Telegram Web
⚡️Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kasb kasalligiga chalingan o‘qituvchiga 70 mln so‘m tovon puli undirib beriladigan bo’ldi

Sirdaryolik o’qituvchi 20 yildan buyon bir maktabda ishlab, kasb kasalligi “surunkali laringit” ga chalingani ma’lum bo‘ldi.

Ma’lum bo’lishicha, tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi kasb kasalligi tufayli nafaqaga chiqqan pedagogning pullarini o‘z vaqtida to‘lab bermagan. Shu sababdan u O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi Sirdaryo viloyat kengashi esa sudga da’vo arizasi kiritgan.

Shuningdek, bu bo’yicha javobgar kasaba uyushmasi tomonidan tegishli ko’rsatma xatlari kelib tushgan lekin bajarilmagan. Sud yakuniga ko‘ra, o‘qituvchining manfaati qondirilib, 70 million so’m zarar va tovon pullari undirib beriladigan bo‘ldi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Gazsiz yashash mumkin, Qodirov bilan uzoq yashab bo'lmaydi - manba

Avvalroq "gazni uy isitish va ovqat pishirishga ishlatib yuboradigan xalqni kosasi oqarmaydi" - deya
post qoldirgandi Alisher Qodirov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Qoloq davlatlar erishgan eng katta yutuq ular oʻz fuqarolarini jahon chempionatiga chiqish eng katta yutuq hamda taʼlim va tibbiyotning inqirozi oddiy narsa ekaniga ishontira olishdi.


© Misrlik yozuvchi Mustafo Mahmud

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

Javoblar varaqasi: Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan tasdiqlangan kirish test sinovlarida abituriyentning bilimini baholash uchun javoblar varaqasi namunasi.

PDF shaklini yuklab olish

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

"Hech qanday davlat puli yo‘q. Faqat soliq to‘lovchilarning puli bor."


© Margaret Tetcher

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

PDF ro'yxatni yuklab olish

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Toshkentda hokim yordamchisi 20 kishi nomiga 427 mln. so‘m kredit rasmiylashtirib, pulni ishlatib yuborgani aniqlandi.

Poytaxtda hokim yordamchisi 20 nafar fuqaroning elektron kalitini qo‘lga kiritib, ularning nomiga 427 mln so‘m kredit olgan va o‘z ehtiyojlariga sarflab yuborgan.

Shuningdek, qarindoshlari va tanishlariga qalbaki tavsiyanomalar orqali kredit ajratgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in the widget
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nostrifikatsiya uchun ro'yxatdan o'tish va imtihon tartibi haqida batafsil

Nostrifikatsiya (xorijiy diplomlarni O'zbekiston hududida tan olinishi) uchun ro'yxatdan o'tishning 2 xil usuli mavjud:

My.gov.uz sayti orqali
Davlat xizmatlari markazi orqali

🗂 Kerakli hujjatlar:

Xorijiy davlatlarda ta’lim olganlik to‘g‘risidagi diplom (o'zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)
Diplom ilovasi (o'zbek tiliga tarjima qilingan va notarial tasdiqlangan pdf holatda)

👨‍🦱 DXM orqali murojaat qilinganda:

pasport;
Diplom va ilovaning asl nusxasi;
Diplom va ilovaning o'zbek tiliga tarjima qilinib, notarial tasdiqlangan nusxasi.

💵 Nostrifikatsiya uchun to'lov mavjud bo'lib, u bazaviy hisoblash miqdoring 3 barobarini (1 125 000 so'm) tashkil etadi.

🖋 Ariza 10 ish kunida ko'rib chiqiladi va hujjatlarda kamchilik mavjud bo'lmasa imtihonga kirish uchun tegishli ruxsatnoma shakllanadi.

💻 Imtihon va o'tish bali haqida:

Test sinovlari 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir test savoli uchun 2 daqiqadan, jami 100 daqiqa vaqt beriladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoli 2 ball bilan baholanadi. Imtihondan o'tish 56 balni tashkil etib, undan kam to'plangan holda testdan o'tolmagan hisoblanib, diplom tan olinmaydi.

👫 Test sinovlaridan o'tolmagan talabgor qaytadan ro'yxatdan o'tishi mumkin va qayta ro'yxatdan o'tishda bazaviy hisoblash miqdorining 2 barobari (750 ming so'm) to'lov amalga oshiradi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygohning filial manzili litsenziyada koʻrsatilishi shart!

Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qarori bilan nodavlat oliy taʼlim xizmatlarini koʻrsatish boʻyicha litsenziya talablari va shartlari tasdiqlangan.

Har bir nodavlat oliy taʼlim tashkiloti litsenziyasida faoliyat manzili aniq koʻrsatilgan boʻladi va oliygoh faqatgina mazkur manzilda taʼlim xizmatlarini koʻrsatish huquqiga ega ekanligini bildiradi.

Litsenziyada faoliyat manzili aniq koʻrsatib oʻtilishining sababi litsenziya berishdan avval aynan ushbu manzildagi bino va hududning qarorda belgilangan talab va shartlarga muvofiqligi oʻrganib chiqiladi. Qonuniy filiali mavjud universitetlarning litsenziyasida filial manzili ham koʻrsatib oʻtilgan boʻladi.

Ayrim nodavlat oliygohlar fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida boshqa viloyatda ham qabul ofislari faoliyatini yoʻlga qoʻyishi mumkin. Biroq bu holat universitet oʻsha viloyatda ham oʻqitadi, degan maʼnoni anglatmaydi.

Agar qaysidir nodavlat universitetning vakillari Sizga boshqa manzilda filiali borligini maʼlum qilsa, litsenziyadagi faoliyat manzili qismida oʻsha manzil ham koʻrsatib oʻtilganligini tekshirib koʻring.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Quyidagi oʻqish davrlari ish stajiga qo‘shib hisoblanadigan mehnat faoliyati turlari hisoblanadi

Fuqarolarning davlat pensiya ta'minoti to'g'risida”gi Qonunning 37-moddasie” bandiga asosan:

Oliy ta’lim muassasalarida;
magistratura va klinik ordinaturada;
stajor-tadqiqotchi izlanuvchilar institutida;
katta ilmiy xodim-izlanuvchilar institutida;
tayanch doktoranturada;
doktoranturada;
chet elda o‘qigan davlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadigan davrlari hisoblanadi.


❗️Talabalar yuqorida keltirilgan taʼlim turlarining kunduzgi taʼlim shaklida oʻqigan boʻlsa pensiyaga chiqayotganida oʻsha oʻqigan davrlari mehnat stajiga qoʻshib hisoblanadi. Manba

Asos: https://lex.uz/acts/-112314

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Test sinovlarida nazoratchi sifatida ishtirok etish uchun tanlov

📣 Bilimni baholash agentligi 2025-yilda Agentlik tomonidan tashkil etiladigan test sinovlarida guruh nazoratchisi sifatida ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar uchun 2-tanlovni e’lon qiladi.

Tanlov 3 bosqichda amalga oshiriladi:

1️⃣-bosqich — nomzodlarning belgilangan talablarga muvofiqligi o‘rganiladi.

2️⃣-bosqich — nomzodlar malaka oshirish kursida o‘qitiladi va yakuniy nazorat sinovi o‘tkaziladi. Yakuniy nazorat sinovida eng yuqori natijaga erishgan talabgorlar hududlar kesimida guruh nazoratchilariga bo‘lgan ehtiyojdan kelib chiqqan holda keyingi bosqichga tavsiya etiladi.

3️⃣-bosqich — nomzodlar bilan suhbat o‘tkaziladi va suhbat natijasiga ko‘ra guruh nazoratchiligiga tavsiya etilgan nomzodlar bilan shartnoma tuziladi.

📌 Mazkur tanlovda 25 yoshdan 45 yoshgacha bo‘lgan oliy ma’lumotli, ijtimoiy faol O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishlari mumkin.

📆 Buning uchun talabgorlar 1-martga qadar my.uzbmb.uz saytining "Guruh nazoratchiligiga 2-tanlov" bo‘limi orqali ro‘yxatdan o‘tishlari lozim.

❗️Izoh: Talabalar, repetitorlar hamda o‘quv markazlarining direktorlari va o‘qituvchilari tanlovda ishtirok etishi mumkin emas.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQAT FIRIBGARLAR!

Davlat universiteti talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali "Kontraktdan qarzdorligingiz bor", mazmunidagi feyk "ilovalar" yuborilmoqda.

Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham shu mazmundagi xabarlar yuborilgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar kontraktining 35 foizi to’lab beriladi

— O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan;
— Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan;
— O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov-kontrakt shakli asosida o‘qishga qabul qilingan talabalarning to’lov-kontrakt miqdorining 35% O’zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan to’lab berish bo‘yicha arizalarni qabul qilish boshlandi.

Arizalar 15-fevralga qadar universitet Yoshlar yetakchisi tomonidan qabul qilinadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️Talabalar kontraktining 35 foizi to’lab beriladi — O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari safida muddatli harbiy xizmatni o‘tagan; — Harbiy qismlar qo‘mondonligining tavsiyanomasiga ega bo‘lgan; — O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga to‘lov…
❗️ARIZA NAMUNASI

Imtiyoz barcha davlat va nodavlat oliy ta'lim muassasalarining kunduzgi ta'lim shakli talabalari uchun amal qiladi.

Arizalar 15-fevralgacha, hujjatlar yig'ma jildi 25-fevralga qadar qabul qilinadi.

Ariza namunasini yuklab olish

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Huquqni muhofaza qilish akademiyasiga qabul boshlandi

Huquqni muhofaza qilish akademiyasi 2025-2026-o‘quv yili uchun "Tergov faoliyati" bakalavriat ta'lim yo‘nalishiga qabul boshlanganini e'lon qiladi. O‘qishga qabul qilish shartlari bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:

👉 https://proacademy.uz/uz-cyr/news/view?alias=2261

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kontrakt to‘loviga yo‘naltirilgan 12% daromad solig‘ini masofadan qaytarib olish mumkin

Buning uchun soliq organlariga bormasdan Soliq mobil ilova orqali shartnoma va toʻlov hujjatlarini (bitta pdf faylda skanerlangan holda) ilova qilib deklaratsiya yuborish mumkin.

“Soliq imtiyozini qaytarish” elektron xizmatida foydalanuvchining ish haqi va boshqa daromadlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar avtomatik shakllanadi.

Deklaratsiya yuborilganidan keyingi qadam – Keshbek va imtiyozlar bo‘limida "Ortiqcha to‘lovni qaytarish" xizmati orqali ariza yuboriladi.

Face ID orqali shaxsingizni tasdiqlang. Bu haqda batafsil videoqo‘llanmada.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 18 mln 750 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Ariza berish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilish, yoshlardaftari.uz sayti orqali onlayn ariza yoki 1093 raqami orqali bogʻlanish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.

Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;

➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.

✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"Qishki perevod" natijalari e'lon qilinishi uchun 8 kun qoldi

🔰 "Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risida nizom"ning ilovasiga ko'ra, bahorgi semestr bo'yicha (xalq tilida qishki perevod) arizalar natijasi fuqaroga 25-yanvardan 15-fevralgacha muddat oralig'ida ma'lum qilinadi.

Demak "qishki perevod" natijasi e'lon qilinishining so'nggi kuni 15-fevral hisoblanib, yakuniy sanagacha 8 kun muxlat qoldi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/10 14:12:57
Back to Top
HTML Embed Code: