Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
3182 - Telegram Web
Telegram Web
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Fransiya Respublikasining oliy mukofoti - Faxriy legion ordeni bilan taqdirlandi. Davlatimiz rahbariga yuksak mukofotni Fransiya Prezidenti Emmanuel Makron tantanali ravishda topshirdi.


#Mirziyoyev #tashrif #Fransiya #taqdirlash

#men_prezidentimdan_faxrlanaman

@otabek_khasanov
👏20🔥4👍32
- Yaqinda bir rolik ko‘rdim; juda ta’sirli. “Uy” deb nomlanibdi. Kitoblarning uylardan quvilayotgani haqida. Umumdunyoviy og‘riq, bugungi kunda barcha xalqlarning boshida aylanayotgan musibat bo‘roni ifodalangan.


▶️"Uy" animatsion filmidan parcha: www.youtube.com/watch?v=5IpEbD8dd_o

Maqolani to‘liq o‘qish: https://telegra.ph/BIZNI-ULO%D2%9ATIRMA-ZAMIN-03-13

💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍26👏32🔥1💯1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
Xabaringiz bor, Islom sivilizatsiya markazi ekspozitsiyasini boyitish va takomillashtirish bo’yicha qator loyihalar ustida ishlamoqdamiz.

Xususan, “Yangi O’zbekiston – Yangi renessans” bo‘limini tashkil etish borasida olimlar bilan hamkorlikda ish olib borilmoqda.

Bugun loyihalarimizni yanada aniqlash, ekspozitsiyalarni zamonaviy ko’rinishda tasvirlash bo‘yicha olimlar forumi bo‘lib o‘tdi.

Unda 200 nafarga yaqin soha ekspertlari, olimlar qatnashdi. Ular o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi, qiziqtirgan savollariga javob oldi.

@otabek_khasanov
👍142🤯2👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Diqqat

“Siyosiy ma’rifat soati”

🔹Vazirlik va idoralar, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi, viloyatlar, Toshkent shahri, shuningdek, tuman, shahar hokimliklari rahbar va mas’ul xodimlari diqqatiga!

🔹Bugungi kunning eng muhim va dolzarb mavzulari haqida ma’lumot berib boruvchi “Siyosiy ma’rifat soati” haftaning har juma kuni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Prezident huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi hamda O‘zbekiston Mahallalari uyushmasi tomonidan taqdim qilinadi.


📺 Navbatdagi o‘quvni Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining youtubedagi https://youtu.be/MUfr0obbeZc?si=iyw20bTYOARph87s sahifasida tomosha qilishingiz mumkin.

@otabek_khasanov
1👍251
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
O‘zbekiston-Fransiya munosabatlarida mutlaqo yangi davrni boshlab, ikki tomonlama aloqalar solnomasida oltin harflar bilan bitiladigan tarixiy tashrif.

@otabek_khasanov
👍11👏101
Andijonga tashrifimiz davomida ajoyib xushxabar eshitdik. Ma‘naviy-ma’rifiy sohada fidoyi inson, Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazi Andijon viloyati bo‘limi rahbari Abdulhamid Nurmatov Andijon viloyati teleradiokompaniyasi raisi etib tayinlandi.

Ma’naviyat, ma’rifat va teleradio o‘zaro chambarchas soha. Abdulhamid akani kelgusidagi faoliyatiga muvaffaqiyat tilab, o‘zaro hamkorlik ishlarini kelishib oldik.

Shu bilan birga, viloyat bo‘limi xodimlari bilan kelgusi rejalarimiz, muammo va kamchiliklarimizni muhokama qilib oldik.

@otabek_khasanov
👍35👏321🔥1
Imom Moturidiy tavalludining 1155-yilligini keng nishonlash to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi


👉Qaror matni: president.uz/oz/lists/view/7946

@otabek_khasanov
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍151
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#yangiruhiyat #maromiylik

DABDABA — BAXT GAROVI EMAS!

Jamoamiz tomonidan yaratilgan ijtimoiy rolik barchani: ota-onalar, yoshlarni yana bir bor mulohazaga chorlashiga ishonaman. Har kim o‘z baxtini kimgadir ergashib emas, o‘zgacha yaratishi mumkin.

💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍43🔥5👏53🤔3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Aziz kuzatuvchilar, sizlarga yana bir medialoyiha haqida aytmoqchiman.

“Munozara” – uyg‘oq ziyolilar ovozi. Unda bugun jamiyatimizdagi og‘riqlar, yechimini kutayotgan muammolar, birdam jamiyat, ruhiyatimizni yangilaydigan fikrlar berib boriladi.

Mazkur loyiha ziyolilarimizning maydoni bo‘lgan “Madaniyat va ma’rifat” kanali bilan hamkorlikda youtube platformasida e’lon qilib boriladi.

Birinchi soni ertamiz asosi, bugunimiz og‘riqi bo‘lgan bolalar adabiyoti haqida.

Ko‘ring, fikr bildiring!

Batafsil: https://youtu.be/3Jx2Xx839lM

#yangiruhiyat


💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15👍1022👨‍💻2
Dam olish oqshomi uchun ota-onalarga “Mo‘jiza” nomli filmni tavsiya qilmoqchiman.

Biz farzandlarim bilan birga ko‘rdik. Ular kinodan har doim atrofidagi do‘stlariga nisbatan qanday ko‘rinishidan qat’iy nazar teng munosabatda bo‘lishi lozimligini angladi.

O‘zim yana bir bor anglagan haqiqat shuki: dunyo mo‘jizalarga to‘la, lekin eng katta mo‘jiza bu farzandlarimizning dunyoga kelgandanoq boshlanadi.

Faqat bu mo‘jiza kundan kun o‘ziga ishonchi ortishi, hayot qonunlariga moslashishi va nihoyat o‘zini topishi uchun biz shunchaki qanday vaziyatda bo‘lmasin ularga ishonsak bo‘lgani.

Filmi bu yerda tomosha qilish mumkin: https://youtu.be/PnS68IPSXnk?si=2APbtkg0vTc7Ntih


💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍342🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tahlilnoma

Bugun dunyo “Yangi O‘zbekiston”ni tan olyapti. Faqatgina tan olmayapti, islohotlariga ishonyapti. Bu islohotlar esa prezidentimiz taʼkidlaganidek, ortga qaytmaydigan, faqat oldinga yuradigan
islohotlardir...


💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏20👍14💯4🔥2🤔2
YASHASH MEZONLARI: AVVAL VA HOZIR

▪️Oldinlari odamlar bir-birining yoniga shunchaki, ishi bo‘lmasa ham gurunglashish uchun boraverardi. Hozir gurungga vaqt yo‘q. Ishi bo‘lmasa, birov-birovga qo‘ng‘iroq qilishi ham amrimahol.

▪️Oldinlari kimdir rahbar bo‘lib tayinlansa o‘sha kishini tanigan-tanimagan odamlar g‘oyibona "Juda yaxshi, xalqparvar odam deyishayapti. Xudo nazar qilgan kishi ekan-da. Bo‘lmasa katta bo‘larmidi?", deb yaxshi gumon qilishardi. Hozir esa endi ish boshlayotgan rahbarning yomon jihatini topishga urinish urfga kirib borayapti.

▪️Oldinlari muallimlar bolani urishsa, ota-onasi ham muallimni yoqlab, farzandiga tanbeh berar, hatto tarsaki ham tushirardi. "Muallim xato gapirmaydi, to‘g‘ri qilibdi" deyishar va "Ustozning urgan joyi qiyomatda kuymasmish" deya matal ham aytib qo‘yardilar. Hozir esa biror muallim farzandimizni urishib qo‘ysa, uni sudga berishgacha borayapmiz.

▪️Oldinlari biror kishi kim bilandir ko‘rishishi kerak bo‘lsa, u bilan bir oy oldin ahdlashib qo‘ysa bas, o‘sha manzilga aytilgan vaqtda borar edi. Hozir telefonda yuz marta kelishilgandan keyin ham biror narsa to‘g‘ri kelmay qolib, va’dalar buzilayapti.

▪️Oldinlari odamlarning soni kam edi, orzular katta va ko‘p edi. Hozir esa aholi ko‘p, ammo orzular maydalashib qoldi.

▪️Oldinlari  yashash uchun yashardilar. Hozir esa pul topish uchun ishlashayapti. Yashash urfdan qolayapti.

Shodmonqul SALOM,
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi.

#yangiruhiyat #inson

💬 @otabek_khasanov
📹 Instagram.com/otabek_khasan
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3383👏2🫡1
2025/07/14 11:40:53
Back to Top
HTML Embed Code: