Telegram Web
GPTning biz bilmagan imkoniyatlari

Toʻgʻrisi, ChatGPTning hozirgi imkoniyatlarini faqat matn koʻrinishidagi maʼlumotlar berishdan iborat deb oʻylardim. Unda men bilmaydigan bir dunyo xususiyat bor ekan: rasmlar, audiolar, kodlar, maʼlumotlarni qayta ishlash kabilar.

QR kod yasash, ovozlarni ulash, PDF fayllarni ajratish-birlashtirish, matnlarni formatlash, xarita koordinatalarini tushunish va topish, Excel va unga oʻxshash dasturlar uchun formulalar ishlash, skriptlar yozish va hokazo imkoniyatlardan foydalanishingiz mumkin.

Ruscha biladiganlar uchun videodars havolasini qoldiraman:
👉 youtu.be/wmAtYt_ItLw

Yuqoridagi rasmlarda skrinshotni matnga aylantirganim va havola uchun QR kod yasaganim aks etgan.


Zamon bilan hamnafas boʻling. Sunʼiy idrok imkoniyatlaridan samarali foydalaning.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍43🔥5💯2😱1
Orif Tolib
GPTning biz bilmagan imkoniyatlari Toʻgʻrisi, ChatGPTning hozirgi imkoniyatlarini faqat matn koʻrinishidagi maʼlumotlar berishdan iborat deb oʻylardim. Unda men bilmaydigan bir dunyo xususiyat bor ekan: rasmlar, audiolar, kodlar, maʼlumotlarni qayta ishlash…
Sinash uchun oʻzim yozgan kodni joʻnatdim, ixchamlashtirib, qulaylashtirib berdi. Kutganimday emas-u, lekin yomonmas.

Turli dasturlarni ishlatishda chiqadigan xatolik haqidagi xabarlarni ham sunʼiy idrok yordamida oson tushunib olsangiz boʻladi.

Skrinshotni matnga aylantirish uchun telegramdagi botlardan foydalanar edim. Lekin ular 3–4 ta urinishdan keyin pulli talqinni sotib olishni talab etadi. Bu funksiya ChatGPTda bor ekan. Rasmning xira-tiniqligi, shriftiga koʻra oʻgirish aniqligi farqlanadi. Orada bir-ikki xato qilishi mumkin. Ammo ayni shu ishga ixtisoslashgan dastur va botlar ham bunday xatolardan xoli emas. ChatGPTning afzalligi bor: u skrinshotni biryoʻla boshqa tilga tarjima qilib bera oladi. Masalan, skrinshotdagi oʻzbekcha matnni ruschaga oʻgirish topshirigʻini berasiz. Ham oʻzbekcha, ham ruscha variant taqdim etiladi. Bu imkoniyat boshqa tillar uchun ham amal qiladi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍37🔥5💯2
​​Sunʼiy idrok hangomalaridan

Kecha SIning imkoniyatlarini maqtagandim. Lekin uni toʻgʻri va samarali ishlatish ham muhim-da. Kalla qoʻyish usulida foydalanilsa, katta-katta qovunlar tushirilishi mumkin. Hozir ilmiy maqolalar va dissertatsiyalar yozishda ChatGPTdan kopi-pastlar avj olibdi.

“Til va adabiyot taʼlimi” jurnali bosh muharriri Farrux Jabbor hikoya qiladi:

Bittasi Behbudiyning “Bizni kemiruvchi illatlar” maqolasini SIga tahlil qildirib, maqola yozdirgan ekan. SI chalgʻib, kemiruvchilar – sichqon va kalamushlar haqida yozib beribdi.


Farrux akaning shaxsiy tajribasidan:

Oʻzim “Remaksol” dorisining oʻrnini qaysi dori bosadi deb soʻrasam, sunʼiy idrok umuman boshqa dorilarni tavsiya qildi. Keyin men unga aljima deb tanbeh berdim. Shunda ChatGPT uzr soʻrab, “Remaksol” oʻrniga “Aljima” dorisini qoʻllash mumkinligi haqida maslahat bera ketdi.


Qissadan hissa: miyani ishlatish funksiyasini SIga toʻla-toʻkis bervormagan yaxshi 😁

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🤣138👍24💯7🔥3😢3
Kavkazorti qayerda?

Kitob va qoʻllanmalarda Kavkazorti, Kavkazorti mamlakatlari kabi iboralarga koʻzingiz tushgandir.

Kavkaz Yevropa va Osiyo qitʼalari chegarasidagi mintaqadir. Kavkazorti esa Kavkazning Katta Kavkaz tizmasidan janubdagi qismi. Bu hududda Ozarbayjon, Armaniston va Gruziya joylashgan. Kavkazorti mamlakatlari deganda ayni shu davlatlar tushuniladi.

Kavkazorti toponimi oʻrnida Janubiy Kavkaz, Transkavkaziya kabi atamalar ham ishlatiladi.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
1👍31🔥4
#Amaliyot

Norvegiya toʻliq elektromobillarga oʻtgan dunyodagi birinchi davlatga aylanishi mumkin

Norvegiya dunyoda elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin

Norvegiya elektromobillarga toʻliq oʻtgan birinchi davlatga aylanishi mumkin

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
🔥41👍32🤣6💯5🤨5😱3
Loyiha menejeri: kasb va sohani qanday ifodalagan maʼqul?

Savol:

Loyiha menejeri soʻzi bor. Unga -lik qoʻshimchasini qoʻshib, kasb otini ifodalash toʻgʻrimi?

Masalan:

– Nima ish qilasan?
Loyiha menejerilik bilan shugʻullanaman.


Xuddi direktorlik faoliyati, oʻqituvchilik jarayoni, mentorlik kasbi kabi loyiha menejerilik deb qoʻllasa ham boʻladimi?

Javob:

Kasb nisbatan yangi boʻlgani uchun u bilan bogʻliq atamalar ommalashmagan. Bu esa shu kabi savollarni yuzaga chiqaradi.

“Nima ish qilasan?” savoliga loyiha menejeriman, loyihada menejerman kabi loʻndaroq shakllarda javob berish mumkin.

Soha nomini esa loyiha menejerligi tarzida ifodalash kerak.

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
👍46🔥6🤨5
“Nasim kutub” nashriyotidan hadya keldi. Xursand boʻldim, koʻp rahmat.

Xayrli ishlaringga baraka yogʻilsin.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍67🔥16💯9
Qay biri toʻgʻri: murabbiyi yoki murabbiysi?

Shu savol tez-tez soʻraladi. Kecha telegramdagi guruhimizda ham shu mavzu koʻtarilib qoldi.

Imlo qoidalariga koʻra, dohiy kabi y undoshi bilan tugagan soʻzga III shaxsda -si qoʻshiladi: dohiysi. Lekin bu qoida chala. Chunki y bilan tugagan har qanday soʻzga III shaxs egalik qoʻshimchasi -si shaklida qoʻshilmaydi. Masalan: chiroy – chiroyi, kuy – kuyi, boʻy – boʻyi. Bu qoida faqat -iy tovushlar birikmasi bilan tugagan soʻzlar uchun amal qiladi. Yaʼni y tovushidan oldin i tovushi ham boʻlishi kerak:

Vodiy – vodiysi, homiy – homiysi, murabbiy – murabbiysi.

-iy
bilan tugagan, lekin bir boʻgʻindan iborat soʻzlarda bu qoida ishlamaydi:

Biy – ovulning biyi, qiy – qoʻyning qiyi.

Koʻpchilik kirilchadagi xilmaxillikka asoslanib Fargʻona vodiyi shaklida ham, Fargʻona vodiysi shaklida ham yozadi. Ammo lotin imlosida tayansa boʻladigan qoida bor: vodiysi deb yozish kerak. Mantiqan ham shunisi afzal.

Imlo qoidalari qachondir mukammallashtirilsa, bu qoidani ham tuzatib-toʻldirib qoʻyish kerak.

📌 Demak:

Vodiysi, homiysi, murabbiysi, geniysi
Vodiyi, homiyi, murabbiyi, geniyi

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
1👍69🔥14😢2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Joniga oro kirdimi yo ora kirdi? | 5️⃣7️⃣-dars | Oʻzbek tilidan savodxonlik darslari

👉 YouTubeʼda koʻrish

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍14💯6🔥5😱1
Aqlda qancha qusur – shu darajada magʻrur.

Bengal maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍35🤣11💯8🔥2
​​Hammasi “Muqaddima”dan boshlanadi

Youtubeʼda ajoyib bir podkast koʻrdim. Ibn Xaldunning “Muqaddima” asari, uning oʻziga xosliklari, asarning Sharq va Gʻarb tafakkuri, taraqqiyotiga taʼsiri haqida qiziq maʼlumotlar aytilibdi.

Ibn Xaldunning tarixni yoritishdagi yangicha yondashuvi, tahliliy va falsafiy mushohadasi, mavzuni oʻta keng miqyosda koʻra olgani, sivilizatsiyalarning yuzaga kelish qonuniyatlarini tushuntirgani, alohida inson va butun jamiyatning tabiati, tutumi, fikrlash tarziga geografik joylashuvning taʼsirini koʻrsatib bergani, asarlarida bugungi juda koʻp muammolarga yechimlar borligi kabilar qiziqishimni juda oshirdi. Boshqa har qanday ishni qoʻyib, “Muqaddima”ni oʻqish ishtiyoqini uygʻotdi.

Tasavvur qiling: Sharq xalqlarining hayot va tafakkur tarzini, ular qurgan saltanatlarning rivoji va tanazzuli sabablarini ichidan bilgan, chuqur tahlil qilgan, oʻtkir aql va idrok sohibi boʻlgan mutafakkir bilan gʻoyibona suhbatlashish imkoningiz bor. Bu imkonni qoʻldan boy bermaslik kerak.

Nasib qilsa, mutolaa taassurotlarini alohida yozaman.

🟢 Mana bu esa podkast manzili: youtu.be/ayHJd2xcFjQ

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍45🔥13😱4😢1🤣1
Ziyolilarni ham adashtiradigan so‘zlar

“Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik boʻyicha navbatdagi dars eʼlon qilindi. Lavhada yozishda koʻp xato qilinadigan soʻzlarning maʼno-mazmuni, qoʻllanishi, imlosidagi eʼtiborli jihatlar tushuntirilgan.

Darsda faqat imlo emas, soʻz qoʻllash va tahrir boʻyicha ham maʼlumotlar olasiz.


👉 youtu.be/vd2FkviqGig

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍43😢3
Oliy taʼlim oʻqituvchilari va mutaxassislari diqqatiga!

“Talabalarda adabiy tahrir malakasini shakllantirish metodikasi” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi uchun soʻrovnoma oʻtkazilyapti. Soʻrovnoma savollariga javob berish uzogʻi 2 daqiqa vaqtingizni olishi mumkin. Lekin siz bergan javoblar adabiy tahrir taʼlimining hozirgi holati, bu koʻnikmaning zarurati, mavjud muammolar haqida xulosa olishga imkon beradi.

Soʻrovnomada adabiy tahrirga bevosita aloqador va aloqador boʻlmagan yoʻnalish vakillari ishtirok etishi mumkin.

🟢 Muhim jihat: soʻrovnoma anonim, ism-familiya yoki boshqa shaxsiy maʼlumotlarni koʻrsatish talab etilmaydi. Nimadir yozish, kiritish ham shart emas. Berilgan javoblarni xolis tanlash yetarli.


Talabalarga dars beradigan yoki dars bergan mutaxassislar yordamlarini ayamaydi degan umiddaman:

👉 forms.gle/688GN1CNdSviio4m8

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍35
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
65%
Buncha besaranjomsan-a!
35%
Buncha besaranjonsan-a!
👍59🤣28🤨16🔥13💯10😱2
Old Osiyo bu – ...
Anonymous Quiz
31%
Janubiy Osiyo
33%
Gʻarbiy Osiyo
36%
Sharqiy Osiyo
👍38💯8🔥7😱3🤨3🤣2
Asar yozishda gʻoya birlamchi emas. Negaki millionlab gʻoyalar mavjud va ular odatda oʻzgarmas, sayyor!

Qiyini, shu gʻoyaga oʻquvchini ishontirishda, gʻoyagacha bosib oʻtiladigan adabiy yoʻlda.

Saʼdullo Quronov
yozuvchi

🌐 Sayt    🛜 Telegram    ▶️ YouTube
👍34🔥6😢2💯1
“Ibrat Academy”dan navbatdagi katta yangilik!

Yangi yilda chet tilini oʻrganaman deb reja qilib, niyati niyatligicha qolib ketganlar bordir-a? 2025-yilga ham shunaqa reja tuzganlar uchun yaxshi yangilik.

“Ibrat Academy” ilovasida yangi “Super Start” moduli eʼlon qilindi. U orqali ingliz tilini noldan oʻrganish mumkin. Qulay – ishga, oʻqishga ketayotganda ham oʻrganaverasiz. Mashgʻulotlar amaliyotga boy.

Qizim sinov versiyasini ishlatib koʻrgandi, ancha maʼqul keldi. Bugun obuna ham olib berdim. Farzandi ingliz tili oʻrganishini istaganlar, foydalanib koʻringlar.

Ilovani yuklab olish:
Google play | App store

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍27🔥3
​​Tahrir amaliyoti: hikoya matn tahriri

Yodingizda boʻlsa, ilmiy tadqiqotimda oʻtkazgan tajriba-sinov materiallaridan birini eʼlon qilgandim. Berilgan hikoya matndagi xatolarni topib, tahrir qilish kerak edi. Quyida shu matnning tahrirlangan varianti bilan tanishishingiz mumkin. Qayerda qanday xatolar tuzatilganiga eʼtibor bering.


Kerakli va keraksiz narsalar

Ustoz maqsadga erishish uchun keraksiz narsalardan voz kechish zarurligini shogirdiga bot-bot uqtirardi. Shogird bu soʻzlarni juda yaxshi yodlab olgan edi, lekin nima kerakli-yu nima keraksiz ekanini toʻla anglab yetolmasdi.

Bir kuni ikkalalari togʻga sayrga chiqishdi. Togʻ ungurida yurgan yoʻlbars pastroqda ikki kishi oʻtirganini koʻrdi va ularga qarab yugurdi.

Ustoz xotirjam oʻrnidan turdi va nari ketdi. Yoʻlbars esa negadir shogirdni quvlashga tushdi. Yigit yugurarkan boʻyniga osib olgan xurjunini, hatto kiyimlarini ham yechib tashladi. Bir amallab baland daraxtga chiqib oldi. Birozdan soʻng yoʻlbars ketdi, biroq shogird qoʻrqqani sababli ustozi kelgunicha daraxtdan tushmay oʻtiraverdi. Muallim dagʻ-dagʻ titrayotgan yalangʻoch oʻquvchisiga razm solib qaradi va jilmayib dedi:

– Mana, maqsadga erishish uchun barcha keraksiz narsalardan voz kechishni oʻrganib olding va bu hayotingni qutqardi.

– Ustoz, – deb hayratlanib soʻradi shogird, – siz qilichingizni ham, kiyimlaringizni ham yechganingiz yoʻq. Hatto qochishga ham urinmadingiz. Ammo yoʻlbars sizga tegmadi. Nega?

– Sendan farqim: qoʻrquvni yengdim, shuning uchun yoʻlbars meni payqamadi, – deb javob berdi muallim. – Chunki maqsadim shu edi. Har bir kishi maqsadni toʻgʻri qoʻyishni oʻrganishi zarur, shundan keyingina unga erishish uchun biror nimadan voz kechish kerakmi, yoʻqmi – bir qarorga kelish mumkin. Koʻpchilik bu narsaga eʼtibor bermaydi va xatoga yoʻl qoʻyadi. Mana, endi sen buning mohiyatini tushunib olding.

Qissadan hissa: bu ibratli hikoyada behuda narsalarga vaqt sarflamay, maqsad sari olgʻa qadam tashlash zarurligi uqtirilmoqda.

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍38🔥14💯6
Yaxshi odatlardan yaxshi ishlar unib chiqadi.

Birma maqoli

🌐 Sayt 🛜 Telegram ▶️ YouTube
👍24🔥7
2025/07/12 13:42:19
Back to Top
HTML Embed Code: