Telegram Web
O‘qituvchi bo‘lib ishlaydigan talabalarga ham sertifikat uchun ustama to‘lanadi

Milliy sertifikat olgan talaba-o‘qituvchilarga ham boshqa o‘qituvchilarga to‘langani kabi sertifikat uchun ustama to‘lanadi. Talaba bo‘lgani uchun ularga alohida qoida qo‘llanilmaydi.

Demak, sertifikat abituriyentlardan tashqari ped yo‘nalishlarda o‘qiyotgan talabalarga ham foyda berishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, umumta’lim fanlaridan milliy sertifikatlar uchun o‘qituvchilarga 20 foiz, xalqaro sertifikatlar uchun esa 50 foiz ustama to‘lanadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xorijda olingan diplomlarni tasdiqlatish uchun qancha mablag‘ talab etiladi?

O‘rta maxsus kasb-hunar, professional, oliy va oliy ta’limdan keyingi ta’lim sohasiga oid hujjatlarga apostil qo‘yish Bilimlarni baholash agentligi zimmasida.

Agentlikka ko‘ra, bu xizmat uchun talabgor BHMning 20 foizi (hozirda 66 ming so‘m) miqdorida to‘lov qiladi.

Hujjatlarga apostil qo‘yish bo‘yicha turli firmalarga murojaat qilish shart emas. Buning uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki my.gov.uz sayti orqali ariza berish imkoniyati mavjud.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat siyosatida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni qanday?

50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.


31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun)
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.


Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y)
Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.


Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi.

Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi.


Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)
Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.


Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)
Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Boshlang’ich ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy, ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ boshlang’ich sinf o’qituvchisi;
➡️ o'qituvchi-tarbiyachi;
➡️ qo'shimcha ta'lim pedagogi;
➡️ uslubiy ish rahbari;
➡️ o'qituvchi-psixolog;
➡️ direktorning o'quv ishlari bo'yicha o'rinbosari;
➡️ direktorning ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha o'rinbosari;
➡️ mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️ pedagog-targ'ibotchi;
➡️ maktabgacha va maktab ta'lim vazirligida metodist.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Chet tili imtihoni sanalari e’lon qilindi

Xabaringiz bor, chet tilini bilish darajasini aniqlash bo‘yicha imtihonlar sanasi 27–29-sentabrdan 22-sentabrga o‘zgartirilgan edi. Shunga ko‘ra imtihon sanasi sifatida 27–29-sentabrni tanlagan talabgorlar uchun ham test sinovlari quyidagi sanalarda bo‘lib o‘tadi:

✍️ test sinovining yozma qismi — 22-sentabr kuni;

🎤 gapirish
ko‘nikmasini baholash imtihonlari — 23–27-sentabr va 2–4-oktabr kunlari (dam olish kunlaridan tashqari) bo‘lib o‘tadi.

📱 Talabgorlar imtihon joyi, kuni va aniq vaqtini my.gov.uz saytining “Mening arizalarim” bo‘limidan bilishlari va ruxsatnomani yuklab olishlari mumkin.

📌 Talabgorlardan test sinoviga belgilangan vaqtdan kamida bir yarim soat oldin shaxsini tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki ID-karta) bilan kelishlari so‘raladi.

📍 Test sinovi o‘tkaziladigan joylar va ularning joylashuvi (geolokatsiya): https://telegra.ph/Chet-tilini-bilish-09-16

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagogika va psixologiya ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

👨‍🏫👩‍🏫 Pedagogika va psixologiya – taʼlim va tarbiya muammolarini tadqiq qiladigan psixologiya sohasi. U shaxsning maqsadga muvofiq rivojlanishini, bilish faoliyatining va insonda ijtimoiy ijobiy sifatlarni tarbiyalashning psixologik muammolarini oʻrganadi.

Ushbu yo'nalishni tamomlagach,
➡️ Pedagog-psixolog: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagog-psixolog va ijtimoiy pedagog bo‘lib ishlash;
➡️ O‘qituvchilik: akademik litseylar hamda kasb-hunar kollejlarida pedagogika va psixologiya o‘qituvchisi bo‘lib ishlash;
➡️ Tarbiyachilik: umumiy o‘rta ta’lim maktablari, akademik litseylar va kasb-hunar kollejlaridan tashqari muassasalarda tarbiyachi bo‘lib ishlash;
➡️ O‘quv-metodik: mos ta’lim yo‘nalishlar bo‘yicha ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib ishlash,
➡️ ilmiy-tadqiqot muassasalarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash mumkin.  

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Biznes-ombudsman sudda xususiy institut manfaatini himoya qildi

Navoiy innovatsiya instituti litsenziyasini bekor qilish yuzasidan sudga murojaat qilinganligidan norozi boʻlib Biznes-ombudsmanga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan institut litsenziyasini bekor qilish boʻyicha sudga daʼvo arizasi kiritilgan. Vazirlik tomonidan institut faoliyatida bir qator qoidabuzarliklar aniqlanganligi, jumladan, taʼlim faoliyati litsenziyada koʻrsatilmagan manzilda olib borilgani, oʻquv adabiyotlari yetishmasligi, oʻquv auditoriyalari va laboratoriyalar talablarga javob bermasligi kabi kamchiliklar asos qilib koʻrsatildi.

Vakil devoni xodimlari tomonidan sudda institut manfaati himoya qilindi. Karmana tumanlararo iqtisodiy sudida institut tomonidan aniqlangan kamchiliklarning asosiy qismi bartaraf etilganligi, qoidabuzarliklar tizimli xususiyatga ega emasligi va jiddiy salbiy oqibatlarga olib kelmaganligi inobatga olinib, vazirlikning daʼvo arizasini qanoatlantirish rad etildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
7105261.pdf
1.2 MB
⚡️Rasman: Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi.

Hukumatning 2024-yil 16-sentabrda bu haqida qarori qabul qilindi. Qaror bilan batafsil fayl orqali tanishib chiqishingiz mumkin.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Ta'lim krediti berish tartibiga o'zgartirish kiritildi

Vazirlar Mahkamasining (19.09.2024) №-579-sonli qaroriga ko'ra,

2024/2025 o‘quv yilidan boshlab ta’lim krediti ikkinchi va undan yuqori bosqich talabalari uchun fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi "3" dan past bo‘lgan taqdirda, to‘lov-kontrakt summasining ko‘pi bilan 80 foizi miqdorida ajratiladi, bunda kredit to‘lov-kontrakt summasining dastlabki 20 foizi talaba tomonidan to‘langandan keyin ajratiladi;

"3" va undan yuqori bo‘lgan taqdirda va (yoki) "Ijtimoiy himoya yagona reyestri"ga kiritilgan oilalarning ta’lim olayotgan a’zolari uchun ta’lim krediti to‘lov-kontrakt summasi miqdorida ajratiladi.

Joriy o‘quv yili uchun ta’lim kreditini olmoqchi bo‘lgan talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi avvalgi o‘quv yili yakuni bo‘yicha "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimidan olinadi.

Talabaning fanlarni o‘zlashtirishning o‘rtacha ko‘rsatkichi ko‘rsatkichi va tegishli ma’lumotlari "Oliy ta’lim jarayonlarini boshqarish” (HEMIS) axborot tizimi, to‘lov-kontrakt to‘g‘risidagi ma’lumotlari esa "Talabalarga shartnoma asosida ko‘rsatiladigan xizmatlar hisobini yuritish" (kontrakt.edu.uz) axborot tizimi orqali avtomatik tarzda shakllantiriladi.

Kredit oluvchi ta’lim krediti olish uchun belgilangan tartibda Iqtisodiyot va moliya vazirligining rasmiy veb-saytida e’lon qilingan tijorat banklariga "Yagona interaktiv davlat xizmatlari" (my.gov.uz) portali, "Ta’lim krediti" (ta'lim-krediti.mf.uz) axborot tizimi yoki to‘g‘ridan- to‘g‘ri murojaat qiladi.

Kredit oluvchi tomonidan ta’lim kreditini olish uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat bankiga murojaat qilinganda, tijorat banki ular uchun ochilgan "Ta’lim krediti" (talim-krediti.mf.uz) axborot tizimidagi shaxsiy kabinet orqali ta’lim krediti olish to‘g‘risidagi arizani shakllantiradi. Manba

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kollej va texnikumlarda o‘qishni xohlovchilarga qo‘shimcha imkoniyat berilmoqda.

25-sentyabrga qadar my.uzbmb.uz orqali onlayn yoki bevosita ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishlari lozim

🔰Ota-onalar va abituriyentlarning murojaatlarini inobatga olib, shuningdek, kasb egallash istagida bo‘lgan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida 2024/2025-o‘quv yili uchun kollej va texnikumlarga qabul qilish bo‘yicha quyidagi imkoniyatlar taqdim etilmoqda:

bo‘sh o‘rinlari (vakant) mavjud bo‘lgan kollej va texnikumlarga abituriyentlar test natijalari asosida ikkita mutaxassislik fani (fanlar ketma-ketligidan qat’i nazar) mos bo‘lgan tegishli kasb (mutaxassislik)ni tanlashlari mumkin;

abituriyentlar ta’lim tilini o‘zgartirgan holda kollej va texnikumlarning tegishli kasb va mutaxassisliklarini tanlashlari va tanlovda ishtirok etishlari mumkin;

kirish imtihonlarida ishtirok etib, my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali professional ta’lim muassasalarini tanlamagan abituriyentlar ish beruvchilar bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq kollej va texnikumlarga dual ta’lim shakli bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri qabul qilinadi;

my.uzbmb.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tmagan yoki kirish imtihonlarida ishtirok etmagan, biroq kollej va texnikumlarda kechki yoki sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha o‘qish istagidagi fuqarolarga yozma imtihonlar orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinadi.

⚠️ Diqqat! Kollej/texnikumlarning kunduzgi ta’lim shakli kasb va mutaxassisliklari uchun tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lganlar my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn, kechki va sirtqi ta’lim shakllarida o‘qish istagidagilar bevosita kollej va texnikumning o‘ziga murojaat qilishlari lozim.

✔️Shu munosabat bilan, kollej va texnikumlarning 1-kurslari uchun o‘quv jarayoni 2024-yil 2-oktyabrdan boshlanadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Abu Rayhon Beruniy universiteti posti nega oʻchirildi?

Xabaringiz bor, bir necha kun avval "Abu Rayhon Beruniy" MCHJga litsenziya berilgani, litsenziyada yurisprudensiya yoʻnalishi ham borligi haqida post qoldirgan edik, post tezda oʻchirildi.

Bizga maʼlum qilishlaricha, litsenziya masʼul departament ijobiy xulosasi orqali emas, texnik xatolik tufayli shakllangan. Vazirlik MCHJ taʼsischilarini ogohlantirib, abituriyentlarni qabul qilmaslikka chaqirgan.

Maʼlumotlarga koʻra, hozirda vazirlik sudga taqdimnoma kiritish jarayonida.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Yana bir oliygohga litsenziya berildi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 16.09.2024 sanasida "Amerika texnologiyalar universiteti" MCHJga nodavlat oliy ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish uchun litsenziya taqdim etildi.

Avvalroq “Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universitetini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida”gi Prezident Qarori (PQ-261-son, 17.07.2024 y.) qabul qilingan edi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sud xususiy universitet litsenziyasini bekor qilish haqidagi da’voni ikkinchi marta rad etdi

Bizga bildirishlaricha, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti litsenziyasini bekor qilish bo'yicha kiritgan da'vo arizasi ikkinchi bor rad etilgan.

Birinchi instansiya Chirchiq tumanlararo iqtisodiy sudi tomonidan ko'rib chiqilib vazirlik da'vosi rad etilgan edi.

Sud qaroridan norozi vazirlik apellatsiya shikoyati kiritgan. Apellatsiya Toshkent viloyati sudida ko'rib chiqilib, qaror o'zgartirishsiz qoldirilgan va vazirlik ko'rsatgan vajlar asossiz deb topilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Rasmiy munosabat

@nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari telegram kanalida “Abu Rayhon Beruniy universiteti posti nega oʻchirildi?” sarlavhasi ostida e’lon qilingan xabarga munosabat.

“Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat ta’lim tashkiloti Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2024-yil 21-avgustda berilgan L-44091377-sonli litsenziya asosida faoliyat olib bormoqda. Bugungi kunda Universitetga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan hech qanday ogohlantirish xati kelib tushmagan hamda abituriyentlarni qabul qilmaslikka chaqirilmagan. Qolaversa, kanal ma’muri tomonidan e’lon qilingan ushbu xabar biron-bir dalil bilan asoslantirilmagan bo’lib “bizga ma’lum qilishlaricha” deb yozilgan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, kanal ma’murini tasdiqlanmagan xabarlarni tarqatmaslikka chaqiramiz hamda o’z telegram kanalida xabar yuzasidan raddiya berishni talab qilamiz.

P/S. Xolislik yuzasidan ikkinchi taraf munosabati berildi, mavzuga birozdan so'ng qaytamiz.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Litsenziya texnik xatolik tufayli ham chiqib ketadimi? - Albatta, bu birinchisi emas!

2023-yil fevral oyida 3 ta xususiy oliygohga litsenziya avtomatik (texnik xatolik bilan) chiqib ketgan edi.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi arizalarni vaqtida ko'rib chiqmaganidan so'ng tizimda avtomatik ijobiy xulosa shakllangan. Litsenziya avtomatik chiqadimi, tabiiy chiqadimi, uni bekor qilish uchun sudga murojaat qilinishi shart.

Avtomatik chiqib ketgan 3 ta oliygoh litsenziyasi sud orqali ancha avval bekor qilingan.

Bektosh Xotamov savol beryapti - Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligida shunaqangi litsenziyani texnik xatolik bilan berib yubora oladigan odamlar ishlaydimi?

Afsuski ishlaydi, ishlaganda ham bu xatoni muntazam qilib keladi!

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Litsenziya avtomatik chiqib ketsa nima bo'ladi?

O'zbekiston Respublikasining "Litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari to'g'risida"gi Qonunining 28-moddasiga asosan vakolatli organ tomonidan ariza belgilangan muddatlarda ko'rib chiqilmagan taqdirda tizim tomonidan ijobiy xulosa avtomatik ravishda shakllanadi va talabgor belgilangan davlat bojini yoki yig'imni toʻlaganidan keyin maxsus elektron tizim vositasida unga litsenziya yoki ruxsat etish xususiyatiga ega hujjat beriladi.

Bunda talabgor litsenziyasiz va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatsiz faoliyat bilan shug'ullanganlik uchun javobgarlikka tortilishi mumkin emas hamda vakolatli organlar ehtimol tutilgan barcha oqibatlar uchun javobgar boʻlishi belgilangan.

Abu Rayhon Beruniy universitetiga berilgan litsenziya qonuniy kuchga ega, bundan tashqari universitet vakillari hech qanday ogohlantirish berilmaganini ma'lum qildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining litsenziyasini bekor qilish bo'yicha sud majlisi 18-sentabrga qoldirildi. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Yana qoldirildi.

Ijtimoiy va siyosiy fanlar institutining litsenziyasini bekor qilish bo'yicha sud majlisi 27-sentyabrga qoldirildi.

Avvaloq, 9-sentyabrga belgilangan sud 18-sentabrga qoldirilganini xabar bergan edik.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bankomatni buzib, ichidagi pullarni oʻgʻirlayotganda qoʻlga olingan talabalarga sud hukmi oʻqildi!

Ikki nafar Universitet talabasi va bir nafar voyaga yetmagan shaxslar bir guruh boʻlib bankomatlarni buzib, ichidagi 177 mln soʻm pul mablagʻlarini oʻgʻirlayotgan vaqtda qoʻlga olingan.

Sud majlisida ikki nafar talabaga 4 yildan ozodlikdan mahrum qilish jazolari tayinlandi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Maktabgacha ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Maktabgacha ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida:
➡️ Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyachisi;
➡️ Ixtisoslashtirilgan bolalar
maktabgacha ta’lim muassasalari
tarbiyachisi;
➡️ Oilaviy tarbiyachi;
➡️ Mehribonlik uyi tarbiyachisi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
“Yuridik universitetga 4 ball yetmadi, shunda ham 317 mln so‘m to‘lashim kerak ekan” - Super kontraktda nima o‘zgardi?

Shu yildan kuchga kirgan tartibga ko‘ra, abituriyent o‘zi tanlagan 2–5-OTMlardan biriga o‘qishga qabul qilinsa, birinchi OTMda ayrim shartlar asosida superkontraktda o‘qiy oladi. Bu yangilik biroz tushunmovchiliklarga sabab bo‘lmoqda.

👉 https://kun.uz/99628811

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/14 12:46:59
Back to Top
HTML Embed Code: