Telegram Web
Qiyin joyi

Ajoyib kunlarning birida taniqli fransuz yozuvchisi Volterga oʻrtamiyona adiblardan biri pyesasini beradi va oʻqib chiqib, fikrini aytishini soʻraydi. Volter fojiani noiloj oʻqib chiqadi. Fikrini betoqat kutayotgan qalamkashga esa mulohazasini shunday bayon etadi:

– Bunaqa tragediyani yozish umuman qiyin emas. Uni yozgan muallifga mulohaza aytish qiyin xolos.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Oʻzing maqtay olmaydigan odamlarning maqtovidan nega sevinasan?

Seneka

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Talabalarga tavsiyalar

Mustaqil oʻrganish – taʼlim olishning eng samarali usuli. Lekin koʻpchilikda yoki intizom, yoki ishtiyoq kamlik qilgani uchun darslarda konspekt qilish va maʼruza eshitish, nari borsa, berilgan uyga vazifani (oʻzi uchunmas, baho uchun) bajarishdan nariga oʻtolmaydi.

Ilm talabida ekansiz, shaxsiy rejani mustaqil tuzing: unda kunlik, haftalik, oylik, choraklik, yarim yillik, bir yillik va besh yillik maqsadlaringiz aks etsin. Bu maqsadlar shunchaki balandparvoz, havoyi gaplardan (4 yilda 4 ta tilni oʻrganaman, mashina olaman, xullas, yorvoraman va hokazo kabi) iborat boʻlmasin.

Bir kunda necha bet kitob oʻqish, haftasiga necha soat vaqtni til oʻrganishga, qanchasini boshqa koʻnikmalarni rivojlantirishga, qanchasini jamoat ishlarida qatnashish, qanchasini portfolio shakllantirish, qanchasini hordiq chiqarish, qanchasini fikrni jamlash, qanchasini sport va hokazo uchun sarflash kabi unchalik jiddiy tuyulmaydigan, lekin izchillik natijasida muhim yutuqlarga zamin yaratuvchi vazifalarni belgilab oling.

Stipendiyadan stipendiyagacha yoki sessiyadan sessiyagacha “kun oʻtsa boʻldi” rejimida oʻqisangiz, bu oʻqish emas. Bu shunchaki vaqt oʻtkazishdan boʻlak narsa emas.

Odatda professor-oʻqituvchilar maʼruzani boshlashdan oldin mavzu/kursga doir adabiyotlar roʻyxatini beradi. Shu adabiyotlarni shaxsan topib, oʻrganib chiqishga erinmang. Maʼruzalarda nutq orasida qaysidir adabiyot zikr qilinsa, bunday adabiyotlarni ham eʼtibordan chetda qoldirmang. Ularning hammasini boʻlmasa ham, kamida yarmini oʻqib chiqsangiz, universitetga behuda kelib-ketmayotgan boʻlasiz.

Yuqoridagilar kaminaning talaba uka-singillarimiz uchun tavsiyalari edi. Yana kimdadir shu kabi maslahatlar boʻlsa, izohlarda qoldiring, shoyad kimlar uchundir manfaatli boʻlsa.

Manba: Virtual 207

Muallif yoshlarga tushunarliroq boʻlsin deb self-study, motivatsiya, skill, entertainment, meditation, survival, layfhak kabi soʻzlarni ishlatgan. Men ularni oʻzbekchada ifodalashga harakat qildim. Mazmunda oʻzgarish boʻlgan-boʻlmaganini bilish uchun ikki matnni solishtirib koʻrishingiz mumkin.


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
“Til va adabiyot taʼlimi” jurnalida “Esse qanday baholanishi kerak?” sarlavhali maqolam eʼlon qilindi. Unda milliy sertifikat imtihoni esselarini baholash mezonlari tahlil qilinib, yutuq va kamchiliklari koʻrsatilgan, mezonlarni takomillashtirish boʻyicha tavsiyalar berilgan. Bir xil qolipdagi, sayoz mazmunli esselar va ularning paydo boʻlishiga sabab boʻlayotgan omillar koʻrsatib oʻtilgan.

Amaldagi mezonlarga mos esselar qanday boʻlishi, uni qanday yozish kerakligi, qanday jihatlarga eʼtibor berish zarurligi haqida ham toʻxtalganman.

Batafsil:
👉 www.tgoop.com/TAT_jurnal/2030

🔄 Mavzuga aloqador:
🔹 Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?
🔹 Esse uchun mavzular
🔹 Insho va uning rejasi

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Otasiga yaxshilik qilmaganning kimga yaxshiligi tegadi?

Qirimtatar maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Dangasalik aql va tananing zangidir; koʻp ishlatiladigan kalit yangiday yaltirab turadi.

Benjamin Franklin

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Tadqiqotchilar uchun: sifatli ilmiy matn tayyorlash boʻyicha 7 ta tavsiya

1️⃣ “Miya tarjimoni”ni oʻchiring va oʻzbekcha fikrlang

Xorijiy manbalardan muntazam foydalanadigan kishilarda koʻpincha bir yomon odat shakllanadi: ular fikrni miyada chet tilining jumla tuzilishi bilan shakllantirib, keyin oʻzbekchaga soʻzma-soʻz oʻgiradi. Chet tilidan tarjima qilayotgan yoki matn mazmunini berayotganda oldin ogʻzaki shakllantirib, keyin yozishga oʻting. Bu “miya tarjimoni” izmiga tushib qolishdan asraydi.

2️⃣ Mashina tarjimasiga ishonib qolmang

Google Translate kabi mashina tarjimonlaridan soʻzning maʼnosini bilish yoki umumiy mazmunni tushunish uchun foydalaning. Tarjimasini toʻgʻridan toʻgʻri matningizga koʻchirmang. Boshqa bir muhim jihat: birovning ishini shunchaki tarjima qilib, oʻz nomingizdan taqdim etish koʻchirmachilikdir. Qaysidir manbadan foydalanganda unga albatta havola bering.

3️⃣ Matnni ovoz chiqarib oʻqing

Oddiy va samarali bu usul har qanday matnni, jumladan, ilmiy matnni qayta ishlashda ham qoʻl keladi. Matnni yozib boʻlgach, ovoz chiqarib oʻqing. Oʻqiyotganda qayerdadir qoqilsangiz yoki jumla qulogʻingizga gʻalati eshitilsa, oʻsha joyni qayta ishlang.

4️⃣ Sinonimlardan oʻrinli foydalaning

Ilmiy matn koʻpincha bir xil atamalarni takrorlashni talab qiladi. Lekin bir xil feʼl va sifatlar takrorlanaversa, matnning oʻqishliligi yoʻqoladi. Sinonimlar lugʻati va izohli lugʻat bilan ishlang, takrorlanayotgan soʻzlarga muqobil toping. Masalan, koʻrsatadi oʻrniga dalolat beradi, namoyon etadi, ifodalaydi, aks ettiradi, namoyon qiladi kabi sinonimlarini qoʻllash mumkin. Ammo ehtiyot boʻling: ilmiy atamalar oʻrnida sinonimlardan foydalanmang.

5️⃣ “Dam berish” usuli

Matnni yozib boʻlganingizdan soʻng darhol tahrirga oʻtirmang. Yozib boʻlingan bobni kamida bir kun, iloji boʻlsa, ikki-uch kunga tashlab qoʻying. Boshqa ish bilan shugʻullaning. Keyin yangi, toza koʻzqarash bilan oʻqisangiz, oldin sezilmagan xato va kamchiliklarni topasiz.

6️⃣ Matnning koʻrinishini oʻzgartirib oʻqing

Koʻpincha oʻzimiz yozgan matnga koʻzimiz oʻrganib qoladi, hatto yaqqol xatolarni ham sezmay qolamiz. Oʻz matningizga begona koʻz bilan qarash uchun uni odatdagidan boshqacha formatga keltiring. Matnning shriftini oʻzgartiring, qogʻozga chop etib oʻqing. Bu oddiy hiyla koʻzingiz oʻrganib qolgan xatolarni va gʻaliz jumlalarni topishga yordam beradi.

7️⃣ Savodingizni oshiring, xatolarni kamaytiring

Imloviy va ishoraviy xatolar oʻquvchi koʻziga eng oson tashlanadigan, saviya haqida salbiy taassurot uygʻotadigan jihatdir. Savodni oshirish harakatida boʻling. tilmoch.ai, savodxon.uz kabi onlayn vositalardan foydalaning. Punktuatsiyani oʻrganing. Matningizning shrifti, abzaslari, intervali, sahifa raqamlari bir xil standartda boʻlsin. Adabiyotlar roʻyxatini belgilangan talab boʻyicha toʻgʻri rasmiylashtiring.

#Soʻragan_edingiz

Doktorant va mustaqil izlanuvchilarga yuborib qoʻying.


👉 Toʻliq oʻqish

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
31
Online B1 guruhlariga qabul boshlandi!

🤩 Hilol Eduda online B1 guruhlariga qabul ochiq. Endi turk tili o’rganishni ortga surishingizga hech qanday bahona qolmadi.

⚡️ Kuchli va professional ustozlar yordamida turk tilini o’rganish imkoniyatini qo'ldan boy bermang!

Sifatli ta’lim olish imkonidan foydalanish uchun ro'yxatdan o'ting.

📞  55-519-78-78 | @Hilaledu
Puling yoʻq boʻlsa, bir tiyinga ot sotib olish ham qimmat tuyuladi.

Rumin maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Hayotda oʻzingga ishonchni faqat bilim, tajriba va koʻnikma bera oladi.

Henri Ford

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
SMSning oʻzbekchasi nima?

Maktub, xat, xabar soʻzlarini arabchadan, nomani forsiydan oʻzlashtirganmiz. SMS – inglizcha qisqartma ot boʻlib, qisqa xabar xizmati (Short Message Service) degan maʼnoni anglatadi.

Xoʻsh, xat-xabar, maktub, SMSning sof oʻzbekchasi nima boʻladi?

2007-yili “Fan” nashriyotida chop etilgan “Oʻzbek mumtoz adabiyoti namunalari” kitobida yozilishicha, qadimgi oʻzbek tilida noma, xat-xabarlar bildirguluk soʻzi bilan ifodalangan.

Nosiruddin Burhonuddin Rabgʻuziyning “Qisasi Rabgʻuziy” asarida esa xat-xabarlar bitik, ularni yozadigan kishilar – kotiblar esa bitikchi deb berilgan.

Elmurod NISHONOV

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Biz boshqalarni xatti-harakatlariga qarab baholaymiz, o‘zimizni esa imkoniyatlarimizga qarab baholashlarini istaymiz.

— Xorxe Luis Borxes

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turk tilini C1 darajada bilishimni his qilardim-u, lekin aniq isbotini topolmas edim. Mana, isbot ham topildi ))

👉 HilolEduʼdan tikka chopildi

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2025/10/09 20:22:50
Back to Top
HTML Embed Code: