Forwarded from Mutolaa
⭐️ Jamoamiz a’zolari xalqaro maydonlarda ma’ruza qilayotganidan faxrlanamiz va Javlon Jovliyevning kelgusi ijodiga omad tilaymiz.
Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Toʻrt muchaga nimalar kiradi?
Toʻrt muchasi sogʻ degan gapni koʻp eshitamiz. Badiiy adabiyotlarda ham bu ibora bot-bot koʻzga tashlanadi. Mucha soʻzining lugʻaviy maʼnosi kishi aʼzosidir. Toʻrt muchasi sogʻlik esa jismonan sogʻlomlikni anglatishi maʼlum.
Lekin toʻrt mucha deganda aynan qaysi tana aʼzolari nazarda tutiladi? Izohli lugʻatga koʻra, toʻrt mucha oyoq, qoʻl, koʻz va quloqdir.
🟢 Misol:
Toʻrt muchasi sogʻ odamga bekorchilikdan yomon dard yoʻq ekan.
S. Siyoyev, “Avaz”.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

Zoʻr yangilik: 320 ta nom oʻzbekchada va toʻgʻri yoziladi
Vazirlar Mahkamasi Oʻzbek tili bayrami arafasida davlat tili rivojiga hissa qoʻshadigan qaror qabul qilibdi. Unga koʻra, temiryoʻl vokzali, temiryoʻl stansiyasi va temiryoʻl razyezdlari nomlari davlat tili qoida va meʼyorlariga moslanadi, oʻzgarishlar tegishli hujjatlar va maʼlumotlar bazalariga kiritiladi, peshlavhalar va axborot koʻrsatkichlaridagi yozuvlar lotin yozuvida asoslangan oʻzbek tilidagi yozuvlar bilan almashtiriladi.
Qarorga butun respublika boʻylab oʻzgartiriladigan 320 ta geografik obyekt nomi ilova qilingan. Ilova bilan tanishib hayron qoldim: hatto mustaqillik yillarida qoʻyilgan nomlar ham xatolar bilan yozilib kelgan ekan! Shu jihatning oʻzi ham bu qaror ijrosini tezroq taʼminlash kerakligini anglatadi.

1
Takror tovushlar imlosi
Takror tovushlar imlosida koʻp adashiladi. Jumladan, harflar orasiga chiziqcha qoʻyish koʻp uchraydi. Ammo imlo qoidalariga koʻra, bu – xato.
Oʻzbek tilining asosiy imlo qoidalarida belgilanishicha, bir tovush ikki va undan ortiq tovush tarzida aytilsa, bunday holat harfni takror yozish bilan koʻrsatiladi: yoʻoʻq, nimaa, himm, ufff kabi.
📌 Demak:
Osmonga qaraab yotdim, choʻziiib gapirding-da, annniq ✅
Osmonga qara-ab yotdim, choʻzi-i-ib gapirding-da, an-n-niq ❌
@oriftolib

Oʻzbek tili bayrami kuni qutlugʻ boʻlsin!
Tilimiz rivojlanib, qamrovi kengayib, martabasi oshib boraversin.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Tilimiz rivojlanib, qamrovi kengayib, martabasi oshib boraversin.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
“E Voh” oʻzbek tili va adabiyoti olimpiadasi oltin medaliga Mansur Siddiqov sazovor boʻldi
Toshkent shahridagi “Sodiq School” maktabi oʻqituvchisi 30 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Toshkent shahridagi “Sodiq School” maktabi oʻqituvchisi 30 mln soʻm pul mukofoti bilan taqdirlandi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
“Kelajak soati” darslari oʻzbek tili mavzusiga bagʻishlandi
O‘zbek tili bayrami munosabati bilan taʼlim dargohlarida “Kelajak soati” darslari oʻzbek tili mavzusiga bagʻishlandi.
Men ham bu darslarda qatnashdim. Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi 10-sinf oʻquvchilari bilan ona tilimizning qadr-qimmati, boyligi, uni rivojlantirish, raqamli dunyodagi oʻrni va mavqeini mustahkamlash haqida suhbatlashdik.

Forwarded from Til va adabiyot ta’limi
🔥🔥🔥"Eng yaxshi filolog" tanlovining ikkinchi davra g‘oliblari aniqlandi
Hakamlar hay’ati "Til va adabiyot ta'limi" hamda "Filologiya va pedagogika" jurnallarining 2025-yil 4–5-sonlarida chop etilgan maqolalarni tanlov nizomi asosida baholadi.
✅ G‘oliblar 1000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovda faol qatnashing! Navbatdagi g‘olib aynan Siz bo‘lishingiz mumkin.
🌐 Sayt ✈️ Telegram ✅ Murojaat ♾ Muhokama
Hakamlar hay’ati "Til va adabiyot ta'limi" hamda "Filologiya va pedagogika" jurnallarining 2025-yil 4–5-sonlarida chop etilgan maqolalarni tanlov nizomi asosida baholadi.
✅ G‘oliblar 1000 000 so‘m pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
Tanlovda faol qatnashing! Navbatdagi g‘olib aynan Siz bo‘lishingiz mumkin.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Turarjoylar nomi va bino pasportlari oʻzbekcha boʻlishi zarur
Vazirlar Mahkamasi qabul qilgan qarorga koʻra, 2026-yil 1-yanvardan boshlab turarjoy majmualarini qurishda obyekt nomi davlat tilida bo‘ladi, bunda davlat tili qoida va talablariga rioya etilishi zarur.
Qurilish obyektlari loyihalari aks etgan bino pasporti, peshlavhasi, qurilish maydonlari atrofigidagi vaqtincha devor va to‘siqlardagi barcha yozuvlar, shu jumladan, reklama va e’lonlar matnlari davlat tilida yoziladi.

Pul belgilari qanday yoziladi?
Xalqaro savdo, onlayn xaridlar va global yangiliklar tufayli matnlarimizda dollar ($), yevro (€), funt sterling (£) kabi valyutalarning belgilari ham tez-tez uchrayapti. Biroq ularni yozishda hozircha yagona qoida yoʻq. Belgi raqamdan oldin yoziladimi yoki keyin? Orada boʻsh joy qoldiriladimi? Ularga oʻzbekcha qoʻshimchalar qanday qoʻshiladi?
Jahon amaliyotida pul belgilarini yozishning ikki xil anʼanasi bor: ingliz tilidagi $100 va aksariyat Yevropa tillaridagi 100 $ shakli.
Oʻzbek tili uchun qaysi biri maʼqul ekanini tanlashda oʻzbekcha imlo mantigʻiga tayanamiz. Eslang, biz boshqa belgili birikmalarni doim bir xil qolipda yozamiz: 10 ta, 70 kg, +25 °C. Barcha holatlarda oldin son, keyin uni aniqlovchi belgi keladi. Valyuta belgilari uchun ham son → belgi qolipini qoʻllash imlo tizimimizda mantiqiy izchillikni taʼminlaydi. Bu usul birikmaning oʻqilishiga ham mos keladi: 100 $ – yuz dollar. Shu sababli belgini raqamdan keyin yozish eng maʼqul yechimdir.
Qoʻshimchalar belgidan keyin, boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.
📌 Demak:
Narxi 100 $ ga ham bormas ekan. ✔️
Ular 5000 € lik shartnoma imzoladi.✔️
Hisobimga 50 £ dan koʻproq pul tushdi.✔️
Narxi $100 ga ham bormas ekan.❌
Ular 5000 €lik shartnoma imzoladi.❌
Hisobimga 50£dan koʻproq pul tushdi.❌
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Xalqaro savdo, onlayn xaridlar va global yangiliklar tufayli matnlarimizda dollar ($), yevro (€), funt sterling (£) kabi valyutalarning belgilari ham tez-tez uchrayapti. Biroq ularni yozishda hozircha yagona qoida yoʻq. Belgi raqamdan oldin yoziladimi yoki keyin? Orada boʻsh joy qoldiriladimi? Ularga oʻzbekcha qoʻshimchalar qanday qoʻshiladi?
Jahon amaliyotida pul belgilarini yozishning ikki xil anʼanasi bor: ingliz tilidagi $100 va aksariyat Yevropa tillaridagi 100 $ shakli.
Oʻzbek tili uchun qaysi biri maʼqul ekanini tanlashda oʻzbekcha imlo mantigʻiga tayanamiz. Eslang, biz boshqa belgili birikmalarni doim bir xil qolipda yozamiz: 10 ta, 70 kg, +25 °C. Barcha holatlarda oldin son, keyin uni aniqlovchi belgi keladi. Valyuta belgilari uchun ham son → belgi qolipini qoʻllash imlo tizimimizda mantiqiy izchillikni taʼminlaydi. Bu usul birikmaning oʻqilishiga ham mos keladi: 100 $ – yuz dollar. Shu sababli belgini raqamdan keyin yozish eng maʼqul yechimdir.
Qoʻshimchalar belgidan keyin, boʻsh joy bilan ajratib yoziladi.
📌 Demak:
Ular 5000 € lik shartnoma imzoladi.
Hisobimga 50 £ dan koʻproq pul tushdi.
Narxi $100 ga ham bormas ekan.
Ular 5000 €lik shartnoma imzoladi.
Hisobimga 50£dan koʻproq pul tushdi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1
Brend nomlari qachon bosh harfda yoziladi?
Deyarli har kuni “Bolaga pampers kiydir” yoki “Rasmlarni telegramdan joʻnating” kabi jumlalarni ishlatamiz. Aslida Pampers va Telegram – brend nomlari. Xoʻsh, ularni qachon bosh harfda yozish kerak?
Qoida oddiy: agar aynan kompaniya, uning mahsuloti yoki rasmiy platformasini atoqli ot sifatida nazarda tutsangiz, u bosh harf bilan yoziladi.
Oʻtgan hafta “Pampers” tagliklarining yangi turi chiqdi.
Bilsangiz kerak, “Jeep” avtomobili dastlab harbiylar uchun ishlab chiqilgan.
Koʻpchiligimiz foydalanadigan “Telegram” messenjeriga Pavel Durov asos solgan.
❗️ Ingliz tili taʼsirida Telegram, Instagram, Google kabi nomlarni qoʻshtirnoqsiz yozish ommalashdi. Soʻzlar oʻzbekcha boʻlmagani va atoqli ot ekani bilinib turgani uchun bu shakli ham xato emas deb hisoblayman:
Koʻpchiligimiz foydalanadigan Telegram messenjeriga Pavel Durov asos solgan.
Xoʻsh, bu nomlar qachon kichik harf bilan yoziladi? Bu haqda keyingi postlarda gaplashamiz.

Forwarded from Adabiy klub
Assalomu alaykum. Adabiy davraga xush kelibsiz!
Biz bu yerda o‘zbek va jahon adabiyotining eng yaxshi va eng yangi asarlarini birgalikda o‘qib muhokama qilamiz.
Siz bu yerda:
🔸mulohazalaringizni to‘g‘ridan to‘g‘ri muallifga yetkazish,
🔸adabiyotshunoslar tahlilini bevosita eshitish,
🔸boshqa kitobsevarlar bilan erkin fikr almashish imkoniga ega bo‘lasiz.
Ilk davrada yozuvchi Xurshid Do‘stmuhammadning qizg‘in bahslarga sabab bo‘layotgan yangi asari – “Qahr” qissasi haqida suhbatlashamiz (“Sharq yulduzi” jurnalining 2025-yil 1-sonida chiqqan). Tadbirda muallifning o‘zi va adabiyotshunoslar ham qatnashadi.
Vaqt: 31-oktabr soat 19:00.
Manzil: “Oltin Manas” restorani.
To‘lov: 100 ming so‘m (bir martalik).
To‘lovni 5614 6830 0823 8115 (F.Jabborov) karta raqamiga o‘tkazib, @adabiy_club_bot manziliga yuboring. Shundan so‘ng sizga qissaning elektron varianti taqdim etiladi.
❗️Eslatma: kirish faqat ro‘yxat asosida. Joy cheklangan.
@adabiy_klub

Brend nomlari qachon kichik harfda yoziladi?
Oldinroq brend nomlari qachon bosh harf bilan yozilishini koʻrib chiqdik. Endi ular kichik harfda yozilishini oʻrganamiz.
Agar brend nomi asl maʼnosini yoʻqotib, umumiy turdosh otga aylanib ketgan boʻlsa, u kichik harf bilan va qoʻshtirnoqsiz yoziladi.
Dorixonadan oʻn dona pampers olib keling. (Bu yerda “taglik” maʼnosida).
U oʻziga yangi jip sotib olibdi. (Bu yerda “yoʻltanlamas avtomobil” maʼnosida).
Sizga rasmlarni telegramdan yuboraman. (Bu yerda “messenjer orqali xabar yuborish” maʼnosida).
🟢 Bu jarayonning eng yorqin va global miqyosdagi misoli – internet soʻzi. U bosh harfda yozilishni boshlab, keyin nimaga kichik harfda yozilishga oʻtganini keyingi gal tahlil qilamiz.

Forwarded from Yoshlar TV | Rasmiy kanal
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasida “Mutolaa” audiokitob loyihasi asoschilari bilan yosh xodimlar o‘rtasida ochiq muloqot tashkil etildi.
@yoshlar_tv
@yoshlar_tv
Badiiy asar gʻoyasi qanday tugʻiladi?
Bir paytda tugʻilib, bir paytda oʻsib-rivojlanadigan ikki gʻoya deyarli boʻlmaydi. Yuqoridagi savolga javobni umumiy emas, har bir alohida hikoya, roman yoki qissa bilan bogʻliq holda izlash zarur.
Gʻoya paydo boʻlishi uchun nima qilish kerak yoki yanada quruqroq til bilan aytadigan boʻlsak, gʻoya paydo boʻlishi uchun qanday shart-sharoitlar zarur degan savolga oson javob berish mumkin. Gʻoyani yozuvchining ichki olami tayyorlaydi va yuzaga chiqaradi.
Gʻoya hosil boʻlishini qiyos yoʻli bilan yaxshiroq tushuntirish mumkin. Qiyoslash baʼzida eng murakkab narsalarga ham favqulodda tushunarlilik baxsh etadi.
Bir kuni astronom Jinsdan Yerning yoshi haqida soʻrashadi.
Gʻoyaning paydo boʻlishini tushunishga yordam beradigan qiyos birmuncha sodda. Asar gʻoyasi bu – chaqmoq. Yer ustida koʻp kunlar mobaynida elektr yigʻiladi. Atmosfera elektr bilan limmo-lim toʻlganda toʻp-toʻp oq bulutlar momaqaldiroq soluvchi dahshatli qora bulutlarga aylanadi. Ular ichida quyuq elektr dimlanishidan birinchi uchqun – chaqmoq paydo boʻladi.
Chaqmoq chaqqan zahotiyoq sharros yomgʻir quya boshlaydi.
Gʻoya ham fikrlar, hissiyotlar va xotiralar bilan boyigan inson ongida chaqmoqday paydo boʻladi. Bularning bari asta-sekin yigʻilib boradi va payti kelib toʻla boʻshashni taqozo etadi. Siqilgan va hali pala-partish bu olam chaqmoqni – gʻoyani dunyoga keltiradi.
Gʻoya xuddi chaqmoq singari arzimagan turtki sabab yuzaga chiqadi.
Konstantin Paustovskiy
“Tilla atirgul” kitobidan

– Katta bir togʻni tasavvur qiling, – deydi Jins, – hech qursa, Kavkazdagi Elbrusni. Endi uning ustida beparvo sakrab, qoyalarni choʻqilayotgan chumchuqni xayolga keltiring. Ana shu chumchuq Elbrusning tagiga yetib kelgunicha qancha vaqt ketsa, Yerning yoshini shunga teng deb bilavering.
Gʻoyaning paydo boʻlishini tushunishga yordam beradigan qiyos birmuncha sodda. Asar gʻoyasi bu – chaqmoq. Yer ustida koʻp kunlar mobaynida elektr yigʻiladi. Atmosfera elektr bilan limmo-lim toʻlganda toʻp-toʻp oq bulutlar momaqaldiroq soluvchi dahshatli qora bulutlarga aylanadi. Ular ichida quyuq elektr dimlanishidan birinchi uchqun – chaqmoq paydo boʻladi.
Chaqmoq chaqqan zahotiyoq sharros yomgʻir quya boshlaydi.
Gʻoya ham fikrlar, hissiyotlar va xotiralar bilan boyigan inson ongida chaqmoqday paydo boʻladi. Bularning bari asta-sekin yigʻilib boradi va payti kelib toʻla boʻshashni taqozo etadi. Siqilgan va hali pala-partish bu olam chaqmoqni – gʻoyani dunyoga keltiradi.
Gʻoya xuddi chaqmoq singari arzimagan turtki sabab yuzaga chiqadi.
Konstantin Paustovskiy
“Tilla atirgul” kitobidan
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Forwarded from Adabiy klub
#munosabat
«Adabiy klub»imizning ilk soniga tashrif buyurgan filologiya fanlari doktori Saʼdulla Quronovning tadbir va asar bo‘yicha taassurotlari:

Badiiy asarni baholashda muallifning shaxsiyati, axloqi, qilgan yaxshi va yomon amallari bosh mezon boʻlmasligi kerak. Bir ijodkorning butun ijodiy faoliyatini puchga chiqarish uchun uning shaxsiyatidan asoslar qidirish boʻlmagʻur ish. Shoʻrolar davrida yashab, oʻzmi-koʻpmi uning propagandasiga xizmat qilgan, balki kimnidir sotgan, xullas “qip-qizil” boʻlgan adiblarning hammasi ham boʻsh emas, ichlarida daho ijodkorlar bor. Ular daholigicha qoladi.
Xuddi shunday, mustaqillikdan keyin, birinchi maʼmuriyat davrida yashab, mansabga oʻtirib, deputat boʻlib, “apparat”da, TVda ishlab, shu davrning siyosiy propagandasiga xizmat qilgan, maddohlik qilgan, endi esa nafaqa yoshiga kelib oʻzini haqiqatgoʻy, tanqidchi, muxolif qahramon qilib koʻrsatishga urinib suhbat-u, podkastlarda chiqish qilayotgan adiblarning ham shoh asarlari bor.
Umuman olganda ijodkorlardan qahramon yaratish SSSR qolgan tutum. Ularning ojiz va qabih ishlari boʻlishi mumkinligini, oddiy odam ekanini sovuqqonlik bilan qabul qilishni oʻrganishimiz kerak.
“Qahr” ajoyib asar boʻlibdi. Xurshid Doʻstmuhammadning ramziy-falsafiy anʼanaviy uslubidan butunlay boshqacha, insonning ruhiy olamini, anglagan fojiasini realistik tasvirlar bilan juda zoʻr ochib bergan. Ayni damda asarni faqat A.Qahhor haqida emas, balki yoshi bir joyga borib qolgan muallifning oʻzidagi beqaror ruhiy kechinmalar, iztirob va armonlar, alamlar ifodasi, umr sarhisobi sifatida ham baholash mumkin.
Umuman olganda klub tashkilotchilariga rahmat, bardavom boʻlsin.
Orif Tolib
Brend nomlari qachon kichik harfda yoziladi? Oldinroq brend nomlari qachon bosh harf bilan yozilishini koʻrib chiqdik. Endi ular kichik harfda yozilishini oʻrganamiz. Agar brend nomi asl maʼnosini yoʻqotib, umumiy turdosh otga aylanib ketgan boʻlsa, u kichik…
Internet: atoqli otdan turdosh otga aylangan soʻz
Brend nomlarining kichik harf bilan yozilishi haqidagi turkumimizni internet soʻzi misolida yakunlaymiz.
Dastlab u yagona global tarmoqning nomi sifatida atoqli ot (the Internet) edi va bosh harf bilan yozilardi. Bugunga kelib esa u xuddi televideniye yoki radio kabi umumiy vositaga aylandi. Bu oʻzgarishni Associated Press Stylebook va The Chicago Manual of Style kabi eng nufuzli uslubiy qoʻllanmalar ham 2016-yildan rasman tan olgan:
Odamlar yangiliklarni asosan internetdan bilib olyapti.
📌 Yakuniy xulosa:
Rasmiy brend: “Jeep” avtomobillari ishonchlimi? ✅
Umumiy nom: Uning eski jipi tez-tez buziladi. ✅
Rasmiy platforma: Telegram asoschisi kim? ✅
Umumiy harakat: Senga telegramdan rasm joʻnatdim. ✅
Global tarmoq: Bugun negadir internet tezligi pasaydi. ✅