Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Kottej u-n kirish qismining dizayn+vizualizatsiyasi.
Hi-Tech va minimalizm stila asosida, uzoq muddat davomida dizayni eskirmay xizmat qiladi. Ya'ni, "moda"dan qolmaydi... Bu esa har yili yoki 2-3 yilda qayta-qayta ta'mirlashdan halos qiladi. Tejalgan vaqtingiz va pulingizni foydali ishlarga sarflashingiz m-n bo'ladi.
Yorug'likning 3 xil rejimdagi holati modellashtirilgan.

P.S. Unutmang, dizayn - bu faqat chiroy degani emas...

@nam_design95
Kottej u-n san-uzel dizayn+vizualizatsiyasi.
Pol va devordagi materiallarning rangi va funksionalligi shundaki, foydalanish jarayonida qoladigan namlik qurigach paydo bo'ladigan izlarni deyarli bilintirmaydi. Bu esa qayta-qayta artishni/tozalashni talab qilmaydi.
Kommunal to'lovlarni kamaytirish maqsadida yorug'likning bir necha turi hisobga olingan.

@nam_design95
Yuqoridagi "kottej u-n..." deb boshlangan ishlar ushbu kottejning ayrim qismlaridir. Umumiy tushuncha hosil qilish u-n shu kabi eskiz dizayn qilinadi.

@nam_design95
Ayni damda qurilayotgan obyektlarning aksar qismi, deyarli bir xil tipda qad rostlamoqda.
"Invidual yondashuv" shunchaki chiroyli so'z sifatida ishlayapti, ishonmasangiz solishtirib ko'ring...
Byudjet hisobidan quriladigan obyektlarning 10 tasining yarmi nari-beri, 1 ta quruvchida.
Tekshiruvchi ham o'sha 10 tasidagi odam, boshni qotirib 10 xil yechimni tekshirib, o'zini qiynab nima foyda?
Bir xil tipli, rangida yo u joy-bu joyida farqli kichik o'zgarish qilib qo'yiladi, yetadi🤦‍♂️
Fasad qismiga ko'p holatda arzon va qayta-qayta takrorlanuvchi materiallar ishlatiladi, ammo negadir bir joyda qimmatroqqa bitadi obyekt...
Chetdan biror andoza olinishi k-k, l-n hamma obyektga "kiydirish" shart emas-da.
O'zb. bo'ylab shaharlarni aylanar ekansiz, bir-biridan tubdan farq qiladigan nuqtalari kam.
Ba'zi obyektlarning usti yaltiroq xolos...

Hovli qurilishida ham shu ahvol: "falonchi "travertin" qilgan ekan, jaa yoqdi-da, men ham shunday qilaman" natijada bir-biridan formasi, "ooooozzzzgiiiiinaaaa" rangi b-n farq qiladi, tamom.
Buni "ekonomika" yoki "uddaburonlik" deyishadi, aslida ko'r-ko'rona qilingan "ekonomika" aks effekt beradi.
Dizaynni "eplab" qo'ygan obyekt egasi past ketmaslik u-n, aybini tan olmaydi-da, zo'r chiqdi, deb tavsiya beradi boshqaga...
Odamlarning gapiga qolsinmi? Birov nima deydi k-n? Oshna-og'ayni deganday...

P.S. Xullasi qurilish tizimining mavjud tizimi "kasha" ahvolda. Och qolgan odamga har xil ovqat berilsa, aralash-quralash qilib yeb tashlagani kabi, qurilish sohasi ham shu holatdan qolishmayapti...

@nam_design95
Dizayn-yechim u-n absurd sharoit beriladi, ya'ni vaqt qisqa, talab katta/ko'p, tushunmagan odamlar tekshiruvidan o'tishi, eski normalar, didsiz kishilarning tanqidi, asossiz o'zgartirish kiritishlar, obyekt 1 ta bo'lishiga qaramay "boshliq"larning ko'pligi va bir yoqadan bosh chiqarmasligi va h.k.-h.k.

Bir obyektda shu ahvolni real ko'rdim, obyektning oxirgi natijaviy ko'rinishi tasavvurimda ancha zamonaviy va betakror edi, ammo bitgach yana bir "ko'chirma" obyekt hosil bo'ldi😏
Chunki, absurd sharoit hukmron ishda, kutilgan natija chiqishi absurd-da...

P.S. Qurilishning boshida rejalarni aniq-tiniq qilib, qurilish davomida asosli va rostdan ham ijobiy ta'sir qiladigan fikr, tanqid, o'zgartirish, yechimlarni qabul qilish k-k.
Har bir kishining fikriga quloq tutsangiz, obyekt bitmay qolib ketadi...

@nam_design95
Odatda yillar davomida yig'ilgan pulga, yangi uy qurishni reja qilinsa, yashab turilgan uyning yangisini qurishga qaror qilinadi, bo'ldi.
O'zgarish bo'ladi, ammo stil o'sha eski holatida qoladi.
Bizda keng tarqalgan stil klassik, toza holatida emas, o'zlashtirma yoki ayrim yechimlari, qolgani ustalarning va uy egasining fantaziyasi. Va yana qo'shnining, oshna-og'aynilarning, tanimaydigan shaxslarning, didsiz kishilarning va h.k. ham fantaziyasi hisobga olinadi, faqat shu dizaynerniki ko'proq tanqidga uchraydi😅
O'zgarish ham bor, neo-klassik stil.
Ammo ba'zida faqat tashqi fasadga shunday yechim, interyer (uy ichi) esa klassikaning ayrim yo'nalishlari bo'yicha yechim berilgan bo'ladi. Olingan jihozlar esa, oila a'zolarning tanloviga qarab olinadi va bir-biriga moslashtirish qiyin bo'ladi, natijada o'sha holatda qolib ketadi.

Eslab qoling, klassik stil b-n professional dizayner ishlamasa, bir necha (2-3 yilga qolmay) yilga yetmay eskiradi, qayta harajat va e'tiborni talab qiladi. Yoki yangi uydan oldin qanday yashasangiz, yana shunday davom etadi...

Davomi bor...

@nam_design95
Portfolio
Odatda yillar davomida yig'ilgan pulga, yangi uy qurishni reja qilinsa, yashab turilgan uyning yangisini qurishga qaror qilinadi, bo'ldi. O'zgarish bo'ladi, ammo stil o'sha eski holatida qoladi. Bizda keng tarqalgan stil klassik, toza holatida emas, o'zlashtirma…
Deylik, yangi uy qurilishidan avval shu kabi uyda (1-suratda) yashab turgan bo'lsangiz, yangi uy qurish rejasi to'g'ri tanlov.
Ammo rejadagi o'zgarishlar 2-suratdagi kabi bo'lsa, topgan pulingiz o'rinsiz sarflanib ketishi turgan gap, nega-ki ko'p o'tmay qaytadan ta'mirlash/yangilash ishlarini olib borishingizga to'g'ri keladi.
Odatda yangi quriladigan/ta'mirlanadigan uydan maqsad, farzandlarimizga qulaylik qilib berish.
L-n, hozirgi yoshlarni "klassik" stil b-n hayratga sololmaysiz (toza klassik stil haqida gap ketmayapti).

"Biz yashab kam bo'lmadik-ku" deyishingiz m-n, endi sizning davringizda kompleks tushunchalar shunday shakllanib qolgandi, tashqarida 21-asr.
Inson umrining aksar qismi uyda o'tishini hisobga olsak, yashash u-n ishlab chiqilayotgan yechimlar umumiy hisobda ijobiy ta'sir ko'rsatishini ko'zda tutilgan.
Shu sabab, yangi uy eskiga nisbatan tubdan farq qilishi k-k.

Davomi bor...

@nam_design95
Portfolio
Photo
Tubdan farq qilishi u-n, o'rinli va o'rinsiz harajatlarni (imkon qadar) oldindan ro'yxatlab olish k-k.

Masalan tashqi fasadga oshiqcha zeb-ziynat berishdan foyda yo'q, o'ta sodda qilish ham to'g'ri emas, me'yor topilishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Interyer u-n ham oshiqcha elementlarni tiqishtirib, ko'paytirib tashlash shart emas, aksincha zararga xizmat qiladi.
Masalan, yilda 2-3 bor biror tadbir (mehmondorchilik) qilasiz, shu sabab 20-30 donalab stul saqlashingizdan hech kimga foyda yo'q, ularni ijaraga olsa ham bo'ladi (ijara xizmati 20-30 stul pulidan ancha arzon).
Huddi shu kabi boshqa holatlar u-n pullarni muzlatib qo'yishdan foyda yo'q, pullarni band qilish u-n sotib olib saqlash ham to'g'ri emas. Pul "aylanib" turishi k-k😉

Landashftga noto'g'ri yechim berilishi, sizdan ma'lum muddatlarda doimiy va sezirarli harajatlarni talab qilib turadi. Agar sizga 4 sotix yer oshig'i bilan yetib ortsa, 8-10 sotix yer olishdan nima naf? Dehqonchilik qilasizmi yoki boshqa biznes? Ishonavering, pulingiz ketmasa ham, qimmatli vaqtingiz ketadi. Chunki ekin-tekinlarni bozordan yil davomida sotib olish m-n, bu b-n vaqtingiz tejaladi, tejalgan vaqtdan unumli foydalanish yo'llari ko'p.

P.S. Asosli inkor holatlar ham mavjud...
20-30 yil keyingi (ya'ni uzoq muddatli) reja u-n hozirdan uy, jihoz, mashina va h.k. ya'ni mulk qilib qo'yishingiz to'g'rimi yoki biror biznes tashkil qilib, rivojlantirib, kelgusi avlodga qoldirganingiz?
"Mendan k-n qiynalmasin, deyman-da uy-joy qilolmay, mashina ololmay" deb havotir olmang, hamma rizqida borini qabul qilib oladi xolos.
Ammo biznes boshlab qo'ysangiz, qo'l ostingizdagi ishchilar 20-30 yil (aslida undan ko'proq) vaqt mobaynida rozg'orlarini tebratishadi.

Davomi bor...

@nam_design95
Dizayn qismlarga o'tishdan avval, miyamizda "qotib qolib" shakllangan fikrlardan (stereotip) qisman qutilishimiz yoki ularni o'zgaritirishimiz k-k⚠️

@nam_design95
Portfolio
Photo
Zamonaviy-klassika (neo-classic) stilida o'zgarish yaqqol seziladi.
Qaysidir elementlar sizga tanish, ammo ular zamon talablariga moslashgan va yaqin kelajakda qayta qurilish ishlariga jalb qilmaydi.
Me'yor saqlanganligi o'zgacha chiroy va atmosfera berib turishi b-n bir qatorda, o'z funksiyasini bajarib qo'yadi😉

@nam_design95
Kanal kuzatuvchilariga iltimos bor edi😊 men yashab turgan hududda (Namangan sh.) masjid qurilishi boshlangan, shu qurilishga imkon qadar yordam berishinglarni so'rab qolar edim...
Boshlanishiga sement va armatura, ustalar u-n oziq-ovqat, rozi bo'lib nima bersangiz ham savob amal qilgan bo'lasiz, qurilishga hissangiz tegib qoladi...
Bog'lanish u-n masjid hodimlarining raqamlari bor, quyidagi havola bo'yicha kanalga o'tib ko'rasiz.

Alloh qilgan savobli amallarimizni qabul aylasin, omin!

https://www.tgoop.com/abdulqodirqorijomemasjidi

@nam_design95
2025/02/06 10:10:53
Back to Top
HTML Embed Code: