Telegram Web
Bu Bayrut!

Bugun Isroil havo kuchlari Livan poytaxti Bayrut shahrini bombardimon qildi. 6ta bino yo'q qilinib, ko'plab tinch aholi vafot etgan. Ularning soni hozircha aniq emas. Xabarlarga ko'ra, Hizbulloh rahbari Hasan Nasrulloh ham hujum oqibatida jarohat olgan va uning tirik qolish ehtimoli kam.

@ostonovminbari
O'zbek olimlari zullissonayn maqola yoza oladi. Inglizcha yozib turib, orada o'zbekchaga, aksincha, o'zbekcha yozib turib, inglizchaga bemalol o'tib keta oladi. Ikki qo'limni ko'taraman! Sizlar buyuksizlar.

@ostonovminbari
Farda Soraghe Man Bia (Ft Mohsen Namjoo)
Ali Azimi
Uxlamaganlar uchun diltortar navo. Ali Azimi va Muhsin Namju ijodidan.
Shanbani odatda san'atga bag'ishlayman. Ham ishlab, ham eng dilbar qo'shiqlarni eshitaman. Haqiqiy san'atkorlarni hayotini o'qib qo'yaman qisqa. Hozirgi avlod tinglashi kerak bo'lgan yana bir eronlik hofizning eng yoqqan ashulasini ulashaman. Shahram Naziri klassik musiqaning eng ustazoda san'atkorlaridan.

@ostonovminbari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Esingizda bo'lsa, bir necha marta ushbu bolaning operatsiyasi uchun ehson so'rab e'lon joylagandim. Bola Turkiyada operatsiyadan o'tibdi. Ahvoli yaxshi ekan. Lekin davolanish bilan bog'liq xarajatlar bor ekan baribir. Shunga otasi iltimos qildi, kimda qancha imkon bo'lsa, ehson qilishinglarni so'ramoqchi edim. Majburiy emas, kimda imkon bo'lsa. Tanish oila bo'lgani uchun qo'ydim.
Livandagi asosiy kuch bo'lgan Hizbullohning lideri Hasan Nasrulloh Isroil hujumlari oqibatida vafot etgani tasdiqlandi. Endi nima bo'ladi?

Birinchidan, Hizbulloh yangi lider saylaydi. Ikkinchidan, G'azodagi vaziyat biroz unutiladi va Bibining reputatsiyasi yana tiklanadi. Aynan shuning uchun ham Livandagi operatsiya kerak edi Netanyahuga. Uchinchidan, mintaqadagi taranglik yuqori nuqataga qarab boradi. To'rtinchidan, Yevropa, xususan, Fransiyaning Isroilga bosimi kuchayadi. Lekin bu nima beradi, noma'lum. Beshinchidan, Eron Isroilga yana quruq tahdid qiladi. Chunki o'zidagi inqiroz sharoitida Isroilga qarshi urusha olmaydi. Shunchaki, o'zini borligini eslatib turadi. Shialarning bunday yo'qotishlari, albatta, Saudiyaning ham ishiga yaraydi.

Isroilning Livandagi operatsiyalari 2023-yil 7-oktabrdagi fiaskoning haqiqatdan ham tasodif ekanligini so'roq ostiga oladi. Xullas, Isroil hali beri Yaqin Sharqda urushni to'xtatish niyatida emas. Sekinlik bilan bu mojaroga AQShni ham tortishni reja qilayotgan bo'lishi ham mumkin. AQShning keyingi harakatlari saylov natijalariga bog'liq.

@ostonovminbari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Barselona himoyasi Osasunaga qarshi
Isroil Yaman hududiga havodan hujum qilmoqda. Yamanga samolyot orqali hujum qilish uchun Saudiya havo hududidan borish kerak.

@ostonovminbari
Juda muhim duranga erishdi ikki Madrid jamoasi.
Forwarded from Shokirjonov news
Андижондаги автобус ҳайдовчиси яхши ташаббус қилибди.

Буни чиройли тарзда, янада кенгроқ жорий қилса бўлади.

Бизнинг йўл белгиларию йўллардаги зебраларга беписанд автотеррористларимизга таъсир қилмас, лекин ҳайдовчиларни бироз бўлса-да ҳушёрликка чорлайди...

➡️ @shokirjonov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Telegram'нинг ўзбек сегментида ҳуқуқ, санъат, илм-фан, ижтимоий ҳаёт, бизнес ва бошқа соҳаларга ихтисослашган энг фаол блогерларнинг каналларини тавсия қиламан. Бу каналлардан янги билимлар, қизиқарли фактлар, чиройли таҳлиллар топасиз.

Барча блогерларнинг каналларини битта ҳаволага жойлаб қўйдик. Уни босиб, истаганингизга ёки бирдан ҳаммасига обуна бўлишингиз мумкин.

Telegram'да кўп вақт ўтказсангиз, бу вақтни унумли сарфлашга ва фойдали маълумотлар олишга ҳаракат қилинг. Ушбу каналлар сизга мана шундай маълумот манбалари бўлиб хизмат қилади.

👉 https://www.tgoop.com/addlist/sIH05yS8v6g5ZjIy
Aziz ustozlar, o'zlaring istagan oylikni olish nasib qilsin. Bayram muborak bo'lsin.

@ostonovminbari
Ota-onam o'qituvchilar. O'qituvchilar oilasida ulg'ayishning yaxshi tomonlari ko'p. Eng kamida o'qishinga e'tiborli bo'lishadi. Dadam universitetda, onam maktabda ishlaganlar. Maktabga chiqmasdan Trud gazetasini o'qishni o'rganganman. Albatta, tushinib emas, harflarni taniganman. Maktabdagi o'qishim ham doim nazoratda bo'lgan. Chunki onam o'sha maktabda ishlaganlar. Shuning uchun ham ortiqcha bezorilik qilishga yurak betlamagan))) Maktabdagi barcha ustozlarim esa eng yaxshilari bo'lgan doim. Universitetda ham, hozirgi institutda ham eng zo'rlari bilan birgaman.

Bugungi kunda nimaga erishgan bo'lsam hammasiga ota-onam va ustozlarim sababchi. Ularsiz men hech kimman. Ayniqsa, onamning mani o'qitish uchun qilgan mehnatlarini hech qachon qaytarolmasam kerak. Dadam esa dunyoqarashim shakllanishida ilhom manbasi bo'lganlar. Maktabda bir o'qituvchimning gapi hali esimda: "Agar senda bo'lgan sharoit va vaziyat dadangda bo'lganida, hozir dadang akademik bo'lagan bo'lardi". Shu gap hech qachon esimdan chiqmaydi va shunga munosib bo'lishga doim harakat qilaman. Bundan esa charchamayman.

Bugungi bayram sabab shu xotiralar esga keldi. Bayramingiz muborak otam, onam va ustozlarim!

@ostonovminbari
Forwarded from Alimoff Live
Каналга обуна бўлишни унутманг. Лайв каналда лайв формат ва лайт тема. Сугубо мавзуга қизиқиб, бу чалкашликларда что к чему деган саволларга жавоб излаганларга тавсовать қилинади.

https://www.youtube.com/watch?v=f1qdpia4aQo&ab_channel=AlimoffLive
Xotirjam uyqu tilayman!
Ishladi, shekilli?
2024/10/04 03:26:48
Back to Top
HTML Embed Code: