Telegram Web
⚡️Kontrakt uchun to'lov soliqqa tortilmaydi

Ta'lim uchun to‘lov qilinganida soliq imtiyozidan quyidagi hollarda foydalanish mumkin:

o'zingiz uchun;
farzandlaringiz uchun;
26 yoshgacha bo'lgan turmush o'rtog'ingiz uchun.

➡️ To'lovni to'g'ridan-to'g'ri ish joyingizdagi ish haqidan o'quv yurtiga o'tkazishingiz mumkin, bunda ushbu daromadga soliq hisoblanmaydi.

➡️ Mustaqil ravishda elektron, naqd yoki naqdsiz ko‘rinishda to'langanda yil yakuni bo'yicha soliq organlariga deklaratsiya topshirib, avval to'langan soliq summasini qaytarib olish mumkin.

Deklaratsiya topshirib 12% qaytarib olish bo'yicha videoqo‘llanma: https://www.tgoop.com/nodavlattalim/2559

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Endi moliyaviy mustaqil bo'lgan OTMlar open budjetda ishtirok etaolmaydi

“Tashabbusli byudjet” jarayoniga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis Senati Kengashining qarori qabul qilindi. Unga ko‘ra:

Endilikda moliyaviy mustaqil bo‘lgan OTMlarning ushbu jarayonlarda ishtirok etishiga ruxsat berilmaydi;

Mablag‘lardan samarali foydalanish hamda ijtimoiy muammolarga ko‘proq e'tibor qaratish maqsadida tashkilotlar tomonidan bаrсhа turdagi avtomobillar, jamoat xavfsizligini ta'minlashga oid jihozlar (rаdаr, jamoat joylaridagi kuzatuv kаmеrаlаri, “svetofor”) rahbar xodimlar uchun mebel jihozlarini xarid qilish taqiqlanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Joriy yildan chet tili 1-blok bo'lgan abituriyentlar uchun sertifikat majburiy bo'ladi

2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlardan belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etish talab etiladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Abituriyent2025

⚡️Abituriyentlar uchun muhim eslatma!

🏛Qonunchilikka ko‘ra (PF-81, 24.05.2024-y.) 2025/2026-o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi.

❗️Bunda fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul qilishda ushbu fandan test sinovi o‘tkazilmaydi. Abituriyentlar belgilangan darajadagi sertifikatni taqdim etishlari lozim.

2025/2026-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalarining taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati va ularga mos test sinovi (kasbiy (ijodiy) imtihon) topshiriladigan fanlar majmuasiga koʻra chet tili birinchi fan sifatida belgilangan taʼlim yoʻnalishlari roʻyxati ilovada (rasm👆).

E’tibor bering! 1-fan sifatida aniq ko‘rsatilgan ingliz, nemis va fransuz tillaridan ayni shu fan bo‘yicha, 1-fan “Chet tili” ko‘rsatilgan ta’lim yo‘nalishlariga esa, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari uchun tasdiqlangan xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy va xalqaro sertifikatlardan birini taqdim etish talab etiladi.

Tasdiqlangan sertifikatlar ro‘yxati bu yerda👈

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Respublika OTMlari ichida samarali faoliyati yuzasidan yetakchilardan boʼlgan NamDU birinchi prorektori oʼz xohishiga koʼra lavozimidan ozod etilibdi.

Hozirgi vaqtda (@nodavlatbot) botimizga universitet prorektori N.Dexkanovning ishdan ketganligi yuzasidan murojaatlar kelmoqda. Murojaatlar mazmunidan to'satdan ixtiyoriy ishdan bo'shash shubha ostiga olinganini anglash mumkin.

Universitet maʼnaviy-maʼrifiy hamda sport sohasida respublika darajasida oʼz oʼrniga ega hamda yutuqlari ham bisyor. Tinimsiz kelayotgan murojaatlardan N.Dexkanovning universitet jamoasi va ko'plab talabalar mehrini qozongani anglash qiyin emas. Vazirlik bunday kadr faoliyati yuzasidan chiqarilgan qarorni qayta ko'rib chiqishi kerak.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️"O'lpon mavzusida shovqin ko'targan OTMlar jazoga tortiladi, litsenziyasi bekor qilinadi" - Respublika oliy ta'lim kengashi ochiqchasiga tahdid qilgani aytilmoqda

2024-yil dekabr oyida Respublika oliy ta’lim kengashi xususiy universitetlarga 4 foizlik to‘lov joriy etganida, masala parlament darajasida ham muhokama qilindi. Oliy Majlis deputatlari rasmiy so‘rov yuborib, bu qarorning qonuniy asosini ko‘rsatishni va mazkur to‘lovdan voz kechishni talab qildi. Ammo bu so‘rov natijasiz qoldi.

Iqtisodchi Yuliy Yusupovga ko‘ra, Respublika oliy ta’lim kengashi tomonidan kiritilgan bu majburiyat o‘zining qonuniy asosi yo‘qligiga qaramay, kuch bilan majburiy ijro etilmoqda. Universitetlar, agar shartnomani imzolamasa, turli tekshiruvlar va ruxsatnomalardan mahrum bo‘lish bilan tahdid qilinmoqda.

Respublika oliy ta’lim kengashi kuni kecha xususiy universitetlarning rahbarlarini yig‘ib, tashqariga chiqib shovqin ko‘tarsangiz ham, deputatlarni yordamga chaqirsangiz ham, bu hech narsani o‘zgartirmaydi — biz belgilagan “soliq”ni baribir to‘laysizlar, aks holda, jazoga tortilasizlar, deb ochiqchasiga tahdid qilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️DIQQA FIRIBGARLAR!

Davlat universitet talabalariga firibgarlar tomonidan turli telegram raqamlar orqali "Kontraktdan qarzdorligingiz bor", mazmunidagi feyk "ilovalar" yuborilmoqda.

Avvalroq, xususiy universitet talabalariga ham shu mazmundagi xabarlar yuborilgan edi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4
❗️Talabalar shaxsiy ma'lumotlarini firibgarlar qanday qo'lga kiritmoqda?

Xususiy OTM talabalari ma'lumoti ichkaridagi "xoin"lar tomonidan sotilgan bo'lishi mumkinligi haqidagi versiya o'rtaga tashlangan edi. Endi ma'lum bo'lishicha, davlat OTM talabalari ma'lumotlari ham firibgarlar qo'lida mavjud ekan.

Demak, talabalar shaxsiy ma'lumotlari tarqalishida davlat va nodavlatga ajratish noto'g'ri taxmin bo'lib chiqmoqda, ma'lumotlar bitta manbadan olingan ko'rinadi. Davlat va nodavlat OTM talabalari ma'lumotlarini umumlashtiruvchi yagona tizim bu - HEMIS!

Katta ehtimol bilan hemis tizimi biz o'ylaganchalik xavfsiz emas, yoki tizim ijodkorlari....!

Vazirlik ushbu masalada jiddiy bosh qotirishi kerak. Bir shaxsning ism familiyasi, ta'lim dargohi, yo'nalishi, o'quv bosqichini faqat universitetning o'zi yoki hemisdan olish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❗️Rasmiy munosabat!

Nodavlat oliy ta’lim tashkilotlarining to‘lov-kontrakt shaklidagi o‘qitishdan tushadigan mablag‘lar bo‘yicha moliya yili oxiridagi qoldiq qismining 4 foizini Respublika oliy ta’lim kengashiga yo‘naltirish masalasi yana muhokamalarga sabab bo‘lmoqda.

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mazkur masalada nodavlat oliy ta’lim muassasalariga shartnoma tuzish tavsiyaviy xarakterga ega ekanini hamda shartnomani imzolash majburiy emasligini yana bir bor ma’lum qiladi.

Shu o‘rinda, vazirlik davlat va nodavlat oliy ta’lim muassasalarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zining ustuvor vazifalardan biri deb bilishini, eslatib o‘tamiz.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Cyber university” davlat universiteti tashkil etiladi

“Cyber university” davlat universitetini tashkil etish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 20-yanvardagi PQ-14-son qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, Universitetning asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilanmoqda;

– axborotni himoyalash, axborot va kiberxavfsizlik, raqamli texnologiyalar va raqamli iqtisodiyot, sun’iy intellektga asoslangan avtomatlashtirilgan axborot-taxdiliy tizimlarni yaratish, robototexnika va boshqa turdosh sohalar bo‘yicha kadrlar tayyorlash;

– raqamli texnologiyalar sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish;

– o‘quv jarayonini ilg‘or xorijiy tajriba va zamonaviy ta’lim texnologiyalari asosida tashkil etish hamda ochiq axborot-ta’lim muhitining rivojlanishiga ko‘maklashish;

– yoshlarning bilim olishi va kasb egallashiga qo‘shimcha shart- sharoitlar yaratish, davlat organlari, korxonalari hamda boshqa tashkilotlarni kadrlar bilan ta’minlashda saralash va qamrovni kengaytirish;

– o‘quv va ilmiy loyihalarni amalga oshirishda yetakchi respublika va xorijiy oliy ta’lim hamda ilmiy-tadqiqot tashkilotlari, raqamli texnologiyalar ishlab chiquvchilari va iste’molchilari, boshqa sohaviy korxonalar bilan hamkorlik qilish;

– tegishli ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv- metodik adabiyotlarni yaratish, talabalar va mutaxassislarni jalb qilgan holda fundamental, ilmiy va amaliy tadqiqotlar olib borish
.


🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlari tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasidagi ustuvor vazifalarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Yig‘ilishda Nukus, Buxoro, Farg‘ona va Namangan texnika universitetlarini tashkil etish loyihalari taqdimot qilindi. Unga ko‘ra, yangi yo‘nalishlar ochilib, xorijiy dasturlar tatbiq qilinadi, talabalarning ilmiy-innovatsion jarayonlarda ishtiroki kengaytiriladi, oliygohlarga sanoat hamkorlari biriktiriladi.

Umuman, bu yo‘nalishdagi 35 ta muassasani yiriklashtirish hisobiga, 22 ta texnika universiteti tashkil qilinadi. Shu yil oxirigacha yana 17 ta muhandislik maktabi ochiladi.

So‘nggi yillarda oliy o‘quv yurtlarida ilmiy salohiyat 41 foizdan 45 foizga oshgan. Lekin, aksariyat ilmiy tadqiqotlar sanoat va ishlab chiqarishdagi zamonaviy tendensiyalarni qamrab olmayapti.

Shu bois doktorantura kvotasini taqsimlashda iqtisodiyotning drayver sohalariga ahamiyat qaratish, ilmiy daraja va unvonlar olish tartibini takomillashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Rossiyada oliy o‘quv yurtining litsenziyasi bekor qilindi

Ta’lim sohasida nazorat bo‘yicha federal xizmati “Yakutsk gumanitar instituti”ning litsenziyasini bekor qildi.

Yana beshta universitetga ogohlantirish berildi:

1. Sankt-Peterburg milliy tadqiqot akademik universiteti
2. Ilmiy-tadqiqot tibbiyot instituti “Astra-Sfera”
3. MGIMO-MED tibbiyot universiteti
4. “Reaviz” tibbiyot universiteti
5. Shimoliy Kavkaz xalqlar do‘stligi instituti


Ogohlantirishlar, ta’lim sohasidagi majburiy talablarni buzmaslik bo‘yicha nazorat tekshiruvlari natijasida berilgan.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rankings TOP-1000_2025.pdf
1.3 MB
⚡️Diplomlari to‘g‘ridan to‘g‘ri tan olinadigan TOP-1000 talikka kirgan OTMlar ro‘yxati

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 2025-yil uchun tasdiqlangan xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlarning (Quacquarelli Symonds World University Rankings, Times Nigher Education, Academic Ranking of World Universities) reytingida oliy ta’lim muassasalari orasida birinchi 1 000 o‘rinni egallagan xorijiy oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi.

Ushbu ro‘yxat 2025-yil uchun e’lon qilingan bo‘lib, har yili yangilanib turadi.

Ma’lumot uchun, TOP-1000 oliygohlarni tamomlagan talabalarning diplomlari O‘zbekistonda imtihon sinovlarisiz tan olinadi (nostrifikatsiya qilinadi).

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Erkaklarga ham dekretga chiqish huquqi berilmoqda

Mehnat kodeksiga mehnat jarayonlarida tazyiq va zo‘ravonliklarni taqiqlash, ularning oldini olish, tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlanganlarga hamda farzandi tug‘ilishi munosabati bilan erkaklarga o‘rtacha ish haqi saqlangan holda, qo‘shimcha ta’til berishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️4 foizlik soliq yuzasidan

Xabaringiz bor, "xususiy universitetlarga ixtiyoriy 4 foizlik o'lpon" mavzusi ijtimoiy tarmoqlarda aylandi. Jumladan, kanalimizda ham mavzuga oid bir nechta postlar e'lon qildik.

Bektosh aka Xotamovning mana bu postidan so'ng bir nechta o'zimiz tanigan xususiy universitet vakillari bilan bog'landik, ularning birortasi na shartnoma, na tahdiddan xabari yo'qligini ma'lum qilishdi.

Agar "4 foizlik o'lpon" real muammo bo'lsa va kimdir bunga duch kelgan bo'lsa bizga (@nodavlattalimbot) yozishingizni so'raymiz, shaxsingiz va OTM nomi sir saqlanadi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Diniy ta’lim muassasalari kirish imtihonlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

2025-2026 o‘quv yilida O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ko‘rish uchun tavsiya etilgan darslik va adabiyotlar ro‘yxati e’lon qilindi.


Kirish imtihonlarida Chet tilidan Arab tili bo‘yicha milliy yoki xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lgan abituriyentlarga imtiyoz (maksimal ball) berish tartibi bekor qilinadi. Chet tili boʻyicha barcha abituriyentlar test sinovlarida to‘liq ishtirok etadilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi

“Buxoro davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-22-son, 24.01.2025-y.) qabul qilindi.


🔰Qarorga ko‘ra, Buxoro muhandislik-texnologiya instituti hamda Buxoro tabiiy resurslarni boshqarish instituti negizida Buxoro davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

📌 Muhandislik, ishlab chiqarish, oziq-ovqat texnologiyasi, yengil sanoat, neft va gaz, yashil energetika, arxitektura va qurilish, transport va logistika, agrotexnologiya, axborot texnologiyalari va dasturlash sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy ma’lumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

Universitetda neft va gaz muhandisligi sohasida Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati yo‘lga qo‘yiladi.

2025/2026-o‘quv yilidan:

Universitet talabalarining fanlarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichini va professor-o‘qituvchilarning faoliyat samaradorligini xalqaro tajribalar asosida baholash tizimi joriy etiladi;

Universitet professor-o‘qituvchilari va doktorantlari yetakchi xorijiy oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlariga ilmiy stajirovka va malaka oshirishga yuboriladi;

Yirik ishlab chiqarish korxonalari va tashkilotlarni Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi;

2026-yil 1-yanvardan Universitetga akademik, tashkiliy va moliyaviy mustaqillik beriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/12 18:35:50
Back to Top
HTML Embed Code: