Telegram Web
⚡️«Ashıq esikler kúni»: Tábiyiy pánler fakultetinde ata-analar menen ushırasıw ótkerildi

▪️Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı Tábiyiy pánler fakultetinde «Ashıq esikler kúni» sheńberinde studentlerdiń ata-anaları menen ushırasıw ótkerildi. Ilajǵa fakultet basshıları, professor-oqıtıwshılar, tyutorlar hám student-jaslardıń ata-anaları qatnastı.


Ushırasıw dawamında ata-analarǵa fakultette alıp barılıp atırǵan oqıw-tárbiya processleri, studentlerdiń bilim sapası, sabaqlarǵa qatnasıw jaǵdayı hám jaslardıń ruwxıy-aǵartıwshılıq jumısları haqqında tolıq maǵlıwmat berildi.

↪️Sonday-aq, ilajda studentlerdiń qáwipsizligin támiyinlew, ásirese, ijarada jasaytuǵın jaslar ushın gúzgi-qısqı máwsimge puqta tayarlıq kóriw, jılıtıw sistemalarınan durıs paydalanıw hám záhárli gazden zıyanlanıwınıń aldın alıw boyınsha zárúr usınıslar berildi.


Ata-analar menen ashıqtan-ashıq sóylesiw tárizinde bolıp ótken ushırasıwda olardıń pikir-usınısları tıńlandı. Ilaj sońında ata-analar perzentlerine jaratılıp atırǵan sharayatlar hám itibar ushın fakultet jámáátine minnetdarshılıq bildirdi. Belsendi studentlerdiń ata-analarına húrmet jarlıqları tapsırıldı.

Bunday ushırasıwlar institut, student hám ata-analar arasındaǵı birge islesiwdi bekkemlew, jaslardıń qáwipsizligin hám tálim-tárbiya procesiniń nátiyjeliligin arttırıwda úlken áhmiyetke iye.

©️NMPI baspasóz xızmeti.

*********

⚡️“Ochiq eshiklar kuni”: Tabiiy fanlar fakultetida ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazildi

▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institute Tabiiy fanlar fakultetida “Ochiq eshiklar kuni” doirasida talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Tadbirda fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalarning ota-onalari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida ota-onalarga fakultetda olib borilayotgan ta’lim-tarbiya jarayonlari, talabalar bilim sifati, darslarga qatnashish holati hamda yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy faoliyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

↪️Shuningdek, tadbirda talabalar xavfsizligini ta’minlash, ayniqsa, ijarada yashovchi yoshlar uchun kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, isitish tizimlaridan to‘g‘ri foydalanish va is gazidan zaharlanishning oldini olish borasida zarur tavsiyalar berildi.


Ota-onalar bilan ochiq muloqot tarzida kechgan uchrashuvda ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Tadbir yakunida ota-onalar farzandlariga yaratilayotgan sharoit va e’tibor uchun fakultet jamoasiga minnatdorlik bildirdilar. Faol talabalarning ota-onalariga hurmat yorliqlari topshirildi.

Bunday uchrashuvlar institut, talaba va ota-onalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlash, yoshlarning xavfsizligi hamda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

©️NukusDPI matbuot xizmati.

Bizdi baqlap barıń

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👍1🔥1🥰1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Jaslar_awqamı
#Jas_ziyalılar_keńesi
#NMPI

🤩Búgingi jaslar – keleshek ziyalıları! Solay, eken biziń qatarımızǵa qosılıń…


▪️Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı Jaslar awqamı baslanǵısh shólkemi tárepinen shólkemlestirilip atırǵan «Jas ziyalılar keńesi» belsendi, qábiletli hám ziyrek student-jaslardı joqarı maqsetler jolında bir jerge jámlemekte.


Jas ziyalılar keńesi – bul:

Jańasha, kreativ ideyalar ushın platforma;
Doslıq hám birge islesiwge kópir;
Jetekshilik hám baslamalarǵa jol!

🫵Bul jerde siz:

🔹Óz pikirińizdi erkin bildiresiz;
🔹Joybarlarıńızdı ámelge asırasız;
🔹Volontyorlıq arqalı jámiyetke xızmet etesiz;
🔹Jetekshilikti úyrenip, haqıyqıy ziyalı bolasız!

🙋🏻‍♂️Hár bir jas – keleshek ziyalısı!

🤝Demek, biziń kúshimiz – birlik, bilim hám jańa baslamalarda!

🟩Siz de óz imkaniyatıńızdı qoldan jibermeń!

👏Biziń qatarımızǵa qosılıń hám keleshek qurıwshısına aylanıń!

📆Talabanlar usı jıldıń 11-oktyabr kúni saat 10:00 de Jaslar awqamı baslanǵısh shólkeminde (bas imarat 610-xana) sáwbetten ótkeriledi.

☎️Maǵlıwmat ushın telefon: +998905922722


*********

#Yoshlar_ittifoqi
#Yosh_ziyolilar_kengashi
#NukusDPI

🤩Bugungi yoshlar – kelajak ziyolilari! Shunday ekan, bizning safimizga qo‘shiling...

▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilayotgan “Yosh ziyolilar kengashi” faol, iqtidorli va zukko talaba-yoshlarni yuksak maqsadlar yo‘lida bir joyga jamlamoqda.


Yosh ziyolilar kengashi – bu:

Yangicha, kreativ g‘oyalar uchun platforma;
Do‘stlik va hamkorlikka ko‘prik;
Yetakchilik va tashabbuslarga yo‘l!

🫵Bu yerda siz:

🔹O‘z fikringizni erkin bildirasiz;
🔹Loyihalaringizni amalga oshirasiz;
🔹Volontyorlik orqali jamiyatga xizmat qilasiz;
🔹Yetakchilikni o‘rganib, haqiqiy ziyoli bo‘lasiz!

🙋🏻‍♀️Har bir yosh – kelajak ziyolisi!

🤝Demak, bizning kuchimiz – birlik, bilim va yangi tashabbuslarda!

🟩Siz ham o‘z imkoniyatingizni qo‘ldan boy bermang!

👏Bizning safimizga qo‘shiling va kelajak bunyodkoriga aylaning!

📆Nomzodlar joriy yilning 11-oktyabr kuni soat 10:00 da Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotida (bosh bino 610-xona) suhbatdan o‘tkaziladi.

☎️Ma’lumot uchun telefon: +998905922722


📹Videorolik Ilhambek Tolıbaev tárepinen tayarlandı.

©️NMPI baspasóz xızmeti.

▪️YouTube arqalı tamasha etiń 👇
https://youtube.com/shorts/bqfjz9eAQ14

Bizdi baqlap barıń

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5👍3🔥2🥰1👏1🎉1
#Qabıllaw_2025
#Magistratura
#Qosımsha_kvota

🟥NMPIde magistratura qánigeliklerine qosımsha qabıllaw kvotası tastıyıqlandı

▪️Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutında 2025-2026-oqıw jılı ushın magistratura qánigeliklerine tólemli kontrakt tiykarında qosımsha qabıllaw parametrleri tastıyıqlandı.


🗂Hújjetti tómendegi silteme arqalı PDF formatta júklep alıwıńız múmkin.

👉 https://ndpi.uz/qq/2025/10/10/46349/

*********

🟥NukusDPIda magistratura mutaxassisliklariga qo‘shimcha qabul kvotasi tasdiqlandi

▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika institutida 2025-2026-o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga to‘lov-kontrakt asosida qo‘shimcha qabul parametrlari tasdiqlandi.


🗂Hujjatni quyidagi havola orqali PDF formatda yuklab olishingiz mumkin.

👉 https://ndpi.uz/uz/2025/10/10/46349/

Bizdi baqlap barıń

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👏4👍2🤩2🔥1🥰1🎉1😍1
⚡️Jaslar arasında salamat turmıs tárizin úgit-násiyatlaw hám shańaraqlıq turmısqa tayarlaw máselelerine arnalǵan seminar bolıp ótti

▪️Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı Anıq pánler fakultetinde jaslardı shańaraqlıq turmısqa tayarlaw, náshebentlik, ishiwshilik hám shegiwshilikke qarsı gúresiw, durıs awqatlanıw hám sawallandırıw baǵdarlamaların turmısqa engiziwge baǵdarlanǵan seminar bolıp ótti.


Ilajǵa fakultet dekanınıń jaslar menen islesiw boyınsha orınbasarı Xalmurat Esemuratov, institut psixologları Gúljamal Tóreniyazova hám Elmira Gúlimbetova, sonday-aq, fakultet tyutorları qatnastı.

↪️Seminarda psixologlar tárepinen studentler arasında shańaraqlıq turmısqa durıs qatnas jasaw, emocionallıq turaqlılıq, stressti basqarıw hám salamat ortalıqtı jaratıw boyınsha paydalı usınıslar berildi.


Ilaj dawamında studentler menen interaktiv sáwbetlesiw hám soraw-juwaplar ótkerilip, salamat turmıs táriziniń insan ómirindegi ornı, zıyanlı ádetlerdiń awır aqıbetleri haqqında tolıq túsinikler berildi hám «Salamat turmıs – baxıtlı keleshek gilti» súrenin kúndelikli ádetke aylandırıw máseleleri úgit-násiyatlandı.

©️NMPI baspasóz xızmeti.

*********

⚡️Yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va oilaviy hayotga tayyorlash masalalariga bag‘ishlangan seminar bo‘lib o‘tdi

▪️Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti Aniq fanlar fakultetida yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, giyohvandlik, ichkilikbozlik va kashandalikka qarshi kurashish, to‘g‘ri ovqatlanish va sog‘lomlashtirish dasturlarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan seminar bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda fakultet dekanining yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari Xalmurat Yesemuratov, institut psixologlari Guljamal To‘reniyazova va Elmira Gulimbetova, shuningdek, fakultet tyutorlari ishtirok etdi.

↪️Seminarda psixologlar tomonidan talabalar o‘rtasida oilaviy hayotga to‘g‘ri yondashish, emotsional barqarorlik, stressni boshqarish va sog‘lom muhitni yaratish bo‘yicha foydali tavsiyalar berildi.


Tadbir davomida talabalar bilan interaktiv suhbat va savol-javoblar o‘tkazilib, sog‘lom turmush tarzining inson hayotidagi o‘rni, zararli odatlarning og‘ir oqibatlari haqida to‘liq tushunchalar berildi hamda “Sog‘lom turmush – baxtli kelajak kaliti” shiorini kundalik odatga aylantirish masalalari targ‘ib qilindi.

©️NukusDPI matbuot xizmati.

Bizdi baqlap barıń

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2👍2🔥1🥰1🎉1🏆1
#Inno_Week_2025
#NMPI

⚡️NMPI delegaciyası «InnoWeek – 2025» Xalıqaralıq innovaciyalıq ideyalar hápteliginde óz joybarları menen qatnaspaqta

Usı jıldıń 9-11-oktyabr kúnleri Tashkent qalasındaǵı CAEx – Ózbekstan xalıqaralıq kórgizbeler orayında «InnoWeek – 2025» VIII Xalıqaralıq innovaciyalıq ideyalar hápteligi bolıp ótpekte.


Háptelikte jergilikli hám xalıqaralıq iri kompaniyalar, joqarı bilimlendiriw hám ilimiy-izertlew mákemeleri, venchur fondlar, qarjı shólkemleri, xalıqaralıq maǵlıwmatlar bazalarınıń wákilleri qatnaspaqta.

▪️Áhmiyetlisi, bul xalıqaralıq ilajǵa Ájiniyaz atındaǵı Nókis mámleketlik pedagogikalıq institutı ilimiy isler hám innovaciyalar boyınsha prorektorı Quwanıshbay Seytnazarov basshılıǵındaǵı institut delegaciyası ózleriniń ilimiy-innovaciyalıq joybarları menen qatnasıp atır.

↪️Atap aytqanda, prorektor Quwanıshbay Seytnazarov basshılıǵında student-jaslar menen birgelikte islep shıǵılǵan qaraqalpaq ımlap túsindiriw tilin jasalma intellekt járdeminde avtomatlastırılǵan túrde tanıp alıw hám awdarıw múmkinshiligin beretuǵın «Karakalpak Sign Language», aralıqtan zondlaw (DZZ) texnologiyalarına tiykarlanǵan, awıl xojalıǵı jerleriniń topıraq jaǵdayı, ósimliklerdiń rawajlanıwı hám ónimdarlıǵın anıqlaw imkaniyatın beretuǵın «Remote Sensing» platformaları, sonday-aq, mektep hám balalar baqshalarına mólsherlengen zamanagóy bilimlendiriw platforması «Smart School» joybarı, sonıń menen birge, ximiya kafedrasınıń docenti Alım Asamatdinov tárepinen islep shıǵılǵan, órtke hám suw shıdamlı, cement sińdirilgen, iykemlesiwshilik ózgeshelikke iye, jeńil, iyiliwsheń «Cement tawar» joybarı kórgizbede qatnasıp atırǵan xalıqaralıq hám jergilikli ekspertlerde úlken qızıǵıwshılıq oyatpaqta.


Maǵlıwmat ushın, háptelik sheńberinde qatnasıwshılar ushın ilim, texnologiya hám innovaciyalar tarawındaǵı bilim jáne kónlikpelerin arttırıw, sonday-aq, xalıqaralıq tájiriybe almasıw imkaniyatın beretuǵın 30 dan aslam ilimiy-ámeliy ilajlar shólkemlestiriw rejelestirilgen.

©️NMPI baspasóz xızmeti.

*********

#Inno_Week_2025
#NukusDPI

⚡️NukusDPI delegatsiyasi “InnoWeek – 2025” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida o‘z loyihalari bilan ishtirok etmoqda

Joriy yilning 9-11-oktyabr kunlari Toshkent shahridagi CAEx – O‘zbekiston xalqaro ko‘rgazmalar markazida “InnoWeek – 2025” VIII Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.


Haftalikda mahalliy va xalqaro yirik kompaniyalar, oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalari, venchur fondlar, moliya tashkilotlari, xalqaro ma’lumotlar bazalari vakillari ishtirok etmoqda.

▪️Ahamiyatlisi, ushbu xalqaro tadbirda Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Quanishbay Seytnazarov boshchiligidagi institut delegatsiyasi o‘zlarining ilmiy-innovatsion loyihalari bilan ishtirok etmoqda.

↪️Xususan, prorektor Quanishbay Seytnazarov rahbarligida talaba-yoshlar bilan hamkorlikda ishlab chiqilgan qoraqalpoq imo-ishora tilini sun’iy intellekt yordamida avtomatlashtirilgan tarzda tanib olish va tarjima qilish imkonini beruvchi “Karakalpak Sign Language”, masofaviy zondlash (DZZ) texnologiyalariga asoslangan, qishloq xo‘jaligi yerlarining tuproq holati, o‘simliklarning rivojlanishi va hosildorligini aniqlash imkonini beruvchi “Remote Sensing” platformalari, shuningdek, maktab va bolalar bog‘chalariga mo‘ljallangan zamonaviy ta’lim platformasi “Smart School” loyihasi, shuningdek, kimyo kafedrasi dotsenti Alim Asamatdinov tomonidan ishlab chiqilgan, yong‘in va suvga chidamli, sement shimdirilgan, moslashuvchan xususiyatga ega, yengil, egiluvchan “Sement mato” loyihasi ko‘rgazmada ishtirok etayotgan xalqaro va mahalliy ekspertlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.


Ma’lumot uchun, haftalik doirasida ishtirokchilar uchun fan, texnologiya va innovatsiyalar sohasidagi bilim va ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xalqaro tajriba almashish imkonini beruvchi 30 dan ortiq ilmiy-amaliy tadbirlar tashkil etish rejalashtirilgan.

©️NukusDPI matbuot xizmati.

Bizdi baqlap barıń

📱 Telegram | 📱 Instagram | ▪️ Facebook | ▪️ YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍1🔥1👏1
2025/10/15 05:03:08
Back to Top
HTML Embed Code: