Telegram Web
Ohangaron shahar maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi barcha tashkilotlariga 1-okryabr Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda fidokor ustozlarga shahar hokimi M.Rajabboyev, hokimning yoshlar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari Z.Karimov, MMTB boshlig‘i A.Hamrayev hamda Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Ohangaron shahar bo‘linmasi kengashi N.Turanovalar tomonidan tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alar berildi. Tadbir davomida kuy-qo‘shiqlar va teatr jamoalarining chiqishlari ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_bandligi

Yoshlar ishlari bo’limi tomonidan "Iloq" MFY da istiqomat qiluvchi yosh Obidjonova Jamila ishsizligi tufayli mahalla yoshlar yetakchisi Tursunov Asadbekga oʻzini-oʻzi band qilish maqsadida Tikuv mashinasi soʻrab murojaat qildi. Hozirgi kunda o'z xonadonida tikuvchilik bilan shugʻullanib o'z daromadiga ega boʻldi. Bunday yaratib berilayotgan sharoitlar uchun Prezidentimizga o'z minnatdorchiligini bildirdi.

@ohangaronshahar
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Zulfiya mukofoti iqtidorli qizlarni chorlaydi

Shahrimizda Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti tanlovining shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi.

⚡️Tanlov 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan qizlar o‘rtasida ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalarini rivojlantirish va jamoatchilik faoliyatidagi yutuqlarga erishgan  qizlar o‘rtasida o‘tkaziladi.

🖇Tanlovda qatnashish istagida bo‘lgan xotin-qizlar hujjatlarini mahalladagi xotin-qizlar faollariga 10-oktabr kuniga qadar topshirishlari lozim.

Tanlovda qatnashing va o‘z iqtidoringizni namoyish eting!


@ohangaronshahar
#Shukuh

Shahrimizdagi barcha umumta’lim maktablarida Ustoz va murabbiylar kuni keng tantana qilinmoqda.

⚡️Shuningdek, 1-umumta’lim maktabi o‘quvchilari ham ustozlari uchun bayram tuhfalari hozirlashdi.
Erta tongdan ustozlarini bayram kayfiyatida kutib oldi.

@ohangaronshahar
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Nuroniy_jamg‘armasi
#Ustozlarni_xotirlab

📰 Xalq maorifi a’lochisi,  tajribali pedogog, ustoz Diloromxon Kamolova 1964-yil 30-sentabr kuni Ohangaron shahrida dunyoga kelgan.

Mehnat faoliyatini Ohangaron xalq ta’limi bo‘limida boshlab, Angren Pedagogika institutining ona tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan.

Ko‘p yillar  Ohangaron shahar hokimligi uy-joy, umumiy bo‘limlarining boshlig‘i, 8-sonli umumta’lim maktabi direktori va maktab direktorligi davrida maktabini yangidan zamonaviy qurilish ishlarini amalga oshirilishida bosh-qosh bo‘ldi.

D.Ataxanovna 2018-yildan shahar hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga saylandi.

U bilimli, mehnatga chanqoq, shijoatli ayol edi. Ta’lim sohasida, ishda va oilada, muomala madaniyatida barchaga o‘rnak edi. Ko‘plarga ustozlik qildi.

Qismat. Sinovlarda sinalgan, mehnatda toblangan Diloromxon Kamolova 2021-yil noyabr oyida olamdan o‘tdi. Alloh rahmatiga olsin, Ohiratlari obod bo‘lsin!

@ohangaronshahar‌‌
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
ТАЪЛИМ ТИЗИМИ: ЭНДИ НИМАЛАР ЎЗГАРАДИ?

Келгуси ўқув йилидан халқаро стандартлар асосида малака сертификатини бериш йўлга қўйилади. Синовларда 86 ва ундан юқори балл олган педагоглар қўшимча 70 фоиз устама олади.

Янги қуриладиган хусусий мактаб бинолари учун коммунал харажатларнинг 50 фоизи 5 йил муддатгача бюджетдан тўлаб берилади. Тадбиркорлар ўз ҳисобидан мактаб қурса, унга кетган харажатлар фойда солиғидан икки йил давомида тенг улушларда чегириб ташланади.

Ўқувчилар мураккаб концепцияларни осон ўзлаштириши учун аниқ ва табиий фанлар бўйича виртуал лабораториялар ташкил этилади.

Мактаб тизимида ўқитувчи ўз имконияти ва ютуқларини, янги ишланмаларини эълон қилиши учун ягона онлайн платформа яратилади.

Педагогика йўналишидаги олийгоҳларда таҳсил олаётган иқтидорли талабалар учун Абдулла Авлоний номидаги стипендия ташкил этилади.

"Йил ўқитувчиси" танловининг туман ва шаҳар босқичи ғолиби бўлган ўқитувчиларга президент совғаси сифатида уч хонали уй берилади.

Халқаро фан олимпиадаларида олтин медал олган ўқувчиларга 170 миллион сўм мукофот берилади.

✍️Президент Шавкат Мирзиёевнинг таълим-тарбия соҳаси вакиллари билан мулоқотидан олинди.

Yoshlar kundaligi
2024/09/30 13:45:46
Back to Top
HTML Embed Code: