Telegram Web
⚡️Qaysi yo'nalishni bitirib qanday kasblarda ishlash mumkin?

Quyidagi yo'nalishlardan istalgan birining ustiga bossangiz, o'qish tamomlagandan so'ng ishlash mumkin bo'lgan kasb va sohalar haqida ma'lumotlar berilgan:

➡️ Tarix
➡️ Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi
➡️ Geografiya va iqtisodiy bilim asoslari
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Psixologiya
➡️ Pedagogika
➡️ Musiqa ta’limi
➡️ Texnologik ta'lim
➡️ Dasturiy injiniring
➡️ Boshlang’ich ta'lim
➡️ Maktabgacha ta'lim
➡️ Maxsus pedagogika
➡️ Maktabgacha ta'lim psixologiyasi va pedagogikasi
➡️ Kimyo
➡️ Bilogiya
➡️ Pedagogika va psixologiya
➡️ Matematika va informatika
➡️ Fizika va astronomiya
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)
➡️ Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili)
➡️ O‘zbek tili va adabiyoti
➡️ Rus tili va adabiyoti
➡️ Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Imtiyozli ta’lim krediti ajratayotgan banklar

Ayni paytda quyidagi banklar talabalarga imtiyozli ta’lim kreditini ajratmoqda:

MKBank - 1285
BRB bank - 1254
SQB bank - 1180
Agrobank - 1216
Xalq banki - 1106
Milliy bank - 1344
Hamkorbank - 1256

Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi. «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu video-yoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz.

Taʼlim krediti haqida batafsil mana bu postda ma'lumot olishimgiz mumkin: https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2210

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O‘quvchi dars vaqtida o‘qituvchiga hurmatsizlik qilib kamsitsa qanday chora ko‘riladi?

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-son buyrug'i bilan tasdiqlangan umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari 15-bandiga asosan o‘quvchilarga o‘zaro munosabatlarda inson shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitish (diskriminatsiya), haqorat qilish va behayo so‘zlarni ishlatishi, turli xil (jismoniy, ruhiy va boshqa) zo‘ravonlikni ko‘rsatishi taqiqlanadi.

Bunday holatda ota-onaga Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks 47-moddasi ikkinchi qismi bilan javobgarlik chorasi qo'llaniladi.

Bundan tashqari, xuddi shunday huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Darsga kechikkan yoki formada bo'lmagan o'quvchini darsdan chiqarib yuborish mumkin emas!

Darsga kechikish, o‘quvchilar tomonidan o‘quv-qurollarini olib kelinmasligi yoki maktab formasining yo‘qligi o‘quvchini darsga kiritilmasligiga asos bo‘lmaydi. Ta’lim muassasalaridagi o‘quv jarayoni «qonuniylik, demokratik, kamsitishga yo‘l qo‘ymaslik va hurmat» prinsiplariga asoslanishi kerak.

✏️ Xalq ta’limi vazirligining 2022 yil 28 iyuldagi 246-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining ichki tartib va odob-axloq qoidalari”ga ko‘ra, o‘qituvchilar jamoa a’zolari va boshqalaring shaxsiyatini va qadr-qimmatini kamsitishi, o‘quvchilarni dars mashg‘ulotlaridan asossiz chiqarib yuborish yoki kiritmasligi hamda “Chiqish” qo‘ng‘irog‘i chalingandan keyin o‘quvchilarni sinfxonada ushlab o‘tirishi ham mumkin emas.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Kreditni qanday hisoblanadi?

Kreditni hisoblash juda oson. Misol uchun Biologiya yoʻnalishiga oʻqishini koʻchirayotgan talabgor fanlar farqi boʻyicha chiqqan kredit summasi quyidagicha hisoblaydi:

Bir yillik kontrakt narxi ÷ bir oʻquv yilidagi umumiy kredit miqdori = 1 kredit narxi


Misol uchun:

7 400 000 ÷ 60 = 123 333 soʻm

Demak, Biologiya yoʻnalishi talabalari 1 kredit uchun 123 333 soʻm toʻlashadi. Huddi shu kabi talabalar o'zlari kredit summasini hisoblab olishlari mumkin.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muammolar og‘ushidagi “oltin davr”: talabalarning o‘qishga vaqti bormi o‘zi?

O‘zbekiston qonunchiligi talabalarga ishlashni taqiqlamaydi. Bugun ko‘cha-ko‘yda kitob tutganni ham, velosipedda yetkazib berish xizmatlarida ishlayotgan talabalarni ham ko‘rish odatiy holga aylangan. Xo‘sh, aslida talaba o‘qishi kerakmi yoki ishlashi? Kun.uz mavzu bo‘yicha rektorlar, o‘qituvchi hamda talabalar fikrini o‘rgandi.

📹 VIDEONI TOMOSHA QILING

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Farg'onada davlat oliygohlari tugatilishi kutilyapti!

Prezidentning «Fargʻona viloyatidagi oliy taʼlim muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida»gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Unga ko'ra, Fargʻona politexnika instituti va Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Fargʻona filiali negizida Fargʻona davlat texnika universiteti tashkil etilishi rejalashtirilmoqda.

🖥 Shu bilan birga Qoʻqon davlat pedagogika instituti, Toshkent davlat texnika universiteti Qoʻqon filiali hamda Oʻzbekiston davlat sanʼat va madaniyat instituti Fargʻona mintaqaviy filiali negizida Qoʻqon davlat universiteti tashkil etiladi.

🖊 Bundan tashqari, Oʻzbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Fargʻona filiali Fargʻona davlat universiteti tasarrufiga oʻtkaziladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi taʼlim va super-kontrakt uchun taʼlim krediti

Oʻzmilliybank oʻz mablagʻlari hisobidan kechki va sirtqi ta'lim shakli hamda superkontrakt asosida oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun tijoriy ta'lim kreditini taklif qilmoqda.

Kredit shartlari:

👉 bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun

• 36 oygacha yillik 22%;
• 60 oygacha yillik 24%;
• imtiyozli davr – 12 oy;

👉 magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalar uchun

• muddati – 36 oygacha;
• foiz stavkasi – 22%;
• kredit miqdori – toʻlov shartnomasi summasi miqdorida.

☎️ Koll-markazi raqami: 1344

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Vakant lavozimlarni yashirish javobgarlikka sabab boʻladi

📑 Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 229-moddasiga koʻra,

🔷 Boʻsh ish oʻrinlarini (vakant lavozimlarni) yashirish, boʻsh ish oʻrinlari yoki har bir xodim boʻshatib olinishi kutilayotganligi toʻgʻrisidagi axborotni oʻz vaqtida taqdim etmaslik, ish bilan taʼminlashga koʻmaklashish

🔷 Davlat jamgʻarmasiga ajratmalarni toʻlashdan boʻyin tovlash, — mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining oʻn baravaridan yigirma besh baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʻladi.

Ishga olishda paysalga soladigan rahbarlarga eslatib qo'ying!

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O‘qituvchilarning 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda

Prezident Shavkat Mirziyoyevning taʼlim-tarbiya sohasi vakillari bilan muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.

O‘qituvchilarga mahorati va erishgan yutuqlariga qarab to‘lanadigan ustamalar soni 3 tadan 17 taga oshirildi.

Bugun muallimlarning 88 foizi 6 million so‘mgacha, 11 foizi 6 milliondan 10 million so‘mgacha oylik olmoqda.

O‘z ustida astoydil ishlagan, xorijiy sertifikat olgan 6 ming o‘qituvchi 10 million so‘mdan ziyod maosh olmoqda. 2020-yilda bunday o‘qituvchilar 102 nafar bo‘lgan.

Albatta, bu hali yetarli emas, lekin ushbu raqam keyingi ikki yilda 5,3 barobar oshganini ta’kidlash lozim.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
"Maktab bitiruvchilarini oliy ta’limga qamrab olish darajasi so‘nggi 7 yilda 4 karra (9 foizdan 38 foizga) oshdi.

Bu yil 310 ming nafar o‘g‘il-qizlarimiz oliygoh talabalari bo‘ldi. Ana shu yoshlarning qariyb yarmi qizlardir.

Bunday natija ilgari hech qachon bo‘lmagan
" — dedi Davlatimiz rahbari.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Endilikda “Yil o‘qituvchisi” tanlovi o‘tkazilib, 208 ta tuman va shahardan g‘olib bo‘lgan o‘qituvchilarga Prezident sovg‘asi sifatida uy-joy beriladi”, - dedi Prezident.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Oʻqituvchilar maoshi oshadi” — Prezident

Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchining maoshi kelgusi yildan qay tarzda 12 millionga yetkazilishiga toʻxtaldi.

Muallimlarni qoʻllab-quvvatlashni, ularning mehnatini munosib ragʻbatlantirishni albatta davom ettiramiz”, — degan davlat rahbari bugungi yigʻinda.

“Mana, 1-oktyabrdan pedagog xodimlar ish haqini 15 foizga oshirdik. Kelgusi oʻquv yilidan xalqaro standartlar asosida malaka sertifikatini berish yoʻlga qoʻyiladi” dedi Shavkat Mirziyoyev.

Sinovlarda 86 va undan yuqori ball olgan pedagoglar qoʻshimcha 70 foiz ustama oladi.

Misol uchun, oliy toifali biologiya oʻqituvchisi oʻz fani boʻyicha xalqaro sertifikati boʻlsa – 50 foiz, direktor jamgʻarmasidan 40 foizgacha va yangi talabga javob bersa, yana 70 foiz ustama oladi.

Prezidentning qayd etishicha, shu tariqa oʻqituvchining umumiy oylik maoshi 4 million 500 ming soʻmdan 12 million soʻmga yetadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#prezident #eʼtirof

Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta-maxsus, oliy ta’lim va malaka oshirish tizimida yagona uzviy zanjirni yo‘lga qo‘yish uchun pedagogik ta’lim klasterlari tashkil etiladi.

Klaster tajriba-sinov tariqasida dastlab Andijon va Buxoro shaharlaridagi pedagogika kollejlarida barpo etiladi va hududlardagi pedagogika institutlari boshqaruvida bo‘ladi.

Andijon va Buxoro pedagogika institutlari bunga byudjetdan tashqari mablag‘lari hisobidan 25 milliard so‘mdan ajratadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endilikda xususiy maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi

Yangi yildan boshlab xususiy sektorda oʻquvchi oʻrinlarini koʻpaytirish uchun maktab ochadigan tadbirkorlarga 20 milliard soʻmgacha kredit ajratiladi. Kredit foizining asosiy stavkadan 1,5 barobar oshgan qismi byudjetdan qoplanadi.

Shuningdek, yangi quriladigan xususiy maktab binolari uchun kommunal xarajatlarning 50 foizi 5-yil muddatgacha byudjetdan toʻlab beriladi.

Bundan tashqari, tadbirkorlar oʻz hisobidan maktab qursa, unga ketgan xarajatlar foyda soligʻidan ikki yil davomida teng ulushlarda chegirib tashlanadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Super-kontrakt uchun ta’lim krediti berilmaydimi?

Tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt (super-kontrakt) uchun imtiyozli ta’lim krediti berilmaydi. Ammo ayrim banklar tijoriy shartlarda oddiy kredit berishi mumkin va uni foizi yuqori bo'ladi.

Biroq super-kontraktga kirganlar 2-kursdan oddiy kontrakt to’lashga o’tadi, shu sababli bemalol 2-kursdan taʼlim krediti olishi mumkin. Ta’lim krediti joriy yildan boshlab faqat kunduzgi ta’limda o'qiydiganlarga beriladi.

Super-kontraktni 4 ga bo’lib to’lash mumkin.

Eslatib o'tamiz, “Super-kontrakt”ga kirgan talabalar ham keyinchalik grant asosida o‘qishi ham mumkin.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Davlat-xususiy sheriklik asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta bog'cha qurish rejalashtirilmoqda

“O'zbekiston Respublikasida 2024–2030 yillarda davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-308-son 30.08.2024 y.) qabul qilindi.

🔰 Qarorga ko'ra, 400 mingdan ortiq o'quvchilar sig'imiga ega zamonaviy ta'lim muassasalari hamda 300 mingdan ortiq tarbiyalanuvchilar sig'imiga ega maktabgacha ta'lim muassasalarini tashkil qilish maqsadida 2026-yildan boshlab davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida har yili kamida 100 ta maktab va 100 ta maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish va boshqarishni tashkil etish choralari ko'riladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Taʼlim kreditini my.gov.uz orqali onlayn olish mumkin

Qonunchilikka ko'ra, 2024/2025 oʻquv yilidan oliy va professional taʼlim tashkilotlarining talaba va oʻquvchilariga taʼlim kreditlari quyidagilarni nazarda tutgan holda ajratiladi:

☑️ oliy va professional taʼlim tashkilotlarida tahsil olish uchun taʼlim krediti faqat kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba va oʻquvchilarga ajratiladi;

Taʼlim krediti:

oliy taʼlim tashkilotlarining birinchi bosqich talabalari hamda professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun toʻlov-kontrakt summasi miqdorida;

oliy taʼlim tashkilotlarining ikkinchi va undan yuqori kurs talabalari uchun fanlarni oʻzlashtirishning oʻrtacha koʻrsatkichi “3” dan past boʻlgan taqdirda toʻlov-kontrakt summasining koʻpi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi.

Bunda taʼlim krediti:

👉 OTM talabalari uchun – talabalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kontrakt.edu.uz axborot tizimi va “Oliy taʼlim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimida mavjud boʻlganda;

👉 professional taʼlim tashkilotlari oʻquvchilari uchun – oʻquvchilar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar prof.edu.uz axborot tizimida mavjud boʻlganda ajratiladi.

👉 Taʼlim kredit uchun onlayn ariza yuborish

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Oʻqishini koʻchirgan talabalar qaysi hollarda taʼlim krediti olishi mumkin?

Bazaviy (oddiy) toʻlov-kontrakt asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, bemalol taʼlim krediti olishi mumkin. Agar tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt (super-kontrakt) asosida oʻqishini koʻchirgan boʻlsa, unda taʼlim krediti berilmaydi.

Quyidagilarga taʼlim krediti beriladi:

Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini mos va turdosh yoʻnalishga koʻchirib, imtihonda oʻtish balidan yuqori ball olgan boʻlsa;
bir davlat OTMidan boshqasiga oʻqishini uzrli sabablar bor boʻlgan holatda mos va turdosh yoʻnalishga oʻqishini koʻchirgan boʻlsa;
yoʻnalishi va OTMni oʻzgartirmagan holda faqat taʼlim shaklini (kunduzgidan sirtqiga va h.k.) yoki taʼlim tilini (oʻzbekdan rusga va h.k.) oʻzgartirgan boʻlsa.

Quyidagilarga taʼlim krediti berilmaydi:

Xorijdan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini koʻchirib, imtihonda oʻtish balini toʻplay olmagan boʻlsa;
Oʻzbekistondagi xorijiy oliygohlar, filiallar va nodavlat-xususiy OTMlardan oʻqishini davlat OTMlarining mos va turdosh boʻlmagan yoʻnalishiga koʻchirgan boʻlsa;

☝️Eslatma: 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab faqat kunduzgi taʼlimda tahsil olayotgan talabalar uchun imtiyozli taʼlim kreditlari ajratiladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliygoh litsenziyasini qayerdan tekshirsam bo‘ladi?

Javob: Odatda oliygohlar litsenziyalarini binoning kirishi qismiga ilib qo‘yishadi. Consultinglar esa sizga elektron (pdf, jpg) qilib tashlab berishlari yoki oflayn ko‘rsatishlari mumkin. Siz litsenziyadagi QR kodni scaner qilish orqali hujjat ma'lumotlarini tekshirishingiz mumkin.

☝️ Eng afzal yo‘li – license.gov.uz saytiga kirib, saytning "Reestr" bo’limida “Hujjat raqami”ga litsenziya raqami (masalan, 123456) kiritilsa chiqib keladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 22:46:39
Back to Top
HTML Embed Code: