Warning: Undefined array key 0 in /var/www/tgoop/function.php on line 65

Warning: Trying to access array offset on value of type null in /var/www/tgoop/function.php on line 65
- Telegram Web
Telegram Web
Diplomat (Sobirov)
Umumiy qarz 40 mlrd dollardan oshibdi. Qarzlar asosan davlat byudjeti va energetika sanoati uchun yo‘naltirilgan. Kreditorlar Osiyo taraqqiyot banki va Jahon banki. Har ikkalasi iqtisodiy siyosatga ta’sir qiluvchi Xalqaro valyuta fondidan xavfsizroq bank.…
Davlat qarzi (krediti) mavzusi bo‘yicha. Xalqaro valyuta jamg‘armasining Jahon va Osiyo taraqqiyot banklaridan xavfliligi uning iqtisodiy siyosatga ta’sir o‘tkazishidir. O‘zbekiston kredit olgan 3 xalqaro moliya institutlari haqida.

Xalqaro valyuta jamg‘armasi (XVJ) — qisqa muddatli inqirozlarni bartaraf qilish uchun qulay fond. Jamg‘arma nisbatan tez fursatda kredit ajratadi. Lekin kredit sharti sifatida inqirozlarni yengish bo‘yicha tavsiyalar beradi. Masalan, soliqlarni oshirish, davlat xarajatlarini qisqartirish. XVJ bergan kredit va tavsiyalar sabab Ruandada iqtisod izdan chiqib, fuqarolar urushi yuz bergan.

Jamg‘armada AQSH ta’siri katta. Fond qaror qabul qilishida a’zolarning 85 foiz ovozi kerak. AQSHning 17 foizlik ovozga ega. Vashington kimgadir kredit berish bo‘yicha yakka qaror qabul qila olmasa ham, xohlagan jarayonni bloklay oladi. Shu boisdan ham XVJ’da AQSH lobbisi kuchli.

Jahon banki — uzoq muddatli kreditlar ajratuvchi institut. Bu bank asosan kambag‘al davlatlarga past foizli kreditlar va foizsiz zaymlar beradi. Shuningdek moliyaviy barqarorlik bo‘yicha maslahatlar ham taqdim qiladi.

Biroq bu yerda ham muammolar bor. So‘nggi yillarda Jahon banki ajratgan kreditlarning atigi 1-2 foizi haqiqiy kambag‘al davlatlarga berilgan va bu mamlakatlarda ahvol yaxshilanmagan, balki yomonlashgan. Masalan, Pokiston, Livan va Argentina. Albatta, bu yerda davlatlar hukumatining kreditlarni to‘g‘ri sarflash siyosati ham katta rol o‘ynaydi.

Bu yerda ham AQSH 16 foizlik ovozga ega va Yaponiya bilan birgalikda asosiy figura.

Osiyo taraqqiyot banki — Jahon banki kabi uzoq muddatli, uncha katta bo‘lmagan miqdorda kreditlar beruvchi bank. OTB yuqoridagi ikki institut kabi ukkan zaxiralarga ega bo‘lmagani uchun, deyarli har doim aniq loyihalar uchun qarz beradi.

Bank ko‘pincha ekologiya befarqlikda ayblanadi. Masalan, OTB kreditlagan Tailanddagi Maye Moh ko‘mir elektrostansiyasi atrof-muhitga jiddiy zarar yetkazgani aniqlangan. OTB ham davlatlarga iqtisodiy-agrar masalalarda tavsiyalar beradi, ammo kuchli emas.

Bu yerda ham Yaponiya va AQSH asosiy figuralar (ikkalasida 12,7 foiz ovoz). Lekin OTBda oxirgi paytlar Xitoy (5,4 foiz), Hindiston va Indoneziya ulushi ham ortyapti. Bu tashkilotda muvozanat bo‘lishini ta’minlaydi.

Yuqoridagi uch moliya instituti ham kreditlarni ushbu mablag‘ga rostan muhtoj, kambag‘al davlatlarga bermayotganlikda ayblanadi.

@pan_diplomat
O‘zbekiston SSR tuzilgan davr — 1925-yildagi yuqori davlat lavozimlarini egallagan insonlar (vazirlari) va ularning yoshi:

Fayzulla Xo‘jayev — Bosh vazir. 29 yosh

Is’hoq G‘oziyev — Adliya vaziri, 29 yosh

Inog‘ajon Xidraliyev — Qishloq xo‘jaligi vaziri, 34 yosh

Qori Yo‘ldosh Po‘latov — Moliya vaziri, 35 yosh

Davlat Rizayev — Maorif vaziri (1925-yil noyabrgacha), 22 yosh

Akmal Ikromov — MQ ikkinchi kotibi, 27 yosh

Shorustam Islomov — O‘zSSR muvaqqat tashkiliy byuro kotibi, inqilobiy qo‘mita a’zosi, 26 yosh

Rahim Inog‘omov — Maorif komissari (1925-yil noyabrdan), 23 yosh

Sa’dulla Qosimov — O‘zSSR Oliy sudi raisi, 24 yosh


Hozirgi O‘zbekiston hukumatidagi eng yosh vazirHilola Umarova, 36 yosh.

Nega O‘zbekiston atigi 75 yil yashagan SSSR merosini hali ham yo‘q qila olmayotgani, bolsheviklar esa ming yillik mahalliy qadriyatlarni bir necha yilda yo‘q qilishni uddalagani sabablaridan biri.

Albatta, O‘zSSR sobiq xonlik va amirlik tizimida ishlagan mansabdorlarni ham hukumatga jalb qilgan, lekin ular aksariyat hollarda yuqori lavozimlarga emas, pastroq mansablarga tayinlangan. Yuqori doira asosan yangicha dunyoqarashga ega, yangiliklarga ochiq yoshlardan tuzilgan.

Kadrlarni yoshartirish — davlat taraqqiyoti va mustahkamligi uchun eng yaxshi yo‘l.

@pan_diplomat
Istiqlolchilar ustidan sud jarayoni. 1932-yil, Samarqanddagi Tillakori madrasasi

@pan_diplomat
Oxirgi vaqtlarda “O‘zbekistonni xitoyliklar bosib olyapti” degan post, video va podcastlar ko‘paydi. Hamma rostan xitoyliklar ko‘paydi birdan deyapti.

Birinchidan, xitoyliklar birdan ko‘payib ketgani yo‘q. Shunchaki, o‘zbek mediasida birdan hamma shu mavzuga e’tibor qaratdi. Bu aslida yomon ish emas, jurnalistlarning vazifasi mavzu ko‘tarish. Ammo mavzu piarga aylanib ketyapti.

Xitoyliklar, masalan, 10 yil oldin ham bizda tez-tez uchrab turardi. Qandim, Qoravulbozor va Buxorodagi boshqa yirik zavodlarda ular anchadan beri ishlaydi.

Ikkinchidan, bu globalizatsiya. Odamlar bir davlatdan boshqasiga boradi, ishlaydi, investitsiya kiritadi. O‘zbeklar ham Germaniya, Rossiya, Koreyaga borib ishlayapti. Shunday desam bir yaqin odam “o‘zbek ishchilar bilan, xitoyliklarni solishtirib bo‘ladimi, ular bizni davlatga kelib, bizni ishlatyapti” dedi. Umuman olganda ha, farq nisbiy.

Qolaversa, Xitoyda ham nemislar, amerikaliklar kelib, zavod qurib, xitoyliklarni ishlatyapti. Yaqinda Wolkswagen konserni Germaniyadagi barcha zavodlarini Xitoyga ko‘chirishga qaror qildi. Tesla ham asosan Xitoyda ishlab chiqarish amalga oshiradi. Bundaylar ko‘p. Xitoyliklar “nemislar mamlakatimizni egallab, bizni qul qilyapti” degani yo‘q.

Uchinchidan, nima qilish kerak? Yoppasiga haydash kerakmi? Tramp va Putin kabi chet elliklarni har ko‘yga solish yaxshi amaliyotmi?

Xitoyliklar ko‘payyotgan bo‘lsa, balansni saqlash kerak. Unga muqobil hind, yevropa, amerika investitsiyasini jalb qilish lozim. To‘g‘ri, ular osonlikka kelmaydi. Chunki bizda ularning ishonchini yo‘qotuvchi bir qator ishlar sodir bo‘ldi. Buni 2024-yilda investitsiya kiritish hajmi oldingi yilga qaraganda yarmiga kamaygani ham isbotlab turibdi.

Xitoy bilan esa hazillashib bo‘lmaydi. Hukumat boshqalar bilan ham hazillashishga yo‘l qo‘ymasa hammasi maromida ketadi. Lekin hech qachon migratsiyani cheklab, butun bir millatni dushmanga aylantirish to‘g‘ri qaror bo‘lmaydi.

@pan_diplomat
O‘zbeklar endi Suriyada

Yaqindagina fuqarolar urushini tugatib, diktatorni qulatgan Suriyada yana isyon boshlangandi. Bashar Asadga sodiq kuchlar qurollarni tashlashdan bosh tortdi va yangi hukumat kuchlariga hujum uyushtirdi. Hozircha ular katta muvaffaqiyatga erishgani yo‘q.

Asadlar oilasi alaviy diniy oqimiga mansub. Asadlarning yarim asrlik hukmronligi davrida aynan alaviylar yuqori davlat lavozimlarini egalladi va musulmon-sunniylarga qarshi repressiyalar o‘tkazdi. Asadga qarshi kuchlar: darziylar (yana bir aralash diniy oqim), kurdlar, sunniylar (xususan ISHID ham) asosan alaviylar hukmronligidan norozi edi. Suriyaning hozirgi rahbari Ahmad ash-Shara kuchlarining asosiy qismi ham sunniylar.

Alaviylar ko‘p yashovchi hududlarda isyon boshlangach, bir necha yillik zo‘ravonliklar uchun qasos olish, shuningdek, haqiqiy yo‘ldan “adashganlar”ni yo‘q qilish uchun alaviylar yashovchi hududlarda pogromlar yuz bergan. Asad rejimiga aloqador bo‘lmagan oddiy odamlar ham tunab ketilgan, o‘ldirilgan.

Va mahalliy aholining aytishicha, zo‘ravonliklarda qatnashgan guruhlar askarlarining aksariyati xorijliklar. Ular bilan to‘qnashgan suriyalikning aytishicha, jangarilar o‘zbek yoki chechenlarga o‘xshaydi.

Suriyada o‘zbek jangari guruhlari bormi? Ha, ular Asadga qarshi sunniy kuchlar tarkibida o‘z o‘rniga ega. Aksariyati suriyalik o‘zbeklar, shuningdek, Turkiya orqali o‘tgan o‘zbekistonliklar. Ular suriyalik turkmanlar va boshqa turkiy xalqlar bilan guruhlarga birlashgan. Masalan, terrorchi “Imom al-Buxoriy jamoati (katibasi)”. Bu guruh rasman Suriya rahbari Jo‘loniyning “Tahrir ash-Shom” guruhi ittifoqchisi. Bundan tashqari “Tavjid va Jihod” kabi o‘zbeklar guruhlari ham bor.

Turli manbalarga ko‘ra, Suriyada 2 mingga yaqin o‘zbek jangarilari bor. Ular Asad va ISHID’ga qarshi janglarda qatnashgan. Kuchli radikal xarakterda. Aynan shu radikal kayfiyat sabab ular alaviy pogromlarida ishtirok etayotgan bo‘lishi mumkin.

Umuman Suriyaning yangi rahbariyati oldida katta muammo bor — Jo‘loniy uni qo‘llab kelgan, biroq hozir uning nazoratidan chiqib ketayotgan xorijiy bo‘linmalarni Suriyada chiqarib yuborishi kerak. Bu tinchlik uchun juda muhim nuqta.

@pan_diplomat
Diplomat (Sobirov)
1927-yilgi O‘zbekiston xaritasi. Qiziq bo‘linishlar. Poytaxt — Samarqand. Navoiy o‘rniga Zarafshon viloyati, Konimex viloyati, Jizzax va Sirdaryo yo‘q, Qarshi shahrining nomi Behbudiy, Surxondaryoning markazi Termiz emas, Sherobod. Xo‘jand O‘zbekiston viloyati.…
Oradan qariyb 10 yil o‘tgandan keyingi O‘zbekiston ma’muriy bo‘linishi.

1938-yilda boshqaruv ancha ixchamlashtirilgan: 5 ta viloyat (Surxondaryo okrugi Buxoro viloyati tarkibida bo‘lgan) va 1 avtonom respublika.

Bunday ixchamlikka 1930-yilda viloyatlar tugatilib, mamlakat to‘g‘ridan to‘g‘ri respublikaga bo‘ysunuvchi tumanlarga bo‘lingani sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin. O‘zbekiston SSR 71 ta tuman va 9 ta shahar ko‘rinishidagi ma’muriy birlikka ega bo‘lgan. Bunday katta qamrovdan charchagan hukumat imkon tug‘ilganda ularni karrasiga qisqartirgan. Bunga balkim qatag‘onlar ham qandaydir ta’sir ko‘rsatgandir.

Hozir, masalan, Ozarboyjon shunday ma’muriy bo‘linishga ega, davlatda viloyatlar yo‘q.

@pan_diplomat
Shavkat Mirziyoyev eng ko‘p tashrif buyurgan davlatlar. Sal eskiroq, masalan 2024-yil iyuldan keyin Qozog‘iston va Rassiya ikkitaga, Ozarboyjon, Turkmaniston, Saudiya, BAA va Fransiyaga tashrif bittaga ko‘paydi.

@pan_diplomat
“Rashidov epoxasi” davridagi O‘zbekiston SSR’ning uch rahbari — Oliy Sovet Prezidiumi raisi Yodgor Nasriddinova, Vazirlar soveti raisi Rahmonqul Qurbonov, Kompariya MQ birinchi kotibi Sharof Rashidov tasvirlari mavjud video.

Shulardan ikkitasi: Nasriddinova va Qurbonov keyinchalik poraxo‘rlik va boshqa ayblar bilan ayblanib, partiya safidan chiqarilgan, so‘ngra yana tiklangan. To‘la sovetcha uslub.

Siyosatchilarning tili ham XX asr boshidagi (xususan, jadidlar) tiliga yaqin. Demak 1968-yilda ham o‘zbek tili qisman bo‘lsa-da, jaydarligini saqlagan (xo‘jalig‘i, yubaramiz, zaparlar tilayman kabi). Menimcha, shu mustaqillikdan keyin o‘zbek tilini rus tilidan uzoqlashtiramiz deb, uni forslashtirish kuchayib ketgan. Shashlikni ham “kabob”, “six kabob” deb qolishuvdi-ku, yaxshi hozir “shashlik”ning o‘zi turkiycha ekanligini bilishdi.

@pan_diplomat
“Hamma jayni xitoylar bosib ketdi”, “hamma narsani egallayapti xitoylar” deyotganlar uchun yaxshi xabar desa bo‘ladi.

Toshkent shahar issiqlik ta’minoti Fransiyaning Veolia kompaniyasida edi. Endi boshqa fransuz kompaniyasi — Voltalia elektr bo‘yicha shartnoma imzoladi. Poytaxtning sovuq suv ta’minotida ham fransuzlarning Suez kompaniyasi katta ulushga ega. Xullas, endi “hamma joyni fransuzlar bosib ketdi” deb dod solsa bo‘ladi).

Jiddiy aytganda, davlat rivojlanishi uchun tashqi yordam zarur. XVIII-XIX asrdagi Xitoy va Yaponiyaga o‘xshab yopilib olib, hech nimaga erishib bo‘lmaydi. Albatta, qaysidir davlat ta’siri ortishi yomon, lekin buni ularni haydab hal qilmaslik kerak. Shunchaki, boshqa o‘yinchilar bilan ham hamkorlik qilib, muvozanati ushlash lozim.

Fransiya va uning timsolidagi Yevropa Rossiya va Xitoy orasidagi Markaziy Osiyo davlatlari uchun yaxshi muqobil. AQSH bilan keskinlikka borayotgan Yevropa uchinchi dunyo mamlakatlari tomon yurishi, biz uchun foydali.

@pan_diplomat
Kecha Lukashenko Moskvaga borib, Putin bilan Ukrainadagi holat va AQSH bilan kelishuv haqida gapiribdi.

Putin tinchlik kelishuvlari haqida gapirib, Trampni maqtagan, AQSH tashabbusini qo‘llab-quvvatlayman, lekin ba’zi jihatlar bor debdi. Ya’ni, “biz hozir Kurskda Ukraina diviziyasini qurshovga oldik, ular yo o‘ladi, yo taslim bo‘ladi. Otashkesim bo‘lsa, ularning taqdiri qanday bo‘ladi? Biz ularni shunchaki qo‘yvoramizmi? Buning iloji yo‘q, ular bizning hududga bostirib kirib, begunoh tinch aholini o‘ldirdi, bu uchun ular javob bersin” degan ma’noda gapirgan.

Ajoyib, Rossiyachi? Ukrainaga bostirib kirgan, 3 yil urushib, yuz minglab odamlarni o‘ldirgan o‘ris askarlari ham qilmishlari uchun javob berishi kerakmasmi bu mantiq bo‘yicha? Ukraina Kurskda egallagan hudud bilan Rossiya Ukrainada egallagan yerni solishtirish mumkinmi?

Bir davlat rahbarining qanchalik mantiqsiz, ahmoqona fikrlashi va bunday odam katta davlatni boshqarishi mumkinligiga yorqin misol. Demak, AQSHda ham shunday odam davlat iqtidoriga kelishidan hayratlanmasa ham bo‘ladi.

@pan_diplomat
Juda yomon amaliyot. Diktator rahbariyat ochko‘zligi sabab oddiy odamlarni ham jazolab, ularni mamlakatga kiritmaslik mutlaq noto‘g‘ri.

AQSHning bu amaliyotini boshqalar ham ko‘chirib, oddiy holga aylanishi mumkin. Bu esa globalizatsiyaga jiddiy zarba bo‘ladi. Yomon millat bo‘lmaydi, yomon odamlar bo‘ladi.

@pan_diplomat
Usmoniylar imperiyasi o‘z qudratining eng cho‘qqisiga chiqqan davrda, ya’ni 1566-yilda saltanat aholisi soni 15 mlnga yetgan. Shundan 10,5 mln (70 foiz) musulmonlar, 2,5 mln (17 foiz) nasroniylar, 1,5 mln (10 foiz) armanlar va yarim million (3 foiz) yahudiylar tashkil etgan.

Shubhasiz, butun musulmon olaming xalifasi hisoblanuvchi usmonli sultonlar davlatida musulmonlar ko‘p bo‘lgan va yuqori davlat lavozimlarini egallagan. Biroq Usmonli hukmdorlari o‘z davlatlari mustahkam va kuchli bo‘lishi uchun imperiyada “millet sistemi”ni joriy qilgan. Unga ko‘ra, saltanat aholisi diniy e’tiqodlariga ko‘ra, millatlarga bo‘lingan.

Bular musulmonlar (peshvosi xalifa), xristian-pravoslavlar (Konstantinopol patriarxi), armanlar (arman katalikosi), yahudiylar (xaxam-bashi) millatlari edi. Har bir millat o‘z peshvosi tomonidan boshqarilgan, sulton esa — barcha millatlarga homiylik qiluvchi, oliy hukmdor hisoblangan.

Millatlar qator masalalarda, jumladan, yuridik muxtoriyatga ega bo‘lgan. Masalan, arman millati vakili islom shariat qoidalari bo‘yicha emas, arman Apostol cherkovi qoidalari bo‘yicha sudlangan. Hokimiyat millatlarning diniy ishlariga aralashmagan, soliqlarni ham hukumat vakillari emas, millat rahbarlarining maxsus insonlari yig‘gan va g‘aznaga topshirgan.

Usmonli imperiyasida barcha millat vakillari o‘z ijtimoiy guruhi doirasida ham, hukumat darajasida ham yuqori lavozimlarni egallagan. Masalan, sulton Boyazid II va Salim I’ning bosh shifokori Jozef Hamon yahudiy, mashhur buyuk vazir Pargalik Ibrohim posho esa etnik yunon, xristian bo‘lgan. Sultonlar turli diniy va milliy guruhlarga yuksak toqatlilik ko‘rsatgan.

Aynan mana shunday tolerant siyosat Usmoniylar imperiyasi birdamligi va qudrati uzoq vaqt saqlanishga yordam bergan. Undagi musulmon bo‘lmagan guruhlar islom sivilizatsiyasi va madaniyati ichida o‘z mavjudligini saqlab qolib, saltanat taraqqiyotiga muhim hissa qo‘shgan. Usmoniylardan chiqqan olimlar, mashhur odamlarning ko‘pchiligi musulmon emas.

XIX asr ikkinchi yarmidan saltanat hududida millatchilik harakati kuchaygan. Usmoniylarga ham hamma qatori fransuzcha “millat” tushunchasi kirib kelgan. Bolqondagi xalqlarda millatchilik kuchaygan. Turklarni o‘zidayam “yosh turklar” kabi milliy guruhlar paydo bo‘lgan.

Ular boshqa dinlarga nisbatan toqatsizlik ko‘rsatgan. Oxiri “millet sistemi” vayron bo‘lib, davlat yemirilgan. Shu bilan Usmoniylar imperiyasi ham tugagan.

Shuning uchun davlatning birinchi vazifasi insonlar dini, millatidan qat’iy nazar ularning tengligini ta’minlash. Radikalashish, o‘zga fikrlarga toqatsizlik jamiyatni ham, davlatni ham yemiradi.
#birdamjamiyat

@pan_diplomat
Turkiya uchun muhim vaqt. Ramziy ma’noda mamlakatning Imomo‘g‘li atrofida to‘plangan dunyoviy hamda Erdog‘on “yetishtirgan” radikal diniy qatlami o‘rtasida kurash boshlanyapti. Hali Erdog‘onni qo‘llovchi mitinglar ham bo‘lsa kerak.

Shubhasiz, Erdog‘on guruhi namoyishlar bo‘lishini bilgan va bunga tayyorgarlik ko‘rgan. RTE hokimiyatdagi 20 yil davomida ancha dunyoviy Turkiyada, uni har doim qo‘llovchi ajoyib elektorat — diniy mutaassib qatlam yaratdi. Bu qatlam Erdog‘onni g‘oziy deb biladi va u Turkiyani islom muhofiziga aylantirishiga ishonadi. RTE guruhi shunday kayfiyatdagidek ko‘rinadi, aslida esa ular umuman boshqa vektorlarda harakatlanadi. Oddiyroq aytganda, so‘zda g‘oziy, amalda esa yo‘q.

RTE bu davrda Turkiya dunyoviyligining tayanchi — milliy armiyani ham zararsizlantirdi. Gulen isyoni bahonasida armiya dunyoviylik tarafdori bo‘lgan zobitlardan “tozalandi”. Qismlarda diniy targ‘ibot olib borildi. Endi oldingidek harbiylarning vaziyatga aralashib, to‘ntarish qilish ehtimoli juda kam.

Turklarning, shior topish qobiliyatiga ham qoyil — “Ziplan, ziplamayan Tayyipchi” (Sakra, sakramagan Tayyipchi/Erdog‘onchi). Futbol sloganini siyosatga ko‘chirsa ham ajoyib chiqarkan. Agressiya yo‘q, siyosiy so‘z yo‘q, aksincha quvnoq va harakatchan slogan.

@pan_diplomat
Ижтимоий-сиёсий воқеаларни чуқур таҳлил қилиш ҳамда долзарб мавзулар ҳақида маълумот олишни истасангиз қуйида келтирилган телеграм саҳифалар рўйхатига қўшилиб олишингизни маслаҳат берамиз.

Ўзбекистон ва хорижий янгиликлар, танқидий ва таҳлилий ёндашувлар, қизиқарли мақолалар ва экспертлар фикрлари битта линкда жамланган. Бу ерда сиз таниқли блогерлар, сиёсатшунослар, юристлар ва жамоат фаоллари фикрларини ўқиб боришингиз мумкин.

Қўшилинг: 👉https://www.tgoop.com/addlist/TzBArAhF2pU1YmYy
Diplomatik tashriflar

Bir davlat diplomatlarining ikkinchi yoxud uchinchi davlatga safari oddiy koʻz bilan qaralganda doim bir xil ruhda kechadi, yaʼni “doʻstlik shartnomalari imzolandi”, “oʻzaro savdo kelishuvlariga erishildi” kabi. Biroq har qanday tashrif aniq kriteriyalar, protokollarga koʻra, oʻz yoʻnalishiga ega boʻladi. Bu yoʻnalishlar tashrifning muhimligi va ahamiyatini belgilaydi.

Davlat tashrifi — muayyan xorijiy davlat bilan erishilgan ikki tomonlama munosabatlarning yuksak siyosiy darajasini taʼkidlash maqsadida amalga oshiriladi. Bunday tashrif faqatgina davlat rahbari (prezident, qirol, rais) tomonidan amalga oshiriladi. Davlat tashrifi mamlakat yetakchisi vakolatlarini bajarishning bir muddati davomida bir davlatga faqat bir marta amalga oshirilishi mumkin (ya’ni, To‘qayev bir prezidentlik muddatida O‘zbekistonga ikki marta davlat tashrifi uyushtirolmaydi).

Rasmiy tashrif — davlat tashrifiga nisbatan dabdabasi va ahamiyati kamroq tashrif turi. Ushbu turdagi tashrif maʼlum bir mamlakat bilan rasmiy diplomatik munosabatlar mavjudligini aks ettiradi. Rasmiy tashrif davlat rahbarlari uchun ikkinchi darajali tashrif boʻlib, shunga mos ravishda hukumat rahbarlari va tashqi ishlar vazirlari uchun eng yuqori maqomdagi tashrif hisoblanadi.

Amaliy (ishchi) tashrif — diplomatlar tegishli davlatga muzokaralar, maslahatlashuvlar, shartnoma va bitimlar imzolash, milliy koʻrgazmalar, madaniyat kunlarini ochish va hokazolar uchun amaliy tashrif bilan keladi. Bunday uchrashuv va tadbirlarda prezident, hukumat rahbari (bosh vazir), tashqi ishlar vaziri yoxud boshqa rasmiylar ishtirok etishi mumkin.

Norasmiy (shaxsiy) tashrif — konferensiyalar, ommaviy marosimlar, sport musobaqalari, konkurslar va boshqalarda qatnashish, shuningdek, shaxsiy yumushlar (sayohat, dam olish) uchun biron davlatga borish norasmiy tashrif deya tasniflanadi. Norasmiy tashriflar paytida protokol tadbirlar deyarli oʻtkazilmaydi.

Oʻtkinchi yoxud yoʻl-yoʻlakay tashrif — bu faxriy mehmonning ikkinchi davlatga oʻtayotganda uchinchi davlatda qisqa muddat boʻlishi. Ushbu turdagi tashriflarda ham aksariyat hollarda rasmiy marosimlar oʻtkazilmaydi. Uchinchi davlat hududidan tranzit sifatida oʻtayotgan mehmonga faqatgina xalqaro xushmuomalalik qoidalari boʻyicha mehmonnavozlik koʻrsatiladi.

@pan_diplomat
Dunyo taqdiri ham endi smartfon ekranlarida hal qilinyapti

Kecha tarixda bo‘lmagan ajoyib xabar chiqdi: AQSHning The Atlantic nashri bosh muharriri tasodifan Signal tarmog‘idagi AQSH rahbariyati guruhiga qo‘shilib qolgan va ularning Yaman husiylariga zarbalar bo‘yicha suhbatini kuzatgan. Oq Uy va Milliy xavfsizlik kengashi bu xabarni tasdiqladi.

Chatda dunyoning eng qudratli davlatini boshqarayotgan siyosatchilar: Mudofaa vaziri Pit Xagset, Davlati kotibi (tashqi ishlar vaziri) Marko Rubio, Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchi Maykl Uolts — oddiy odamlardek g‘iybatlashib o‘tirganini ko‘rish mumkin. Masalan, vitse-prezident Jey Di Vens o‘z uslubida ular Yevropani qo‘riqlayotganidan noligan.

Jurnalistni bu chatga Uolts taklif qilgan. Bu tasodifan ro‘y berganmi yo atayin uyushtirilganmi, noma’lum. Biroq jurnalist Goldberg chatdagi Yamanga zarbalar suhbatidan so‘ng rostan ham husiylarga hujumlar bo‘lganini (AQSH 16-martdan beri husiylar lagerlariga raketalar otmoqda) aytdi.

@pan_diplomat
1929-yilgi lotin alifbosiga o‘tish targ‘ibot plakati. Hozirgi ‘‘texnika jihatdan yuqori turadigan’’ lotin alifbosiga ham shunday targ‘ibot kerak shekilli.

@pan_diplomat
3-aprelda O‘zbekistonga Yevropa Komissiyasi Prezidenti Ursula fon der Lyayen va Yevropa Kengashi Prezidenti Antoniu Koshta kelarkan. Ular Samarqandda birincha marta bo‘lib o‘tuvchi Yevropa-Markaziy Osiyo sammitida qatnashadi.

Ushbu sammitda ishtirok etish uchun Yevroittifoqning eng nufuzli vakillari kelishi, shubhasiz, ajoyib. Ursula xonim hozir Yevropani birlashtirib turgan eng katta va keskin figura. Uning O‘zbekistonga kelishi Yevropa Markaziy Osiyoga jiddiy e’tibor qaratmoqchiligidan dalolat.

Ulardan oldin 27-28-mart kuni Yevropa ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas ham Turkmaniston, O‘zbekiston va Qozog‘istonga tur uyushtiradi.

Yevropaning eski ittifoqchisi AQSH bilan yuzaga kelayotgan qarama-qarshiligi yevropaliklarni muqobil variantlarni qidirishga undayapti. Ukrainadagi urush boshlangandan keyin ham bunday darajadagi faollik kuzatilmagandi. Mirziyoyevning Fransiyada iliq kutib olinishi ham ko‘hna qit’a har bir variantga e’tibor berayotganini tasdiqlaydi. O‘zbekiston bunday vaziyatdan foydalanib qolishi lozim.

@pan_diplomat
2025/03/27 06:24:39
Back to Top
HTML Embed Code: