Telegram Web
⚡️Bitiruvchi talabalarni ishga qabul qilishda sinov muddati qo'llash mumkinmi?

Sinov muddati uzog'i bilan uch oy muddatga xodimning ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish, mehnat shartnomasida kelishilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi uchun tuziladi.

Biroq quyidagi shaxslar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi (MK 129-modda):
👉 homilador ayollar;
👉 uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar;
👉 korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar;
👉 o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari.

❗️Bundan ko'rinadiki, talabalar OTMni bitirgach ishga 1-marotaba ishga kirayotganida sinov muddati belgilashga qonunan yo'l qo'yilmaydi.

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Xususiy oliygoh tanlayotganda uning HEMIS dasturiga kiritilganini ham aniqlashtiring!

2023-2024 o‘quv yilidan boshlab mulkchilik shaklidan qat'iy nazar, barcha nodavlat oliygohlar (xususiy va xorijiy OTM filiallari) HEMIS dasturiga o'tish majburiyati yuklanmoqda. Dasturga kiritilmagan talabalarga esa diplom berilmaydi. Davlat oliygohlarida o'qitish tizimi HEMIS dasturi asosida kredit-modul hisobida o'qitiladi. Nodavlat oliygohlarning ham ko'pchiligi ushbu dasturda ta'lim berib kelishmoqda.

Biroq, endilikda ushbu dastur asosida o'qitilmaydigan nodavlat oliygohlarning bitiruvchilariga diplom berilmaydi. Yangi o'quv yiliga qadar barcha nodavlat oliygohlari HEMIS dasturiga o'tishi va talabalik safiga qabul qilingan barcha talabalari dasturga kiritilgan bo'lishi lozim.

Dasturga kiritilmagan xususiy oliygoh talabalariga diplom berilmaydi!

Xususiy oliygoh talabalari ham diplomlarini davlat oliygoh talabalari kabi diplom.edu.uz platformasidan yuklab olishlari mumkin bo'ladi.

Avval xabar berganimizdek, hemis dasturiga kiritilmagan talabalarga imtiyozli ta’lim kreditlari ham ajratilmayapti: https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2176

😀😃😄😁😆🥹😅😂🤣

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#tabrik

Qoʻngʻirotboy SHARIPOV, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri:

Hurmatli ustozlar, professor-oʻqituvchi, murabbiylar!

1-oktyabr – jamiyat taraqqiyotida oʻqituvchi va murabbiylarning oʻrni qanchalik muhim ekani tarannum etiladigan ezgulik bayramidir. Oʻzbekistonda bu kun oʻz hayotini kelajak avlodni oʻqitish va tarbiyalashga bagʻishlagan Siz ustozlarga hurmat va minnatdorlik bildiramiz.

Soʻnggi yillarda mamlakatimizda taʼlim sohasida jiddiy oʻzgarishlar roʻy berdi va bu oʻzgarishlarning markazida oʻqituvchilar turibdi. Konstitutsiyada ilk bor oʻqituvchi maqomi alohida belgilanishi, yangi qonunlarning qabul qilinishi, davlatimiz taraqqiyot strategiyasining amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy taʼlim uslublarining joriy etilishi taʼlim tizimini sifatli rivojlantirish uchun asos boʻlmoqda.

Sizlar millat kelajagini shakllantiruvchi yetakchilarsiz – bilim berish bilan bir qatorda yoshlarning fikri, dunyoqarashini oʻzgartirib, millat xarakteriga taʼsir koʻrsatish kuchiga egasiz. Davlatimiz rahbari aytganlaridek “Bizning dunyodagi eng aziz va moʻtabar xazinamiz – bu umrimiz guli va mevasi boʻlgan farzand va nabiralarimizdir”. Siz mana shu farzandlarimiz va nabiralarimizning intiluvchan, yaratuvchan, yangiliklarga tashna, adolatparvar, mehnatkash, haqiqatgoʻy insonlar boʻlib yetishishlariga sababchisizlar.

Prezidentimizning bugungi nutqlarida “Biz mamlakatimizda yangi islohotlarni boshlagan birinchi kunlardan eʼtiboran ana shu ogʻriqli masalani hal etishga – oʻqituvchilarni, bolalar va ayollarni majburiy mehnatdan xalos qilishga kirishdik. Qatʼiy iroda va intilish bilan bu noxush holatlar bugun tarixga aylandi” degan gaplarini tinglarkanmiz, oʻqituvchilarimiz yaqin-yaqinda ham kasb bayramlarini changga botib, paxtazorda oʻtkazishlari xayolimizdan oʻtadi. Muloqotda bugungi kunda barcha soha va tarmoqlardagi islohotlar inson qadri, uning huquq va manfaatlarini taʼminlashga qaratilayotgani taʼkidlandi.


Aziz oliy va professional taʼlim sohasi vakillari!

Ustoz va murabbiylar bayrami munosabati bilan Sizlarning kelajak avlodlar tarbiyasi va taʼlim-tarbiyasi yoʻlidagi mash Ali mehnatingizga ulkan muvaffaqiyatlar tilayman! Ilmiy kashfiyotlar, yangiliklar va taraqqiyot poydevorini shakllantirishdagi saʼy-harakatlaringiz hamisha yutuqlarga boy boʻlsin!

Har kuni siz yoshlarga yangi bilim ufqlarini ochasiz, ularga dunyoda oʻz yoʻllarini topishga yordam berasiz, ularning qobiliyatlarini sayqallaysiz va ularga ilhom bagʻishlaysiz. Sizning aql-zakovatingiz, professionalligingiz va mukammallikka intilishingiz tufayli zamonaviy dunyo sinovlariga tayyor mutaxassislar yetishib chiqmoqda. Sizning mehnatingiz tufayli olgʻa intilmoqdamiz, xalqaro maydonda oʻz oʻrnimizni mustahkamlab, raqobatbardosh taʼlim yaratmoqdamiz.

Barchangizga sihat-salomatlik, kuch-gʻayrat, yangi ilmiy va pedagogik gʻalabalar hamda shogirdlaringizning ulkan yutuqlarini tilayman!

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Edu.uz
#tabrik

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni

Bayramingiz muborak bo‘lsin aziz ustozlar!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Forwarded from Akhtam Yakubov blogi
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezidentimizga berilgan taklif

Prezident Shavkat Mirziyoyev 1-oktyabr — o‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan soha vakillari, taʼlimda amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan muloqot o‘tkazdilar.

Muloqot davomida yuridik fanlari doktori — Axtam Yakubovning sohani rivojlanishiga doir takliflari yurtboshimiz tomonidan ijobiy qabul qilindi.
🔥 Samarqand davlat arxitektura-qurilish universitetida yong‘in sodir bo‘ldi

Samarqand shahrida joylashgan Arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘ldi. Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.

Joriy yilning 1 oktyabr kuni soat 23:45 da Samarqand shahar Lolazor ko‘chasida joylashgan Samarqand davlat arxitektura-qurilish universiteti hududida yangidan qurilayotgan (qurilishi tugallanmagan) faollar zalida yong‘in sodir bo‘lganligi to‘g‘risida viloyat FVBga xabar berilgan.

Samarqand viloyat FVB axborot xizmati xabariga ko‘ra, 6 ta yong‘in qutqaruv ekipajlari jalb qilinib, voqea joyiga soat 23:54 da yetib borilib, soat 00:30 da yong‘in to‘liq bartaraf etilgan.

Ma'lumot uchun, o'tkan kuni Agrar universiteti yonib ketkandi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Super-kontrakt uchun taʼlim kredit ajratayotgan banklar

🏦 Oʻzmilliybank – 1344
👉 Bakalavriatga qabul qilingan talabalar uchun:
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada;
• 60 oy muddatga yillik 24% stavkada;
• Miqdor: Shartnomaga asosan

👉 Magistraturaga oʻqishga qabul qilingan talabalarga
• 36 oy muddatga yillik 22% stavkada
• Miqdori- Shartnomaga asosan

🏦 OʻzSQB – 1180
• 12 oy muddatga yillik 25% stavkada;
• 36 oy muddatga yillik 26% stavkada;
• Miqdori- 200 mln soʻmgacha

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Diplomatiya talabasi ixtiyoriy-majburiy uzr soʻrattirildi.

Rasmga tushish uchun kelgan targ'ibotchilarga asl muammolar haqida gapirgan talaba ixtiyoriy-majburiy uzr so'radi.

"Davlatda ancha muhimroq muammolar bor, suv tanqisligi, notoʻgʻri ovqatlanish, orol giyohvandlikka qaraganda ancha katta muammo. Nega biz doim, 5-sinfdan beri giyohvandlikka qarshi kurashamiz? Undan katta muammolar haqida qachon gapiramiz?

Keyin sizlar judayam zerikarli gapiryapsizlar, bizga oʻzimizni tilimizda, oʻzimizga mos qilib tushuntiradigan odamlar kelib gapirsin" - degan talaba


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat siyosatida nodavlat oliy ta'lim tashkilotlarining o'rni qanday?

50-modda (O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi)
Davlat uzluksiz ta’lim tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari rivojlanishini ta’minlaydi.


31-modda (Ta'lim to'g'risidagi qonun)
Davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim xizmatlarini ko‘rsatuvchi nodavlat ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarga davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi ta’lim to‘g‘risidagi hujjatlarni beradi.


Prezident qarori (PQ–200-son, 03.07.2023-y)
Litsenziyasi bekor qilingan taʼlim tashkiloti yoki yopilgan taʼlim dasturida o‘qiyotgan talabalarga o‘qishini davlat va nodavlat taʼlim tashkilotlarining mos va turdosh taʼlim yo‘nalishlari va mutaxassisliklariga ko‘chirish huquqi beriladi.


Prezident qarori (PQ-279-son, 15.06.2022-y)
2022/2023 o‘quv yilidan boshlab respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarida davlat granti asosida kadrlar tayyorlash bo‘yicha 1 000 ta o‘rin ajratiladi.

Prezident farmoyishiga ko'ra, joriy yilda nodavlat oliy ta'lim tashkilotlari uchun 1200 ta davlat granti ajratiladi.


Vazirlar Mahkamasining qarori (646-son, 15.10.2021)
Hukumatning qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.


Prezident qarori (PQ-323-son, 18.07.2022-y)
Kunduzgi ta’lim shaklida oʻqiyotgan xotin-qizlarga imtiyozli foizsiz taʼlim krediti beriladi.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️HEMIS tizimiga talabalarni biriktirish cheklandi

Bu juda ham yomon xabar. Sababi hali xususiy oliygohlar shartnomalarni to'liq hemis dasturiga kiritib ulgurmagan, bu abituriyentlarning katta qismi yo'qotildi degani.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️HEMIS tizimiga talabalarni biriktirish cheklandi Bu juda ham yomon xabar. Sababi hali xususiy oliygohlar shartnomalarni to'liq hemis dasturiga kiritib ulgurmagan, bu abituriyentlarning katta qismi yo'qotildi degani. 🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim…
⚡️Yaxshi xabar, xavotirga o'rin yo'q ekan!

Bizga bildirishlaricha, o‘qishga qabul qilingan birinchi bosqich talabalarini HEMIS axborot tizimiga 2024-yilning 31-dekabr kuniga qadar kiritishga ruxsat berilgan.

Bu haqida vazirlik nodavlat oliy ta’lim muassasalarini xabardor qilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kontrakt pulidan 12% qaytarib olish bo'yicha to'liq videoqo'llanma

Nodavlat oliy ta'lim muassasasi talabalari to'lagan kontraktidan 12% miqdorida daromad soligʻini masofadan qaytarib olish huquqiga ega.

🔰 Soliq chegirmasi to‘lov quyidagilar hisobidan amalga oshirilganda taqdim etiladi:
o‘z mablag‘lari;
jismoniy shaxsga tijorat banklari tomonidan berilgan ta’lim kreditlari;
yuridik shaxslar tomonidan jismoniy shaxslarga qaytarish sharti bilan berilgan mablag‘lari (ssudalar).

Manba: Soliq Kodeksi 378-modda, 16-bandi.

Buning uchun soliq organi yoki qaysidir tashkilotga borish shart emas, uyda o'tirib ham buni bajarish mumkin)

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Xususiy oliygoh talabalari 3-kursdan boshlab qonuniy tarzda ishlashi mumkin

Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berilgan.

Ushbu tartib davlat va nodavlat OTM talabalari uchun birdek amal qiladi.

Avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari mumkin edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Oʻqishni koʻchirgan talabalar diqqatiga!

📂 Ikki tomonlama shartnoma asosida aloqa xatidagi hujjatlarni yetkazib berish xizmati ham yo'lga qo'yildi.

👉 Murojaat uchun: @Futuree_stars3

Litsenziya (№2502676)

☎️ Murojaat uchun:
+998912465303 Yozish
+998919775303 Yozish
⚡️Ta'lim krediti haqida muhim ma'lumotlar

1. Imtiyozli taʼlim krediti xotin-qizlarga foizsiz, yigitlarga markaziy bankning asosiy stavkasiga (13,5%) ko'ra ajratiladi.

2. Ta'lim krediti O'zbekiston Respublikasi hududida faoliyat olib borayotgan davlat va nodavlat OTM talabalari uchun ajratiladi.

3. Ta'lim krediti joriy yildan faqat kunduzgi ta’lim talabalari uchun ajratiladi.

4. Joriy yildan Ikkinchi kursdan yuqori talabalarning baholari past boʻlgan (oʻrtacha “3”dan past) taqdirda taʼlim krediti koʻpi bilan toʻlov shartnomaning 80 foizi miqdorida ajratiladi.

5. Ta'lim krediti Markaziy bankning asosiy stavkasi pasaysa, kredit foizi ham pasayadi. Agar asosiy stavka ko‘tarilsa, unda kredit foizi o‘zgarmaydi (yaʼni ko‘tarilmaydi).

6. Ta'lim kreditini har yili olish mumkin.

7. “Superkontrakt” asosida oʻqishga qabul qilingan talabalarga imtiyozli taʼlim krediti ajratilmaydi.

8. Imtiyozli taʼlim krediti rasmiy oʻqish tugagandan keyin 7-oydan boshlab 7 yil muddatga ajratiladi. Masalan talaba 1-kurs boʻlsa, 11 yil 7 oy ichida kreditni toʻlashi mumkin.

9. “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kirgan oilalarning farzandlariga ajratiladigan taʼlim krediti boʻyicha garov va kafillik talab etilmaydi

10. 2024/2025 oʻquv yilidan boshlab taʼlim krediti olish uchun arizalarni “Taʼlim krediti” axborot tizimi (talim-krediti.mf.uz) va my.gov.uz orqali topshirish mumkin boʻladi.

11. Imtiyozli ta'lim krediti haqida eng so'nggi ma'lumotlarni @nodavlattalim sahifasidan topishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sud yana bir xususiy oliygoh litsenziyasini bekor qilishni rad etdi

Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Ijtimoiy va siyosiy fanlar instituti litsenziyasini bekor qilish bo'yicha kiritgan da'vo arizasi rad etildi.

Quvonarlisi, oxirgi vaqtda sudlar tomonidan litsenziyani bekor qilish bo'yicha barcha da'volar rad etilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dekan o'rinbosariga salom bermagan talaba tushuntirish xati yozib, uzr so'radi.

Milliy universiteti tomonidan olib borilayotgan jadal islohotlar mevasini qachon ko'ramiz endi?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rasman: Endilikda sirtqida oʻqiydiganlarga ham imtiyozli Taʼlim krediti beriladi

Faqatgina Toshkent iqtisodiyot va pedagogika instituti uchun 5 yillik past stavkali taʼlim krediti institut bilan hamkor boʻlgan bank tomonidan berilmoqda.

📞Ta'lim krediti bo'yicha qo'shimcha ma'lumot olish uchun murojaat qiling:
+998912333321 | +998914359775
+998917703927 | +998999387572
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni ro‘yxatga olish boshlanadi

Joriy yilning 10-oktyabr kuni 2025-2026-o‘quv yilida Amir Temur nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga bakalavriat ta’lim yo‘nalishi kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha nomzodlarni saralab olish uchun talabgorlarni ro‘yxatga olish boshlanadi.

👨🏻‍💻 Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasiga nomzodlarni saralash test sinovlarida ishtirok etish istagini bildirgan talabgorlar my.uzbmb.uz sayti orqali joriy yilning 10-noyabriga qadar onlayn ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

🔰 Nomzodlarni saralab olish Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 27-apreldagi 241-son qaroriga muvofiq amalga oshiriladi va nomzodlar mazkur qaror bilan tasdiqlangan nizomning 3-bandida belgilangan talablarga javob berishlari lozim.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Imtiyozli ta’lim krediti ajratayotgan banklar

Ayni paytda quyidagi banklar talabalarga imtiyozli ta’lim kreditini ajratmoqda:

MKBank - 1285
BRB bank - 1254
SQB bank - 1180
Agrobank - 1216
Xalq banki - 1106
Milliy bank - 1344
Hamkorbank - 1256

Eslatma: Taʼlim kredit olish uchun talim-krediti.mf.uz portaliga OneID orqali kirib va ariza yuboriladi. «ONE ID» tizimidan roʻyxatdan oʻtish uchun ushbu video-yoʻriqnomani koʻrishni tavsiya qilamiz.

Taʼlim krediti haqida batafsil mana bu postda ma'lumot olishimgiz mumkin: https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2210

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 23:35:35
Back to Top
HTML Embed Code: