Orif Tolib
Rassomchilikmi yo rassomlik? Muharrirlar-u yozuvchi-shoirlar, jurnalistlar, xullas, soʻz bilan ishlaydigan odamlar orasida tarqalgan bir qarash bor: rassomchilik emas, rassomlik boʻlishi kerak. Rassomlik variantini yoqlaydiganlar bu soʻz mazmunida -chi…
Minnatdorchilikmi yo minnatdorlik?
Kitoblar, gazeta-jurnallar, saytlarda turlicha yoziladigan, mutaxassislar orasida bahs-munozaraga sabab boʻladigan soʻzlar juftligining yana biri: minnatdorchilik va minnatdorlik.
🟢 Xoʻsh, qay biri toʻgʻri?
-chilik qoʻshimchasi faqat ish-faoliyat, sohaga oid soʻz yasaydi deb oʻylash xato. Bu qoʻshimcha asosdan anglashilgan narsa-hodisa, belgiga xos holatni bildiruvchi ot ham yasaydi: maʼmurchilik, toʻkinchilik, arzonchilik, pishiqchilik, qurgʻoqchilik, qiyinchilik.
Tilshunos Azim Hojiyev -lik va -chilik qoʻshimchalaridagi maʼno farqlarini quyidagicha koʻrsatadi:
Xuddi shu asosga tayansak, minnatdorlik – his-tuygʻu, minnatdorchilik esa shu his-tuygʻu bilan bildirilgan munosabat deb tushunish mumkin.
❗️ Qiyoslang:
Uning koʻnglida minnatdorlik hislari joʻsh urdi.
Toʻgʻrisi, bunday minnatdorchilikni kutmagan edim.
Demak, minnatdorlik shaklini ham, minnatdorchilik shaklini ham qoʻllayverish kerak. Koʻp hollarda ularni bir-birining oʻrnida ishlatsa boʻladi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz

Masalan, mehribonlik — mehribon sifatidan yasalgan belgi oti, yaʼni mehribonga xos his-tuygʻu, mehribonchilik esa shunday his-tuygʻuning ifodasi boʻlgan holat, shunday his-tuygʻuli munosabat maʼnosini bildiradi.
Xuddi shu asosga tayansak, minnatdorlik – his-tuygʻu, minnatdorchilik esa shu his-tuygʻu bilan bildirilgan munosabat deb tushunish mumkin.
❗️ Qiyoslang:
Uning koʻnglida minnatdorlik hislari joʻsh urdi.
Toʻgʻrisi, bunday minnatdorchilikni kutmagan edim.
Demak, minnatdorlik shaklini ham, minnatdorchilik shaklini ham qoʻllayverish kerak. Koʻp hollarda ularni bir-birining oʻrnida ishlatsa boʻladi.
@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
👍33🔥10💯7
“Ittifoqo” nima degani?
Bu soʻz asosan badiiy uslubda ishlatiladi. Asli arabcha bu soʻz kutilmaganda, tasodifan, toʻsatdan maʼnolarini anglatadi:
Ittifoqo uchrashib qoldik.
Ittifoqo bu masalaga eʼtibor qaratdi.
Bu soʻzdan soʻng koʻpincha vergul qoʻyishadi. Aslida vergul kerak emas.
@oriftolib

👍28🔥4
Ona tili va adabiyoti | | Izamov
Talabgor kirish qismida yana savol bilan o’z - o’zidan yechim talab qilishi esa umuman mantiqqa to’g’ri kelmaydi!
Yosh tilshunos Akmaljon Izamov essening kirish qismida yoʻl qoʻyilayotgan xatolardan biri haqida toʻxtalibdi.
Internetda tarqalgan, talabgorlar yozgan baʼzi esselarni koʻrib chiqdim. Ular ichida namunali deb maqtalgan, yaxshi baho olganlari ham bor. Toʻgʻrisi, bu esselarni ancha boʻsh deb hisoblayman. Bir qolipdagi, birmuncha sayoz esselar paydo boʻlishida baholash mezonlarining ham oʻrni bor.
Milliy sertifikat imtihonlarining esseni baholash talablari va mezonlarini oʻrganib chiqdim. Hozir shunga oid kattaroq hajmli ilmiy maqola tayyorlayapman. Nasib qilsa, tez orada eʼlon qilinadi.
Akmaljon singari amaliyotchi oʻqituvchilar bu mavzuning turli jihatlarini yoritib borsa, ayniqsa amaliy jihatlariga koʻproq urgʻu bersa, nur ustiga nur boʻlardi.

👍43💯11🔥8
😢20🤣15👍11😱8