Telegram Web
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Davlat va nodavlat OTMlar diplomi o'rtasida farq bormi?

O'zbekistonda litsenziya asosida faoliyatini olib borayotgan har qanday xususiy oliygoh beradigan diplom, davlat oliygohi beradigan diplom bilan bir xil yuridik kuchga ega.

Bazi davlat universitetlari tomonidan bilib-bilmasdan xususiy universitetlarni raqobatchi sifatida ko'rganligi uchun yoki dushman ko'zi bilan qaraganligi uchun aholi o'rtasida xususiy universitetlar diplomi o'tmaydi degan salbiy fikrni tarqatishga harakat qilyapti. — Rasul Kusherbayev


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Milliy sertifikat test javoblarini olib berishni va'da qilgan maktab direktori oʻrinbosari ushlandi

Namangan shahridagi umumtaʼlim maktablaridan birining direktor oʻrinbosari abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirishda yoʻnalish boʻyicha kimyo va biologiya fanlaridan imtiyoz beruvchi milliy sertifikat olish boʻyicha imtihonlarning test savollari va javoblarini mansabdor tanishlari orqali olib berish evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, 8 ming AQSH dollari va 156 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

Millatni uyg‘otish – uyg‘onganlarning vazifasi


© Abdulhamid Cho‘lpon

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygohlar kelajagi davlat siyosati darajasida qo'llab-quvvatlanmoqda

Nodavlat oliygoh talabalariga davlat tomonidan moddiy yordam koʻrsatiladi.

Nodavlat oliygoh talabalari uchun ham stipendiyalar moliyalashtirish tartibi tasdiqlandi.

Nodavlat oliygoh talabalari ham to‘lagan kontrakt pulidan 12% qaytarib olish huquqiga ega.

Nodavlat (xususiy) oliygoh talabalari 2-kursdan boshlab ishlashiga ruxsat berilishi rejalashtirilyapti.

Ayrim davlat oliygohlarini xususiylashtirish rejalashtirilmoqda.

Nodavlat taʼlim tashkilotlari rivojlanishini taʼminlash Konstitutsiyada belgilandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Subsidiya olishga arizalar qabuli boshlandi

📑 Ipoteka kreditlari boʻyicha subsidiyalar toʻlashning tasdiqlangan maqsadli koʻrsatkichlari doirasida arizalarni bugun 3-mart kuni soat 09:00 dan boshlab joʻnatish imkoniyati yaratildi. Bu haqida Iqtisodiyot va moliya vazirligi xabar berdi.

Arizalarni Davlat xizmatlari markazlari yoki Yagona portal (my.gov.uz) orqali topshirish mumkin. Bunda ariza beruvchi xohishi bilan uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlari kiritilishi mumkin.

Shuningdek, arizachi yoki uning turmush oʻrtogʻining (shu jumladan, kafil sifatida keltirgan yaqin qarindoshlari) oʻrtacha daromadi quyidagicha boʻlishi kerak:

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarda — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7 baravaridan 8 baravarigacha (hozirda 3,11 mln — 9,24 mln soʻm);

Toshkent shahrida — mehnatga haq toʻlashning eng kam miqdorining 2,7−9,2 baravari (hozirda 3,11 mln soʻm — 10,62 mln soʻm).

Eslatma PF–26-sonli Farmoni bilan joriy yilda ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar soni o‘tgan yilgiga nisbatan 1,5 baravarga oshirildi hamda dastur doirasida 30 000 nafar talabgorlarga ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiyalar ajratish belgilanmoqda.

Ariza topshirish uchun havola: https://my.gov.uz/oz/service/325

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️To'g'ridan-to'g'ri 3-kurs talabasi bo'ling

Tahririyatimizga kelib tushgan ma'lumotlarga ko'ra, firibgarlar tomonidan Respublikamizdagi bir nechta nomdor xususiy universitetlarga to'g'ridan-to'g'ri 2-3-kursdan o'qishga kiritib qo'yishni tarmoqlarda va'da qilishmoqda ekan.

Soxta transkript orqali hali ham qabuli ochiq "maxsus imtiyozga ega" xususiy universitetlarga o'qishni ko'chirish orqali yuqori kurslarda tahsilni davom ettirish mumkinligi aytilmoqda.

Murojaatlar (@nodavlatbot) botimizga foydalanuvchilar tomonidan yuborilgan fayllar ushbu xizmatni amalga oshirayotgan shaxs yurtimizdagi eng yirik xususiy universitet matbuot kotibi ekanligini ko'rsatmoqda. Xodim oilali ayol bo'lganligi sababli foto-videolarni e'lon qilishni lozim topmadik.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kun_hikmati

“Bugun Ovropa xalqi osmonga uchar ekan, bizda soch va soqol nizolari, ovropaliklar dengiz ostida suzar ekan, bizda uzun va qisqa kiyim janjallari.

Ovropa shaharlari bugun elektr bilan isitilur va yoritilur ekan, bizda maktablarda jo‘g‘rofiya va tibbiyotni o‘qitish-o‘qitmaslik ixtiloflari…“


© Munavvarqori Abdurashidxonov

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
“Xususiy oliygohlar qisqa vaqt ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi” — Bektosh Hotamov

“Xususiy oliygohlar qisqa vaqtning ichida davlat OTMlaridan o‘tib ketishni boshladi. Chunki xususiy ta’limda yuzaki narsalar yo‘q. Ya’ni komissiya keladi deb ochiq dars qilmaysiz. Sizning komissiyangiz ham, sizni rag‘batlantiradigan odam ham, jazo beradigan odam ham — bu sizning mijozingiz hisoblanadi. Xususiy ta’limda mana shu mijoz uchun ishlashadi”, dedi tadbirkor Bektosh Hotamov.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Ikki vazir kuch sinashibdi, tennisda)

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov va sport vaziri Adxam Ikromov Toshkent shahridagi rektorlar o‘rtasida o‘tkazilgan vazir kubogida stol tennisida kuch sinashibdi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat universitet keyinchalik yopilib ketsa ham u bergan diplom tan olinaveradimi?

‼️ "Nodavlat universitet men bitirib bo‘lganimdan keyin qachondir yopilib ketsa diplomim tan olinmasligi mumkinmi?

📺 O‘zbekiston telekanali orqali efirga uzatilgan "Munozara maydoni" ko‘rsatuvida sobiq Ta‘lim inspeksiyasi matbuot kotibi Shavkat Xo‘jaqulov ushbu savolga javob bergan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi – Shavkat Mirziyoyev

Bugun Koʻksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokida 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan tantanali marosim boʻlib oʻtdi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev nutqi davomida, ta’lim sohasiga doir islohotlarga ham aytib o’tdi.
 
Bu yil sharoiti ogʻir oilalardagi iqtidorli yoshlarni xorijda oʻqitish boʻyicha “Yorqin kelajak” loyihasini boshlayapmiz. Ushbu loyiha doirasida kamida 200 nafar qizimiz har yili dunyoning nufuzli oliygohlariga oʻqishga yuboriladi.

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Q.Sharipov, Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vaziri B.Zohidov, Savdo-sanoat palatasi raisi D.Vahobov tizimi esa yana 250 ming nafar xotin-qizni kasb-hunar va tadbirkorlikka oʻqitish uchun masʼul boʻladi.
 
Ayollari oʻqimishli va kasb-hunarli boʻlgan yurtda tinchlik va taraqqiyot boʻladi. Ayollari maʼrifatli boʻlgan xalq albatta baxtli boʻladi.
 
Shu bois, har bir oiladagi qizlarimiz bogʻcha, maktab bilan toʻliq qamrab olinishi, zamonaviy kasb-hunar va chet tillarini egallashi, oliy maʼlumotga ega boʻlishi uchun bundan buyon ham barcha sharoitlarni yaratamiz.

Xususan, bu yil 250 ming nafar qizimiz oliy taʼlimga qamrab olinadi. Bu 2017-yilga nisbatan 3,5 karra koʻp. Natijada har bir mahalladan 25-30 nafar xotin-qiz oliygohlarda taʼlim olish imkoniga ega boʻladi.
 
Buning uchun Oila va xotin-qizlar qoʻmitasi raisi Z.Mahkamova, Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri H.Umarova har bir maktabda yuqori sinfda taʼlim olayotgan qizlarimiz bilan ishlashni individual yondashuv asosida tashkil etib, ularni oliygohlarga tayyorlaydi- deyiladi nutq davomida.
 
Nutqning toʻliq matni ushbu havolada

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabani ishga qabul qilmaslik mumkinmi?

O‘zbekiston Respublikasining Mehnat va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga ko‘ra, talabani ishga qabul qilishni g‘ayriqonuniy ravishda rad etish ta'qiqlanadi.

🔰 MKning 119-moddasiga binoan, ish beruvchilar ishga qabul qilishni asossiz ravishda rad etishlari mumkin emas. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik kodeksining 49-moddasida ishga qabul qilmaslik yoki mehnat qonunchiligini buzgan mansabdor shaxslarga bazaviy hisoblash miqdorining 5-10 baravari miqdorida jarima solinishi belgilangan.

📝 Agar ishga qabul qilish rad etilgan bo‘lsa, murojaatchining talabiga binoan ish beruvchi uch kun ichida rad etish sabablarini yozma ravishda asoslab berishi kerak. Bu javob ishga qabul qilishga mas’ul shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi shart.

❗️Mehnat kodeksining 120-moddasiga muvofiq, agar ishga qabul qilmaslik qonunga zid deb hisoblasangiz, belgilangan tartibda shikoyat qilish va yetkazilgan moddiy va ma’naviy zarar uchun sudga murojaat qilish huquqingiz bor. Bu holatda, ishga qabul qilmaslikning qonuniyligini isbotlash ish beruvchining zimmasiga yuklanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Talabalar 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xushxabar

O‘zbekiston universitetlari QS World University Rankings by Subject 2025 reytingida: yangi natijalar va yutuqlar

12-mart kuni xalqaro nufuzli QS Quacquarelli Symonds agentligi tomonidan dunyoning eng yaxshi universitetlarining fan sohalari bo‘yicha reytingi — QS World University Rankings by Subject 2025 natijalari e’lon qilindi. Ushbu reytingda jahonning 101 ta davlatidan 1756 ta universitet 55 ta fandan baholandi.

2025-yilgi reytingda O‘zbekistonning 5 ta oliy ta’lim muassasasi 8 ta fan yo‘nalishi bo‘yicha Top 1000 universitetlar ro‘yxatidan joy oldi. O‘zbekiston uchun ushbu natija mamlakat tarixidagi eng yuqori natija bo‘lib, o‘tgan yilga nisbatan universitetlar soni 2 taga, yo‘nalishlar soni esa 4 taga ortdi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/39947

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat tashkilotlarga berilgan konstitutsiyaviy kafolat mustahkamlanmoqda

Qonunchilik palatasida muhokama qilingan nodavlat notijorat tashkilotlar faoliyatiga oid qonun loyihasida fuqarolik jamiyati rivojiga bevosita bogʻliq takliflarni koʻrdim. Bu eʼtiborga molik.

Birinchisi, endilikda nodavlat tashkilotlar oʻz ishlarini hech qanday toʻsiqlarsiz davom ettirishi mumkin. Yangi qonun ularni himoya qiladi va faoliyatiga noqonuniy aralashgan mansabdorlar jazolanadi.

Uzoq kutilgan qonun! Qonunda hech qanday oqibat keltirib chiqarmaydigan “nodavlat tashkilotlar faoliyatiga aralashishga yoʻl qoʻyilmaydi”, degan qoida bor edi. Endi, mana shu qoida haqiqatda kuchga ega boʻlyapti.

Ikkinchisi, nodavlat tashkilotlarga jarimalar kamaytiriladi – ortiqcha moliyaviy yuklamalar boʻlmaydi. Nazarimda, bunday miqdordagi jarimalarni belgilashdan asosiy maqsad – nodavlat tashkilotlarni sunʼiy ravishda qurqitib turish boʻlgandek.

Uchinchisi, jamoatchilik nazorati kuchayadi – davlat idoralari jamoatchilik takliflarini 1 oy ichida koʻrib chiqishi shart, aks holda maʼmuriy javobgarlikka tortiladi.

Toʻrtinchisi, xayriya faoliyati. Bu masalada videomurojaat ham qilgan edim. Firibgarlikda ayblanganlar jamoat fondi ocha olmasligi belgilanmoqda. Fondlarni “tozalashga” qaratilgan muhim qadam. Xalq ishonchini kuchaytirish kerak.

Beshinchisi, shaffoflik. Nodavlat tashkilotlar faoliyati, ayniqsa mol-mulki, moliyaviy manbalari jamoatchilikka ochiq boʻladi.

Loyihaning dastlabki koʻrinishida oʻzida ham yaxshi takliflar bor. Lekin buni jamoatchilik muhokamasi orqali yanada maromiga yetkazish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abituriyent2025

⚡️2025/2026-o‘quv yili bakalavriatga qabul uchun test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug‘i bilan 2025/2026-o‘quv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar boʻyicha test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi (mezonlar o‘tgan yilgi qabuldek qoldirildi).

💬 Unga ko‘ra:

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy 3 ta fan:

Ona tili (o‘zbek, rus, qoraqalpoq) x 10 ta;
Matematika x 10 ta;
O‘zbekiston tarixi x 10 ta;
30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

➡️ Bakalavriat ta’lim yo‘nalishiga mos bo‘lgan 2 ta fan:

1-fan: 30 ta savol x 3.1 ball = 93.0 ball
2-fan: 30 ta savol x 2.1 ball = 63.0 ball
60 ta savoldan jami 156,0 ball.

■ 2025/2026-o‘quv yili qabulida abituriyentlarga umumiy 5 ta fan bo‘yicha jami 90 ta test topshirig‘i beriladi. Bunda to‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 189 ballni tashkil etadi.

❗️Eslatma o‘rnida
👉 Fanlar majmuasi bu yerda
👉 Javoblar varaqasi bu yerda

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diplomsiz qolayotgan xususiy oliygoh talabalari yohud qog'oz diplom qayerga o'tadi?

Hemis dasturiga kiritilmaslik jiddiy oqibatlarni keltirib chiqaradi va allaqachon bu oqibatlar yuzaga kela boshladi. Hemisga kiritilmagan talabalarga diplom berilmasligi haqida ko'p bor takrorladik, natijani (rasmda) ko'rib turibsiz.

❗️Xususiy oliygoh talabalari diqqatiga!

Tahsil olayotgan oliygohingiz sizni hemis dasturiga kiritganmi yo'qmi aniqlashtirib oling. 4.5 yil vaqtingiz va pulingizni sarflab diplomsiz qolishingiz hech gap emas. Oliygoh hemisga ulangan bo'lishi mumkin, lekin talabalarini 100% kiritmagan bo'lishi ham mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Hemis @nodavlattalim.pdf
1.6 MB
#hemis

⚡️HEMIS dasturi asosida faoliyat yurituvchi nodavlat OTMlar ro'yxati (13.03.2025 holatiga)

2023/2024 o‘quv yilidan boshlab mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha nodavlat oliygohlar (xususiy, xorijiy) HEMIS dasturiga o'tish majburiyati yuklangan. Dasturga kiritilmagan talabalarga esa diplom berilmaydi.

Ushbu faylda 13-mart holatiga ko'ra, HEMIS dasturi kirib borgan respublika hududida tegishli litsenziya asosida faoliyat yurituvchi nodavlat (xususiy, xorijiy) OTMlar ro'yxati keltirilgan.

❗️Tavsiya, oliygohingiz hemisga ulangan bo'lsa ham sizni tizimga kiritganligini dekanatdan aniqlashtirib oling.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4️⃣4️⃣4️⃣ 🧠💡📚

📣 Diqqat! Bo‘sh ish o‘rinlari jamlangan yangi platforma ishga tushirildi!

Endi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ochiq ma’lumotlari asosida respublika miqyosidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotni Telegram bot orqali osongina olish imkoniyati mavjud.

Bot manzili: http://www.tgoop.com/mehnatuz_bot

Ushbu bot orqali:
🟢turli sohalar bo‘yicha real vaqt rejimida yangilanadigan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishingiz;
🟢malakangiz va qiziqishingizga mos ishlarni tezda topishingiz;
🟢talabalar uchun ham mos bo‘sh ish o‘rinlarini izlash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.

👉 @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz_bot

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yoshlar daftariga kiritilgan talabalarning 18 mln 750 ming so‘mgacha bo‘lgan to‘lov-kontrakt pullari to‘lab beriladi

Ariza berish uchun mahalla yoshlar yetakchisiga murojaat qilish, yoshlardaftari.uz sayti orqali onlayn ariza yoki 1093 raqami orqali bogʻlanish mumkin.

Vazirlar Mahkamasining 312-sonli (7.06.2022) qarori 35-bandi va mazkur nizomning 8-ilovasiga ko‘ra, quyidagi toifalar:

Temir daftarga kiritilgan oila farzandi;
Ayollar daftariga kiritilgan ayollar farzandi;
Ijtimoiy himoya yagona reestri ATga kiritilgan oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchasida tarbiyalangan o‘quvchi-talaba;
Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan, vasiylikka olingan kam taʼminlagan o‘quvchi-talaba;
Oila aʼzolarining kamida bittasi I guruh yoki har ikkisi II guruh nogironligi bo‘lgan kam taʼminlagn oilaning professional yoki OTM da taʼlim olayotgan farzandi;
Nogironligi yoki salomatligida nuqsoni bo‘lgan o‘quvchi-talaba;
Oilasi kam taʼminlangan talabaga to‘lab berilishi nazarda tutilgan.


Respublikamizdagi professional taʼlim tashkilotlarida taʼlim olayotgan, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasida faoliyat olib borayotgan davlat, nodavlat oliy taʼlim tashkilotlari va xorijiy oliy taʼlim tashkilotlarining filiallarida:

➡️ bakalavriatning kunduzgi, sirtqi va kechki shaklida;
➡️ magistraturaning kunduzgi yo‘nalishida taʼlim olayotgan talablarga to‘lov-kontrakt asosida o‘qish bo‘yicha yillik xarajatlarining bir qismi to‘lab beriladi.


✔️ Ushbu xarajatlarni to‘lab berish yoshlar yetakchisining ijobiy tavsiyasi asosida to‘lov-kontraktining 50 foizigacha, biroq BHM ning 50 baravari (18.750.000 so‘m) dan oshmagan miqdorda sxemaga muvofiq amalga oshiriladi.

To‘lov-kontrakt xarajatlarining bir qismini qoplab berish quyidagilar toifalarga amal qilmaydi:

ikkinchi va undan keyingi mutaxassislik;
qo‘shma taʼlim dasturlari;
tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida taʼlim olayotganlarga nisbatan tadbiq etilmaydi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 18:18:38
Back to Top
HTML Embed Code: