Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3202 - Telegram Web
Telegram Web
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Muhim ahamiyatga ega bo‘lgan nimaki yaratilgan bo‘lsa, albatta, kuchli tartib asosida tashkil etilgan.


@otabek_khasanov
👍21🔥31
Ta`ziya

Suratdagi inson Sur’at Mirqosimov. Ular Davlat boshqaruv akademiyasida bizga saboq bergan, bilganlarini o‘rgatgan, samimiy ustoz edilar. Bugun ularning vafoti haqidagi xabar men va ularni tanigan ko‘pchilikni chuqur qayg‘uga soldi.

Sur’at Mirqosimov O‘zbekiston davlat teleradioqo‘mitasining xorijiy mamlakatlar uchun eshittirish bo‘limida turli lavozimlarda, jumladan, hind tahririyatida muharrir bo‘lib ishlagan.

O‘zbekistonning Hindistondagi birinchi elchisi bo‘lgan. Ikki mamlakat xalqlari o‘rtasidagi azaliy do‘stlik aloqalarini mustahkamlashga munosib hissa qo‘shgan.

Umrining oxirigacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruv akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida talabalarga dars bergan.

Taniqli diplomat va sharqshunos olim Sur’at Mirqosimov vafoti munosabati bilan uning oilasi a’zolari va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildiramiz.

@otabek_khasanov
👍34🤔5🔥41
Bugun muhim kun! Oʻzbekiston milliy terma jamoasi JCH-2026 saralash bosqichida Eron terma jamoasi bilan kuch sinashadi.

Oʻyin Tehron shahridagi “Ozodiy” stadionida, Toshkent vaqti bilan 21:00 da boshlanadi.

Mazkur oʻyin “Sport tv” orqali toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatiladi.

Milliy terma jamoamizga g‘alaba tilaymiz!

@otabek_khasanov
👍38
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirokidagi iftorlikda futbolchilarimiz g‘alabasi uchun ham duo qilindi.

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6163🔥2
Rahmat, yigitlar!
👍145🔥1810👏8💯1
O‘zbekistonda Ramazon hayiti bayrami 30-mart kuni nishonlanadi

Bu bo‘yicha Prezident qarori qabul qilindi

💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍22👏5
Bugun “Zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishning dolzarb masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasini o‘tkazdik.

Unda professor-o‘qituvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, doktorant va tadqiqotchilar ishtirok etdi.

Hozirda ijtimoiy-ma’naviy muhit tahlilida yangicha ilmiy tadqiqot usullari, zamonaviy targ‘ibot texnologiyalari zarurdir.

Bu borada oldimizda turgan vazifalar, yechimini kutayotgan muammolar ko‘p.

Konferensiyada olimlar jamiyat birdamligini ta’minlaydigan omillar tahlili, xalqparvar davlat barpo etishda ijtimoiy faol fuqaroning rolini oshirish vazifalari, taraqqiyotga olib boruvchi ustuvor qadriyatlarni aholi ongiga singdirish masalalari kabi ilmiy muammolar bo‘yicha mulohazalarini bildirdi.

@otabek_khasanov
👍388🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Turma – yugur, tinma - tirish, bukilma - yuksal!

@otabek_khasanov

#yangiruhiyat
👍406🔥65
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash «Ulug‘bek» jamg‘armasi tomonidan universitet prorektorlari, professor- o‘qituvchilar, yoshlar, tadqiqotchilar uchun doimiy ma’ruzalar tashkil etilib kelinmoqda.

Bu galgi muloqotimiz “Yangi O‘zbekiston — ijtimoiy davlat” mavzusida bo‘ldi. Unda professor-o‘qituvchilar, yosh tadqiqotchilar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Respublikadagi barcha hududlardan yoshlar onlayn ravishda muloqotimizga qo‘shildi.

Savol-javob qismida barcha faol qatnashib, bu boradagi mulohazalarini ham bildirdi.

@otabek_khasanov
👍252
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
⚡️“Siyosiy ma’rifat soati”

🔹Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

🔹Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


📺 Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/R91ySvEN4tM?si=_kjICbS8H3z6d1 sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

#xalqchildavlat

@otabek_khasanov
👍3232👎1
Bugun Farg‘ona viloyatining Bag‘dod tumanida bo‘ldik. Bir guruh ziyolilar, tuman hokimi ishtirokida aholi bilan uchrashuvlar tashkil etildi. Muloqot maydoni yaratildi.

Bugun aholining farovon yashashi, kambag‘allikdan chiqarilishi bo‘yicha ko‘plab tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Bu borada maxsus ishchi guruhlar faoliyat olib bormoqda.

Tumandagi mahalla aholisi uchun maxsus seminar-trening tashkil etildi.

Seminar dasturi doirasida "Bag‘dod", "Mehnatobod", "Saidobod" mahallalarida "Quva tajribasi" o‘rgatilib, zarur tavsiyalar berildi.

16 000 dona ko‘chatlar keltirilib, aholi xonadonlariga o‘tkazildi.

Ziyolilar aholi bilan samimiy muloqot qildi.


@otabek_khasanov
👍4221
2025/07/14 11:38:51
Back to Top
HTML Embed Code: