Telegram Web
#бизнинг_шундай_ўқитувчиларимиз_бор

Chust tumanidagi 11- umumta’lim maktabining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Shuhrat Rahmonov bo‘sh vaqtlarini avtomobillar prototipini yasash bilan o‘tkazadi. U tomonidan yaratilgan yuk tashuvchi motosikl, katta tezlikka moslashtirilgan kvadrasikl, kichik avtomashina ko‘rinishidagi ixtirolari ko‘pchilikka ma’qul tushgan. Erkin kurash bo‘yicha xalqaro toifadagi sport ustasiga Toshkentda o‘tkazilgan ko‘rgazmada namoyish etilgan sport avtomobili –Baggi uchun Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 63 million so‘m mablag‘ ajratilgan. Tog‘li va boshqa notekis yo‘llarda bemalol harakatlana oladigan Peredator deya nom qo‘yilgan avtoulovi to‘la mahalliy butlovchi qismlardan yaratilgan bo‘lib, uni yig‘ishda Damas'ning dvigateli hamda Vaz-2106 ning uzatmalar qutisidan foydalanilgan. Izlanuvchan pedagog ayni kunlarda Lamborgini Countach LP 500 mashinasi nusxasini yakunlash arafasida.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM

MAKTABGACHA VA MAKTAB TA'LIMI BOSHQARMASI BOSHLIG'INING SAYYOR QABULI BO'LIB O'TDI
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
NAMANGANDA “IXTIROCHILIKKA QADAM” TANLOVINING HUDUDIY BOSQICHI OʻTKAZILDI

Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabida tashkil etilgan mazkur tanlovda umumiy o‘rta taʼlim muassasalari, Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktablar, davlat va nodavlat umumtaʼlim maktablarining 5-11-sinf o‘quvchilari o‘z loyihalari bilan ishtirok etdi. Jarayonda qatnashgan maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig’i A’zamjon Isakov yoshlarning ta’lim, axborot texnologiyalari, yashil energiya, ekologiya, iqlim o‘zgarishi va qishloq xo‘jaligi yo‘nalishlaridagi ijod mahsullarini yuqori baholadi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, Uychi tuman ixtisoslashtirilgan maktabi “Inomax” loyihasi bilan 1-, Uchqo‘rg’on tuman ixtisoslashtirilgan maktabi “Seed house” loyihasi bilan 2-, LSL nodavlat ta’lim muassasasi “Sug’orish” loyihasi bilan 3- o‘rinni egalladi hamda musobaqaning mamlakat bosqichida viloyat sha’nini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdi.

Namangan viloyati maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Axborot xizmati.
2025/03/02 08:20:19
Back to Top
HTML Embed Code: