“Toʻqim tabiat” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
45%
Qoʻpol, koʻp baqiradigan
35%
Didsiz, farosatsiz
19%
Koʻngli yumshoq, muloyim
👍30🔥10😢2
Otabek toʻriq yoʻrgʻani chiqarib, qutidorga tutdi. (A. Qodiriy, “Oʻtkan kunlar”)
Jumladagi “toʻriq” qanday rangni anglatadi
Jumladagi “toʻriq” qanday rangni anglatadi
Anonymous Quiz
41%
Qoraga moyil qizil
39%
Och sargʻish, malla
20%
Kulrang
🔥32👍17😢5🤨2
Yangi Oʻzbekiston universitetida yangilangan “Til va adabiyot taʼlimi” jurnali taqdimoti boʻlib oʻtyapti.
Jurnalning mazmun-mundarijasi ham, dizayni ham oʻzgargan. Ilmiy jurnal deganda koʻpincha tigʻiz matn, bir xil qolipdagi sahifalar koʻz oldimizga keladi. “Til va adabiyot taʼlimi” ana shu qarashni oʻzgartirish, ilmni oddiy oʻquvchilarga yaqinlashtirish yoʻlidan boribdi.
Jurnal sahifalari:
@TAT_jurnal
tilvaadabiyot.uz
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

👍37🔥6💯2
Maqollar iqtibosi: imloga yechimlar
#Soʻragan_edingiz
Matnda maqol va matallar iqtibos shaklida keltirilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:
“Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”, deydi xalqimiz.
Xalqimizning hikmatli soʻzi bor: “Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq”.
Maqol va matallar matnning qismi sifatida berilsa, hech qanday qoʻshtirnoq ishlatilmaydi:
Maqsad sari olgʻa intil, dadil boʻl. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq.
Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq, ogʻishmay harakat qilsang, maqsadingga erishasan.
Baʼzan matnda maqol va matallardan iqtibos keltirilsa-da, qoʻshtirnoq ishlatilmasligi mumkin. Bu xuddi koʻchirma gaplarni qoʻshtirnoqsiz ishlatishga oʻxshaydi. Lekin bu shakl asosan badiiy-publitsistik matnlar uslubiga xos:
Iroda va shijoat bilan harakat qilaversang, maqsadingga erishasan. Koʻringan togʻning yirogʻi yoʻq degan gap bejiz aytilmagan.

👍40🔥1
Sheʼriy parchalar iqtibosi: imloga yechimlar
#Soʻragan_edingiz
Matnda sheʼriy parchalar, bayt va misralar iqtibos qilib keltirilganda alohida satrdan, qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Agar matn kompyuterda terilgan boʻlsa, sheʼriy misrani ajratib koʻrsatish uchun qiya shakldan foydalangan afzal.
🟢 Sheʼriy parcha matn ichida iqtibos uslubida berilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
#Soʻragan_edingiz
Matnda sheʼriy parchalar, bayt va misralar iqtibos qilib keltirilganda alohida satrdan, qoʻshtirnoqsiz yoziladi. Agar matn kompyuterda terilgan boʻlsa, sheʼriy misrani ajratib koʻrsatish uchun qiya shakldan foydalangan afzal.
Maxtumqulining shunday satrlari bor:
Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa,
Togʻga kesak otsang, toshni sindirar.
Toleying ters kelsa, baxting shoʻr boʻlsa,
Palovning guruchi tishni sindirar.
🟢 Sheʼriy parcha matn ichida iqtibos uslubida berilsa, qoʻshtirnoqqa olinadi:
Maxtumqulining “Iqboling uygʻonsa, davlat yor boʻlsa, Togʻga kesak otsang, toshni sindirar” misralari bilan boshlanuvchi sheʼrini bilasizmi?
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍36🔥7
Ona tili va adabiyot fani oʻqituvchilari diqqatiga!
“Ona tili taʼlimida oʻquvchilarning imlo savodxonligini takomillashtirish” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi uchun soʻrovnoma oʻtkazilyapti ekan.
Soʻrovnoma savollariga javob berish uzogʻi 2 daqiqa vaqtingizni olishi mumkin. Lekin siz bergan javoblar maktabda imlo savodxonligining hozirgi holati, bu koʻnikmaning zarurati, mavjud muammolar haqida xulosa olishga imkon beradi.
👉 https://forms.gle/VdXK5zBrmWsgqn5L8

👍35
👍21🔥5💯4🤨3
Koʻtarinki kayfiyat bilan vaqt oʻtkazmoq, suhbatlashmoq – ...
Anonymous Quiz
10%
Chagʻchagʻlashmoq
90%
Chaqchaqlashmoq
👍26🔥9💯7🤨1
🤨39🔥12👍9🤣7😱2💯1
Rassom toʻqigan “robot”
Koʻpchilik bu soʻzni mashhur chex yozuvchisi Karel Chapek oʻylab topgan deb hisoblaydi, chunki u 1920-yili dunyo yuzini koʻrgan “R. U. R.” (Rossumning universal robotlari) nomli ilmiy-fantastik pyesasida ilk bor ishlatgan. Ammo soʻzning asl ixtirochisi Karel emas, uning akasi – rassom Yozef Chapek.
Karel oʻz pyesasidagi sunʼiy ishchilarni dastlab labori deb nomlamoqchi boʻlgan, bu soʻz lotincha labor (mehnat) soʻzidan yasalgan edi. Lekin bu nom unga juda kitobiy va quruq tuyulgan. U bu masalada rassom akasi Yozefdan maslahat soʻraydi. Yozef sunʼiy odamlarni robotlar deb atash taklifini beradi. Bu atamaga asos boʻlgan robota soʻzi chex tilida majburiy va ogʻir mehnat, qullarcha mehnat kabi maʼnolarni anglatadi. Yaʼni robot soʻzi zamirida erksizlik va majburiyat mazmuni yotadi. Qadimgi slavyan tillarida robota qullikni bildirgan. Shu oʻrinda ruschadagi rabota – ish soʻzi yodingizga tushdimi? Toʻgʻri oʻyladingiz, u ham, robot soʻzi ham ana shu qadimgi slavyancha ildizga borib taqaladi.
🟢 Yana bir qiziq fakt: Chapekning pyesasidagi robotlar bizning tushunchamizdagi odamsimon temir mexanizmlar emas. Ular maxsus fabrikada “yasalgan” odamlar. Asardagi robotlarning asosiy vazifasi insoniyatga xizmat qilish boʻladi, ammo ular keyinchalik oʻz ixtirochilariga qarshi isyon koʻtaradi.
Xullas, robot soʻzi bir rassomning tasodifiy taklifi bilan dunyoga keldi, soʻng texnologiya va fantastika olamining ajralmas qismiga aylandi.

Robot haqidagi hozirgi tasavvurlarga mos obraz Alisher Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida bor. Asarda odamga juda oʻxshash, qoʻlida oʻtkir oʻq tortilgan temir yoy ushlagan, boshidan oyoq sovutga oʻralgan temir odam tasvirlanadi va temir paykar ekani aytiladi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍44
🤨38👍24🔥6😱5🤣4💯3
👍22🔥12💯6
👍35🤨22🤣9🔥7💯5😱2
Forwarded from Mutolaa
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎙️Metrodagi ovoz sohibasi — Muslima Murodova tanlov haqida!
• Tanlov shartlar haqida batafsil ma’lumot uchun ushbu koʻk yozuv ustiga bosing.
Telegram | Instagram | Ilova

🔥37👍11🤣2
“Gazeta”ga aylangan tangalar
Bugun gazetalarning adadi ham, oʻquvchilari ham sezilarli kamaygan. Ammo bu gazeta yoʻqolyapti degani emas, u shaklini oʻzgartirdi xolos. Chunki elektron nashrlar mohiyatan gazeta vazifasini bajaryapti.
Gazeta soʻzi XVI asr Venetsiyasida paydo boʻlgan. Oʻsha davrda bandargohlarda axborot varaqalari tarqatilgan. Qoʻlda yozilgan bunday varaqalar asosan savdo, siyosat va harbiy yangiliklarni yoritgan. Ular gazetta deb ataluvchi chaqalarga sotilgan.
Axborot varaqasi keyinchalik u uchun toʻlanadigan tanganing nomi bilan atala boshlagan. Shu tariqa, italyancha tanga nomi butun dunyoda davriy matbuot nashrining umumiy nomiga aylangan.

👍37🔥13💯1
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Kitobxonlar tayyormisiz?
Millionlab yoshlarni, yosh oilalarni kitobxonlik yo‘lida birlashtirib, iqtidor egalarini kashf etayotgan “Yosh kitobxon” va “Yosh kitobxon oila” tanlovlarining yangi mavsum uchun kitoblar ro‘yxatini e’lon qilamiz!
➖“Yosh kitobxon” kitoblar ro‘yxati
➖“Yosh kitobxon oila” kitoblar ro‘yxati
👏Barcha kitobxonlarga omad tilaymiz!
@alisher_sadullaev

👍13🔥4🤣1