Telegram Web
⚡️Endilikda medinstitutlarni tugatayotgan talabalar shifokor bo‘lib ishlash uchun imtihon topshiradi

Joriy o‘quv yilidan barcha davlat va nodavlat tibbiyot OTMlarida 2 bosqichli davlat imtihonlarini o‘tkazish tizimi joriy etiladi.

➡️ 1-bosqichda talabalar fundamental fanlar bo‘yicha yakuniy davlat imtihonlarini;

➡️ 2-bosqichda klinik fanlardan imtihon topshiradi.

✉️ Dastlabki imtihonni muvaffaqiyatli topshirganlarga kursdan kursga o‘tishga, klinik bilimlarga oid sinovlarda yaxshi natija ko‘rsatganlarning esa amaliyotda shifokor bo‘lib ishlashiga ruxsat etiladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Dasturiy injiniring yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

➡️ Kasbiy avtomatlashtirilgan va kompyuter tizimlarining matematik va dasturiy ta'minoti;
➡️ Avtomatlashtirilgan loyihalash tizimlari;
➡️ Axborotni qayta ishlash, mikroprosessorli tizimlarning dasturiy ta'minoti;
➡️ Axborot-kommunikasiya tizimlarini va texnologiyalari texnik va dasturiy vositalarini loyihalash, sozlash, ishlab chiqarish va amaliyotga tatbiq qilish jarayonlari;
➡️ Davlat interaktiv xizmatlari elektron hukumat tizimlarida elektron xujjat aylanishi va ma'lumotlar bazalarida axborot almashinuvini shakllantirish;
➡️ Elektron hukumat tizimlarida elektron hujjat aylanishi va ma'lumotlar bazalarida axborot almashinuvini shakllantirish dasturiy ta'minotlarini ishlab chiqish;
➡️ Ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo'lib ishlash
huquqiga ega bo'ladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili) yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

🎓 Ushbu bakalavriat ta‘lim yo‘nalishi maktabgacha ta’lim, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, prоfessiоnal ta’lim muassasalari va texnikumlari, xоrijiy tillaridan tarjimоn talab etiladigan tashkilоtlar, gazeta va jurnallar tahririyati, nashriyotlar, sоhaga оid ilmiy-tadqiqоt tashkilоtlar, kutubxоnalar, turli qo‘lyozma va kitоblar saqlanadigan fоndlar;
ixtisоslik sоhasiga оid bоshqa tashkilоtlarga mutaxassislarni tayyorlaydi. Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyatlar asosida ishlashlari mumkin:

➡️ O'qituvchilik;
➡️ Ilmiy faoliyat;
➡️ Nashriyot va boshqalar.

➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️1-bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi

Ma’lumki, Vazirlar Mahkamasining 605-son qaroriga asosan oliy ta’lim muassasasidan uzoq joylashgan hududlardan kelgan birinchi bosqich talabalari (doimiy yashash joyi boshqa tumanda (shaharda) bo‘lgan ijara asosida yashaydigan talabalar)ga sentyabr va oktyabr oylari uchun ijara shartnomasi talab etmasdan oylik ijara to‘lovining bir qismi qoplab berilishi belgilangan.


Shu munosabat bilan, joriy o‘quv yilida talabalar safiga qabul qilingan va talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan birinchi bosqich talabalar uchun 24–27-sentyabr kunlari ijara to‘lovining bir qismini qoplab berilishi yuzasidan onlayn ariza yuborish imkoniyati yaratildi.

❗️Eslatma: Nizomga asosan “talabalar turar joyi bilan qamrab olinmagan” deganda yotoqxonada turishga ehtiyoji bor, ammo joylar soni cheklanganligi bois ijarada turishi taqozo qilgan talabalar tushuniladi. Shu bois, o‘z ixtiyoriga ko‘ra ijarada turuvchilarga kompensatsiya to‘lovlari belgilanmasligi eslatib o‘tiladi.

Arizalar vazirlikning kontrakt.edu.uz platformasi orqali faqat onlayn qabul qilinadi.

Ma’lumot o‘rnida, 2024/2025-o‘quv yili 9-sentyabrdan boshlanganligini inobatga olib, ijara huquqi asosida yashayotgan talabalarga qulaylik yaratish maqsadida ishchi tartibda talabalardan onlayn ariza qabul qilish joriy yilning 16-sentyabr sanasiga qadar amalga oshirildi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nima sababdan magistratura bosqichida o‘qishni ko‘chirish mumkin emas?

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘qishini ko‘chirish, qayta tiklash va o‘qishdan chetlashtirish tartibi to‘g‘risidagi Nizomning 232-bandiga muvofiq xorijiy oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichida tahsil olayotgan talabalar o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirilishiga ruxsat etilmasligi belgilangan.

Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 2-martdagi 36-son qarori bilan tasdiqlangan Magistratura to‘g‘risidagi Nizomga muvofiq magistratura talabalariga birinchi o‘quv yilining birinchi ikki oyida magistrlik dissertatsiyalari mavzulari va ularga biriktirilgan ilmiy rahbarlar tasdiqlanadi.

Magistratura talabalarining magistrlik dissertatsiyalarini tayyorlash jarayoni birinchi kursning birinchi semestridan boshlanadi. Magistratura talabalari o‘qishining ko‘chirilishi natijasida ularning qolgan muddatda magistrlik dissertatsiyalarini yangidan belgilangan talablar darajasida tayyorlash imkoni mavjud emas. Yuqoridagilarga ko‘ra, magistratura bosqichida talabalar o‘qishini ko‘chirish maqsadga muvofiq emas deb hisoblanadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tarix yo'nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashi mumkin?

Davlat va nodavlat tashkilotlarda:
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktablarda tarix fani o‘qituvchisi;
➡️ O‘rta maxsus va professional ta’limda tarix fani o‘qituvchisi;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

Bakalavr kasbiy faoliyatlarining ob’ektlari:
➡️ Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ Davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida;

Yo‘nalish bo‘yicha bakalavr kasbiy faoliyatlarining turlari:
➡️ pedagogik;
➡️ ilmiy-tadqiqot;
➡️ ma’naviy-ma’rifiy;
➡️ tashkiliy-boshqaruv.

Boshqa yo'nalishlar:
➡️ Iqtisodiyot
➡️ Psixologiya
➡️ Dasturiy injiniring
➡️ Maktabgacha ta'lim
➡️ Boshlang’ich ta'lim
➡️ Maxsus pedagogika
➡️ Pedagogika va psixologiya
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (ingliz tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (rus tili)
➡️ Filologiya va tillarni o'qitish (o'zbek tili)

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xorijiy til va adabiyoti (ingliz tili) yo'nalishi bitiruvchilar qanday kasblarda ishlaydilar?

🎓 Xorijiy til va adabiyoti: ingliz tili ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, maktabgacha ta’lim muassasalari, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida faoliyat olib boradilar.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ Ingliz tili va adabiyoti fanlaridan o'qituvchi;
➡️ ta’lmiy-madaniy xizmat ko‘rsatuvchi xususiy madaniy markazlari va nodavlat xalqaro tashkilotlarda maslaxatchi;
➡️ menejer;
➡️ gid-tarjimon;
➡️ ekskursovod;
➡️ ko‘rgazma tashkilotchisi;
➡️ jurnalist;
➡️ publitsist.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Pedagogika yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

🎓 Pedagogika ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha bakalavriat bitiruvchilari o‘qishni tamomlagandan so‘ng, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida, maktabdan tashqari ta’lim muassasalarida tarbiya fanlaridan zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalangan holda dars berish, pedagogika ta’lim fanlar yo‘nalishidagi ilmiy-tadqiqot tashkilotlarida kichik ilmiy xodim bo‘lib ishlash, ta’lim tizimida kabinet mudiri, laborant va unga tenglashtirilgan lavozimlarda ishlash ishlab chiqarish korxonalari laboratoriyalarda kompleks masalalarni yechish huquqiga ega bo‘ladi.

Ishlashi mumkin bo'lgan muassasalar:
➡️ umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida;
➡️ mahalliy o‘z-o‘zini boshqarish organlari hamda joylardagi ma’naviyat va ma’rifat markazlarida;
➡️ davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktab o‘qituvchisi kasb standartiga muvofiq umumiy o‘rta ta’limda tarbiya fani o‘qituvchisi maqomida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ o‘rta maxsus va professional ta’limda pedagogika fani o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda umumiy o‘rta ta’lim maktablarida laborant sifatida faoliyat yuritish kabi ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori kasb standartiga muvofiq ta’lim muassasasini boshqarish;
➡️ mahallada yoshlar yetakchisi;
➡️ ta’limni amalga oshiruvchi vazirliklar, uning tarmoq boshqarmalari va muassasalarida metodist bo‘lib faoliyat olib borish
➡️ umumiy o‘rta ta’lim maktabi, professional ta’lim muassasalari, oliy ta’lim muassasalarida laborant, kabinet mudiri, metodist sifatida faoliyat yuritish kabi kompleks masalalarni majmuasini qamrab oladi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Oliy ta'lim vaziri metroda

Avtomobilsiz kun doirasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipovnng jamoat transportidan foydalangannini ko‘rgan talabalar bundan hayratga tushdi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Texnikum bitiruvchilariga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi

Endi texnikum bitiruvchilarga 70 ta davlatda tan olinadigan diplom beriladi hamda 200 dan ortiq xorijiy universitetlarga kirish imkoni yaratiladi. Texnikumlarda taʼlim sifati va jozibadorligini oshirish maqsadida xalqaro taʼlim dasturlari yoʻlga qoʻyiladi. Dastlab, tajriba tariqasida, 14 ta texnikumda Angliyaning “BTEC” dasturi joriy etiladi.

Kasbiy malaka va bilimlarni rivojlantirish respublika kengashiga Bosh vazir raislik qiladi. Uning tarkibida 24 ta yangi tarmoq kengashlari tuziladi.

Shuningdek, Taʼlim sohasidagi loyihalar ofisi huzurida Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti faoliyati yoʻlga qoʻyiladi. Institut rivojlangan davlatlar tajribasi asosida Milliy malaka ramkasini yangi tahrirda qabul qiladi. Lavozim va kasblar klassifikatori qayta koʻrib chiqiladi, 100 ga yaqin zamonaviy kasblar kiritilib, hozir amaliyotda boʻlmaganlari chiqarib tashlanadi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#rasmiy_bayonot

“Abu Rayhon Beruniy universiteti” NTMda nodavlat ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish faoliyati uchun 2024-yil 21-avgust kuni tizimda yuzaga kelgan texnik nosozlik sababli xato berilgan (avtomatik shakllangan) litsenziyani (№ 363695-raqamli) bekor qilish shaklidagi huquqiy ta’sir chorani qo‘llash to‘g‘risida Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga ariza kiritildi.

Abituriyentlar va ularning ota-onalariga “Abu Rayhon Beruniy universiteti” nodavlat oliy ta’lim tashkilotiga o‘qishga kirish uchun hujjat topshirmaslik, to‘lov shartnomasini olmaslik va o‘qish uchun to‘lovni amalga oshirmaslik tavsiya etiladi.

Shuningdek, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga kirmoqchi bo‘lgan talabgorlar vazirlikning stat.edu.uz saytidagi ro‘yxatda mavjud oliy ta’lim tashkilotlariga hujjat topshirishi maqsadga muvofiqligini ma’lum qilamiz.

© Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi

Avvalroq tahririyatimiz tomonidan mavzuga to'xtalgan edik: https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2294

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Texnologik ta'lim yo‘nalishi bitiruvchilari qanday kasblarni egallashlari mumkin?

Faoliyat obyektlari:
➡️ Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional ta’lim muassasalarida;
➡️ Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tizimidagi idoralarda;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida;
➡️ Tabiiy, iqtisodiy-ijtimoiy geografiya, ekologiya va atrof-muhit muhofazasi, geografiya ta’limi, iqtisodiyot sohalaridagi muammolar va ularning yechimlari sohalarida;
➡️ Davlat boshqaruv organlari, o‘rta, o‘rta maxsus kasbiy ta’limning davlat va nodavlat muassasalarida.

Bitiruvchilar quyidagi kasbiy faoliyat sohalari bo'yicha ishlashlari mumkin:
➡️ Texnologiya fani va kasb tanlashga yo‘llash o‘qituvchisi;
➡️ O‘rta maxsus va professional ta’limda mutaxassislik fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ Maktabdan tashqari ta’limda to‘garak fanlari o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ Tashkilotlarda hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash ishlari bilan shug‘ullanish va fan o‘qituvchisi sifatida pedagogik faoliyat olib borish;
➡️ O‘zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi va tarmoq ilmiy-tadqiqot institutlarida hamda mustaqil tadqiqotchi sifatida ilmiy-pedagogik tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanish;
➡️ Umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktori;
➡️ laborant;
➡️ kabinet mudiri;
➡️ tyutor.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

25-sentyabr kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida “Ta’lim sohasini rivojlantirishda nodavlat sektorining o‘rni: muammo va yechimlar” mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Unda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev boshchiligidagi mutasaddilar, “Yosh ziyokor” nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi raisi Rasul Kusherboyev hamda nodavlat oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdi.

Davra suhbatida nodavlat oliy ta’lim muassasalarining 2024-yil 1-mavsum uchun reytingi taqdimoti, nodavlat oliy ta’lim tashkilotlari faoliyatidagi muammo va kamchiliklar hamda ularning yechimi yuzasidan atroflicha fikr almashildi.

Shuningdek, nodavlat ta’lim tashkilotlarida sifatga erishish, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni kuchaytirish, sohaga doir normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va takomillashtirishda hamkorlik qilish, ta’lim islohotlarida jamoatchilik institutlari ishtirokini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda “Yosh ziyokor” NTT o‘rtasida memorandum imzolandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliy ta'lim muassasalari reytingi ishlab chiqildi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Rasul Kusherbayev boshchiligidagi «Yosh ziyokor» nodavlat ta’lim tashkilotlari uyushmasi o‘rtasida memorandum imzolandi hamda uyushma tomonidan nodavlat oliygohlar reytingi ishlab chiqildi.

Reytingni hisoblashda 5 ta ko‘rsatkich asos qilib olindi. Bular;

100 talabaga to‘g‘ri keladigan professor-o‘qituvchi;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan sirtqi o‘rinlar;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar,
100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba.

O‘zbekistonda nodavlat OTM statistik ko‘rsatkichlari:

100 talabaga to‘g‘ri keladigan o‘qituvchi - 3 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan grant o‘rinlari - 1 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan sirtqi o‘rinlar - 54 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan boshqa viloyatlik talabalar - 48 ta;
100 talabaga to‘g‘ri keladigan ayol talaba - 53 ta.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 23:01:30
Back to Top
HTML Embed Code: