Telegram Web
Qay biri toʻgʻri?
Anonymous Quiz
41%
Farruh, Gulruh
59%
Farrux, Gulrux
Ochkoʻzlik qilib, oʻzingdan hamisha tejab boy boʻlish qiyin: toʻyib ovqatlanmaysan, ust-boshing bir ahvol, oʻzingni har narsadan cheklayverasan. Faqat rohatlanib ishlaydigan odamgina yaxshi topadi va boyiydi.

Henri Ford

@oriftolib
Forwarded from Shokir Tursun qarashlari
Bunisi ham "Havas"dan.

Birinchidan, videokuzatuv qoʻshib yozilishi kerak.

Ikkinchidan, oʻgʻirlik emas, oʻgʻrilik.

Uchinchidan, matnga koʻra oʻgʻrilik qilganlar emas, oʻgʻirlanganlar sudlanar ekan. Yaʼni siz doʻkondan non oʻgʻirlasangiz sizni emas, oʻsha nonni sud qilishadi.

Toʻrtinchidan, sud jarayoni qoʻzgʻatilmaydi, jinoyat ishi qoʻzgʻatilishi mumkin.



@birgap
Holdan toydiradigan harflar

Qaysi bankligini aytmayman.

Xullas, bir hamkasbimiz Visa karta ochtiradi, kartadagi ismi pasportdagidan farqli yozilgan boʻladi. Tushunganlar biladi, Payoneer, Wise kabi tizimlar imloviy xatosi bor invoyslarni rad qiladi. Bizda u – boʻlaveradi degan prinsip. Oʻzbekistondan tashqarida bitta nuqta ham bahsga sabab boʻladi.

Keyin hamkasbimiz bankka borib, bu kamchilikni tuzatib, yangi karta ochtirishga ariza beradi. Yana pasportiga qarab yozib olishadi ism-familiyasini.

Karta chiqqandan keyin qarasa, yana ishkal – yana ism pasportdagidan farqli, bu safar boshqacha xato yozilgan. Uchinchi marta ariza berganidan keyingina ismini toʻgʻrilab karta chiqarib berishadi.

“Bitta karta uchun bir kunimni va bir dunyo asabimni sarfladim”, deydi qahramonimiz. FYI, kuniga yaxshigina daromad qiladi tarjimonlikdan.

Manba: @mutarjim2020

@oriftolib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Joy nomi shaxs nomidan keyin berilishi kerak

Obunachilardan biri texnikum nomi yozilgan rasmni joʻnatibdi. Nomda uslubiy xatolik bor. Afshona – Ibn Sino tugʻilgan qishloq. Oʻquv yurti nomida joy nomini kishi nomidan keyin berish toʻgʻri. Bu ortiqcha tushunmovchilik va gʻalizlikning oldini oladi. Solishtiring:

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti

Toshkent soʻzi joyni bildiradi va u shaxs nomi – Alisher Navoiy soʻzidan keyin kelyapti.

🟢 Texnikum nomida ham shu tartibga amal qilish kerak:

Afshona Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi

Abu Ali Ibn Sino nomidagi Afshona jamoat salomatligi texnikumi

@oriftolib
Odamning sevgan qahramonlariga qarab u haqda koʻp narsa aytish mumkin.

Stiv Jobs

@oriftolib
Forwarded from Alisher Sadullaev
⚡️Yoshlar ishlari agentligining milliondan oshiq yoshlarga 23 dan ziyod tillarni bepul o‘rgatib kelayotgan "Ibrat farzandlari" loyihasi rahbari Rustam Qoriyev Prezidentimiz tomonidan "Shuhrat"  medali bilan taqdirlandi.

Bu e'tirof Yoshlar ishlari agentligining mamlakatimiz yoshlari uchun olib borayotgan loyihalariga munosib e'tirof deb hisoblaymiz.

Rustam Qoriyevni va boshqa shunday mukofotlanganlarni xalqimizni ma'rifatli qilishdagi ezgu ishlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz.

@ibratfarzandlari
Avagʻamning avagʻasi, umurtqamning shoʻrvasi.

Bu ibora qanday maʼnoga ega?
Anonymous Quiz
16%
Xom-xatala, sifatsiz mahsulot
17%
Koʻp qaynagan, mazali taom
67%
Juda uzoq qarindosh
Toʻnning avrasi bu – ...
Anonymous Quiz
40%
Ichki tomoni
43%
Tashqi tomoni
17%
Yoqasi
Toʻnning astari bu – ...
Anonymous Quiz
90%
Ichki tomoni
7%
Tashqi tomoni
3%
Yoqasi
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Orif Tolib
Koʻpga kelgan toʻy, xoʻjam 😁
​​Kapuchino va kapyushon

Bu ikki soʻzning maʼnosi bir-biridan bir necha chaqirim yiroq, lekin ularning oʻzagi bitta. Kapuchino – sutli-koʻpikli qahva. Kapyushon esa ustki kiyim yoqasiga biriktirib tikiladigan qaytarma qalpoq.

Har ikki soʻzning ildizi lotincha cappa soʻziga, u esa caput – bosh, asosiy oʻzagiga borib taqaladi. Kapital, kepka, shapka, kapot, kapitan, kaput soʻzlari ham shu ildizdan oʻsib chiqqan.

Yevropada rohiblarning bir guruhi kapuchinlar deb atalgan, ular qaytarma qalpoqli kiyim kiygan. Sezgan boʻlsangiz, bu soʻz ham yuqorida tilga olgan soʻzlarimiz bilan qarindosh. Rohiblarning kiyimi qizil-jigarrang tusda boʻlgan va kapuchin soʻzi shu rangni ifodalash uchun ham ishlatilgan. XVIII asrda Avstriyada tuxum sarigʻi va qaymoq qoʻshib yangicha qahva damlay boshlashadi. Unga kapuziner nomi beriladi. Italyancha cappuccino atamasi XX asrdan urfga kiradi.

Qahvaga uning rangi sababli bunday nom berilgan. Boshqa bir fikrga koʻra, ichimlik yuzasida kapyushonga oʻxshash koʻpik hosil boʻlishi tufayli unga shunday ot qoʻyilgan.

@oriftolib
Obunachilarimiz soni 🔟 mingdan oshdi!

Oʻquvchilar bu sahifaga oʻyin-kulgi, koʻngilochar narsalar uchun emas, nimadir oʻrganish uchun keladi. Shu maʼnoda, har bir obunachi qadrli.

Kanalni doʻst-yaqinlarga tavsiya qiling. Safimiz bundan-da kengaysin. Kimdir nimadir oʻrgansa, bunda sizning ham hissangiz boʻladi.

Barchaga rahmat!

@oriftolib
Ijtimoiy tarmoqlardagi 1k, 1m kabi qisqartmalar nimani anglatadi?

Ijtimoiy tarmoqlarda obunachilar, koʻrishlar yoki maʼqullashlar (layklar) sonini ifodalash uchun shu kabi qisqartmalar ishlatiladi. Xoʻsh, ular qayerdan paydo boʻlgan va nimani anglatadi?

Kkilo soʻzining qisqartmasi. Yunoncha χίλιοι – chílioi soʻzi oldqoʻshimchaga aylangan va juda koʻp oʻlcham birliklarida ishlatiladi. Maʼnosi – ming. 1 kilogramm 1000 gramm maʼnosiga ega. 1 kilometr esa 1000 metr. Xuddi shu kabi 1k = 1 ming, 10k = 10 ming, 100k = 100 ming.

Mmillion soʻzining qisqartmasi. Demak, 1m = 1 million, 10m = 10 million, 100m = 100 million.

@oriftolib
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Dadamda bir malay bor... Qorni toʻq, egni butun boʻlsa bas. Ing yoʻq, jing yoʻq ishlayveradi. (Oybek, “Tanlangan asarlar”.)

Jumladagi “ing yoʻq, jing yoʻq” iborasining maʼnosi nima?
Anonymous Quiz
23%
Pulsiz, ish haqisiz
13%
Toʻxtamasdan, kecha-yu kunduz
64%
Indamasdan, soʻzsiz
2024/09/30 10:31:17
Back to Top
HTML Embed Code: