Telegram Web
“Emojilardan foydalanish va ular orqali emotsional holatni aniqlash” mavzusidagi ilmiy tadqiqot ishi doirasida soʻrovnoma oʻtkazilyapti ekan.

Soʻrovnoma savollariga javob berish uzogʻi 3–5 daqiqa vaqt oladi. Biroq ishtirokchilarning bergan javoblari ijtimoiy tarmoqlarda emojilardan foydalanishning hozirgi holatini, ularning emotsional holatni ifodalashdagi oʻrni va mavjud muammolarini aniqlashga zamin yaratadi.

Muallif barcha ishtirokchilarga oldindan minnatdorchilik bildiradi.


👉 https://forms.gle/FnGtbSuM3uogXF1p8

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Kim oʻzini “qarzdor” deb atasa, demak, qarzini qaytarmoqchi.

Rus maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
2008-yili atoqli gruzin adibi Nodar Dumbadzening “Yuragimning bir parchasi” (“Кровь”) hikoyasini ruschadan oʻzbekchaga oʻgirgan edim. Birinchi hikoya tarjimam shu edi. Asar bir necha gazeta-jurnallarda eʼlon qilindi, baʼzi nashrlar saytimdan olib bosgan, oʻzim bilmaganman ham. Kecha tasodifan Xurshid Davron kutubxonasining Youtube sahifasida shu hikoyaning radio variantiga koʻzim tushib qoldi. Marhum sanʼatkor Fathulla Masʼudov oʻqigan ekan. Radiohikoyani sizlar bilan boʻlishgim keldi:

👉 https://youtu.be/AB8S6x8EFdo


Matn shaklida oʻqishni istaganlar uchun:
👉 https://oriftolib.uz/nodar-dumbadze-yuragimning-bir-parchasi-hikoya

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Nasib qilsa, ertaga soat 21:00 da kanalda esse mavzusida ovozli suhbat oʻtkazamiz. Men milliy sertifikat imtihonining amaldagi baholash mezonlarida nimalar belgilangani, unga koʻra qaysi jihatlarga eʼtibor qaratish zarurligi, mezonlarni takomillashtirish kabilar haqida gapiraman.

Suhbatdoshim – Akmaljon Izamov esa essega repetitorlik tajribasi nuqtayi nazaridan yondashadi. Milliy sertifikat imtihoniga talabgorlar qanday tayyorlanishi, qanaqa mashgʻulotlar oʻtkazilishi, yozish koʻnikmasi qanday shakllantirilishi kabi mavzularga eʼtibor qaratadi.

Suhbat haqida batafsil:
👉 https://www.tgoop.com/Onatili_Izamov/6887

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Uyatsiz odamning yuzi olmaxon tirnasa ham qizarmaydi.

Saam maqoli

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Madrasadan Vengriya fanlar akademiyasiga

Koʻpchilik bilmaydigan tadqiqotchi – Mulla Isʼhoq hikoyasi

Mulla Isʼhoq haqida koʻpchiligimiz eshitmagan boʻlsak kerak. U 1836-yili Xiva xonligida tugʻilgan. Qoʻngʻirot qabilasiga mansub oʻzbeklardan boʻlgan, madrasada tahsil olgan. 1863-yili Samarqanddan hajga otlangan karvonga qoʻshiladi va yoʻlda bir darvesh bilan tanishib qoladi. Bu “darvesh” aslida mashhur sharqshunos Arminiy Vamberi edi. Mulla Isʼhoq sharqshunos bilan birga Budapeshtga ketadi, u yerda venger tilini oʻrganib, venger va chigʻatoy (oʻzbek) tili oʻrtasida jonli koʻprikka aylanadi. Gazeta-jurnallar u haqida maqolalar eʼlon qilgach, anchagina dovruq ham qozonadi.

Turkistonlik olim Vengriya Fanlar akademiyasida ishlay boshlaydi. Sharqshunos olimlarga yordam beradi, vengerchadan oʻzbekchaga tarjimalar qiladi. Oʻzbek xalq ertaklarini venger tiliga oʻgirib, kitob holida nashr etadi. Davriy nashrlarda Buxoro va Xivada oʻtkaziladigan toʻy marosimlari haqida maqolalar ham eʼlon qiladi.

1871-yili Mulla Isʼhoq bir venger duradgorining qiziga uylanadi, Iskandar va Fotima ismli farzandlar koʻradi.

Oʻsha davr matbuotida Mulla Isʼhoq Xivaga bormoqchi boʻlgani, lekin urush sabab bu niyati amalga oshmagani haqida yozilgan.

1892-yilning mart oyida Mulla Isʼhoq yurak xastaligi sabab kasalxonaga tushib qoladi, ammo tez orada sogʻayib, uyiga qaytadi. Shundan soʻng u dam olish uchun Budapesht yaqinidagi Velense qishlogʻiga boradi va shu yerda 10-may kuni vafot etadi. Arminiy Vamberining saʼy-harakatlari bilan unga janoza oʻqiladi va qishloqdagi qabristonga dafn etiladi. Dafn marosimini Budapeshtda xizmat qilayotgan bir imom oʻtkazadi. Olimning qabr toshiga “Mulla Sodiq” deb yoziladi. Uning vafoti koʻplab mahalliy gazetalarda yoritiladi.

Manbalarda xivalik bu tadqiqotchi Mulla Isʼhoq Ibrohim, Mulla Isʼhoq, Mulla Sodiq kabi nomlar bilan tilga olinadi. Ustozi Arminiy Vamberi esa uni Isʼhoq Chigʻatoy deb atagan. Manbalarda u umrining oxirigacha oʻz dinini saqlab qolgani qayd etilgan.

🎞 Suratda: Mulla Isʼhoq va Arminiy Vamberi.

Mulla Isʼhoq haqida:
🔹 Vengriyalik sayohatchi Oʻzbekistonga kelgani va oʻzbek yigiti Vengriyaga borgani haqida
🔹 Uyimda yoʻqdir goʻjalik, koʻnglim istaydi xoʻjalik – XIX asr venger jurnalida eʼlon qilingan oʻzbek maqollari
🔹 Avstriyada taniqli oʻzbek olimi Mulla Isʼhoq Ibrohim haqida salmoqli maqola eʼlon qilindi
🔹 Vengriyada atoqli oʻzbek olimi Mulla Sodiq xotirasi yodga olindi
🔹 Mullo Isʼhoq

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Live stream scheduled for
Miraziz Aʼzam “Tilda, fikrda, ishda birlik! Turk dunyosi adabiyoti mukofoti” bilan taqdirlandi

26-sentyabr kuni Turkiya poytaxti Anqara shahrida Turk tili jamiyati “Tilda, fikrda, ishda birlik! Turk dunyosi adabiyoti mukofotlari”ni topshirdi. Sovrindorlar orasidan oʻzbekistonlik taniqli shoir Miraziz Aʼzam ham oʻrin olgan.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1
Live stream started
Live stream finished (1 hour)
Esse imtihoniga tayyorgarlik koʻrayotganlar uchun maxsus

Milliy sertifikat imtihonining esse sinoviga tayyorgarlik koʻrayotganlar uchun foydali boʻladigan maqolalarni yigʻib chiqdim. Marhamat, foydalaning.

••• Kanaldagi soʻz qoʻllash, tahrir va imloga oid boshqa maqolalarni oʻqib chiqish ham yozish koʻnikmangizni oʻstirishda asqatadi.


🔹 Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?
🔹 Esse uchun mavzular
🔹 Insho va uning rejasi
🔹 Koʻpchilikning muammosi: savodxonlikni qanday oshirish mumkin?
🔹 Xatosiz yozishni mustaqil oʻrganing: eng foydali 5 usul
🔹 “Ibrat farzandlari” loyihasida savodxonlik darslari
🔹 Yaxshi yozay desangiz
🔹 Tahrirni qanday oʻrganish mumkin – eng muhim 8 tavsiya
🔹 Tahrirga oid maqolalar

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Bugun HilolEduʼning Yunusobod filiali ochildi. Filial rahbari – “Ibrat farzandlari” loyihasi orqali koʻpchilikka tanish turk tili ustozi Gʻulomjon Sobirov.

Markaz faoliyatiga zafarlar tilayman. Chinakam ilm maskani boʻlib, xalqimizga koʻp yillar xizmat qilsin.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Forwarded from Mutolaa
🎁 Hammaga 7 kunlik BEPUL “Mutolaa Premium” sovgʻa!

🎉 Ustozlar bayrami munosabati bilan, “Mutolaa” jamoasi barcha kitobxonlarga 1 haftalik “Mutolaa Premium” obunasini bepul sovgʻa qiladi!

• “USTOZ” promokodini kiritib, bepul obunani qoʻlga kiriting va 100 dan ziyod eksklyuziv kitoblar mutolaasi, hamda ilovaning qoʻshimcha qulayliklaridan zavqlaning!

Mutolaa ilovasini yuklab oling
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Sunʼiy idrok yozgan matnni qanday farqlash mumkin?

Sunʼiy idrok yozgan matnlar koʻpaygani sari ularni inson yozgan matnlardan ajratishning ahamiyati ham oshib boryapti. SI taqdim etayotgan matnlarda bir qancha kamchiliklar bor. Toʻgʻri, borgan sari matn sifati yaxshilanyapti, biroq hozircha neyrotarmoq matnlarini qoniqarli deb baholab boʻlmaydi. Ayniqsa oʻzbekchada.

SI yaxshi yordamchi, uni dushman deb bilmaslik kerak. Biroq tabiiy idrokning oʻrnini unga toʻliq boʻshatib berish ham aqldan emas.

Xoʻsh, SI yozgan matnlarni qanday farqlash mumkin?

Birinchisi – takrorlar va qolip ifodalar. Gaplar bir xil tuzilgan boʻladi, matnda biroq, xulosa qilib aytganda, maʼlumotlarga koʻra, natijada kabi iboralar, nafaqat..., balki qolipidagi jumlalar haddan tashqari koʻp ishlatiladi. Uslub zerikarli, ohang bir maromda ketaveradi.

Ikkinchisi – mazmundagi oʻxshashliklar. Sunʼiy idrok oʻzi fikr oʻylab topa olmaydi. Faqat oʻrgangan maʼlumotlaridan foydalanadi. Shu bois baʼzan matnlar bir-biriga oʻxshash chiqib qoladi. Lekin u sizni yangi gʻoyalarga yoʻllashi mumkin, maʼlum bir mavzuda eʼtibordan chetda qolgan jihatlarni topib berishda ham juda asqatadi.

Uchinchisi – fikrlar oʻrtasidagi uzilish. Baʼzan gaplar mavzu boʻyicha ketayotgandek tuyuladi, lekin toʻsatdan boshqa yoqqa burilib ketadi. Bunga sabab sunʼiy idrok chuqur kontekstni, mazmundagi yaxlitlikni tushuna olmay qolishida.

Yuqoridagi belgilar SI yozgan matnlarni ajratishga yordam beradi. Bu koʻnikma ayniqsa jurnalistika, taʼlim yoki ilm-fan sohasi vakillari uchun juda kerakli.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Qiya chiziq (/) haqida nimalarni bilasiz?

Imlo haqida gap ketganda koʻpincha harflar va soʻzlarga eʼtibor qaratamiz-u, belgilar biroz chetda qolib ketadi. Matnda tinish belgilari juda muhim, hatto tinish belgilari qatoriga kirmagan belgilar ham oʻziga xos vazifa bajaradi. Shulardan biri – qiya chiziq (/).

Bu belgi koʻpincha rasmiy, ilmiy va texnik matnlarda uchraydi. Qiya chiziqning asosiy vazifalarini koʻrib chiqamiz.

1️⃣ Va/yoki oʻrnida:

Arizaga pasport/ID karta nusxasi ilova qilinsin.

2️⃣ Nisbat belgisi sifatida:

100 km/h, narx/sifat nisbati.

3️⃣ Qisqartmalarda:

t/r (tartib raqami), h/r (hisobraqam).

4️⃣ Hujjat va bino raqamlarida:

156/A-sonli buyruq, Hurriyat koʻchasi, 8/1-uy.

❗️ / va \ belgilarini adashtirmang!

Oʻng qiya internet manzillarida qoʻllanadi:
https://oriftolib.uz/dars/imlo/

Chap qiya kompyuterda fayl yoʻlini koʻrsatadi:
D:\Hujjatlar\Arizalar\Qiyachiziq.docx

💡 Taklif:

Bu ikki belgi inglizchada forward slash va backslash deb ataladi. Men ularni oʻzbekchada loʻnda qilib oʻng qiya (/) va chap qiya (\) deb atashni taklif qilaman. Xalqchil qilib oʻng kaltak va chap kaltak deyish ham mumkin.

P.S. Bu kabi maqolalarning toʻliq shakli va imlodagi koʻplab chalkashliklarga yechimlar men tayyorlayotgan yangi imlo qo‘llanmasida jamlanyapti. Kanalni kuzatib boring, tez orada tafsilotlar bilan bo‘lishaman!


@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Assalomu alaykum!

Muazzam adabiyotimiz, nodir iste’dod egalari bo‘lgan shoir-u shoiralarimiz bor. XX asr Qo‘qon adabiy muhitining namoyandasi Mirzo Maryamxon Xoniy shulardan biridir. Mumtoz janrlardagi she’rlaridan devon tuzgan, islomiy-irfoniy mavzuda nazmiy asarlar bitgan shoira atoqli yozuvchimiz Nurulloh Muhammad Raufxonning buvisi.
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi davlat adabiyot muzeyida shoira devonining taqdimoti o‘tkazildi.
Taqdimotdagi intervyumni e’tiboringizga havola etishdan mamnunman.

Nurboy Jabborov

Telegram / Facebook
# va @ belgisi: qoʻshimchalarni toʻgʻri qoʻshyapsizmi?

Ijtimoiy tarmoqlar hayotimizga heshteg va foydalanuvchi nomi kabi tushunchalarni olib kirdi. Ularga oʻzbekcha qoʻshimcha qoʻshishda koʻpchilik ikkilanadi. Xoʻsh, qanday yozish toʻgʻri?

Imlo qoidalarida bu haqda koʻrsatma yoʻq. Yechimni til mantigʻi va texnik talablardan kelib chiqib topamiz.

Asosiy qoida: qoʻshimchani boʻsh joy (probel) bilan ajratib yozing.


Bu yondashuv 10 ta, 70% ga, 10 kg dan kabi soʻzlar imlosiga mos keladi va belgining texnik vazifasini buzmaydi.

📌 Demak:

#yangiliklar ni kuzatib boring
@oriftolib dagi post

#yangiliklarni kuzatib boring
@oriftolibdagi post

❗️Texnik eslatmalar:

1️⃣ Heshteg ichida boʻsh joy boʻlmaydi. Soʻzlarni qoʻshib yoki pastki chiziq bilan yozing:

#xayrlitong
#xayrli_tong

#xayrli tong
#xayrli-tong

2️⃣ Eʼtiborli boʻling: foydalanuvchi nomlarida (@username) standart lotincha harflar ishlatiladi.

💡 Taklif:
Bu atamalar hali oʻzbekchalashtirilmagan. Koʻpchilik heshteg uchun chorlov variantini taklif qiladi, bu menga ham maʼqul. Username uchun esa egaot yoki taniq variantini taklif qilaman.


Albatta, bu kabi zamonaviy masalalar kelajakda rasmiy imlo qoidalarida oʻz aksini topishi zarur. Biroq til doimiy rivojlanishda, u rasmiy hujjatlarni kutib oʻtirmaydi. Shu sababli eng toʻgʻri va mantiqli yechimlarni taklif qilish va amaliyotga imkon qadar tezroq tatbiq qilish til rivojiga xizmat qiladi.

Nashrga tayyorlanayotgan mufassal imlo qoʻllanmamdan qisqartirib olindi.

@oriftolib | Boshqa sahifalarimiz
1
2025/10/09 04:37:36
Back to Top
HTML Embed Code: