Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada rasmiy ishga joylashing !

🇺🇿🇯🇵 Toshkentdagi Japan Digital University ilk bitiruvchilarini qutlaydi
  
🤩 Bitiruvchilar universitetda o'qish davomida quyidagi natijalarga erishishdi :

  - O'qishni bitirmay turib Yaponiya kompaniyalaridan ishga taklif
  - Yuqori darajadagi yapon tili bilimlari
  - Yaponiya IT kompaniyalarida ishlash uchun  zaruriy IT bilimlari

🎚️ Siz ham O'zbekistonda o'qib, Yaponiyada IT sohasida rasmiy ishga joylashmoqchi bo'lsangiz JDU da qabul boshlandi !

👇HUJJAT TOPSHIRISH UCHUN 👇

   Veb sayt orqali   |   Telegram bot orqali

📞 71-200-05-95

📝  Telegram  |  💻 Instagram
📝  Facebook🎞 YouTube
🌐  Web site
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Iltimos farzandlar yonini olmang!
(ota-onalar uchun she'r)

Maktabga keldim deb, darsga kirmasa,
Yonida yo kitob, daftar bo‘lmasa,
Yuragim achishib aytay bir narsa,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang!

Tentirab yurishar go‘yo maqsadsiz,
Ko‘zida qahr bor, jahl, shafqatsiz,
Dunyoda yashayman desangiz dardsiz,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang!

Ilmsiz bo‘lmasin, qalbi qotadi,
Qotgan qalbda esa zulm yotadi,
Qo‘yib bersak agar yurtni sotadi,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang!

Xudodan qo‘rqishsin, dinni o‘rgating,
Do‘st bo‘lib yonida Xaqni ko‘rsating,
Bolam umidimsan sen deya ayting,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang!

Johillik yo‘lini tutmasin deyman,
Hayoni tepkilab o‘tmasin deyman,
Hayotda g‘ofildek yotmasin deyman,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang.

Maktabga kelishin nazorat qiling,
Ilmni asosiy maqsad deb biling,
Tilagim ustozning hamkori bo‘ling,
Uyg‘oning otalar g‘aflatda qolmang,
Iltimos farzandlar yonini olmang!

O‘qisin, ulg‘aysin, kamolga yetsin,
Kelajak kuniga ziyolar bitsin,
Keksalik gashtingiz rohatda o‘tsin,
Uyg‘oning onalar g‘aflatda qolmang,
Otalar iltimos e’tiborsiz bo‘lmang!

@AbituriyentUz✅️- taʼlimga oid yangiliklar!

Safimizga qo'shiling👇

https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bu_qiziq

Keling, darslardan biroz tanaffus olamiz! Aniq bilamizki, siz bu
faktlar haqida bilmas edingiz 😎

😛 Ko'pchilik o'z tirsagini yalay olmaydi (Urunib ko'ring:)

😛 Timsoh tilini og'zidan tashqariga chiqara olmaydi;

🫀 Qisqichbaqaning yuragi uning boshida joylashgan bo'ladi;

😩 Agar siz o'ta qattiq aksirsangiz, qovurg'angizni sindirib olishingiz mumkin;

🍴 O'rtacha umringiz davomida siz uxlayotganingizda o'zingiz bilmagan holda 70 ga yaqin turli xil hasharotlar va 10 ta o'rgimchak yoki undan ko'proq "narsalarni" yeb qo'yasiz;

😝 Barmoq izlari kabi har kimning til izi ham har xil;

⌨️ O'rtacha odamning chap qo'li matn terishning 56 foizini bajaradi;

🙄 Bodom shaftoli oilasiga kiradi;

😳 Los-Anjelesning to'liq nomi "El Pueblo de Nuestra Senora la Reina de los Angeles de Porciuncula";

🐈 Mushukning har bir qulog'ida 32 ta mushak bor;

😲 Tuyaqushning ko'zi miyasidan kattaroqdir;

🐅 Yo'lbarslar faqat chiziqli mo'yna emas, balki chiziqli teriga ham ega;

💤 Ko'p odamlar yetti daqiqada uxlab qolishadi;

Ana shunaqa gaplar! Siz bu faktlarning qanchasini bilarkansiz? Do'stlaringiz-chi?

@AbituriyentUz✅️- taʼlimga oid yangiliklar!

Safimizga qo'shiling👇

https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ ONA TILI MILLIY SERTIFIKAT KURSI (onlayn)

❗️ Imtihonga tayyorlanish uchun so'ngi imkoniyat!

🔥 Har imtihonda yuzlab shogirdlar chiqaradigan Nilufar Mavlonovaning onlayn kurslariga qatnashing va yuqori natijalarga erishing! Darslar har kuni bo'lib o'tadi!

Aprel oyida bo'lib o'tadigan Milliy sertifikat imtihoni uchun oxirgi imkoniyatingiz bor. So'ngi guruh to'lmoqda!

Kurs davomida sizga quyidagilar oʻrgatiladi:
Gʻazal tahlili va ko'plab amaliy darslar
Matn tahlili va oson yechish usullari
Esse tahlili va yozishdagi oltin qoidalar
Diagnostik test tahlili va test yechish texnikasi
Badiiy asar tahlili va talqini

👨‍🏫 Ustoz: Nilufar Mavlonova, 8 yillik tajribaga ega, har yili yuzlab o'quvchilari nufuzli oliygohlarda talaba bo'lishadi.

👉 O'quvchilarning natijalari

❤️‍🔥 Maxsus guruhning afzalliklari:
8 yillik tajribaga ega ustoz
Darslar har kuni 7 kun bo'ladi
Video darslar + Jonli darslar
Testlar + amaliy topshiriqlar
Doimiy nazorat va amaliy yordamlar
Har hafta Diagnostik imtihon
individual yondashuv

📌 Qabul tezda yopiladi ro‘yxatdan o‘tishga ulguring

📥 Kursga ro'yxatdan o'tish:
👉 @onatili_qabul_bot
👉 @onatili_qabul_bot
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2000 ta Grant uchun(4%lik imtiyoz) xotin-qizlarga tavsiyanoma qachon beriladi?

— Ehtiyojmand oiladagi xotin-qizlarga beriladigan tavsiyanoma uchun arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda 30-maydan 8-iyunga qadar (shu kuni ham) qabul qilinadi.

Tavsiyanoma kimlarga beriladi?

• Kam ta’minlangan oila farzandi bo'lgan qizlarga;
• Ota-onasidan biri yoki ikkalasi ham vafot etgan oila qizlariga;
• Nogiron farzandi bo‘lgan, ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlarga;
• 14 yoshgacha bo‘lgan 2 va undan ortiq bola o‘stirayotgan yolg‘iz ayollarning qiz farzandlariga;
Ota-onasining nogironligi bo‘lgan qizlarga;
• Farzandini yolg‘iz tarbiyalayotgan onalarga.

Tavsiyanoma egalariga qachon yetkaziladi?

Arizalar 10-iyungacha ko‘rib chiqiladi va 14-iyungacha elektron shaklda tayyor qilinadi. 15-iyungacha tavsiyanomaga loyiq ko‘rilgan hamma talabgorga o‘z tavsiyanomasi yetkaziladi.

@AbituriyentUz✅️- taʼlimga oid yangiliklar!

Safimizga qo'shiling👇

https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
BILL GEYTSNING YOSHLARGA 11 MASLAHATI

O‘qimishli bo‘lish miyani bilimga to‘ldirib tashlash yoki ko‘p bilish degani emas. Bu – nimani bilishing va nimani bilmasligingni ajrata olish degani. Bill Geyts dunyoning muvaffaqiyatli kishisi sifatida faxriy mehmon bo‘lib juda ko‘p ta’lim muassasalarida ishtirok etadi, yuqoridagi kabi fikrlar bilan yoshlarning ta’limga bo‘lgan qiziqishlarini qo‘llab-quvvatlaydi.

1️⃣-qoida: Hayot ko‘rgazma emas. Demak, undan foydalansa bo‘ladi. Siz ham hayotingizni qo‘lga oling-da, uni ishga soling.

2️⃣-qoida: Dunyo sen o‘zingni qanchalar hurmat qilishing bilan hisoblashmaydi. U sendan o‘zingni hurmat qilishingdan oldin biror ishni qoyillatib qo‘yishingni kutadi. Siz ham avval hurmatga munosib ekaningizni isbot qiling.

3️⃣-qoida: Maktabni tamomlamasdan turib na o‘zingiz xohlagancha yashash, kezi kelganda hattoki yashay olishning ham imkoni yo‘q. Shuning uchun hozir bilim oling.

4️⃣-qoida: Agar bugun o‘qituvchi talabchan ekanidan shikoyat qilsangiz, kun kelib rahbar qo‘liga tushganingizda pushaymon yeysiz. Kelajakka maktabdan boshlab tayyorgarlik ko‘ring.

5️⃣-qoida: Ehtimol, siz o‘zingizni eng quyi ishga munosib ko‘rmassiz. Ammo sizning ota-bobongiz bu ishni boshqacha, «imkoniyat» deb nomlagan. Siz ham ishni quyidan boshlang va mehnatga nisbatan kibrli bo‘lmang.

6️⃣-qoida: Hayotda nimadadir xato qilsangiz, bunda ota-onangizning aybi yo‘q, ularni qiynamang. Xatolaringiz uchun dod-faryod solishni emas, xulosa chiqarishni o‘rganing.

7️⃣-qoida: Sizning tug‘ilishingiz ota-onangiz uchun faqat bayram emas, katta mas’uliyat bo‘lgan. Ularni asrang va qadrlang. Bu kelajakda o‘zingiz qadr topishingiz uchun kerak bo‘ladi.

8️⃣-qoida: Maktabni a’lochilar ham, past o‘zlashtiruvchilar ham bitiradi. Yomon o‘qiydiganlarga to‘g‘ri javobni topgunlariga qadar qulay sharoit yaratib beriladi. Ammo hayotda to‘g‘ri yo‘lni tanlash uchun sanoqli imkon va ishonch beriladi. Shuni unutmang.

9️⃣-qoida: Hayotda choraklik, yillik imtihon, so‘rov yoki hisobot degan tushunchalar yo‘q. Hayot imtihonini ham, hisobotini ham barcha bir marta – umr so‘ngida o‘z-o‘ziga topshiradi. Eng muhimi, mana shu imtihonga tayyor bo‘ling.

1️⃣0️⃣-qoida: Televizor, bu – hayot degani emas. Aks holda, undagi qahramonlar vaqtlarining asosiy qismini mehnat qilishga sarflagan bo‘lar edilar. O‘zingizni samarali va maqsadli mehnatga tayyorlang.

1️⃣1️⃣-qoida: Muvaffaqiyatga erishish uchun avval uning haqini to‘lash kerak bo‘ladi. Bu esa vaqt hamda mashaqqatli mehnat degani.

@AbituriyentUz✅️- taʼlimga oid yangiliklar!

Safimizga qo'shiling👇

https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Testga eng ko'p tushadigan 1578 ta so'zlar

Har kuni mana shu lug'atdan 2 ustun yodlab borsangiz, testga eng ko'p tushadigan so'zlarning hamda x va h tovushi bilan bog'liq so'zlarning imlosini 90% o'zlashtirib olishingiz mumkin!

© Muallif: Haydarov Muhammad

@AbituriyentUz✅️- taʼlimga oid yangiliklar!

Safimizga qo'shiling👇

https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
https://www.tgoop.com/+HD_4cc5sqoozZGZi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/03/11 02:37:29
Back to Top
HTML Embed Code: