralashmayman. Qachonki mendan maslahat so'rashganida ham oqibati ushbu ko'rinib turgan dunyomizda yaxshilik keltiradigan ilmlarnigina berishga harakat qilaman!


* E'tibor bersangiz, bizning mentalitetda aynan shunday hatto o'zini baxtli qilolmagan va butun hayoti gunohlarga to'lib yotgan odamlar Amma-Xola yoki Tog'a-Amaki rolida katta hayotga endi qadam qoʻyib kelayotgan yoshlarni boshqarishga va o'zlari aytgandek yashashga majburlashadi. Nahotki bu dunyo qarashlari bilan yashab baxtli bo'lishni iloji yo'q ekanini haligacha anglab yetishmagan bo'lishsa?!

Hali o'z ilmlaringizga o'zingiz javob bermay turib boshqalarni ham shunday yashashga majburlamang! Chunki u dunyoda o'z hayotimizga javob berishdan ko'ra boshqalar hayotini noto'g'ri yo'lga burib yuborganimiz uchun javob berish anchayin ogʻirroqdir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Odam bolasi bu dunyoga ushbu asosiy ikki missiyani bajarish uchun keladi:

1) O'zini va bu olamni Yaratguvchisini anglash uchun.
2) O'zi yaralgan sayyorasini gullab yashnashiga xizmat qilish uchun.

Birinchisini anglasangizgina aslingizni va asl qobiliyatlaringizni anglay olasiz, hamda sizga berilgan energiyalarni eng to'g'ri maqsadda ishlatishni boshlaysiz.


Xo'sh siz hozirgacha qay bir missiyangizni bajarishga erishdingiz yoki erishish uchun bugungi hayotiy energiyalaringizni sarflamoqdasiz?

Unutmang: O'limidan keyingi hayotingizda (oxiratda) bu hayotda ruhingiz uchun to'plagan savoblaringiz bilan tirikchilik qilasiz.
Bu hayotda faqat nafs istaklarini qondirish uchungina yashash esa, sizga berilgan bebaho ne'matlarni qadrsiz narsalarga almashtirib yuborishga tengdir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Menga eng ko'p beriladigan savollardan biri bu - Qaysi kitobingizdan o'qishni  boshlashim kerak? degan savoldir!

Xo'sh rostdan ham bizdagi kitoblarni qanday tartibda o'qilsa yaxshiroq va tezroq natijaga erishiladi?

Men tavsiya etardimki, har bir odam eng avvalo "Beshta ruhiy jarohatlar" kitobini o'qib chiqishini. Chunki kitob sizga o'zingizni anglashingiz va bugungi holatingizni sabablarini ko'ra olishingizda juda katta tushunchalarni beradi.
Bu kitobdan so'ng siz Ota onangiz bilan munosabatlarni yaxshilash bo'yicha yanada chuqur ilmlar yozilgan psixogenetikaga oid "Champion Toych" va "Bu sizdan boshlanmagan" kitoblarini o'qib chiqishingiz kerak. Keyin esa barcha negativlardan yanada chuqur poklanish uchun "Ruhni shifrlash" kitobini albatta o'qish tavsiya etiladi.

Keyingi kitoblar esa asosan sizning maqsadingizga bogʻliq. Siz salomatligingizni tiklamoqchimisiz yoki oilaviy munosabatlarni tartibga solmoqchimisiz yoki shaxsiy rivojlanish uchun ongingizni o'stirmoqchimisiz? Shunga qarab yuqoridagi rasmda keltirilgan tartibda kitoblarni o'qib chiqishingiz mumkin.

Va albatta qaysi yo'nalishda kitoblarni tanlashingizdan qatiy nazar yakunda yana ongingizni eng yuksak darajaga chiqarish uchun "Kvant ongi" va "Chakralar" kitoblarini ham o'qib chiqishingiz mumkin. Ular sizga dunyoga yuqori o'lchamlardan nazar solish imkonini beradi.


* Rasmda ko'rsatilgan ko'plab kitoblar kanalga bepul yuklangan.
Sotuvdagi kitoblar bo'yicha @m_vakkosov ga yozishingiz mumkin.


Ilm vaqtdan yuqori o'lcham energiyasidir. Kimda bu qurol bo'lsa u vaqtdan qudratli bo'la oladi.


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Har bir harakat, har bir so'z taqdirdir!


Hayotimizda ba'zida shunday voqealar bo'ladiki u sodir boʻlgandan soʻng "Eh shuni boshqacharoq qilganimda edi yoki boshqacha so'z aytganimda edi, natija boshqacha boʻlardi" deb go'yo voqeylikka o'zimizni yoki yana kimnidir sababchi qilamiz. Ammo unutamizki jarayonlarni va har bir bandasiga taqdirni tuzib beruvchi Buyuk arxitektor bor ekanini.

Siz manashu vaqtda yoki manashu jarayonda shunday ish qilaman yoki mana bu gaplarni gapiraman deysiz, ammo o'sha vaziyatda hatto o'zingiz anglamasdan qandaydir gaplarni gapirasiz yoki o'ylaganingizdan boshqacharoq ishlar qilish fikri kelib qoladi.
Xo'sh nega bunday holat sodir boʻladi? Nega eng muhim pallada ongimizni o'zimiz emas, bizdan tashqari qandaydir kuchlar boshqarib taqdirimizni boshqargandek tuyiladi?

Gap shundaki, rostdan ham taqdirimizni boshqarishadi!
Ko'plab postlarda yozganman: "Har bir insonni ongini turli yuqori kuchlar boshqaradi" deb.
Biz jamiyat dasturlari yoki nafsimiz xohishlariga ko'ra hayotimizga istaklar tuzaveramiz. Ammo taqdir chizigʻimizdan chiqib ketishimizga baribir yo'l qo'yishmaydi va qachonki biz nafsimizga ko'ra nimagadir erishishimizga oz qolgan bo'lsada, o'sha damdagi qaysidir ongsiz harakatlarimiz bizni undan uzoqlashtiradi.
Sabab shundagi biz odam bolalari aslida yer yuzida biologik robot kabi faoliyat koʻrsatamiz. Bizni harakatlarimizni tashqaridan yuklanadigan informatsion buyruqlar belgilab beradi. Ya'ni fikrlarimizni yuqoridan boshqarishadi va biz uchun eng to'g'ri yo'lga burib qo'yishadi.

O'zingizga tashqaridan nazar solsangiz, asosiy qarorlaringiz qaysidir his tuygʻularingiz sabab qabul qilinganini anglaysiz.
Ko'p bor aytganman: His tuygʻularini boshqargan inson taqdirini boshqaradi deb. Chunki tuygʻularimiz orqali bizni boshqaruvchi kuchlar bor va yana taqdirimizni boshqaradigan yanada kengroq mohiyatlar ham bordir!

Shu yerda yanada ongimizni kengaytiramiz:
Bir yil avval taqdir haqidagi postlarda yozganimdek, bizni taqdirimizni bir necha qatlam kuchlari boshqaradi. Ularning eng yuqorisi mohiyati shundaki biz ruhan poklanishimiz uchungina bu dunyoga kelganmiz. U qatlam vaqt va voqelik chegarasidan yuqori. Undan pastki qatlamda esa, bizni shunga olib borish uchun karmamizdan poklovchi kuchlar xizmat qiladi. Undan ham pastda esa bizga saboq beruvchi va karmik poklanish taraf borishimiz uchun bizga fikrlar beruvchi kuchlar mavjud. Undan ham pastki darajada esa Shayton bizda soxta ego dasturi yaratib, u orqali nafsimiz istaklariga intilishimiz va yanada karmik kirlanishimiz uchun qo'lidan kelganini qiladi. Natijada shaytonni ta'siri sabab biz yana yuqori darajalar kuchlari tasirida tozalanishga majbur bo'lamiz.

Demak biz taqdirimizni pastki qatlamdan to yuqori qatlam ssenariylarigacha poklashni istasak, eng avvalo eng pastki Ego qatlamidan, keyin esa Nafs qatlamidan poklanishimiz kerak. Shunda uchinchi fikrlar bilan boshqaradigan qatlam kuchlari ta'siridan ham chiqib ketolamiz. Aynan shu darajaga erishganimizda kelajakgimizga o'zimiz ta'sir etoladigan darajaga chiqib boramiz.

Unutmang. Agar sizni kibringiz yoki nafsingiz boshqarar ekan, ruhingiz poklanish emas, kirlanish taraf boradi. Shuning uchun eng so'ngi pallalarda sizni ongingizni yuqoriroq darajalardan ongiz boshqarish orqali, siz uchun eng to'g'ri yo'nalishga burib yuborilasiz! O'sha damda "nega bunday qaror qildim!" deb nafsingizga ko'ra afsuslanasiz. Ammo o'sha ongsiz qarorlaringiz va aytgan gaplaringiz aslida kelajakdagi yaxshilik uchun ekanini bir oz vaqt o'tgach anglaysiz. Shunda tushinasizki, Allohni bergani ham, olgani ham aslida biz uchun yaxshilik ekanini!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Biz bu dunyo uchun emas, bu dunyo biz uchun berilgandir!

Ya'ni bu dunyoga biz unda yonib-pishib, undan nimadir olish uchun bebaho hayotimizni sarflab yuborish uchun emas, unda yashab ko'rib, olgan tajribalarimiz orqali asl o'zligimizni va uning ortidan Buyuk Yaratuvchini anglash, hamda bu dunyodagi Uning boshqa bandalariga hali bu yer yuzida ekan jannatga munosib odam bo'lishlariga ko'maklashish uchun kelganmiz!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
MUZAFFAR VAKKOSOV
Biz bu dunyo uchun emas, bu dunyo biz uchun berilgandir! Ya'ni bu dunyoga biz unda yonib-pishib, undan nimadir olish uchun bebaho hayotimizni sarflab yuborish uchun emas, unda yashab ko'rib, olgan tajribalarimiz orqali asl o'zligimizni va uning ortidan Buyuk…
Bugun siz "Qaynashni" orzu qilayotgan "Sho'rva"da men rosa qaynab ko'rganman!


Deyarli barcha odamlar bu hayotda nimalargadir erishishni, qandaydir mavqelarga ko'tarilishni istab hayotlarini shu orzu maqsadlariga sarflashadi. Go'yo o'z hayotlariga o'zlari "Povor" bo'lib o'z hayotlari retseptini o'zlari tuzayotgandek...

Ammo anglashmaydiki onglariga singdirilgan taxminan II asr avval paydo boʻlgan umuminsoniy "kapital vasvasasi" ta'limoti va shu ta'limot oqibatida vujudga kelgan bugungi turli xil jamiyat dasturlari ularni bu hayotda aslida "Povor" kabi emas, kapitalizm svilizatsiyasi degan qozonda qaynayotgan "Kartoshka va sabzi" kabi qaynab-pishib yashashga majbur etayotganini!

Agar siz kimlardandir orta qolmaslik uchun, kimlargadir nimanidir isbotlab qo'yish uchun yashayotgan bo'lsangiz yoki maqsadlaringizni tup mohiyatida atrofdagilarni olqishiga sazovor bo'lish turgan bo'lsa, demak bilingki siz o'z hayotingiz Povori emas, aksincha jamiyat dasturlari qozonida qaynab o'z umrini bitirayotgan "Sabzavot" kabi umr kechirmoqdasiz!

Ushbu Qozondan chiqib, o'z hayotingizni mazali holatga keltirish uchun, o'z hayotingizga o'zingiz ongli ravishda retsept tuza oladigan Povor darajasiga erishishingiz kerak. Shunda hech kim va hech bir voqelik sizni qozon ichiga tortib ketib qaynab-pishib yashashga majburlay olmaydi.

Bunga albatta atrofingizdagi o'sha qozon ichida qaynayotgan boshqa "Sabzavotlar" anglamagan ilmlarni o'rganish va hayotning asl qonunlarini chuqur anglash bilan erishiladi.

Unutmang: Asl ozod inson bu qo'lida kishani yo'q odam emas, ongida kishani yo'q Odamdir!


#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
Tirikchilik uchun o'zini majburlab ishlagan odam, tanasi och qolmasligi uchungina yetarli pul ishlab topadi.
O'z iqtidori bilan borliqqa va insoniyatga qalban xizmat qila olganlar esa, asl farovonlikka erishadi.

Chunki tananing jismoniy kuchidan ko'ra qalbning ilohiy qudrati anchayin katta energiya oqimlarini vujudga keltira oladi!
Natijada bu energiya oqimining ikkilamchi oqibati (qaytishi) pul ekvivalenti sifatida sizga qarab oqadi!


#pul_qonuni
#tafakkur_qiling

@muzaffar_vakkosov1
2024/11/27 17:34:02
Back to Top
HTML Embed Code: