Telegram Web
#brifing

⚡️Hozirda sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibda o'qishni tamomlaydi va ularga tan olinadigan namunadagi diplom beriladi

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

⚡️Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o'qishlarini bemalol belgilangan tartibda sirtqi shakliga ko'chirishlari mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#brifing

⚡️Maqbullashtirilgan "Part-time education" bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgach, ushbu ta’lim shaklini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Sirtqi ta'lim bo'yicha so'nggi xabarlar

Ikkinchi mutaxassislik uchun ham sirtqi ta'lim shakli yopildi. Endilikda 2-mutaxassislik bo'yicha sirtqi ta'limga qabul jarayonlari amalga oshirilmaydi.

Hozirda sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibda o'qishni tamomlaydi va ularga tan olinadigan namunadagi diplom beriladi.

Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan talabalar o'qishlarini bemalol belgilangan tartibda sirtqi shakliga ko'chirishlari mumkin.

Maqbullashtirilgan "Part-time education" bo‘yicha tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgach, ushbu ta’lim shaklini joriy etish va rivojlantirish yuzasidan aniq chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Hozir sirtqi ta’limda o‘qiyotganlar keyinchalik diplom oladimi?

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Axborot xizmati rahbari sirtqi ta’lim shakli tugatilishi yuzasidan fuqarolar va jamoatchilikdan kelib tushayotgan savollarga javob berdi.

📑 Hozirda sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan talabalar amaldagi tartibda o’qishni tamomlaydi va ularga tan olinadigan namunadagi diplom berilishi ta’kidlandi. Ya’ni, ular tanlagan yo‘nalishlari bo‘yicha amaldagi davlat ta’lim standartlari, o‘quv rejalari va fan dasturlariga muvofiq o‘qishni yakuniga yetkazish imkoniyatiga egalar.

‘‘Sirtqi ta’lim shaklida tahsil olib, belgilangan tartibda diplom olgan shaxslar O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq to‘liq oliy ma’lumotli mutaxassislar hisoblanadi. Ularga beriladigan diplom kunduzgi, kechki yoki masofaviy ta’lim shaklidagi diplomlar bilan teng yuridik kuchga ega.

Shu bois, bunday mutaxassislarni davlat yoki xususiy sektorda rasmiy ishga qabul qilishda hech qanday huquqiy to‘siq mavjud emas. Ish beruvchilar ularning ta’lim shaklidan kelib chiqib emas, balki egallagan bilim, ko‘nikma va professional salohiyati asosida baholashi lozim’’ -deydi vazirlik xodimi.


📌Shuningdek, kelgusida kunduzgi ta’limga muqobil shakllar, jumladan, masofaviy, kechki va maqbullashtirilgan kunduzgi (part-time) ta’lim shakllari bosqichma-bosqich rivojlantirilib, ularga qabul ko‘rsatkichlari kengaytirib borilishi qayd etilgan. Bu esa muayyan ish o‘rniga ega abituriyentlar uchun o‘qish va mehnat faoliyatini bir vaqtda olib borish imkonini beradi.

🎓 Masofaviy ta’lim zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda tashkil etilib, talabalarga bevosita ta’lim muassasasiga kelmasdan bilim olish imkonini yaratadi. Shu bilan birga, kechki ta’lim shaklida o‘qish ish vaqtidan keyingi soatlarda amalga oshirilib, ishlovchi shaxslarga qulay grafikda ta’lim olishni ta’minlaydi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 200 mingdan oshdi

2025-yil 17-iyun kuni soat 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — 200 953 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili — 176 331 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 20 823 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 3 205 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 594 nafar.


📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻‍♂️ erkaklar — 95 640 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 105 313 nafar


👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️2025-yilda kirish imtihonlarida testlar taqsimoti e’lon qilindi

Abiturientlarga 50-70% o‘rta darajadagi savollar berilishi kutilmoqda, 15-25% esa oson va qiyin darajadagi testlardan iborat bo‘ladi.

Bo‘lajak talabalarga 2 ta mutaxassislik fanidan 30 tadan jami 60 ta savol, 3 ta majburiy fanlardan har biri 10 tadan jami 30 ta test topshirig‘i beriladi.
👉 Maksimal ball 189 ballni tashkil etadi va abiturient talabalikka tavsiya etilishi uchun kamida 30% (56,7 ball) to‘plashi kerak.

👉 Imtihonlarsiz davlat granti asosida o‘qish imkoniyatlari harbiy xizmatchilar, IIV xodimlari farzandlari, sport musobaqalari g‘oliblari va Zulfiya mukofoti egalariga beriladi.

👉 Imtihonlarsiz kontrakt asosida esa maxsus ta'lim muassasalari bitiruvchilari va “Zakovat” o‘yini g‘oliblari qabul qilinadi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Qabul – 2025: hujjatlar qachon va qaysi platformalar orqali topshiriladi?


— Akademik litseylarga qabul (10-iyundan 10-iyulgacha)
👉 my.edu.uz

— OTM va texnikumlarga qabul (5-iyundan 25-iyungacha)
👉 my.uzbmb.uz

— Magistratura mutaxassisliklariga qabul (1-yuldan 30-iyulgacha)
👉 magistr.edu.uz

Texnikumni a’lo baho bilan tamomlagan abituriyentlarni suhbat asosida OTMga qabul qilish (5-iyuldan 25-iyulga qadar)
👉 my.edu.uz

— Ikkinchi mutaxassislikka qabul (10-iyuldan 10-avgustga qadar)
👉 my.edu.uz

— O‘qishni ko‘chirish (15-iyuldan 5-avgustgacha)
👉 transfer.edu.uz — davlat OTMning biridan boshqasiga;
👉 my.uzbmb.uz xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat OTMdan davlat OTMlariga.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Nodavlat oliygoh o'z talabasini "perevod" qilishiga qarshilik qilishi mumkinmi?

SAVOL: Assalomu alaykum men nodavlat unverstda uqyman davlat unverstga pervod qilmoqchi edm. Nodavlat unverstdagilar agar pervoddagi test sinovidan oʻta olmasam qaytib talabalar safiga olmasliklarini aytmoqda. Bu qanchalar haqiqatga yaqin qonuniy qaror bormi shunaqa.

JAVOB: "Oliy ta'lim muassasasi talabalari o'qishini ko'chirish, qayta tiklash va o'qishdan chetlashtirish tartibi to'g'risidagi Nizom 30-bandi" da talaba oliy ta’lim muassasasidan chetlashtirilishi mumkin bo'lgan holatlar ko'rsatilgan.

Nizomga ko'ra, o‘qishni boshqa ta’lim muassasasiga ko‘chirilishi munosabati bilan o'qishdan chetlashtirilishi faqatgina talabaning yozma roziligi bilan amalga oshiriladi.

☝️ Ya'ni, talaba o'qishni ko'chirish imtihonlaridan o'tgan taqdirda ham tahsil olayotgan oliygohida o'qishini davom ettirishi mumkin.

Qisqa qilib aytanda, nodavlat oliy ta'lim muassasasi o'z talabasini boshqa (davlat yoki nodavlat) oliygohlarga o'qishini ko'chirishiga qarshilik qilishi mumkin emas.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Tibbiyot yo'nalishi bor nodavlat oliygohlar ro'yxati

1. Alfraganus universiteti
2. Angren universiteti
3. Buxoro innovatsion ta'lim va tibbiyot universiteti
4. "Central Asian Medical University" tibbiyot universiteti
5. Central Asian university
6. EMU university
7. Farmatsevtika ta'lim va tadqiqot instituti
8. Impuls tibbiyot instituti
9. Jizzax shahridagi “Qozon (Volgabo‘yi) federal universiteti” federal davlat avtonom oliy ta’lim muassasasining filiali
10. Osiyo xalqaro universiteti
11. Qo'qon universiteti Andijon filiali
12. Termiz iqtisodiyot va servis universiteti
13. Toshkent Kimyo xalqaro universiteti
14. Turon universiteri
15. University of Business and Science
16. Urganch RANCH texnologiya universiteti
17. Zarmed Universiteti

Eslatib o'tamiz, bugungi kunda davlat va xususiy oliygohlardagi eng yuqori kontrakt narxlari tibbiyot yo'nalishlarida bo'lib, undan so'ng Yurisprudensiya ta'lim yo'nalishi kontrakt qimmatroq turadi.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Chirchiq shahridagi M.Avezov oliygohi litsenziyada mavjud bo'lmagan yo'nalishga talabalarni qabul qilgan

Joriy yilning 11-mart sanasida oliy ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun litsenziya olgan Qozog'istonning Muxtor Avezov universiteti Chirchiq filiali tomonidan 2024/2025 o'quv yili uchun litsenziyada mavjud bo'lmagan yurispridensiya ta'lim yo'nalishiga talabalarni qabul qilib yuborgan. Bu haqida Yurisprudensiya telegram kanali xabar bermoqda.

Yozishlaricha, ayni vaqtda ushbu ta'lim yo'nalishiga 100 ortiq talabalar qabul qilingan va kontrakt to'lagan talabalarga berilayotgan ta'lim huquqiy asoslari mavjud emasligini ta'kidlamoqda.

Jumladan, ayrim nodavlat oliy ta'lim muassasalari litsenziyada ko'rsatilmagan ta'lim (masofaviy) shakliga qabul jarayonlarini amalga oshirayotgani to'g'risidagi ma'lumotlar (@nodavlatbot) botimizga kelib tushmoqda.

Ushbu oliygohlarni ogohlikka chorlaymiz, keyin postimiz qahramoni siz bo'lishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qabul tugashiga 1 hafta qoldi

Bugun, 18-iyun 10:00 holatiga oliy ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha 255 ming 409 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tdi.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🔹o‘zbek tili  — 224 ming 513 nafar;
🔹rus tili  — 25 ming 841 nafar;
🔹qoraqalpoq tili  — 4 ming 283 nafar;
🔹boshqa tillar — 772 nafar.


📋 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻‍♂️ o‘gil bolalar — 117 ming 940 nafar
🙋🏻‍♀️ qizlar — 137 ming 469 nafar


✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️O'qishni ko'chirish qachon boshlanadi?

Amaldagi qonunchilikka ko'ra, 15-iyul kunidan rasman o'qishni ko'chirish uchun qabul jarayonlari boshlanadi va 5-avgust kuniga qadar davom etadi.

Ariza topshirish uchun quyidagi saytlar orqali onlayn ro'yxatdan o'tiladi:

👨‍💻 transfer.edu.uz — davlat oliygohining biridan boshqasiga;

👨‍💻 my.uzbmb.uz — xorijiy mamlakatlarda yoki respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim muassasalaridan davlat oliygohlariga.

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yilgi abituriyentlarga mazza!
Endi hamma o‘qishga kiradi!

📈 Botdagi ma’lumotlardan foydalanib yo‘nalish tanlasangiz o‘qishga kirish ehtimolingiz oshadi!

@mandatjavobbot orqali:

📊 O‘tgan yilgi o‘tish ballari;
🧰 Yo‘nalishlar o‘tish ballari;
📚 Fanlar majmuasi-2025;
🏛 OTM yo‘nalishlari ro‘yxati.

❗️
ENG ASOSIYSI, BALLARGA MOS UNIVERSITETLAR RO‘YXATI (siz kerakli ballni kiritsangiz kifoya bot sizga aynan o‘sha balga mos OTM ni taklif qiladi)

68 ball bilan qaysi oliygohlarga
GRANTga kirish mumkin, bilasizmi ?

57 ball bilan qaysi oliygohga
KONTRAKTga kirish mumkinligini-chi ?

Kirish eng oson, balli past yo‘nalishlarni nomini bilasizmi?

Barchasi ushbu yagona botda!
Foydalanish oson, sinab ko‘ring!

👉
@mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot
👉 @mandatjavobbot

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Nodavlat oliy ta'lim muassasalari
⚡️Chirchiq shahridagi M.Avezov oliygohi litsenziyada mavjud bo'lmagan yo'nalishga talabalarni qabul qilgan Joriy yilning 11-mart sanasida oliy ta'lim xizmatlari ko'rsatish uchun litsenziya olgan Qozog'istonning Muxtor Avezov universiteti Chirchiq filiali…
Muxtor Avezov universiteti rasmiy munosabat beribdi.

Munosabatda savollarga javob yo’q. Oldi-qochdi gaplar.

Savolni vazirlikka beramiz: Litsenziyada mavjud bo’lmagan yo’nalishga talaba qabul qilganini bila turib nega jimsizlar?

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Kompyuterda tez ishlashni xohlasangiz, ushbu 50 ta qisqa klavishlarni albatta bilishingiz kerak:

1. Ctrl + C - Nusxalash (Ko‘chirish)
2. Ctrl + X - Kesish
3. Ctrl + V - Pastga joylashtirish
4. Ctrl + Z - Bekor qilish
5. Ctrl + S - Saqlash
6. Ctrl + O - Faylni ochish
7. Ctrl + N - Yangi hujjat yaratish
8. Ctrl + P - Chop etish oynasini ochish
9. Ctrl + A - Hujjatni barchasini tanlash
10. Ctrl + F - Izlash oynasini ochish
11. Ctrl + B - Matnni qalin qilib qo‘yish (bold)
12. Ctrl + I - Matnni italic qilib qo‘yish
13. Ctrl + U - Matnni pastki chiziq bilan yozish
14. Ctrl + L - Matnni chap tomondan surish
15. Ctrl + R - Matnni o‘ng tomondan surish
16. Ctrl + E - Matnni markazlash (center)
17. Ctrl + J - Matnni ikki tomondan surish (justify)
18. Ctrl + K - Hyperlink qo‘yish
19. Ctrl + Y - Keyingi harakatni bekor qilish
20. Ctrl + F4 - Hujjatni yopish
21. Ctrl + W - Hujjatni yopish (yangi Word versiyalarida ishlatiladi)
22. Ctrl + Shift + S - Saqlash oynasini ochish
23. Ctrl + Shift + Z - Qaytadan amalni bajarish (bir necha martalik)
24. Ctrl + Home - Hujjatning boshiga o‘tish
25. Ctrl + End - Hujjatning oxiriga o‘tish
26. Ctrl + Backspace - So‘zning boshidan o‘chirish
27. Ctrl + Delete - So‘zning oxiridan o‘chirish
28. Ctrl + Space - Format o‘chirish
29. F7 - Imlo tekshirish
30. F12 - Saqlash oynasini ochish
31. Ctrl + F12 - Faylni saqlash
32. Alt + F4 - Dasturni yopish
33. Ctrl + 1 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1-qat)
34. Ctrl + 2 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (2-qat)
35. Ctrl + 5 - Matnni boshqa o‘lchamdagi qilish (1.5-qat)
36. Ctrl + [ - Aktiv qatordagi suzuvorlarni kichik qilish
37. Ctrl + ] - Aktiv qatordagi suzuvorlarni katta qilish
38. Ctrl + Shift + > - Matnni katta qilish
39. Ctrl + Shift + < - Matnni kichik qilish
40. Alt + Enter - Yangi qatordan boshlash
41. Ctrl + Shift + N - Yangi bo‘lim yaratish
42. Ctrl + F1 - Yordam oynasini ochish
43. Ctrl + W - Hujjatni yopish (versiya 2019 va keyingilar uchun)
44. Ctrl + F6 - Ochilgan hujjatlardan o‘tish
45. Alt + F8 - Makroni boshlash
46. F4 - O‘rtacha amalni takrorlash
47. Ctrl + Shift + F - Shaylarni tuzatish
48. Ctrl + Space - Formatni olib tashlash
49. Alt + Ctrl + S - Sahifani saqlash oynasini ochish
50. Ctrl + Shift + G - Elementni qutisiz majmualash

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul2025

⚡️Ro'yxatdan o'tgan abituriyentlar 300 mingdan oshdi

📱 Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni — (2025-yil 19-iyun 10:00 holatiga) 319 781 nafar.

📚 Abituriyentlarning ta’lim tili bo‘yicha taqsimoti:
🇺🇿 O‘zbek tili — 280 756 nafar;
🇷🇺 Rus tili — 32 435 nafar;
🔘 Qoraqalpoq tili — 5 637 nafar;
🔘 Boshqa tillar — 953 nafar.


📝 Abituriyentlarning gender tarkibi bo‘yicha taqsimoti:
🙋🏻‍♂️ erkaklar — 145 366 nafar
🙋🏻‍♀️ ayollar — 174 415 nafar


👍👍👍👍👍👍

✔️ @mandatjavobbot orqali istalgan ta'lim yo'nalishlarining 2024-2025-o'quv yilidagi o'tish ballari bilan tanishishingiz mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Bu yil ham magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari to‘lab beriladi

🔰 Kvota to‘g‘risidagi prezident farmoyishida kontrakt asosida magistraturaga kiradigan talaba xotin-qizlarning kontrakt pullarini to‘lab berish qayd etilgan.

Kontrakt pullari hech qanday qaytarish shartlarisiz to‘lab beriladi. Buning uchun:

➡️ Magistraturada o‘qiyotgan xotin-qizlar har yili 15-sentyabrgacha o‘zlari o‘qiyotgan OTM rektori nomiga ariza bilan murojaat qilishadi. Bu sanadan kech qolganlarning kontrakti to‘lanmaydi. Talabgorlarning arizalari yig‘ilib OTM tegishli bo‘lgan vazirlikka yuboriladi.

➡️ 15-oktyabrgacha OTMlarning rektorlari talabgorlarning kontrakt pullarini tolab berish to‘g‘risida buyruq qabul qiladi.

🖊 Ma'lumot uchun: magistratura uchun chet tili sertifikati majburiy hisoblanadi.

✔️ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#KelajakkaQadam #TalabaExpo2025 #Samarqand

Endi “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi Samarqandda


2025-yil 20-21-iyun kunlari Samarqand shahrida oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchi talabalari uchun “TalabaExpo – 2025” kasb koʻrgazmasi bo‘lib o‘tadi.

Tadbir “Kelajakka qadam” dasturi, “Dolzarb 90 kun” doirasida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, “Oʻzmilliybank” AJ, Savdo-sanoat palatasi hamda Samarqand viloyati hokimligi hamkorligida bitiruvchilar bandligiga koʻmaklashish maqsadida o‘tkazilmoqda.

Mazkur koʻrgazma mamlakatimizdagi 300 ga yaqin yirik ish beruvchi korxonalar, tijorat banklari hamda 20 ming nafardan ziyod talaba-yoshlarni bir joyda jamlaydi.

Ushbu keng qamrovli tadbir bitiruvchi talabalar uchun real ish imkoniyatlari, mos kasbni tanlash va kelajakdagi faoliyatni belgilashda muhim bosqich boʻlib xizmat qiladi.

2 kun davom etadigan keng qamrovli ko‘rgazma davomida:

▶️“Talaba – kelajak” bitiruvchilar bilan muloqot;
▶️ Seminar-treninglar;
◀️ Biznes va startap loyihalar taqdimoti;
◀️ Oliygohlar bilan tanishuv;
▶️ Imtiyozli kreditlar;
◀️ Madaniy shou va musiqiy kechalar sizni kutmoqda!

Samarqanddagi oliy ta’lim muassasalarining bitiruvchi kurs talabalari, shuningdek, boshqa hududlarda tahsil olayotgan samarqandlik bitiruvchilarni hamda abituriyentlarni ko‘rgazmaga taklif etamiz!

📍 Manzil: Samarqand shahar, Universitet xiyoboni.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qabul yakunlanishiga 6 kun qoldi

Abituriyentlar 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi. Bunda abituriyentlar faqat test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan oliygohni tanlaydi;

Ya’ni birinchi bosqichda universitet yoki institut tanlanmaydi. Abituriyentlar faqat qaysi fandan, qaysi tilda, qaysi hududda test topshirishini belgilaydi xolos. "Men Yuridik universitetga topshirdim, men Tibbiyot akademiyasiga topshirdim" degan gaplar birinchi bosqichda bo‘lmaydi.

Imtihonlar iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi.

Abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi.

Ya’ni o‘zining olgan baliga qarab, testlar o‘tib bo‘lgandan keyin, qaysi oliygohning qaysi yo‘nalishiga topshirishini tanlaydi. O‘ylab olish, tahlil qilish uchun 15 kun vaqt bo‘ladi.

✔️ @mandatjavobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin.

👍👍👍👍👍👍

🇺🇿 @nodavlattalim — nodavlat oliy ta’lim muassasalari haqida rasmiy xabarlar!
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
2025/07/13 18:37:03
Back to Top
HTML Embed Code: