Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
115 - Telegram Web
Telegram Web
So‘nggi paytlarda juda ko‘p dasturchilar bilan texnik suhbatlar o‘tkazdim va ko‘p marta pycache va .pyc fayllari haqida savollarga afsuski ko‘pchilik aniq javob bera olishmadi. Shu sababli, men bu mavzuni batafsil o'z blogimda yoritishga harakat qildim.
https://ruzimurodov.uz/blog/python-8/pycache-and-pyc-16

__pycache__ va .pyc fayllar haqida bilarmidingiz? Yana qaysi mavzular qiziq bo’lar edi?

@nodir_ruzimurodov
2👍12🔥41
Forwarded from Jalilov Shamshod | Shaxsiy blog (Shamshod)
Siz bilan bugun eng qiyin va eng muhim savolga javob olamiz: Sun'iy idrok shifokor o'rnini egallaydimi?

Mavzu juda ham munozarali bo'lgani uchun har bir fikr yoki fakt manbasi bilan keltirilgan.

Siz bugun bilib olasiz:
-SI tibbiyot sohasida qanday natijalarga erishdi?
-SI shifokordan qanday ustunliklari bor?
-SI shifokorlarni ishsiz qoldiradimi?
-SI aynan qachon va qanday qilib shifokor o'rnini egallaydi?
-Hozirda tibbiyot yo'nalishida o'qishdan ma'no bormi?


Ushbu savollarning barchasiga quyidagi maqolada javob olasiz!

Sizlar bilan kasbini o’zgartirmagan AyTichi @Jalilov_Shamshod
5👍5
Forwarded from YARD BUSINESS CLUB
⚡️Продолжаем полюбившуюся всем рубрику «Резиденты YARD»

Сегодня наш герой - Муродхужа Муратов, основатель и руководитель «UNITED IT COMPANY»

🔥Об IT-сфере Узбекистана, мотивации сотрудников, жизненной цели и ценностях - полное интервью читайте на нашей странице в Instagram
👍21
Nega Middle yoki Senior Python developerlar odoo ga o'tishi kerak? 🤔

Biz kompaniyamizda 1 yildan beri bu platformada loyihalar bajarib kelmoqdamiz va buni har xil afzalliklarini ko'rdik, quyida nega aynan yuqori darajali bo'laman degan dasturchilar odoo'ga o'tishi kerakligi haqida faktlar keltiryapman:

👉 Unda siz faqat pure algoritmlarni, faqat biznes logikani yozish bilan shug'ullanasiz. Tayyor modullaridan foydalanib, kichik modullar va takrorlarnuvchi kodlarni yozmaysiz, hammasini sizgacha siz qilishiz mumkin bo'lganidanam mukammalroq qilib, community'dagi 2500+ dasturchilar birgalashib Open source da yozishadi. CRM, Inventory, Ecommerce, Sales kabi modullar juda dinamik istalgan biznesga mos qilib yozib qoyilgan, biroz custom'lasangiz bo'ldi.

👉 Siz arxitekturadi chiroyli qurishga qayg'ursangiz bas. Adminkada endi filtr, search, custom filter, mapda ko'rsatish, hisobot tablitsada ko'rsatish, kanban qilish, dinamik tablitsa qilish, ... bo'yicha o'ylanib o'tirmaysiz. Tayyor adminka modelizdagi data typelar qarab generatsiya qilinadi, klient yoki PMga tayyor adminkani xohlaganicha o'zi o'zgartirib olaveradi.

👉 Development tezkorligi yuqori. Yuqoridagi afzalliklar bilan siz loyihani qurishni karrasiga oshirishingiz mumkin va tejalgan vaqtga yanada qiziqarli va foydali loyihalar qurishga o'tib soqqangizni o'ylashingiz mumkin.

@OlimovAmon
👍5🤔2🔥1
Post yozmay qo'yganimga ham ancha bo'lib qolibdi. Buyog'iga tez-tez texnik mavzularda post yozishga harakat qilaman.

Sizlar bilan bugun SQL databaselarda juda muhim bo'lgan mavzularda biri Tranzaksiyalar haqida gaplashamiz.

- SQL da tranzaksiyalar nima?
- Tranzaksiyalar qanaqa ishlaydi?
- Deadlock nima?
- Deadlock da qanaqa qilib saqlanishimiz mumkin?

Ushbu savollarga quyidagi postdan javob olishingiz mumkin👇👇👇
https://ruzimurodov.uz/blog/database-11/sqlda-tranzaksiyalar-nima-24

Ushbu post bo'yicha savol va kamchiliklar bo'lsa kommentlarda yozib qoldirishingiz mumkin

@nodir_ruzimurodov
👍8🔥1
Forwarded from Jakhongir Rakhmonov - IT
Lavozimingizni oshirishningiz, yani promotion olish uchun buni bilishingiz shart.

Ish xonangizdagi hamma loyihalarning o‘rni bir xil emas. 

Qaysidirlari juda muhim - bajargan inson hammaning nazariga tushadi, mijozlar rahmat aytadi, kompaniyaga pul keltiradi va hokazo.

Qaysidirlari esa o‘rtacha darajada muhim - kimdirlarning nazariga tushadi, biror kishi rahmat aytishi mumkin ha hokazo.

Qaysidirlari esa umuman muhim emas - hech kimga ko‘rinmaydi, hech kim rahmat aytmaydi va hokazo.

Mening oldingi strategiyam menga berilgan ishni zo‘r qilish edi. Menejerdan ish kelishini kutar edim va berilgan ishni juda zo‘r qilishga harakat qilar edim. Yaxshi ishlayapman-ku, meni shuning uchun rag‘batlantirishlari kerak deb o‘ylar edim. Lekin bu noto‘g‘ri strategiya. Ming zo‘r ishlaganim bilan, uncha muhim bo‘lmagan loyihalar ustida ishlasam, men qilayotgan ishlarning ta’siri sezilmaydi.

Menejer menga ish berishini kutish xuddi karyeramni uni qo‘liga topshirib qo‘yayotgandek tuyulishni boshladi. Bu esa albatta noto‘g‘ri. Karyeramda o‘sishni o‘zim boshqarishim kerak. Bu o‘zimning qo‘limda.

Boshqa strategiyaga o‘tdim.

Jamoamiz qilayotgan ishlarni yaxshilab o‘rganib chiqib, eng keraklilarini o‘zim uchun belgilab qo‘yadigan bo‘ldim. Hozirgi qilayotgan ishim tugashiga shu muhim bo‘lgan loyihalardan berishlarini so‘raydigan bo‘ldim. Natijada men qilayotgan ishlarning ta’siri sezila boshladi va bu bir nechta promotionlarga olib keldi.

Bu strategiya ish berishi uchun esa albatta menejer sizga ishonishi kerak. Uning ishonchini qozonish uchun esa karyerangiz boshida ishingiz qanchalik zerikarli va ahamiyatsiz bo‘lmasin, uni yuqori darajada bajarishingiz lozim bo‘ladi.

@jakhonrakhmonov
7👍4👏1
IOS da oxirgi yangilanishdan keyin qo’ng’roqlarni yozib olish imoniyatini qo’shilibdi. Zo’r yangilanish chiqazibdi👍

@nodir_ruzimurodov
👍7
Bugun UIC Groupdagi safarimni yakunladim.

2.5 yillik davr mobaynida juda ko‘p qiziqarli va muhim loyihalarni birgalikda ishlab chiqdik. Jamoa sifatida birlashib, kichik landing sahifalaridan tortib, yirik bizneslarga qadar avtomatlashtirishda katta yutuqlarga erishdik. Jamoa bilan birgalikda ishlagan vaqtimning har bir lahzasi qadrli va unutilmas bo‘ldi. Bu yerda o‘rganganlarim, tajribalarim va do‘stlarim menga hayotimning eng muhim bir bo'lagi sifatida saqlanib qoladi.

O‘zbekistonda Odooni rivojlantirishga ham bir oz bo‘lsa-da, o‘z hissamni qo‘shganimdan faxrlanaman.Bu yerda o‘tgan har bir kun uchun minnatdorman. UIC Group barchasi uchun kattakon rahmat.

Bu yakun emas, balki yangicha boshlanish!

@nodir_ruzimurodov
👍13😭11🔥3
Forwarded from MDC Uzbekistan
Microsoft Community Conference 2024 | Uzbekistan

Join us for a premier gathering of the Microsoft Developers Community in Uzbekistan! The annual Microsoft Community Conference is back and promises an unparalleled experience of innovation and technology. Mark your calendar for November 30, 2024, and get ready to immerse yourself in the latest advancements and ideas shaping the tech industry.

🎉 Highlights:
Inspiring Keynote Presentations: Hear from leading tech innovators and industry experts.
Interactive Workshops: Explore hands-on sessions with the latest Microsoft tools and technologies.
Engaging Panel Discussions: Dive into trends and best practices shaping today’s tech landscape.
Networking Opportunities: Connect with fellow developers, tech professionals, and enthusiasts.

📅 Date: November 30, 2024
📍 Location: Tashkent, Uzbekistan

Don’t miss out on this exciting opportunity to learn, network, and grow within a vibrant community. Whether you're a developer, tech professional, student, or simply passionate about technology, this is an event you won’t want to miss!

🔗 Register Now: https://mdcuzbekistan.com/register

Stay tuned for more updates and join us in shaping the future of technology in Uzbekistan!

#MDCConf2024 #MicrosoftDevelopersCommunity #UzbekistanTech #TechConference #CommunityEvent

@mdcuzbekistan
IT(Ayti)chnik do'sting bilan meet qilganingda

@nodir_ruzimurodov
🤣10🔥5
Telegram botlarini optimizatsiya qilish bo‘yicha tajriba

Bugungi kunim Telegram botimni optimizatsiya qilish va tezlashtirishga bag‘ishlandi. Tezlashgani sari ilhom kelib, yanada chuqurroq o‘rganishga harakat qildim.Bazi botlar singari, tugmani bosgan zahotiyoq javob kelishini ta’minlash uchun maximum cachelardan foydalandim. Ammo shunga qaramay, ba’zi hollarda kutilgan darajada tezlikka erisha olmadim.

Keyinchalik muammoni yanada chuqurroq o‘rgansam, muammo O‘zbekistondagi Telegram API’ga bo‘lgan yuqori pingda ekanligini aniqladim. Shu sababli, boshqa serverlarni sinab ko‘rdim. Contabo’dan olingan Germaniyada joylashgan serverim bor edi. Unda ping juda past ekanini ko‘rib, aynan o‘sha serverda Telegram Bot API ni o‘rnatdim va ishlatdim. Natija ajoyib bo‘ldi — botning tezligi sezilarli darajada oshdi va kutilgan darajada ishlay boshladi.(taqqoshlash uchun hozirgi vaqtda O'zbekistonda ping o'rtacha 100ms, Germaniya serverlarida 4 ms)

Xulosa:
Telegram bot yaratmoqchi bo‘lganlar uchun kichik maslahat: serveringizni iloji boricha Yevropa hududidan tanlashga harakat qiling. Bu botning ishlash tezligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va foydalanuvchilaringiz uchun qulayroq bo‘ladi.
Telegram bot api ni o'zingizda ko'tarmoqchi bo'lsangiz Iogram chiqazga imageni maslahat beraman. Telegramni ham botlar uchun qo'yilgan limitlari yetarli darajada oshadi ham.

Ushbu postni bot yasashga qiziqadigan do'stingizga yuborib qo'ing 🚀

@nodir_ruzimurodov
511
Forwarded from Aleph Nought
Post uzunroq ammo ham kulgili va ham achinarli gaplar yozilgan.

Bilmaganlar uchun: Man bir kompaniyada texnik suhbat oluvchi hodim sifatida ham ishliman. Asosan texnik o'qituvchilarni suhbat qilaman.

Man bilan suhbat muvaffaqiyatli yoki aksincha bo'lsa ham, odatda uzoq davom etmaydi. Nega? Chunki to'gridan to'gri kod yozamiz. Yani birinchi savolning o'zidayoq siz kod yozib berishingiz kerak. Bu bilan u javoblarni yodlab olgani yoki GPT kabilar bilan tayyorlanganini o'ylab o'tirmayman. Chunki tajribali odam shartta yozadi qo'yadi.

Sizlarga har xil keyslarni aytmoqchiman:

O'sish uchun dars bermoqchiman deyishadi. Ok, o'sarsiz ammo o'quvchilarni kim o'stiradi?

---

Suhbatda mani eng chorasiz qoldiradigan, ya'ni nima deyishimni bilmay qoladigan bir vaziyat bor. Nomzod noto'gri javoblar beradi. Biroz sukut saqlab "Azgina hajonlanvomman" deydi. Kimdir bilsa etsin. Man shu payt nima qila olaman?
"Ha bu o'zi zo'r mutaxasis, jovoblani biladi, shunchaki hozir hayajonda" deb muvaffaqiyatli o'tkazishim kerakmi? Yana savolim bor: "Hayajonlanmang" desam hayajoni to'xtaydimi?

---

Masalan JS bo'yicha bo'lsa va man setTimeout ni yozib bering desamu u nimaligini bilsa ammo yozilishida xato qilsa buni kamchilik deb bilmayman. Ammo nimaligini bilmasa yoki qanday ishlashini bilmasa bu yomon.

Endi savol aslida setTimeout bir funkisya xolos, shuni bilmaslik yoki esidan chiqarish yomonmi deyishingiz mumkin.
Javob: Albatta yomon. Nega? Chunki JavaScript muhitida timeouts deb alohida ajratilgan mavzu hisoblanadi. Timeoutlar oddiy kodlardan biroz boshqacha ishlaydi va buni o'zini hurmat qilgan JS dasturchi ablatta bilishi kerak. Unutsangiz ham unuting ok. Chunki hozirgi zamonda ish paytida bilmasangiz ham qiynalmaysiz, shartta google qilasiz yoki GPT kabilardan so'risiz. Ammo darsda o'quvchingiz sizdan so'rayapti. Nima deysiz? Google dan qaraberasmi? Nima uni o'zi qlomidimi? Umuman sizga nega pul to'lashi kerak?

---

Ishga (dasturchi sifatida) topshirasiz u yerga kira olmay birdan dars bergingiz kelib qoladi... Bizga qarab "Shu tajribam bularga bo'laveradi" degan fikrdamisiz yoki? Aslida biz qattiqroq suhbat qilishimiz kerak. Nega? Tasavvur qiling siz dasturchi bo'lib ishga topshiryapsiz, intervyudan amallab o'tdingiz. Yani kamchiliklaringiz bor. Ishlaysiz ishlaysiz va qayerdadir muammo chiqarasiz. Albatta bu juda tabiiy jarayon va it's ok. Bugun bo'lmasa ertaga yoki undan keyin to'girlanadi, bahonada siz tajriba orttiryapsiz. Endi tasavvur qiling siz ta'lim dargohida ishlamoqchisiz. U yerdan ham amallab o'tdingiz. Yuzlab yoshlar "Poytaxtda o'qiman" degan umid bilan viloyatlardan kelishadi, kvartira, yeb ichish, kurs to'lovlari, boshqa harajat vahokazolar haqida o'ylab ko'ring. Mayli deydi va o'qidi. Ammo shox soxta bo'lib chiqsachi?

Yani dasturchilikda chiqadigan muammodan ko'ra o'qitvchilikda chiqadigan muammo ancha jiddiy.

O'quvchi: Ustoz bu nima?
O'qituvchi: Bilmadim ishlatib ko'rmagamman.

Shu yerda haligi o'quvchini tasavvurlari o'zgarib ketti...

Bilmaslik ayb emas albatta, lekin shaxsan sohaga doir va bilishi shart bo'lgan mavzulardan savol bersam ham javob ololmayapman.

---

Framework yoki Lib ishlatasiz. Ajoyib, qarshiligim yo'q. Muhimi siz qaysi qiyin ishni oson yo'l bilan hal qilish haqida o'ylab birortasini tanlagansiz. Yani ularsiz ham ishlay olasiz, nu zachem? tayyor tool bor-ku deysiz. Bu to'gri fikr. Ammo ularsiz hech narsa qila olmaydigan odamlar ham chiqayapti. Yana eslataman, menga chiqdimi tamom u dars bermoqchi bo'lgan odam bo'ladi.

Asab kerak ekan. Bilasizmi shunaqalar odatda nima deyishadi? Bu ishlatilmidi-ku. Bu ish-la-til-midi-ku. Javobni qarang. Ha uni siz ishlatmassiz yoki sizning doirangizdigilar ishlatishmas, lekin bu o'sha mavzuni bilmasligingizga bahona bo'lolmaydi. Har holda dasr bermoqchisiz.

---
🔥8👍2
O’zini kanalida o’zini botini reklama qilayotgani uchun pul to’layotgan kun.uz 💀💀

@nodir_ruzimurodov
🤣20😁2💔1👀1👾1
Forwarded from Muratov Blogi
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Qaysi son har qanday biznes, startap yoki loyihani o‘ldirishi mumkin? Javob: bir.

Bu fikrni Den Kennedi o‘zining "Qattiq menejment" kitobida ochib beradi. Biznesdagi eng katta xavf — faqat bir narsaga suyanish.

Nega bu son xavfli?
- Bitta mijoz. Barcha daromad bitta mijozga bog‘liq. U ketsa, biznes uxlaydi.
- Bitta xodim. Asosiy xodim ishdan ketsa, loyiha yoki ish to‘xtab qoladi.
- Bitta yetkazib beruvchi. Yetkazib beruvchi muammolari sizga ham taʼsir qilib vaqt va pul yo‘qotishingizga olib keladi.
- Bitta mahsulot. Yangi mahsulot yaratmaydigan kompaniyalar tezda bozorda o‘z o‘rnini yo‘qotadi.
- Bitta savdo kanali. Agar reklama faqat bir platformada ishlasa, uning qoidalari o‘zgarishi bilan mijozlarsiz qolishingiz mumkin.

Nima qilish kerak?
Zaxira variantlarini yarating: ko‘proq mijozlar, ko‘proq mahsulotlar, o‘xshash ko‘nikmalarga ega xodimlar. Imkoniyatlar qanchalik ko‘p bo‘lsa, biznesingiz shunchalik kuchli bo‘ladi.

O‘ylab ko‘ringchi ishingizning qaysi joyida bir narsaga juda ko‘p suyanib qolgansiz?

💻 @muratovuz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
2025/10/28 10:36:17
Back to Top
HTML Embed Code: