Telegram Web
#Men_buyuk_ajdodlar_avlodiman
#Alisher_Navoiy_584

📌Buyuk mutafakkir shoir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "NKMK" AJ Markaziy kon boshqarmasiga qarashli 2-sonli Gidrometeorologiya zavodi ishchi-xodimlari va yoshlari oʻrtasida "Biz Alisher Navoiy izdoshlarimiz!" shiori ostida "Zakovat" intellektual oʻyini boʻlib oʻtdi.

Ushbu intellektual oʻyinda boʻlinma ishchi-xodim va yoshlaridan tashkil topgan 9 ta jamoa oʻzaro Alisher Navoiy boʻyicha olgan bilimlarini sinovdan oʻtkazishdi.

Yakuniy natijalariga koʻra;
1-oʻrinni "Kranlar uchastkasi" jamoasi,
2-oʻrinni "Ohaktosh kuydirish sexi” jamoasi
3-oʻrinni "Ma’danni tayyorlash sexi" jamoasi qoʻlga kiritdi.

🏆Gʻolib jamoalar MKB yoshlar yetakchilari Kengashi tomonidan esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🗣Navoiy arxitektura va qurilish texnikumida Nizomiddin Mir Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Buyuk Navoiyga ehtirom" mavzusida ma'naviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.

⚡️Tadbirda texnikum oʻquvchilari tomonidan buyuk mutafakkir, gʻazal mulkining sultoni Nizomiddin Mir Alisher Navoiyning hayoti va ijodini aks ettiruvchi sahna koʻrinishlari, shoir qalamiga mansub gʻazallar, ruboiylar va qoʻshiqlar ijro etildi. Navoiy bobomizning hayot yoʻli barchamiz uchun ibrat maktabi ekanligi oʻquvchilar onggi va shuuriga yana bir-bor singdirildi. 

🔰Tadbir davomida oʻquvchilarda Navoiy bobomizning buyuk siymosiga boʻlgan hurmat va ehtirom tuygʻulari yanada kuchaytirildi. Tadbir juda koʻtarinki ruhda tashkil qilindi.

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#KUN_HIKMATI

“Hayotni yangi sahifadan boshlash mumkin, lekin husnixatni oʻzgartirish qiyin”.

📝Paulo Koelo

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#KUN_TALABASI

🗣Bozorova Dilmehra Anzar qizi—19 yoshda

📌Buxoro viloyati Gʻijduvon tumani Denov MFYda istiqomat qiladi

📌Ayni paytda Oʻzbek tili va adabiyoti fakulteti yoshlar ittifoqi kengashi koordinatori

2023-yil "Yilning zukko talabasi—2023" nominatsiyasi gʻolibi

2023-yildan buyon fakultet koordinatorlar kengashi Intellektual loyihalar koordinatori

2023-yilda "Yoshlar akademiyasi" doirasida tashkil etilgan "Munozara" intellektual oʻyini jamoaviy 1-oʻrin sohibasi

2023-yilda "Talabalar teatr studiyalari" respublika koʻrik-tanlovining viloyat bosqichida faxrli 1-oʻrin sohibasi

2023-yilda "Talabalar teatr studiyalari" respublika koʻrik-tanlovining 3-mintaqaviy bosqichida faxrli 2-oʻrin sohibasi

2024-yildan buyon NavDU "Mushoira" klubi koordinatori

2025-yil "Mahallaning yosh Navoiyxon qizlari" anʼanaviy kitobxonlik tanlovining 18-25 yosh toifasida shahar hamda viloyat bosqichida faxrli 1-oʻrin sohibasi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
#XavfsizMigratsiya #WayuExpo

🙋Xavfsiz Migratsiya” loyihasi doirasida bo‘lib o‘tayotgan xalqaro ta’lim ko‘rgazmasiga taklif etamiz!

📍
Dunyoning QS reytingida TOP 1000 talik nufuzli universitetlar o'zlarining grant va stipendiyalarini taqdim etadigan ko‘rgazma 21-25 fevral kunlari Toshkent, Samarqand, Buxoro va Jizzax shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

💳 Ko‘rgazma doirasida bepul IELTS Mock testi, psixometrik (kasb va yo‘nalish tanlash) testi kabi imkoniyatlardan ham foydalanishingiz mumkin.

🆔 Kirish bepul. Shunchaki, ro‘yxatdan o‘ting!

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998 77 033 55 75

Bizning sahifalarimiz:
1️⃣ Telegram 2️⃣ Instagram
3️⃣ Facebook 📺 You tube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#oromgoh
#Ishonch

🏕YOZGI DAM OLISH MAVSUMIDA BOLAJONLARNI TAKLIF ETAMIZ!

🏖🏝Bolalarning dam olishini va sog‘lomlashtirilishini tashkil etish departamenti tasarrufdagi, Karmana tumanida joylashgan “Ishonch” oromgohida yozgi dam olish mavsumida bolajonlar uchun barcha sharoitlar mujassam.

📲 Aziz ota-onalar oromgohlar.uz platformasi orqali yo‘llanmalarni xarid qiling va bolalaringizni "Ishonch" oromgohida miriqib dam olishiga imkon yarating!

📞 Batafsil ma’lumot uchun: +998939635885
+998934387773

O'zbekiston yoshlar ittifoqi Navoiy viloyati Kengashi axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
2025/02/11 17:39:53
Back to Top
HTML Embed Code: