Telegram Web
Hurmatli kanalimiz kuzatuvchilari!

К
analimizda doimiy ravishda ko‘proq fan olimpiadalari o'tkaziladigan kunlar, olimpiada ishtirokchilari, g‘oliblari hamda olimpiadaning umumiy natijalarini e'lon qilib kelamiz.

Kanalimizni rivojlantirish maqsadida yana qanday ma'lumotlar berilib borilishini istagan bo‘lardingsiz?
(Masalan, olimpiada topshiriqlari, mazmuni va ularning yechimlari )

Takliflaringizni kommentariyalarda yozib qoldirishingiz mumkin.

Ta'lim sohasiga befarq bo‘lmaganingiz hamda fan olimpiadalari rivojiga o'z hissangizni qo'shayotganingiz uchun oldindan minnatdorlik bildiramiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
91 ta medal: O‘zbekiston fan olimpiadachilari haqiqiy qahramonlar!

Odatda sport ligalaridagi yutuqlarimiz bilan keragidan ortiq maqtanamiz va bu haqida deyarli hamma gapiradi. Xo‘sh, O‘zbekistonning xalqaro akademik reytinglardagi o‘rni qanday?

O'zbekistonga naq 91 ta medal olib kelgan haqiqiy qahramonlarimizni yaxshi taniymizmi?

Ushbu maqolada 2023/2024-o'quv yilida o‘zbekistonlik o‘quvchilarning turli xil olimpiadalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari tahlili bilan tanishasiz.

Batafsilhttps://xalqtaliminfo.uz/post/800

Telegram I Facebook I YouTube
Nufuzli xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik.

Nufuzli xalqaro informatika olimpiadasiga tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda. Toshkent shahridagi Amity universititetida onlayn camp tashkil etilgan bo'lib unda terma jamoa a'zolari uchun xalqaro darajadagi trener tomonidan foydali bo‘lgan o'quv mashg'ulotlari, treninglar tashkil etilgan.

36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) 2024-yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda bo‘lib o‘tishi belgilangan.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston terma jamoasi a'zolari Xalqaro geografiya olimpiadasida ishtirok etish uchun Irlandiyaga jo'nab ketdi.

🌍Xalqaro geografiya olimpiadasi (iGeo 2024) 19-24 avgust kunlari Irlandiya Dublin shahrida  bo‘lib o‘tadi.

Terma jamoa tarkibi bilan tanishing :

1️⃣Tursunbayev Mansurbek - Namangan viloyati, Namangan shahar ITMA 1-son IMI 10-sinf o‘quvchisi;
2️⃣Safarov Alisher - Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahar Prezident maktabi, 11-sinf o‘quvchisi;
3️⃣Axmadjonov Xazratbek - Toshkent shahar, Yunusobod tumani 235-sonli maktab 9-sinf o‘quvchisi;
4️⃣Qosimjonov Jaloliddin - Farg‘ona viloyati, Farg‘ona shahar IDUMI, 11-sinf o‘quvchisi.

Barcha ishtirokchilarimizga omad tilab qolamiz!

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
O'zbekiston terma jamoasi 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasi (IOI 2024) da ishtirok etish uchun Misrga uchib ketdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
Bugun yangiliklarga boy kun bo’ldi

Davlatimiz rahbari maktabgacha ta’limni rivojlantirish, iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Taqdimotda aytilgan eng muhim yangiliklar:

Maktablarning bo‘sh yerlarida davlat-xususiy sheriklik asosida bog‘cha qurishga ruxsat berish rejalashtirilmoqda.

Endi barcha dasturlar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining veb-saytida joylashtiriladi hamda undan bepul foydalanish mumkin.

Maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi oliy ta’limda dual ta’lim shaklini ochish, sirtqi va kechki o‘quvlarda maqsadli kvotalarni oshirish taklif etilmoqda.

Davlat bog‘chalarida biometrik identifikatsiya qilish texnologiyasini qo‘llagan holda hisobotlarni raqamlashtirish talabi qo‘yilmoqda.

Taqdimotda iqtidorli yoshlar bilan ishlashni takomillashtirish chora-tadbirlari ham muhokama qilindi.

Xalqaro fan olimpiadalari ishtirokchilarini 5-8-sinflardan boshlab saralab olish yo‘lga qo‘yiladi. Har bir fan bo‘yicha o‘quv dasturlari, adabiyotlar, metodik tavsiyalarva qo‘llanmalar takomillashtirilib, o‘quvchi va murabbiylarga yetkaziladi. Terma jamoalarga chet ellik mutaxassislar jalb qilinadi, xorijiy jamoalar bilan qo‘shma yig‘inlar o‘tkaziladi.

Bugungi kunda 22 ta xalqaro va mintaqaviy fan olimpiadalarida g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar pul mukofoti bilan taqdirlanmoqda. Endi mukofotlanadigan olimpiadalar soni 28 taga oshiriladi. Respublika va xalqaro olimpiadalarda g‘olib bo‘lgan o‘quvchilar, ularning o‘qituvchilari va terma jamoa rahbarlariga to‘lanadigan pul mukofotlari hamda sovg‘alar daromad solig‘idan ozod etiladi.

@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Prezident Shavkat Mirziyoyev iqtidorli yoshlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

olympiad.uzedu.uz
🚀 Telegram | 🎬Youtube | 🔵Facebook | 📷Instagram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#IOI_2024

⚡️O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Xalqaro informatika olimpiadasida bronza medali sohibi bo‘ldi

Joriy yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda
90 dan ziyod davlat vakillari ishtirokida oʻtkazilayotgan 36-Xalqaro Informatika Olimpiadasida (IOI 2024) Oʻzbekiston terma jamoasi sovrinli o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Oʻzbekiston terma jamoasining yana bir aʼzosi, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchisi Asilbek Sunnatov "Honorable mention" (namunali ishtirok) mukofotiga sazovor boʻldi.

G'oliblarni samimiy tabriklab, ularning kelgusi ishlarida ham muvaffaqiyat tilaymiz!

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from MTRK ǀ Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Tahlilnoma | Fan olimpiadalari chempionlarini qo‘llab-quvvatlash: Kecha. Bugun. Erta
#8sep #uzbekiston24

mtrk.uz | Youtube | Facebook | Telegram | uztv.tv | TV-dastur
2024/09/11 11:02:03
Back to Top
HTML Embed Code: