Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
333 - Telegram Web
Telegram Web
"Fail"ning keyingi kaliti:

Dunyo adolatli bo'lishini kutib, adolatsiz holatingdan nolish.
Forwarded from Ilyos Safarov
Urg'uni to'g'ri beraylik.

Parlament kuni-kecha "bolani noqonuniy diniy ta’lim olishga jalb qilganlik" uchun ma’muriy javobgarlik belgilanishini birinchi o'qishda ma'qulladi.

Buning oqibatlari qanday bo'lishini, zulm yanada kuchayishini sezayotgan dindorlar qo'lidan kelgancha e'tiroz bildiryapti.

Biroq, dindorlar hissiyotga berilib, baxs-munozarani avvaldan yutqazib qo'ymoqda.

Ushbu qonun loyihasiga qarshi bo'lish dindorlar ustidan nazoratni kuchaytirib, erkini bo'g'ib, ularni ikkinchi sort, johil va baqiroq qatlam sifatida ushlab turishni istayotganlarning ayni manfaatidadir.

Qaysi aqli raso bo'lgan odam "noqonuniy diniy ta'lim olish" tarafdori bo'lishi mumkin?
Undan ko'ra, dindorlar, diniy ta'lim masalasi ko'tarilgan ekan, fursatdan foydalanib, barcha uchun QONUNIY diniy ta'lim imkonini talab qilishi lozim.

Hozirda O'zbekistonda dindor uchun qonun doirasida diniy ta'lim olishning imkoni mutlaqo mavjud emas.

Diniy sohadagi eng asosiy qonun, Abror Muxtor Ali kabi nusxalarning "informatsiyon ko'magida" 2021 yilda yanada qat'iylashtirilgan "Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar" to'g'risidagi qonunda fuqarolarining dunyoviy ta’lim olish huquqi, ularning dinga bo‘lgan munosabatidan qat’i nazar, ta’minlanishi aytilgan. Bunga qo'shilamiz, zaruriy talab.

Biroq, dindorlarga diniy ta'lim olish mutlaqo kafolatlanmagan va hatto mumkin emas. Dindor o'z bolasiga faqatgina "diniy ta’lim muassasalarida" (madrasada) faqatgina "professional diniy ta’lim" berish huquqiga ega. Bu degani, bola 18 yoshga to'lgandagina (ya'ni, bola bo'lishdan to'xtaganda) oz sonli, qabuli o'ta cheklangan madrasaga kirib, 22 yoshida professional rohib bo'lishigina mumkin. Ko'rib turibmizki, professional saroy mullasi bo'lishni istamagan, lekin dinini mukammal o'rganishni istaganlar uchun barcha yo'llar yopiq.

Bu vaziyat Konstitutsiyaga va O'zbekiston imzo qo'ygan xalqaro shartnomalar, hususan "Bola huquqlari to'g'risidagi" konvensiya va "Fuqaroviy va siyosiy huquqlar to'g'risidagi" xalqaro paktga zid.

Ushbu paktning 18-moddasida shunday deyiladi:
1. Har bir inson fikr, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Ushbu huquq o‘z ixtiyori bilan o‘ziga ma’qul dinni qabul qilish va e’tiqod qilish erkini, yakka holda, shuningdek boshqalar bilan birgalikda, oshkora yoki xususiy tartibda ibodat qilish, diniy va boshqa urf-odatlarni va marosimni bajarish erkini ham o‘z ichiga oladi.
4. Davlatlar ota-onalarning o‘z bolalarini o‘z shaxsiy e’tiqodlariga muvofiq diniy va axloqiy tarbiyalash erkini hurmat qilish majburiyatini oladilar.

Demak, urg'uni mana shu g'ayritabiy vaziyatni o'nglashga berish kerak. Bu esa jiddiylashishni, kerak bo'lsa, siyosiylashishni, va muayyan qurbonliklarni, talab etadi. Boshqa yo'li yo'q,pushti rang ko'zoynaklarni yechib, jannatga birovning bukrida kirish xom-hayolidan voz kechish davri allaqachon kelgan.

P.s. Ba'zi ahmoqlar "jiddiylashishni" fuqarolik urushiga da'vat deb qabul qilmoqda. Aslida, konstitutsiya doirasida o'z e'tirozlarini bildirayotgan va erkinligi uchun kurashayotgan dindorlar barchani, jumladan bu ahmoqlarni ham qullikdan ozod qilyapti.

©Sardor Salim.

@haqiqatdaIlyos
Kecha bolalar huquqlari bo'yicha ayrim qonunlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritish bo'yicha qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga chiqarildi.

Bu degani biz 02.07.2024 sanasigacha fuqaro sifatida o'z fikrimizni bildirish huquqiga egamiz.

Ushbu havola orqali o'tib, OneID tizimiga kirgan holda o'z fikringizni bildirishingiz mumkin.
Forwarded from Rustam Abduraxmonov
Tulkidan qochayotkan quyon organizmi adrenalin ishlab chiqararkan uni ushlab yeyish uchun quvlayotkan tulkida dofamin va noradrenalin chiqararkan. Quyondagi adrenalin va kartizol stressga olib kelib immunitetni tushursa. Tulkidagi dofamin va noradrinalin kortizol bilan immunitetni 100 foiz ko'tararkan.

Hulosa qilib aytsa biz hayotdagi muammolardan qochmasligimiz kerak, biz doim maqsadga qarab yugurishimiz kerak. Sog'lomroq bo'larkanmiz.
Hayot ishda 9 soat o'tishini kutish, o'qishda darslarni tugatib, uyga borishdan, bola-chaqa, uylar qurishdan iboratmi faqat?

Atrofga qara axir, qo'lingdan ko'p narsa kelmayotganini tushunmadingmi hali ham? Jamiyat sifatida adolatsizlikka qarshi tura olmasang, shaxs sifatida muhim ishlar ustida ishlay olmasang, harakatsizlik, nafsga yengilish. Nahot, bu ojizlikdan or qilmasang?

Bu gaplar o'zim uchun avvalo. Agar ular hech narsani anglatmasa, ko'zlaringni kattaroq och, iltimos. Yo'q, bu gaplar bilan ish, o'qish, uy muhimmas demoqchimasman. Faqat, endi kel, har birida kattaroq, mazmunliroq maqsad qo'yib harakat qilaylik. Ishingni eng zo'r sifatda bajar, foydali ishlarni tanish va ularda mutaxassis bo'lish uchun hech tinmay o'qi, jamiyatni qurishni esa oilangdan boshla. Har birida bir martagina imkoning borday boringni ber.

Motivatsiyang ham bir oyda so'nib qolmasin, shuncha ish turganda motivatsiyamiz yo'q deyishlik juda katta mas'uliyatsizlik bo'ladi aslida.
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Владимир Норов рассказал о скрытом потенциале исламского социального финансирования

Речь идет, прежде всего о борьбе с бедностью.

"Ключевой областью возможностей является роль исламских финансовых технологий в активизации многомиллиардного пула исламского социального финансирования из закята (обязательная благотворительность), садаки (добровольная благотворительность), и вакфа (исламские пожертвования)", - уточнил председатель Центральноазиатской ассоциации искусственного интеллекта Владимир Норов.


Подробнее - в видео.
Forwarded from Uzbekonomics
Qayerdadir bayram bo'lyapti, qayerdadir Olimpiada tugadi, lekin G'azoda esa bolalar o'ldirilishi tugamadi. Yangiliklarga ko'ra, kecha Muhammad ismli ota bor yo’g’i 4 kun oldin dunyoga kelgan egizak farzandlariga tug'ilganlik guvohnomasini rasmiylashtirish uchun uydan chiqib ketganida chaqolaqlari va ayoli qolgan uy bombardimon qilingan va ularning barchasi vafot etgan.

Video.

Ota bolalari tug’ilganini nishonlashga ham ulgurmabdi. Tug’ilganlik guvohnomasini olgani ketgani bilan ortga qaytishga ulgurmasdan endi bolalari o’limini qayd etadigan guvohnomani olishga to’g’ri kelar ekan. Bu yo‘qotishning nihoyatda shafqatsizligini so‘z bilan ta’riflay olmayman.

G’azoda shu kungacha 15 mingdan ko’p bolalar o’libdi. Bu otaning oilasi va boshqa shu kabi yurakni parcha-parcha qiladigan yangiliklar go’yoki odamlar uchun normallashib, ahamiyat ham berilmaydigan darajaga kelib qolgandek. Ba’zi, xalqaro ommaviy axborot agentliklari bu va bu kabi yangiliklarni yoritmaydigan ham bo’lib qolishdi.

Ko’z oldimizda shunday dahshat sodir bo'layotganiga aql bovar qilmaydi.

@uzbekonomics
Birinchi 10km!
Izlayotgan mo'jizang qilishdan qochayotgan ishingda bo'lsachi?

Ko'proq vaqt istayman, lekin kechga kelib erta uhlashga shoshilmayapman. Istaganim ko'proq vaqt ertalabki barakali tongda bo'lsachi?

Aqlim sokinlashishini xohlayman, lekin aqlimni tashqi omillardan saqlamayapman. Istaganim sokinlik kamroq ijtimoiy tarmoqda bo'lsachi?

O'sishni, qo'limdan ko'proq, mazmunliroq ishlar kelishini xohlayman, lekin qiyin, yoqmaydigan ish kelsa, unga kirishishga shoshmayapman. Mazmun, o'sish ba'zan yoqimsiz ishlarni qilishda bo'lsachi?
-----------------
Uyimizga juda yaqin joyda avtobusning norasmiy bekati bor, rasmiy bekat esa uzoqroq-da, ukam bilan bozordan qaytishda ba'zan ikki xil tanlov oldida qolamiz - (nimagadir) noqulay bo'lsa-da, haydovchidan uyga yaqin to'xtashni so'rab ko'rish, yoki rasmiy bekatda tushib qolish - bunisi uzoqroq, tabiiyki og'ir yuk bilan uzoqroq yurish kerak bo'ladi.

So'rab ko'rganimiz-da, avtobus uyga yaqin to'xtasa, hayolimga har doim bir gap keladi - "noqulay bo'lsa ham, bir marta urinib ko'rish qiyin ishni qanchalik yengil qilib yuborishi mumkin".

Izlayotgan yechimimiz qochayotgan urinib ko'rishimizda bo'lsachi?
Bugun òzim uchun Qibrayning yangi maydonlarini ochdim. Rayhon, Bòzsuv va Uluģbek taraflari.

+1 "10km".
Forwarded from Iqtisodchi Kundaligi
Бугун ватанимиз мустақиллигига 33 йил бўлди. Барчангизни шу улуғ айём билан чин қалбимдан муборакбод этаман. Мустақиллигимиз абадий бўлсин!

Дунёдаги энг муқаддас нарсалардан бири бу эркинликдир, шунинг учун ватанимиз мустақиллиги ва суверенитети халқимизга берилган энг қимматбаҳо неъмат эканлигини ҳеч унутмаслигимиз керак.

Бу байрамнинг қадрини бугунги кунда дунёда содир бўлаётган воқеаларга қараб билиш мумкин.

Бугун биз ўз мустақиллигимизни хурсандчиликда нишонлаётган бир пайтда, дунёда қанчадан қанча ўз ҳуррияти учун курашиб келаётган халқлар бор. Уйғуристонда минглаб одамлар ўзининг ҳақларидан марҳум қилинмоқдалар. Афғонистондаги ваҳшийликлар ҳақида гапириб одам сиқилиб кетади. Украинада минглаб одамлар айнан ватанини мустақиллиги ва мавжуд бўлиши учун курашиб вафот этмоқдалар, миллионлаб Украиналиклар ўз уйларидан маҳрум бўлишмоқда. Фаластин халкининг хам бошига тушаетган киргинбаротлар - суверенитет ва мустақиллик масаласи - мамлакат мавжудлиги саволи. Бир хил миллатлар учун ҳақиқий мустақилликка эришиш жуда азобли ва қийин бўлган ва афсуски бўлиб келмоқда ҳам, менимча айнан шунинг учун ҳам, биз бу олий неъматни ўзгача қадрлашимиз керак. Буларни кўрганимизда биз мустақил бўлганимиз қанчалик ноёб ва қадрли эканлигини унутмаслигимиз керак.

Тўғри, бизда жуда кўп ечилмаган муаммоларимиз бор. Лекин иқтисодий, ижтимоий ва қонуний муаммоларимизни биз, бир жамият, бир халқ сифатида ўзимиз муҳокама қилиб ва ўзимиз очиқ ва эркин ҳал қила олишимиз -жуда бир катта бахт деб ўйлайман. Бир нарсани унутмаслигимиз керак, эркинлик учун доим ҳаракат қилишимиз лозим, эркинлик учун доим курашишимиз лозим. Эркинлик шундай муҳим ва ноёб нарсаки уни барчамиз ҳимоя қилишимизни ва аяшимизни талаб этади.

Эркинликдан бошқа ихтиёрий нарсани устувор қўйган халқ, ҳам эркинлигини, ҳам ўша эркинликдан афзал деб танлаган нарсасини йўқотади. Биз шундай хато қилмаймиз деган умиддаман.

Мустагилигимиз ва шу тариқа эркинлигимиз бундан ҳам мустаҳкам бўлсин. Ўз келажагимиз қандай бўлишини фақат ўзимиз, биргаликда, демократия ва очиқлик шароитида белгилашимиз насиб қилсин.

Бу ватан барчамизники, ватанимиз эркин бўлишини таъминлаш ҳам барчамизнинг зиммамизда.

Байрам муборак азиз ватандошлар!
Chirchiqning bir irmoģidan boshqasi tomon.
"Jack" Bogle ("Vanguard" asoschisi) dan qiziq ikki fikrga duch keldim:

Moliya tizimining vazifasi, menimcha, jamiyatning xizmatkori bo‘lishdir, uning xo‘jayini emas. Lekin oxirgi o‘n yilliklar davomida moliya, tobora ko‘proq, xo‘jayin roliga o'tib olyapti.


Eng katta xavf shundaki, biz shunday moliya tizimini qurib qo‘ydik-ki, u ko‘proq kapital boshqaruvchilarini kapital yaratuvchilari zarariga mukofotlaydi.

----------------
Bu fikrlar hali bizning yurtlar uchun juda qattiq ta'sir yoki aktuallikka ega deb bilmayman, nazarimda, bizda moliya tizimi hali ham xizmatkor rolida, lekin rivojlangan mamlakatlarda bu yaqqol seziladi.
2025/10/25 04:40:12
Back to Top
HTML Embed Code: